O‘zbekiston respublikasining mdh davlatlari va gruziya bilan hamkorigi



Download 67 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi67 Kb.
#577874
Bog'liq
Mdh


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MDH DAVLATLARI VA GRUZIYA BILAN HAMKORIGI
O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog‘iston O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi bilan O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 2 032,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Shunga qaramasdan, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan ko‘pgina imkoniyatlar mavjud.

Qozog‘iston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni ta’minlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi.

1991-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘istonga 10 marotaba tashrifi amalga oshirilgan va Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga 11 marotaba tashrif buyurgan.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari ikki tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlarning o‘zaro tenglik va manfaatdorlik tamoyillari asosida izchil amalga oshirilishi bilan izohlanadi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro anglashuv va hurmatga asoslangan barqaror aloqalarga tayanadi. Bu munosabatlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladi.

1991-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qirg‘izistonga 2 marotaba (1994-yil 16-yanvar va 2000-yil 26-27 – sentabr), Qirg‘iziston Prezidenti esa O‘zbekistonga 4 marotaba (1992-yil sentabr, 1996-yil dekabr, 1998-yil noyabr va 2006-yil oktabr) tashrif buyurgan.

1996-yildan buyon Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasi faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar ushbu komissiyaning 7 ta majlisi bo‘lib o‘tgan. Oxirgi yettinchi qo‘shma majlis 2009-yil 28-dekabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 169,3 million AQSh dollarini tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va do‘stona aloqalar qaror topgan bo‘lib, davlatlararo munosabatlarining barcha jabhalarida hamkorlik darajasi yuksalmoqda.

O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikkitomonlama hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikка oid hujjatlar turli sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

1991-yildan hozirgi paytga qadar ikki mamlakat rahbarlarining 21 marta oliy darajadagi tashriflari amalga oshirildi. O‘zbekiston Prezidenti 10 marotaba Turkmanistonga tashrif buyurgan bo‘lsa, Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistonga 11 marta kelgan.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 213 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Ikki mamlakatning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini bergan «Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy» transmilliy gaz quvurining qurilishi bo‘yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi.

Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim yo‘nalishdir. «O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon» yangi xalqaro transport-kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha imzolangan ko‘p tomonlama shartnomaning hayotga tadbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko‘paytirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning muhim omilidir. O‘zbekiston va Turkmanistonning madaniyat va san‘at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil etiladigan festival, ko‘rgazma va forumlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi konsruktiv va ochiq muloqot mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda hamda mintaqaning barqaror rivojlanishida muhim shartlardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, mintaqa barqarorliginini ta’minlashda hamda mintaqa xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar bilan birgalikda kurashishda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir.

2000-yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Tojikistonga davlat tashrifi amalga oshirildi.

1998-yil yanvarda va 2001-yil dekabr oyida esa Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif uyushtirdi.

Ikki mamlakat o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil qilingan. Shu kungacha qo‘shma komissiyaning to‘rtta majlisi bo’lib o‘tgan. Majlislar Dushanbe shahrida 2002-yil 22-avgust kuni hamda 2009-yil 18-fevralda tashkil etilgan, Toshkent shahrida 2015-yil 23-iyun kuni hamda 2016-yil 28-dekabrda tashkil etilgan.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha 196,8 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasini 1992-yil 20-mart kuni tan olgan. Shu kunning o‘zida ikki mamlakat o’rtasida rasmiy diplomatik aloqalar o’rnatildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlik 2004-yil imzolangan Strategik hamkorlik va 2005-yil imzolangan Ittifoqdoshlik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar asosida rivojlanmoqda.

2013-yilning 14-15-aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida 2013-2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo Dastur qabul qilindi.

2010-yil 12-13-noyabr kunlari O‘zbekistonga Rossiyaning Federatsiya Kengashi Raisi V.Matvienko tashrif buyurdi. Tashrif doirasida V.Matvienko O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi I.Sobirov va Qonunchilik palatasi spikeri D.Toshmuhamedovalar bilan muzokaralar o’tkazdi.

2014-yilning 10-dekabrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning O’zbekistonga rasmiy tashrifi bo’lib o’tdi.

Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar ja’dal sur’at bilan rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo hamkorlari orasida Rossiya Federatsiyasi birinchi o’rinda turadi.

2016-yil yakunlariga ko’ra ikki davlat o’rtasidagi tovar ayirboshlash 4,2 mlrd. AQSh dollarni tashkil etdi.

Ozarbayjon Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.

1991-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ozarbayjonga 3 marotaba va Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekistonga 3 marotaba tashrif buyurgan.

Mazkur tashriflar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini sifat jihatdan yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qiladigan muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, atrof-muhitni muhofaza qilish, informatsion va kommunikatsion texnologiyalar, temir yo‘l transporti, soliq, maxfiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlash sohalarida hamkorlikka oid, shuningdek, gumanitar, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishга doir qator hujjatlar imzolandi.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha 21,2 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Ukraina ham O‘zbekiston Respublikasining yetakchi tashqi iqtisodiy sheriklaridan sanaladi. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lib, turli sohalardagi hamkorlikni tartibga soluvchi 142 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat.

1991-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ukrainaga 6 marotaba tashrif buyurgan va Ukraina Prezidenti O‘zbekistonga 4 marotaba tashrif buyurgan.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 254,1 million AQSh dollarini tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Belarus Respublikasi bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi. So‘nggi ikki yilda Toshkent va Minskda Hukumatlararo кomissiyaning (HK) ikkita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida 2008-2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va uning ijrosi yuzasidan Dastur imzolangan. O‘zbekiston va Belarus hukumatlari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar imzolangan.

1994-yil dekabrda Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.

2015-yil 11-12-mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi hamda Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya uchinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

MDH mamlakatlari boshliqlari majlisi doirasida Minsk shahrida 2014-yil oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenko uchrashishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojalantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGIDAGI ISHTIROKI
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) 1991-yil 8-dekabrdagi MDH tuzish to‘g‘risida bitim va 1991-yil 21-dekabrdagi mazkur Bitim Protokoli asosida tashkil qilingan.

Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi va Ukraina MDH ishtirokchi davlatlari hisoblanadi.

MDH Ijroiya Qo‘mitasi Hamdo‘stlikning ijro etuvchi, ma’muriy va muvofiqlashtiruvchi idorasidir. Uning shtab-kvartirasi Minskda va bo‘linmasi Moskvada joylashgan.

O‘tgan yillar mobaynida MDH doirasida ishtirokchi davlatlar uchun savdo-iqtisodiy munosabatlar, kommunikatsiya va transport tarmoqlarini yanada rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash hamda gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi qator hayotiy muhim yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli huquqiy asos yaratildi va hamkorlikning vosita va mexanizmlari ishlab chiqildi.

Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlarning barqaror ruvojlanishi va xavfsizligiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday tahdid va xavf-xatarlarga o‘z vaqtida munosib javob qaytarish borasida o‘zaro maqbul yondoshuvlar va kelishilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, muammo va kelishmovchiliklarni hal qilish, MDH hududidagi fuqarolarning o‘zaro muloqot yuritishlari uchun keng imkoniyat yaratdi.

O‘zbekistonda MDHga ko‘p rejali munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi mexanizm va bevosita muloqotlar olib borish, davlatlararo muzokaralarni tashkil qilish, jumladan MDH formatida davlat rahbarlari va tegishli idoralar boshliqlari darajasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish maydoni, shuningdek, ko‘p tomonlama hamkorlik shart-sharoitlarini yaratishda manfaatdor bo‘lgan suveren davlatlarning birlashmasi sifatida qarashadi.

O‘zbekiston Respublikasi MDHning asosiy nizomiy va tarmoq organlari faoliyatida ishtirok etadi. O‘zbekiston Hamdo‘stlik tashkil etilgandan bоshlab uning dоirasida iqtisоdiy intеgratsiyani chuqurlashtirish va yangicha asоsda хo‘jalik alоqalarini jarayonlarga siyosiy tus bеrmagan hоlda amalga оshirish tarafdоri bo‘lgan davlatlar qatoriga kirgan.

O‘zbekiston MDH doirasida amaldagi o‘zaro savdo tartibini yomonlashtirmaydigan tamoyillarga asoslangan, to‘laqonli erkin savdo hududini tashkil etish tarafdoridir. Bu MDH hududida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston tomoni jahondagi jadal o‘zgarishlar sharoitida MDHni davlatlararo hamkorlik tizimi sifatida doimiy muzokaralar, oliy darajada siyosiy muloqotlar, vujudga kelayotgan yangi tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kelishilgan yondoshuvlar ishlab chiqish, xalqaro xavfsizlikka oid ko‘plab dolzarb masalalarni hal etishning muhim mexanizmi deb hisoblaydi.

Hamdo‘stlik ko‘p rejali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchisi bo‘lishi va barcha ishtirokchi davlatlarning maksimal ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarga erishishishlari maqsadida xo‘jalik jarayonlarini tartibga soluvchi rolini o‘ynaydi va uning faoliyati shunga yo‘naltirilgan.


O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 113,4 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Armaniston, Moldova bilan MDH hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

1995-yil 30-31-martda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Moldovaga davlat tashrifi va 1998-yil 17-18-dekabrda Moldova Prezidenti P.Luchinskiyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.

Gruziya O’zbekistonning eng muhim tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat – 1995-yilning 4-sentabrida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida imzolangan do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv hisoblanadi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-gruzin Qo‘shma komisiyasi tartibga soladi. 2014-yilning 20- oktabrida Toshkent shahrida mazkur komisiyaning navbatdagi yetinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2016-yil yakunlari bo‘icha ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tovar aylanmasi hajmi 90,8 million AQSh dollarini tashkil etdi.2020-yilda MDH sammiti O'zbekistonda o'tkaziladi
16:06, 28/09/18Политика 0 2 517

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Koxi somon saroyida 28-sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o'tkazdi.

Unda nutq so'zlagan Prezidentimiz jahonda jadal o'zgarishlar ro'y berayotgan, xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi zarurligini, ko'p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo'lib xizmat qilayotganini ta'kidladi.

O'tgan yil O'zbekistonning MDHdagi faoliyatida yangi bosqich bo'ldi. Mamlakatimiz Hamdo'stlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovatsiyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarni qamrab olgan 10 dan ortiq tarmoq organlariga qo'shildi. Joriy yil boshidan O'zbekistonning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi jadal o'smoqda.

Mamlakatimiz tashabbuslari MDH mintaqasida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Sammitda Prezident Shavkat Mirziyoyev ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb va istiqbolli yo'nalishlariga to'xtalib o'tdi.

O'zbekiston 2020-yilda MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisini o'tkazishga tayyor ekanini tasdiqladi.MDHga a'zo davlatlarda aholini ro‘yxatga olish: 2020-yil raundi”
NASHR ETILGAN: 27/11/2019
2019-yil 27-noyabr kuni poytaxtimizdagi “Miran International Hotel” mehmonxonasida "Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlarda aholini ro‘yxatga olish: 2020-yil raundi" mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi.

Tadbirda MDHga a'zo davlatlar statistika idoralarining ro‘yxatga olish bo‘yicha yetakchi mutaxassislari, MDH Statistika qo‘mitasi Raisi Vladimir Sokolin boshchiligidagi delegatsiya, Alanna Armitaj xonim boshchiligidagi YUNFPA vakillari, BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasi hamda boshqa xalqaro tashkilot a'zolari va ekspertlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda MDH Statistika qo‘mitasi Raisi Vladimir Sokolin, UNFPAning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Alanna Armitaj, O‘zbeksiton Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Raisi Bahodir Begalov, Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasi Demografiya statistikasi va aholini ro‘yxatga olish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Babuk hamda boshqa ekspertlar so‘z yuritdi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015-yil iyun oyidagi rezolyutsiyasi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2020-yil ro‘yxatga olish raundini e'lon qildi. MDH davlatlari rahbarlari kengashi uni qo‘llab-quvvatlab, Hamdo‘stlik mintaqasida aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi (2016-yil sentabr, Bishkek). Bugungi kunda barcha MDH davlatlarida tegishli aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qarorlar qabul qilingan. 2019-yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2022-yilda mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marta aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi e'lon qilindi.

MDH Davlatlararo statistika qo‘mitasi BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda Hamdo‘stlik mintaqasida ro‘yxatga olish 2020-yil raundi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda 2019-yilning oktabr oyida Ozarbayjon va Belarus davlatlarida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari, MDHga a'zo boshqa davlatlarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari, Barqaror rivojlanish maqsadlarini monitoring qilish uchun aholini ro‘yxatga olish axborot manbalari imkoniyatlari kabi mavzular muhokama qilindi.

Ushbu xalqaro tadbir kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bu – O‘zbekiston Respublikasining aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish. Yig‘ilishda 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi aholisini ro‘yxatga olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma'lumot berildi. Bu borada turli vazirlik va idoralarning rahbarlari va mutaxassislari, jumladan, Iqtisodiyot va sanoat, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, yurtimizning yetakchi ilmiy markazlari tadqiqotchilari, Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparat va hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari fikr-mulohaza bildirdi.

Aholini ro‘yxatga olishning 2020-yilgi raundida qatnashadigan mamlakatlar, umuman, MDH mintaqasi uchun tarixiy ahamiyati quyidagi muhim jihatlar bilan belgilanishi ta'kidlandi:

So‘nggi 30 yil ichida birinchi marta MDHga a'zo barcha mamlakatlarda aholi ro‘yxatga olinishning o‘tkazilishi;


Birinchi bor ro‘yxatga olish dasturlariga kiritish uchun ko‘rsatkichlar ro‘yxati, savollarning tarifi va ularni to‘ldirish uchun uslubiy ko‘rsatmalar MDH davlatlarining statistika idoralari bilan kelishildi;
Bu MDH mintaqasida aholining faol harakatlari uchun muhim bo‘lgan migratsiya hajmi va oqimi to‘g‘risida taqqoslama ma'lumotlarni olish va Hamdo‘stlik mamlakatlari aholisining umumiy ishchi kuchini baholash imkoniyatini beradi;
Aholidan ma'lumot olishning texnik usullari kengayib, turli xil ro‘yxatga olish usullari birlashtirilmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ma'lumotlarni to‘plashning raqamli usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, elektron xaritalar, elektron anketalar, Internet, shuningdek, ma'muriy ma'lumotlar manbalaridan foydalaniladi.
Mazkur xalqaro seminar Hamdo‘stlik mamlakatlari statistika idoralari mutaxassislari, ekspertlari uchun o‘zaro tajriba almashish imkonini beradi va MDHga a'zo davlatlarning statistik salohiyatini mustahkamlashga hissa qo‘shadi.Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy Kengashining 86-yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy Kengashining 86-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbir ilk marotaba masofaviy videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtdi. Yigʻilish kun tartibidan MDHga aʼzo davlatlar iqtisodiy hamkorligining turli sohalarini qamrab olgan masalalar oʻrin oldi.

Hamdoʻstlik mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari MDHga aʼzo davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni minimallashtirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.

MDH Iqtisodiy kengashi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi organlarining faoliyatini 2020-yilda moliyaviy taʼminlash toʻgʻrisidagi qaror, 2020-2025-yillarda xalqaro transport qatnovini amalga oshirishda MDHga aʼzo davlatlar hududida transport xavfsizligini taʼminlash strategiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi va koʻrib chiqish uchun Hukumat rahbarlari kengashiga taqdim etildi. Shuningdek, 2020-2024-yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning saratonga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasi ham tasdiqlandi.

COVID-19 pandemiyasini hisobga olgan holda, MDHning 2030-yilgacha Iqtisodiy rivojlanish strategiyasining birinchi bosqichini (2021-2025) amalga oshirish boʻyicha Harakatlar rejasini tayyorlash zarurati, 2019-yilda MDH davlatlararo innovatsion hamkorlik dasturining 2020-yilgacha bajarilishi va 2017-2020-yillarga moʻljallangan Tadbirlar majmuini 2020-yilga qadar boʻlgan davrda amalga oshirish, Hamdoʻstlik Iqtisodiy Kengashining qarorlari bajarilishi boʻyicha qator masalalar ham qatnashchilar tomonidan muhokama qilindi. Shu bilan birga, ishbilarmonlik muhiti, sarmoyadorlar uchun imtiyozlar, erkin iqtisodiy zonalar, MDHga aʼzo davlatlar sanoat va ilmiy-texnik parklari mavzulariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Uchrashuvda tashkiliy masalalar, xususan, navbatdagi MDH iqtisodiy kengashining 87-yigʻilishini 2020-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida oʻtkazish masalasi ham muhokama qilindi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy Kengashi doirasida iqtisodiy hamkorlikni davom ettirishga qaror qilishdi.

MDHToshkentda MDH davlatlari poytaxt IIO rahbarlarining birinchi kengashi bo‘ladi
Toshkentda MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar poytaxtlarining ichki ishlar organlari/politsiyasi bo‘linmalari rahbarlarining birinchi kengashi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ushbu tadbirni o‘tkazish tashabbusi MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-leytenant P. Bobojonov tomonidan ilgari surilgan edi.

Ushbu tashabbus Uyushgan jinoyatchilik va jinoyatchilikning boshqa xavfli turlariga qarshi kurashni muvofiqlashtirish byurosi tomonidan ma'qullanib, qo‘llab quvvatlangan.

Tashabbusning maqsadlari:

- Toshkent shahar IIBB va MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar poytaxtlarining ichki ishlar organlari/politsiyasi bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;

- axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari, giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi va terroristik faoliyatga qarshi kurash, turistlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha tajriba almashuvini kengaytirish;

Majlisda MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar poytaxtlari ichki ishlar organlari/politsiyasi rahbarlarining yig‘ilishlariga doimiy kengash organi maqomini berish va ushbu format faoliyati haqida Nizom loyihasini tuzish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish masalalri muhokama qiliniadi.

Tashabbuskor fikriga ko‘ra MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlari poytaxt ichki ishlar organlari/politsiyasi bo‘linmalari kuchilarini birlashtirish natijasida hal qilinidagi vazifalar quyidagilardan iborat:

- tajriba va ma'lumot almashish mexanizmi ishlab chiqilishi;

- huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni o‘tkazish va shu o‘rinda quyidagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini kelishilgan holda amalga oshirish:

- terrorizm va ekstremizm;

- giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop vositalarning noqonuniy savdosi;

- axborot texnologiyalari sohasida;

- shaxsga nisbatan sodir etilgan, shu bilan birga odam savdosi bog‘liq jinoyatlar.



Kengash yakuniga ko‘ra ikki tomonlama hujjatlar va o‘zaro hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolanadi.
Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish