O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Download 413,48 Kb.
Sana27.09.2021
Hajmi413,48 Kb.
#187114
Bog'liq
2-Laboratoriya ishi

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI

ОLIY VА O`RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI

GULISTОN DАVLАT UNIVЕRSITЕTI

KIMYO KAFEDRASI

Kimyo ta’lim yo’nalishi uchun

Kimyoviy texnologiya fanidan

2-LABORATORIYA ISHI

Mavzu: Suvning umumiy qattiqligini aniqlash.

Ajratilgan vaqt _6_ soat


GULISTON-2021

Laboratoriya ishi №2.
Mavzu: Suvning umumiy qattiqligini aniqlash.
Ajratilgan vaqt: 6 - soat.

Ishning maqsadi: Kompleksonometriya usulida suvning umumiy qattiqligini aniqlash

Identiv o’quv maqsadlari:

1. Suvni yumshatishni izohlaydi.

2. Suv tarkibidagi tuz ionlarini o’rganadi.
Kerakli jihozlar va reagentlar: Konussimon 250 ml hajmli kolba, 100 ml hajmli byuretka 100 ml li pipetka, 25 ml hajmli tsilindr, 0,05 mol/l kontsentratsiyali trilon B eritmasi, bufer eritma indikator ko’k yoki qora xromogen, natriy sulfidi, 1%li gidroksilaminxlorid eritmasi.
Ishning bajarilishi

Kolbaga tekshiriladigan suvdan 100ml solinadi. Uning ustiga 5ml bufer eritma (ammiakli aralashma) va 5-7 tomchi indikator (qora yoki ko’k xromogen) tomiziladi. So’ngra dar hol trilon B eritmasi bilan aralashtirib turilgan holda titrlanadi. Titrlash qizil-binafsha rangdan ko’k binafsha rang hosil bo’lguncha ya’ni ekvivalent nuktasigacha davom ettiriladi.

Agar titrlashga 10 mldan ko’p trilon B sarflansa, olingan suvda Са2+ va Mg2+ ionlarining birgalikdagi miqdori 5 mol/l dan ortiq ekanligini ko’rsatadi. U holda tekshiriladigan suvdan kamgina olib uni ustiga 100ml distillangan suv quyib yana titrlanadi.

Suvning tarkibida mis, rux, marganets ionlari hamda ko’p miqdorda karbonatli va gidrokarbonatli tuzlar bo’lsa, umumiy qattiqlikni aniqlashga halaqit beradi. Agar titrlaganda ekvivalent nuqtada rangning o’zgarishi aniq ravshan bo’lmasa bu suv tarkibida rux va mis ionlari borligidan dalolat beradi.

Ularni yo’qotish uchun tekshiriladigan suvga 1-2 ml natriy sulfid eritmasidan qo’shib yuqorida aytilgandek titrlanadi. Agar tekshiriladigan suvga bufer eritma va indikator qo’shilgach eritma sekinlik bilan rangsizlanib kul rang holatga o’tsa, suvda marganets ioni bor bo’ladi. U holda tekshiriladigan suvga avval 5 tomchi gidroksilaminxlorid eritmasidan tomiziladi va so’ngra reaktivlar qo’shib yuqorida aytilganidek titrlanadi.

Agar titrlash qiyin bo’lsa chuzilib ketsa, ekvivalent nuktada aniq rang hosil bo’lmasa rang bekaror tez o’zgaruvchan bo’lsa, bu holat tekshiriladigan suvning ishqoriylik darajasi yuqoriligini ko’rsatadi. Ishqoriylikni yo’qotish uchun tekshiriladigan suvga 0,1 mol/l kontsentratsiyali xlorid kislota eritmasidan ozgina qo’shiladi, so’ngra eritmaga 5 minut mobaynida havo puflab turiladi. Shundan so’ng bufer eritma va indikator qo’shib titrlanadi. Umumiy qattiqlik quyidagi formula yordamida aniqlanadi.



Bunda: КУ – suvning umumiy qattiqligi,V1 – trilon B ning titrlash uchun ketgan hajmi, ml; С- trilon B ning kontsentratsiyasi, mol/l; V­2 – tekshirish uchun olingan suv hajmi, ml.



1. Trilon B eritmasini tayyorlash.

2,3125g trilon B o’lchab olinib 1l.li kolbaga solib ustiga distillangan suv quyib eritiladi va hajmini 1l ga etkaziladi.



2. Indikator eritmasini tayyorlash.

Indikator- qora yoki ko’k erioxromdan 0,5g o’lchab olinadi va 10 ml ammiakli bufer aralashmada eritiladi, so’ngra eritma hajmi 100 ml ga etguncha etanol bilan suyultiriladi. (indikatorni 10-12 kundan ko’p saqlab bo’lmaydi, uni qora shisha idishda saqlash kerak).

3. Ammiakli bufer eritmasini tayyorlash.

100 ml ammiak (20% li) va 100 ml ammoniy xlorid (20%li) eritmalari aralashtiriladi va aralashma 100ml etanol bilan yoki 800ml distillangan suv qo’shib suyultiriladi. (distillangan suv tuz saqlamasligi kerak, uni aniqlash uchun 100ml suvga 1ml bufer eritmasi va 6-7 tomchi indikator tomiziladi bunda ko’k rang hosil bo’lsa, suv yumshoq hisoblanadi).

NAZORAT SAVOLLARI:

1.Suvni umumiy qattiqligini keltirib chiqaruvchi omillarni keltiring.

2.Suvning umumiy qattiqligini yo’qotish usullarini ayting.

FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR
1.“Общая химическая технология”(под ред. И.П. Мухленова). В. 2-ч. М. Высшая школа. 1985г, 312 стр.

2. Соколов Р.С. “Химическая технология” М. Владивосток, 2000г, т-1. 366 стр.т-2. 447 стр.

3. Тихвинская М.Ю., Волынский В.С. “Практикум по химической технологии” М. Просвещение, 1984г, 160 стр.

4. Григорьев А.П., Федотова О.Д. “Лабораторный практикум по технологии пластических масс” М. Высшая школа 1977г, ч.1. 248 стр. ч.2. 235 стр.



5. Ключников М.К. “Практические занятия по химической технологии” М. Просвещение, 1978г, 224 стр.


Download 413,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish