YELKA SUYAKLARI
Yelka suyagi (humerus) uzun naysimon suyaklar turkumiga kiradi. Unda tanasi (corpus
humeri) va ikkita: yuqorigi (proksimal) va pastki (distal) uchlari tafovut qilinadi. Uning yuqori
uchida ichkariga va biroz orqaga qaragan sharsimon boshchasi (caput humeri) bor. Uning
chekkasidan uncha chuqur bo’lmagan egat-anatomik bo’yni (collum anatomicum) o’tadi. Bu
egat boshchani tashqariroq joylashgan katta bo’rtiq (tuberculum majus) va undan oldinda
joylashgan kichik bo’rtiqdan (tuberculum minus) ajratib turadi. Har bir bo’rtiqdan pastga
qarab katta va kichik bo’rtiq qirralari (crista tuberculi majoris et minoris) ketadi. Bo’rtiqlar va
qirralar o’rtasida bo’rtiqlararo egat (sulcus intertubercularis) bo’lib, unda yelka ikki boshli
mushagi uzun boshining payi yotadi. Bo’rtiqlardan pastroqda hirurgik bo’yni (collum
chirurgicum) joylashgan. Suyak tanasi yuqori qismida tsilindrsimon bo’lib, pastda uch qirrali.
Bu qismida oldingi ichki yuza (facies anterior medialis), oldingi tashqi yuza (facies anterior
lateralis) va orqa yuza (facies posterior) tafovut qilinadi. Suyakning orqa yuzasi ikkala oldingi
1
yuzasidan ichki qirra (margo medialis) va tashqi qirra (margo lateralis) vositasida ajrab
turadi. Suyak tanasining o’rtasidan yuqori qismida deltasimon mushak birikadigan bo’rtiq
(tuberositas deltoideus) joylashgan. Deltasimon bo’rtiqdan pastda suyakning orqa yuzasida
spiralsimon bilak nervi egati (sulcus nervi radialis) o’tadi. Bu egat suyakning ichki qirrasidan
boshlanib, uning orqa yuzasini aylanib o’tib tashqi qirrasida tugaydi. Yelka suyagining pastki
uchi kengayib yelka suyagi do’ngini (condulus humeri) hosil qilib tugaydi. Uning ichki
tomonida tirsak suyagi bilan birlashuvchi yelka suyagi g’altagi (trochlea humeri), tashqi
tomonida esa bilak suyagi bilan birlashuvchi yelka boshchasi (capitulum humeri) bor. Old
tomonda g’altak ustida tojsimon chuqurcha (fossa coronoidea), boshcha ustida kichikroq
bilak suyagi boshchasi chuqurchasi (fossa radialis) joylashgan. Orqa tomonda g’altak ustida
katta tirsak o’simtasi chuqurchasi (fossa olecrani) joylashgan. Yelka suyagi do’ngini ichki va
tashqi tomonlarida ichki va tashqi o’simtalar (epicondulus medialis et lateralis) bor. Ichki
o’simtaning orqa yuzasida tirsak nervi egati (sulcus nervi ulnaris) o’tadi. Yuqori tomonga
ichki o’simta ichki o’simta qirrasi (crista supracondularis medialis) bo’lib, yelka suyagining
ichki qirrasiga davom etadi. Tashqi o’simta yuqoriga qarab tashqi o’simta qirrasinini (crista
supracondularis lateralis) hosil qilib, yelka suyagining tashqi qirrasiga o’
2
birinchi suyak nuqtasi homila hayotining 8-haftasida uning diafizida paydo bo’ladi. Yangi
tug’ilgan bola yelka suyagi nisbatan qisqa, uchlari katta. Suyak tanasini katta, kichik
bo’rtiqlari va ularning qirrasidan boshqa qismlari suyaklanib bo’lgan. Yelka suyagi boshi
tog’aydan iborat bo’lib, shakli yumaloq. Katta va kichik bo’rtiqlar tog’aydan iborat, o’zaro
chuqur egat bilan ajragan. Distal uchi tog’aydan iborat bo’lib, uning relefi kattalar suyagiga
o’xshaydi. Emizikli davrda suyak boshida yumaloq suyak nuqtasi, tanasida esa so’rilish
markazi paydo bo’ladi. Erta bolalik davrida katta bo’rtiqda, deltasimon bo’rtiq va pastki
uchida boshchasida, bolalikning birinchi davrida kichik bo’rtiq, tojsimon va bilak
chuqurchalarida, ichki o’simtada suyak nuqtalari paydo bo’ladi.
5
Bolalikning birinchi davrida suyak o’sishi bilan birga uning relefi paydo bo’ladi. Bolalikning
ikkinchi davri oxirlarida yelka suyagi tanasini taraqqiyoti tugab u kattalarnikiga o’hshab
qoladi. Yuqori uchi tanasidan yupqa tog’ay qatlam bilan ajragan. Bu davrda pastki uchida
tashqi o’simta va g’altakda qo’shimcha suyak nuqtalari paydo bo’ladi. O’smirlik davrida
suyakning pastki epifizi tanasi bilan suyaklanib qo’shiladi. Yuqori epifizi esa tanasi bilan 20-24
yoshda birikib, bir butun yelka suyagi hosil buladi.
BILAK SUYAKLARI
Bilak sohasida ikkita uzun naysimon suyak: ichki tomonda joylashgan tirsak suyagi harakat
yo’nalishini aniqlasa, tashqi tomondagi bilak suyagi tayanch vazifasini bajaradi. Bu
suyaklarning taraqqiyoti ularning vazifasiga bevosita bog'liq.
6