Pablo pikasso hayoti va ijodi



Download 33,35 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi33,35 Kb.
#257307
Bog'liq
PABLO PIKASSO HAYOTI VA IJODI


PABLO PIKASSO HAYOTI VA IJODI

Pablo Ruiz Picasso (talaffuzi Pablo Ruis Pikasso, 25 oktabr 1881, Malaga, Ispaniya — 8 aprel 1973, Mujen, Fransiya), toʻliq ismi Pablo Diego José Francisco de Paula Juan Nepomuceno María de los Remedios Crispín Crispiniano de la Santísima Trinidad Ruiz y Picasso (talaffuzi Pablo Diego Hose Fransisko de Paula Huan Nepomuseno Mariya de los Remedios Krispin Krispinyano de la Santisima Trinidad Ruis i Pikasso) — ispan rassomi, haykaltarosh, grafikchi, keramikachi va dizayner.

PIKASSO (Picasso) Pablo (asli Ruis-i-Pikasso) (1881.25.10, Malaga, Ispaniya — 1973.8.4, Mujen, Fransiya) — fransuz rassomi, jamoat arbobi; kelib chiqishi ispan. Dastlabki taʼlimni otasi X.Ruisdan olgan; nafis sanʼat maktabida (1894—95), Barselona (1895 yildan) va Madrid (1897—98) da oʻqigan. 1904 yildan deyarli Parijda muqim yashagan. Yirik asarlarining ilk namunalari 1900 yillarga toʻgʻri keladi ("Keksa gado oʻgʻil bola bilan", 1903; "Shar ustidagi qiz", 1905 va boshqalar). P.ning serqirra ijodi 20-asr sanʼa-tidagi qaramaqarshiliklarni oʻzida aks ettirgan, tasviriy sanʼatning koʻp sohalari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika va boshqalar) rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatgan, zamonaviy sanʼatdagi inqirozlar hamda ziddiyatlarni uygunlikda tasvirlagan. 1907 yillarda buyumlarni handasiy shakllarga ajra-tib tekis yuzada uzilgan va hajmli boʻlaklardan tasviriy sanʼat asarlari yaratib kubizmta asos soldi. Bu davrda yaratilgan ayrim asarlari (mas, "Yel-pigichli xonim", 1909 va boshqalar) nafis bezagi va joʻshqin ohangdorligi bilan ajralib turadi. 1910-yillar oʻrtalaridan neoklassika anʼanalari, 1925 yildan syurrealizm, 1929 yildan abstrakt sanʼat taʼsirida boʻlgan.

30-yillar 2yarmidan P.ning ijtimoiy mavqei koʻzga tashlanadi. Qarshilik koʻrsatish harakati (Ispaniya, 1936—39; Fransiya, 1939—45)ning faol arbobiga aylanadi, fashizmning mohiyatini fosh etuvchi asarlar yaratdi: "General Frankoning orzu va yolgʻonlari" turkum asarlari (akvatinta, 1937); P.ning joʻshqin usuli eng yuqori choʻqqisiga yetgan "Gernika" pannosi (1937, Zamonaviy sanʼat muzeyi, Nyu-Yorkda) va boshqa 1940-yillar 2yarmidan P. ijodi rang-barang: dastgoxli rangtasvir, haykal-taroshlik, kulollik, ayniqsa, grafikada turkum asarlar yaratdi ("Inson komediyasi" turkumi, 1953—54 va boshqalar). P.ning ilgʻor insonparvarlik karashlari uning asarlarida ("Tinchlik ka-butari", tush, 1947; "Tinchlik" va "Urush" namoyonlari, 1952, Vallorisdagi "Tinchlik ibodatxonasi" kapella-sida va boshqalar) oʻz ifodasini topdi. P. ijodi 20-asr ijodkorlariga kuchli taʼsir koʻrsatgan. P. Xalqaro tinchlik muko-foti (1950) va boshqa mukofotlar laureati.

Biografiya

La-Korunya (1894—1895), Barselona (1895-yildan), Madrid (1897—1898) shaharlarining san'at maktablarida tahsil olgan. 1904-yildan boshlab Parijda yashagan.

1907-yildan Jorj Brak bilan birgalikda kubizmning asoschisi. Bunda uch yuzali tana original ravishda bir qator yagonaga qoʻshilgan yuzalar kabi chizilgan. Pikasso grafikchi, haykaltarosh, keramikachi va hokazolar sifatida koʻp ishlaydi. Juda koʻp taqlidchilarni hayotga keltiradi va XX asr tasviriy san'atining rivojlanishiga alohida ta'sir koʻrsatadi.

Ikkinchi jahon urushi paytida Olmoniya tarafidan okkupatsiya qilingan Fransiyada qolgan.

Xalqaro Tinchlik mukofoti (1950) va "Xalqlar oʻrtasida tinchlikni mustahkamlagani uchun" Xalqaro Lenin nomidagi mukofotining (1962) sohibi.

Pablo Pikassoning ulug‘ musavvir ekaniga shubha yo‘q. Dunyoning manaman degan san’atshunoslari ham unga doimo tan berib kelishgan. Ammo uning she’riyatichi? Rost, Pablo ko‘p she’r yozmagan. Kitobi chiqqan-chiqmaganligi ham ma’lum emas. Ammo uning yaqin do‘stlari ichida rassomlardan ko‘ra shoirlarning ko‘p bo‘lgani musavvirning so‘z va so‘z san’atiga naqadar oshufta bo‘lganidan darak beradi.

Pikasso nazmda o‘sha davrlar farang she’riyatiga endigina kirib kelayotgan, Andre Breton, Tristan Tzara, Joys Mansur kabi bir qator shoirlar o‘zlarida endigina sinab ko‘rayotgan syurrealizm oqimida ijod qilgan.

Uning she’rlarini o‘qir ekanman, beixtiyor eronlik buyuk shoir va rassom Suhrob Sipehriyni o‘ylab ketaman. U ham syurrealist edi. Mayli, “izm” lar o‘z yo‘liga. Vaholanki Sipehriy sharqda “Rangning o‘limi”, “Suvning qadam tovushlari”, “Ibtido sadosi” yanglig‘ durdonalarni yaratgan bo‘lsa, g‘arbda Pikasso “Qora ifor”, “Musavvir va uning nushasi” kabi ajabtovur she’rlarni yozadi. Shuni ta’kidlab o‘tmoq joizki, syurealistik san’atning otasi hisoblanuvchisi Salvador Dali ham ajoyib she’rlar yozgan. (Dalining shoirlik faoliyati bilan meni tanishtirgani uchun shoir Jontemirga rahmat.)

Hullasi kalom… shu she’rlar Pikassoniki. Qo‘ldan kelgancha tarjima qildik. Boshqa tildan bo‘lgani uchun o‘quvchi oldida uzrlimiz.

Pikasso(Picasso) Pablo (asli Ruis-i-Pikasso) (1881.25.10, Malaga, Ispaniya — 1973.8.4, Mujen, Fransiya) — fransuz rassomi, jamoat arbobi; kelib chiqishi ispan. Dastlabki ta'limni otasi X.Ruisdan olgan: nafis san'at maktabida (1894—95), Barselona (1895 yildan) va Madrid (1897—98) da o’qigan. 1904 yildan deyarli Parijda muqim yashagan. Yirik asarlarining ilk namunalari 1900 yillarga tug’ri keladi («Keksa gado o’g’il bola bilan», 1903; «Shar ustidagi qiz». 1905 va boshqalar). Pikassoning serqirra ijodi 20-asr san'atidagi qarama-qarshiliklarni o’'zida aks ettirgan, tasviriy san'atning ko’p sohalari (rangtasvir. haykaltaroshlik. grafika va boshqalar) rivojiga kuchli ta'sir ko’rsatgan, zamonaviy san'atdagi nqirozlar hamda ziddiyatlarni uyg’unlikda tasvirlagan. 1907 yillarda buyumlarni handasiy shakllarga ajratib tekis yuzada uzilgan va hajmli bo’laklardan tasviriy san'at asarlari yaratib kubizmga asos soldi. Bu davrda yaratilgan ayrim asarlari (masalan, «Yelpig’ichli xonim», 1909 va boshqalar) nafis bezagi va jo’shqin ohangdorligi bilan ajralib turadi. 1910-yillar o’rtalaridan neoklassika an'analari, 1925 yildan syurrealizm, 1929 yildan abstrakt san'at ta’sirida bo’lgan.

30-yillar 2-yarmidan Pikassoning ijtimoiy mavqei ko’zga tashlanadi. Qarshilik ko’rsatish harakati (Ispaniya, 1936—39; Fransiya, 1939—45)ning faol arbobiga aylanadi, Pikassoning jushqin usuli eng yuqori cho’qqisiga yetgan «Gernika» pannosi (1937, Zamonaviy san'at muzeyi, N’yu-Yorkda). 1940-yillar 2-yarmidan Pikasso ijodi rang-barang: dastgohli rangtasvir, haykaltaroshlik, kulollik, ayniqsa, grafikada turkum asarlar yaratdi («Inson komediyasi» turkumi, 1953—54 va boshqalar). Pikassoning ilg’or insonparvarlik qarashlari uning asarlarida («Tinchlik ka-butari», tush’, 1947; «Tinchlik» namoyonlari. 1952, Vallorisdagi «Tinchlik ibodatxonasi» kapellasida va boshqalar) o’z ifodasini topdi. Pikasso ijodi 20-asr ijodkorlariga kuchli ta'sir ko’rsatgan. Pikasso Xalqaro tinchlik mukofoti (1950) va boshqa mukofotlar laureati.



Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2004.
Download 33,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish