1-MAVZU
«Tilshunoslik nazariyasi» fanining maqsadi va
vazifalari
1§. Tilshunoslik nazariyasi fanining predmeti, vazifalari.
5-ilova (1.1)
«Tilshunoslik nazariyasi» fani tilshunoslik fanlari sirasida eng murakkab va keng
qamrovli ilmiy-nazariy, falsafiy fan sifatida ajralib turadi. Ushbu fanning murakkabligi, keng
qamrovli va falsafiy fan ekanligi bevosita o‘rganiladigan o‘ta jiddiy muammolar bilan, fikr
yuritiladigan dolzarb masalalar bilan, lisoniy hodisalarning (faktlarning) mohiyati bilan,
ularga qaysi nuqtai nazardan yondashish bilan, ularni chuqur tahlil qilish va ulardan ob’ektiv
ilmiy xulosalar chiqarish bilan belgilanadi.
«Tilshunoslik nazariyasi» fanining faollik ko‘rsatish chegarasi «cheksiz» bo‘lib,
ayni fan o‘z kuzatishlarini jahon tilshunosligi tarixiga oid zarur masalalardan, etakchi oqimlar
va yo‘nalishlardan boshlab, hozirgi tilshunoslikning eng muhim va murakkab nazariy
muammolarini, ta’limotlarini o‘rganish bilan - nafaqat tilshunoslikning balki barcha fanlar
uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladigan dialektik falsafa hamda psixologiya, mantiq
kabi fanlarga ham bevosita aloqador bo‘lgan muammolarni qamrab olishi bilan yakunlaydi.
Aytilganlarning isboti sifatida «Tilshunoslik nazariyasi» fani o‘rganadigan asosiy muammolar
qatoriga quyidagilarni kiritamiz.
1.
Til va jamiyat (millat).
2.
Til va tarix.
3.
Til va tafakkur.
Тилшунослик назарияси – инсон тилини илмий ўрганади ган фан
бўлиб, унинг асосий мақсади тилшунослик фанининг предмети ва
вазифалари, тилнинг моҳияти, тилнинг тузилиши, тил ва нутқ, тил ва
тафаккур, тилдаги белгилар тизими, тил ва жамият, тил тараққиёти,
тилшунослик мактаблари ва йўналишлари, тилларни
илмий тадқиқ этиш
усуллари ҳақида маълумот беришдан иборат. Шу жараёнда тилнинг
типологик белгилари аниқланади.
Тилшунослик назарияси фанининг моҳияти қуйидагича:
- тилшунослик фанинг тарихи;
- тилшунослик мактаблари;
- тил универсалиялари;
- тил тизими ва қурилиши ҳақидаги билим;
- тилни тадқиқ этиш методлари.
4.
Til semiotik ob’ekt sifatida.
5.
Til va nutq.
6.
Til sistema va struktura sifatida.
7.
Tilda substansiya va forma.
8.
Til belgisi va ma’no.
9.
Til va yozuv.
10.
Tilni tadqiq qilish usullari va boshqalar.
«Tilshunoslik nazariyasi» fani talabalarga nima uchun kerak?
«Tilshunoslik nazariyasi» fani, dastavval, talabalarni nazariy jihatdan tayyorlash
uchun, ularni shu yo‘nalishda puxta, «hushyor» qilish uchun zarur. Nazariy masalalar
bilan mukammal qurollangan talabalargina (faqat talabalar emas) tom ma’nodagi filolog -
tilshunos sifatida shakllanadi. SHuningdek, ular til hodisalari tahlilidan ilmiy xulosalar,
g‘oyalar chiqara oladi, hodisalar mohiyatiga alohida e’tibor beradi, nazariya bilan
amaliyotni dialektik munosabatda oladi. Til va nutq birliklarini chuqur o‘rganish
jarayonida dialektik falsafaning shakl va mazmun, umumiylik va xususiylik, mohiyat va
hodisa, sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalari nuqtai nazaridan,
shularga asoslangan holda fikr yuritadi, kuzatishlar olib boradi.
«Tilshunoslik nazariyasi» fani talabalarning umumlingvistik tayyorgarligini, bilim
darajasini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, yangi nazariya va faktik materiallar bilan
tanishtiradi, mustaqil, ijodiy fikr-mulohaza yuritishga, izchillikka o‘rgatadi, nazariy
saviyasini yuksaltiradi, ularni ilmiy tadqiqotning, lisoniy tahlilning metodologiyasi va
metodikasi bilan qurollantiradi.
«Tilshunoslik nazariyasi» fani haqida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, ushbu fan
bo‘yicha rus hamda o‘zbek tilshunosligida yaratilgan ishlarga ijodiy yondashgan va
ulardan foydalangan holda o‘quv qo‘llanmasida quyidagi dolzarb massalalarga,
aniqrog‘i, dastavval, birinchi masalaga to‘xtalamiz, fikr yuritamiz. Bular:
1.
Tilshunoslik tarixi.
2.
Tilshunoslikning nazariy masalalari.
3.
Tilshunoslik metodlari.