O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashga oid qonunlar va qarorlar tasnifi reja



Download 30,81 Kb.
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi30,81 Kb.
#909561
  1   2
Bog'liq
O\'ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHGA OID QONUNLAR VA QARORLAR TASNIFI


O'ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHGA OID QONUNLAR VA QARORLAR TASNIFI
REJA:

  1. Korrupsiyaga qarshi kurashish

  2. Korrupsiyaga qarshi kurashga oid qonunlar tasnifi

  3. Korrupsiyaga qarshi kurashga oid qarorlar tasnifi

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Chunki poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biridir.


Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. “Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir. Lekin faqat davlat xizmatchilari korrupsiya faoliyatining sub’ektlari hisoblanadi, chunki korrupsiya munosabatlari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan qarorlar qabul qilish yoki harakatlar sodir etish uchun hokimiyat vakolatiga faqat ular ega bo‘ladi”.
Umuman olganda, korrupsiya hodisasiga so‘zning keng ma’nosida yondashadigan bo‘lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holatidir. Shunday ekan, o‘ylaymizki, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar. Bugungi kunga kelib respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllandi.
Bunda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va ob’ekti sifatida alohida olingan korrupsioner emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarini bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo‘lishini anglagan holda harakat qilmog‘imiz lozim bo‘ladi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 27 maydagi
PF-5729-son Farmoni qabul qilinib, qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda. Farmonning 2-ilovasiga asosan “Kapital qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarning “YO‘L XARITASI”” qabul qilindi. 
Qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilib uni to‘liq joriy etish yuzasidan tegishli hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.
Mazkur avtomatlashtirilgan tizim tadbiq etilgandan so‘ng har bir investitsiya loyihasini amalga oshirishda moliyalashtirishni ochish va loyihalarga ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirilishini nazorat qilish jarayonida inson omili yoki shaxsning aralashuvini cheklaydi, shaffof tizim yaratiladi – korrupsiya alomatlari kuzatilmaydi.
Shu bilan birga, moliyalashtirishni ochish muddati avvalgi yillarga nisbatan o‘rtacha 14-20 kunga qisqaradi.
Yuqoridagilarni kelib chiqib, byurokratik va qog‘ozbozlik bilan bog‘liq to‘siqlarni bartaraf etish, qonuniylikni mustahkamlash kabi barcha jarayonlar adolatli va shaffof tarzda bo‘lishiga erishish nazarda tutilgan
Demak, biz korrupsiyaga qarshi kurashda zamonaviy axborot texnologiyalardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yishimiz, inson omilisiz onlayn dasturlarni har bir sohaga joriy qilishimiz va natijada adolatli hamda shaffof tizimni yaratishimiz zarur. Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 30,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish