O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va ko’ppartiyaviylik tizimi



Download 21,21 Kb.
bet1/5
Sana10.04.2022
Hajmi21,21 Kb.
#541367
  1   2   3   4   5
Bog'liq
30-bilet

30 – bilet



  1. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va ko’ppartiyaviylik tizimi

Demokratik davlat va fuqarolik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo`q. Lekin O`zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o`tgan tamoyillarga asoslanadi. Shu bilan birga xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy davlatchiligimiz negizlariga, ma’naviy merosimizga, milliy xususiyatlarimizga tayanadi.
Fuqarolik jamiyati, bu insonning, rivojlanishiga imkon yaratadigan, uning huquq va erkinliklarini to`la darajada ta’minlaydigan qonun ustuvor bo`lgan ijtimoiy jamiyatdir. Bunday jamiyat qurish davlat qonunlari va inson huquqlarini poymol etmaslikni, insondan qonunlarga qat’iyan rioya qilishni talab etadi. Har bir fuqaroni davlat boshqaruviga keng jalb etilishi, inson huquqlarini himoya qilishda faol qatnashishni ta’minlash uchun shart – sharoitlar yaratilishi zarur.
Huquqiy davlatda sud hokimiyati O`zbekiston Respublikasida odil sudlov va tarbiyalash vazifalarini bajarish bilan alohida ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasi sud hokimiyati tizimiga besh yil muddatga saylanadigan Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo`jalik sudi, harbiy sudlar tizimi, Qoraqolpog`iston Respublikasi oliy sudi, Qoraqolpog`iston Respublikasi xo`jalik sudi, viloyat, rayon va shahar sudlari kiradi. sud hokimiyatining faoliyati to`g`risidagi qonun – qoidalar O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to`g`risida”gi qonunda bayon etilgan.
Jamiyat tizimini qayta tashkil etkan, Respublika rahbariyati sud hokimiyati doirasida islohotlar o`tkazib, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, ularning erkinligi va majburiyatlarini kafolatlovchi huquqiy mexanizmni shakllantirdilar. Bu jarayonda, respublikamizda demokratik jamiyat talablariga mos tushadigan saylov tizimining tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bu o`zgarishlarining barchasi shaxsning davlat va jamiyat bilan munosabatlarini belgilashga qaratilgan. Davlat va shaxs o`rtasidagi munosabat fuqarolikni namoyon etadi va ularning o`zaro huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi. O`vzbekiston Respublikasi Oliy majlisning 1999 yil oxiridagi sessiyasi sud – huquqiy ishlaridagi islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida advokatura tizimini kuchaytirish, sud’yalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash vazifalarini qo`ydi.
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining qaror topishida 1996 –yil 25- dekabrda Oliy Majlis qbul qilgan “Siyosiy partiyalar to’g’risida” gi qonunning ahamiyati muhim bo’ladi. Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qoidalar asosida faoliyat yuritishlari uchun yetakchi va ilg’or mamlakatlar mezonlari talablaridagi huquqiy asoslar yaratildi. Qonunning 5- moddasiga binoan, “davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o’z maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”. shuningdek, Qonunning 12-moddasida siyosiy hayotda birinchi marta siyosiy partiyalarning huquqlarini aniq va ravshan ko’rsatib berildi: “Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: - o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish; 22 - saylab qo’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish; - qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimyati organlari saylovlarida ishtirok etish; - partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar konfrensiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa OAV dan foydalanish; - O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish. Siyosiy partiyalar ushbu qonunda hamda O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida nazarda tutilgan o’zga huquqlarga ham ega bo’lishlari ham mumkin1 ”. Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri, bu – davlatning siyosiy institutlarida turli xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib berish, shuningdek huquqiy davlat fuqarolari – plyuralistik siyosiy madaniyatga ega bo’lgan shaxslarni shakllantirishdir. Shu maqsadlarda qonunning 13- moddasida Oliy Majlisdagi partiyaviy fraksiyalarning erkin faoliyat yuritishlari, ularning hozirgi davr ilg’or mamlakatlaridagi me’yorlar talablariga muvofiq jamiyatning siyosiy rivojlanishiga hissa qo’sha olish darajasiga ko’tarilishlarini huquqiy jihatlardan ta’minlashga asos solindi: “Siyosiy partiyalarning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan ko’rsatilgan deputatlarning ta’sis yig’ilishlarida o’z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan o’tkazish uchun tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro’yxatga olinadi.


  1. Download 21,21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish