Mavzu:
Boshqaruv faoliyatining psixologik tahlili
Reja
1. Pedagoglarni kasbiy faolligini oshirish.
2. Pedagoglarning malakasini oshirishni axamiyati.
3. Pedagoglarni kasbiy faolligi va malakasini oshirishda ta’lim rahbarlarining
vazifalari.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab o’qituvchilik
kasbining axamiyati va nufuzini orttirish bo’yicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar
izchillik bilan ro’yobga chiqarilmoqda, pedagoglarni moddiy turmush sharoitini
yaxshilashga yo’naltirilgan chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston
Prezidenti o’zining “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” asarida “ta’lim – tarbiya
masalalarini faollikka asoslangan tamoyillarga o’tkazish, o’sib kelayotgan yosh
avlodni yangiliklarni tez qabul qilishga undash, istiqlol yaratgan keng
imkoniyatlardan foydalanib, faoliyatimizning xamma soxalarida yuksak natijaga
erishishimiz kerak” deb ta’kidlaydi. Davlatimiz pedagoglarga yaratib berayotgan
sharoitlar, e’tibor va g’amxo’rlik barcha o’qituvchilarni:
-
o’z ustida tinimsiz ishlashga,
-
ilmiy izlanishlar olib borishga,
-
o’quv jarayonini zamon talabi darajasida ilmiy tashkil etishga,
-
pedagoglar safiga yosh pedagoglarni kelib qo’shilishiga imkoniyat
yaratmoqda.
Bu vazifalar esa ta’lim muassasasiningrahbarlari zimmasiga yanada yangi
vazifalarni yuklatmoqda.
Ma’lumki, inson har doimo o’sish va rivojlanishda bo’lganligi uchun uning
kamolotiga ta’sir etuvchi omillarning ilmiy – nazariy mohiyati barcha pedagogik
jamoa rahbarlari to’g’ri tushunib yetishlari lozim. Har bir pedagog o’z pedagogik
faoliyatini turli xil sharoitlarda insonlar ta’sirida amalga oshiradi. Pedagog
faoliyatiga ta’lim muassasalaridagi bugungi sharoit va shaxs rivojiga va
shakllanishiga kuchli ta’sir qiladigan odamlar guruhi bo’lgan pedagogik jamoadagi
ruhiy muhit o’z xukmini o’tkazadi. Jamoa jamiyatning bir bo’lagi sifatida uning
barcha hususiyatlarini qamrab oladi. G’oyaviy, iqtisodiy, ma’naviy – axloqiy
jabxalar shular jumlasidandir. Bugungi kunda har bir pedagogik jamoani ma’lum
bir saylab qo’ygan yoki tayinlangan rahbar boshqaradi.
Rahbarlik – hodimlarga maqsadli ta’sir o’tkazishga qaratilgan, ularning
xulqini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan boshqaruvning tarkibiy qismidir.
SHunday qilib, “boshqaruv” tushunchasi “rahbarlik” tushunchasiga qaraganda
ancha keng tushunchadir. Rahbar boshqaruv faoliyatida qator funktsiyalarni
bajaradi:
-
pedagogik jamoani ilmiy – pedagogik faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va
shakllantiradi,
-
rag’batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi,
-
uni nazorat qilishni amalga oshiradi.
SHuning uchun xam rahbar yosh pedagogni o’z kasbiga mehr qo’yishiga,
o’qituvchilik kasbini sir – asrorlarini mukammal o’rganishga, kelajakka ishonch
bilan qarashga o’rgatishga ko’p qirrali ta’sir qiladi. Rahbarning ijobiy faoliyatidan
jamoaning har bir a’zosi o’ziga xos ta’sirlanadi. Rahbar boshqaruv faoliyatida
o’zaro ta’sirning ikki yo’nalishini, pedagogning jamoaga va jamoaning pedagogga
ta’sirini va bu o’zaro ta’sir ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkinligini hisobga olish
zarur.
Pedagogning jamoaga ta’siri: uning
- obro’si,
- bilimi,
- dunyoqarashi,
- kasbiga qiziqishi,
- pedagogik qobiliyati,
- o’z fanini chuqur bilishi,
- o’quvchilarga munosabati,
- o’z ustida ishlashi,
- tashkilotchilik qobiliyati,
- peshqadamlik qilishi,
- tashabbuskorligi singari ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
Pedagog obro’si uning jamoada tan olinishi, sub’ektiv sifatlarining jamoa
faoliyatining ob’ektiv talablariga mos kelishi tushuniladi. Bunda mutaxassisning
bilimi, ko’nikma va malakasi, tajribasi, kasb maxorati, uddaburonligi, tadbirkorligi
va ijodkorligi uning boshqalardan ko’ra ko’proq ko’zga tashlanishiga va obro’
orttirishiga sabab bo’ladi. Obro’ga eng mutaxassis shaxslararo munosabatlarda
yuqori mavqega ega bo’ladi, jamoada uning fikriga quloq soladilar, undan
maslaxat so’raydilar, uning nuqtai nazari bilan xasoblashadilar.obro’ orttirishda
mutaxassis xaqida jamoatchilik fikri xam sabab bo’ladi. Pedagog jamoatchilik fikri
bilan hisoblashmay iloji yo’q, bu esa jamoaning pedagogga bo’lgan ta’siridir.
Ya’ni jamoa pedagogning ayrim sa’i – harakatini rad etishi, qabul qilmasligi
mumkin. Demak, jamoa bilan pedagogning o’zaro ta’siri ikki xil ya’ni va salbiy
bo’lishi mumkin, bunda rahbarning roli yaqqol namoyon bo’ladi. Yosh pedagog
jamoaga kelganda ishlayotgan pedagoglarni faoliyatini, ularni o’z vazifasiga
bo’lgan munosabatini to’la o’rganguncha turlicha tasavvurga ega bo’ladi. “Qush
inida ko’rganini qiladi” degan maqoldek yosh mutaxassis ilg’or o’qituvchilardan
o’rgansa va ularga ergashsa faol pedagogik faoliyat olib borishga o’rganadi.
Tajriba shuni ko’rsatmoqda-ki, ko’pgina yosh pedagoglar pedagogik
jamoada moslashishga qiynalibayrim xollarda kasbidan voz kechib boshqa
nopedagogik faoliyati bilan shug’ullanmoqdalar. Buning sabablari yosh pedagogga
jamoada e’tibor bermaslikda namoyon bo’ladi. Yosh pedagogni yutuqlarini
maqtash o’rniga yig’ilishlarda arzimas narsani ro’kach qilib, uni uyaltirish va uni
obro’sini tushirish uchun qilingan harakatlar ta’limdan bezib ketishiga sabab
bo’lmoqda. Uni tajribasizligi unga uslubiy yordam berish, bilmaganini o’rgatish
o’rniga tez – tez beriladigan tanbexlar yosh pedagogni ko’nglini sovitib
yubormoqda. Bugungi kunda ta’lim muassasalaridagi pedagoglarni saloxiyati shu
muassasa rahbarlarining reytingini belgilovchi eng asosiy mezonlardan biri
hisoblanadi. SHunday ekan, bilimli, yetarli tajriba va ko’nikmaga ega bo’lgan, o’z
fanini yaxshi biladigan, ijodkor va tashkilotchi pedagoglarni qo’llab – quvvatlash,
ularga yetarli sharoitlar yaratib berish, ilmiy – pedagogik faoliyat bilan
shug’ullanisha uchun yaqindan yordam berish, yosh pedagoglarni tajribali
ustozlarga biriktirib qo’yish, faoliyatni “Ustoz – shogird” tamoyillari asosida
tashkil etish talab etiladi.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umumilliy dasturning asosiy
tamoyillari va maqsadli vazifalaridan biri – umumiy ta’lim maktablari, birinchi
navbatda qishloq joyidagi maktablarni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash,
ular tarkibi sifatini oshirish, o’qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, o’qituvchilarni mehnatini
rag’batlantirishni kuchaytirishdan iborat. Bu o’quv muassasa rahbarlari uchun juda
katta mas’uliyat, talablar, vazifalar va ishonch mavjudligini ko’rsatadi. Pedagoglar
malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularda ishga bo’lgan tashabbuskorlik –
ijodiy munosabatni shakllantirish, moddiy rag’batlantirish tizimini yaratishga
ta’lim rahbarlarining tizimli yondashuvi zarurligini ko’ramiz.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 25 noyabrdagi “Xalq
ta’limi hodimlari mehnatiga xaq to’lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy
rag’batlantirishni kuchaytirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi qarori
o’qituvchilarning mehnati va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish xamisha davlatning
diqqat markazida turishini yana bir bor isbotlab berdi. CHunki, o’qituvchilarni
moddiy va ijtimoiy – psixologik rag’batlantirishda, malakasini oshirishga xamda
pedagogik faoliyatini takomillashtirishga rahbarlar tomonidan talablar qo’yilishida
ma’lum bir mezonlar qo’yilishi zarur.
Bugungi kunda xalq ta’limi bo’limi uslubchilari o’z faoliyatlarida pedagog
hodimlarni qachon va qaysi institutda o’qib kelgani bilan chegaralanadilar, ya’ni
malaka oshirish tushunchasiga bir tomonlama yondoshmoqdalar. Bu o’z navbatida
pedagoglarni yangiliklardan orqada qolishiga va pedagogik jamoada raqobat
muhitini vujudga kelishiga qarshilik ko’rsatmoqda. Pedagoglarni moddiy
rag’batlantirishga, faoliyatini takomillashtirishga muxim omil bo’lib xizmat qilishi
mumkin bo’lgan bilimi, ko’nikmasi va malakasi, kasbiy maxoratini o’stiruvchi
malaka oshirish va qayta tayyorlashni murakkab pedagogik tizim sifatida hisoblab,
unga tizimli yondashuvni joriy etish zarur. CHunki, har qanday tizim o’zining
tashkil etuvchilariga ya’ni komponentlariga ega bo’ladi. Murakkab tizim
hisoblangan malaka oshirishning asosiy komponentlari quyidagilar:
- o’quv yurtlaridagi o’quv semenarlari;
- semenar – treninglar,
- ochiq darslar,
- o’zaro dars kuzatishlar,
- fan kechalari,
- ilmiy – amaliy konferentsiyalar,
- ilg’or pedagogik texnologiyalarni ommalashtirish,
- pedagoglar tayyorlagan uslubiy mahsulotlar,
bu dastlabki malaka oshirish bosqichi hisoblansa, ikkinchi bosqichi malaka
oshirish institutlarda ishdan ajralgan xolda o’quv mashg’ulotlarda qatnashish
xamda masofadan o’qitish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |