Oʻzbekistonda Automobilsozlik tarixi Tahrirlash



Download 13,77 Kb.
Sana04.12.2019
Hajmi13,77 Kb.
#28390
Bog'liq
Документ (1)

Oʻzbekistonda Automobilsozlik tarixi Tahrirlash

Mashinalarni ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992 -yilda Janubiy Koreaning DaewooMotors kompaniyasi bilan tuzilgan

manfatli shartnomadan boshlangan, oshanda Oʻzbekistonning Autoqishxoʻjamash va Daewoo kompaniyasi 50 % ga 50 % ulshli shartnoma imzolangan, va manashu shartnoma Automobilsozlikda juda katta burilish yasadi. 1993 -yilda UzDaewooAuto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 mln dollarni tashkil etgan. Automobillarni ishlab chiqaradigan zavod oʻshanda Koreaning eng zamonaviy texnalogiyalari bilan jixozlandi, malakali ishchilar qabul qilindi va shu jumladan 1000ga yaqin Oʻzbekistonlik yoshlar Koreaga borib ish oʻrganib kelishdi. Zavodda birinchi mashinaning ishlab chiqarilishi 1996- yildan boshlandi va birinchi bolib Damas rusumli automobil mart oyidan boshlab Tico iyun oyidan Nexia rusumli mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 1996 -yil 19- iyulda Zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.Zavodning ilk yillarida barcha butlovchi qisimlar xorijdan keltirilgan keyinchlik esa mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik korxonalar oʻzlashtirilgan va shu yerning oʻzida tayyorlangan. 2000- yil OʻzDAEWOOavto zavodiga ISO - 9001 sersifikati berildi va 2001 -yil zavodning yangi yanada zamonaviy lineasi ishga tushirildi buni natijasida yangi Matiz rusumli yangi Automobil rusumi ishlab chiqarila boshladi, keyinchalik yana bir yangi Lasetti rusumli mashina ishlab chiqarish yoʻlga qoyildi. 2007 -yilda UzDaewooAoto kompaniyasi negizida General -Motors korparatsiyasi bilan xamkorligda GM-Uzbekiston kompaniyasi tashkil etildi buning natijasida eng zamonaviy Kaptiva , Epika , Takuma kabi mashinalar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010- yilda Chevroletning eng zamonaviy Automibillaridan boʻlgan Spark rusumli mashinalar ishlab chiqarildi. Shu tariqa Automobilsozlikni mustaxkam poydevori yaratildi .

MUHIM SANALAR

2015 yil fevral – Samarqand avtomobil zavodi ishlab chiqarish liniyasidan yigirma minginchi avtomobil-siqilgan tabiiy gazda (STG) harakatlanuvchi ISUZU NPR82 mashinasi chiqarildi.

2015 yil may – "O’zavtosanoat" AK ning yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.

2015 yil iyul – Yaponiyaning «Isuzu Motors» kompaniyasi Samarqand avtomobil zavodining ustav kapitalidan 8 % ulushni sotib olish bo‘yicha “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi.

2015 yil iyul – “GM Uzbekistan” AJ «Chevrolet Labo» avtomobilini seriyali tarzda ishlab chiqarishni boshladi.

2015 yil iyul – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 iyuldagi qaroriga ko‘ra alyuminiy quymalaridan butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «UZAUTO-INZI» Ozbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

2016 yil iyun – Yangilangan Chevrolet Nexia avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.

2017 yil may – «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» QKsi “Peugeot Citroen” Gruppasi va “O`zavtosanoat” AK tomonidan barpo qilindi.

2017 yil avgust - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2017 y. PQ-3028-son "2017-2021 yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga binoan “O`zavtosanoat” AK dan “O`zavtosanoat” AJ ga o'zgartirildi.

ASOSIY KO'RSATKICHLAR

BoshAsosiy ko'rsatkichlar

2017 yil anvar-avgust oylari yakuniga ko`ra “O‘zavtosanoat” AJ korxonalarida 6 057,6 mlrd. so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. O‘sish hajmi 2016 yil holatiga ko`ra 2 barobarni tashkil etdi.

2017 yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra kompaniyaning 33 korxonasi Xalqaro ISO 9001:2008 talablariga javob beruvchi sifat menejmenti tizimi sertifikatlariga ega.

2017 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra tarmoqda 24,1 ming nafardan ortiq insonlar faoliyat yuritishadi.

2016 yil yakunida quyidagi loyihalarning amalga oshirilishi yakunlandi:

Yil yakuniga ko‘ra, 240 ta yangi ish o‘rnini tashkil etuvchi umumiy qiymati 162,64 million AQSH dollari miqdoridagi 3 ta loyiha amaliyotga joriy etilgan.

1. «T250» avtomobillari uchun yirik gabaritli qolipli payvandlash panellari ishlab chiqarishni tashkil etish



2. Avtomobillar uchun alyuminiydan tayyorlangan jihozlarni ishlab chiqarishni tashkil etish

3. «T250» rusumidagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish.
Download 13,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish