Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 31-maktabning amaliyotchi psixologi Xudoyqulova Nigoraning 2021-2022- o‘quv yili 10-dekabr kunlari o’tkazgan "Zo‘ravonlikka qarshi 16- kuni " Aksiyasi doirasida qilingan ishlari to‘g‘risida
H I S O B O T
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining senatining Xotin-qizlar va gender
tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan 2021-yil 25-noyabr – 10-dekabr
kunlari “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun ” kampaniyasini o‘tkazish
belgilanganligi munosabati bilan 25 noyabr-10 -dekabr kunlari “ Zo‘ravonlikka qarshi
16 kun ”aksiyasini
maktabdagi 1-11sinf o‘quvchilari o‘rtasida “ Biz
zo‘ravonlikka qarshimiz ” shiori ostida aksiya tashkillandi. “ Zo‘ravonlikka
qarshi 16 kun ” aksiyasi chora-tadbiri tuzilib, XTB tomonidan tavsiya etilgan
reja asosida 1-11 -sinf òquvchilari ,Ota onalar, pedagoglar xodimlar
orasida turli tadbirlar,treninglar va yig’ilishlar,tushuntirish ishlari,davra suxbatlari tashkil
etildi.
Maktabimizda "Oilaviy qadriyatlar,” “Mening oilam"
Farzandlik burchi va ota-onalik mas’uliyati", “Tabiatni asraylik"Hayot gòzal ,“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz ” “Meni kechir ” “Men sendan uzr so‘rayman ” shiori ostida 1-11 sinf o‘quvchilari bilan psixologik treninglar o‘tkazildi.
Aksiyaning birinchi kuni 1-kuni 8-11 sinf o‘quvchilari bilan xamkorlikda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun ” “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiorlarini ilib chiqdik. Aksiyaning 2-kuni ”Men sendan uzr so‘rayman”stend hamda “Ishonch qutisi” tashkilladik. Aksiyaning 3-kuni O‘qituvchilar jamoasi bilan navbatdan tashqari pedagogik kengash o‘tkazildi. "Men va mening oilam" mavzusida davra suxbati olib bordik,o’quvchilarning oila va oilaviy munosabatlardagi uz urni xaqida mustakil fikrlari urganildi,muammoli vaziyatlardan qanday chiqib ketish va muommolarning tug’ri echimini topishga motivatsiyalar xosil qilindi.Teningni asosiy maqsadi o‘quvchilarni dars jarayonlarida fikrlarini tez namoyon qila olishligi, xarakatchang,uddaburon bo‘lishi, o‘z-uziga bulgan ishonchni uyg’otish va yuqori baxo berishlik,doimo yaxshilikka,hayotga intilib yashashga undaydi,jamoada axillik,boshqalarga ijobiy motivatsiya bera olish xisini rivojlantirishga xizmat kiladi. “ Men va mening oilam” mavzusida 8-11 sinflar o‘rtasida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi, o‘quvchilar o‘z rasmlarida ichki kechinmalarini yoritib berdilar xamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Aksiyaning 5-kuni 1-2 sinf o‘quvchilariga ”Ertak terapiya” tashkillanib Zo‘ravonlikka qarshi, odamlarga, xayvonlarga, tabiatga mexr muxabbat uyg‘otuvchi ertak aytib berildi bolalar bundan o‘zlariga yaxshi xulosa chiqarib oldilar. 3-7 sinf o‘quvchilari bilan esa “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz” shiori ostida “Tabiat bizning onamiz” mavzularida rasmlar tanlovini bo‘lib o‘tdi.Aksiyaning 7-kuni 1-11 sinflar tarbiyaviy soat darslarida sinf raxbarlari “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiya,chelenj trening mashg‘ulotlari o‘tdilar. Aksiyaning 9-kuni 11-sinf o‘quvchilarining ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi,tashrif buyurgan mexmonlar maktab faesida “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz” aksiyasida ishtirok etib o‘z fikr muloxazalarini yozib qoldirdilar xamda ota -onalardan so‘rovnoma olindi. Yig‘ilishda ota-onalarga tarqatmalar tarqatildi xamda ularga farzandlariga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lishga undadik. Yig‘ilishdan o‘zlariga yarasha xulosa chikardilar.5-9 sinf o‘quvchilari ishtirokida xam so‘rovnoma olindi, 10-11 sinf o‘quvchilariga Zo‘ravonlikka qarshi, mexr tuyg‘usi aks etgan etgan vidiorolik namoyish etildi.Aksiyaning 12-kuni 5-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Meni kechir” aksiyasini tashkil qilindi,bunda o‘quvchilar stenddagi konveertga o‘zlarini ichki kechinmalari,kechirimlarini anonim tarzda solib qo‘ydilar.8-9 sinflar o‘rtasida esa “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. insho mavzular juda keng qamrovda olingan bulib o‘quvchilar fikr muloxazalarini keng bayon etganlar.Aksiyaning 14-kuni 5-7 sinflarga zo‘ravonlikka qarshi, mexr tuyg‘usi aks etgan etgan vidiorolik namoyish etildi. Aksiyaning 15-kunida 9-”sinf uquvchilari tomonidan karantin qoidalariga rioya qilgan xolda “Bizning maktab zo‘ravonlikka qarshi” mavzusida ma’naviy va ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bizning maktabda aksiya yil mobaynida davom etadi
Biz yoshlar doimo “Zo‘ravonlikka qarshimiz”deb baralla aytamiz. Mazkur aksiyani tashkil etish bo‘yicha Respublika tashxis markazi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar hamda ssenariylardan foydalanildi.
Xafta davomida yuqoridagi ishlarga qushimcha ravishda yoshlarga
berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishga undash va ularni Xar
tomonlama qullab quvvatlash ishlar amalga oshirildi.
Maktab direktori: S. Jo’ldasova.
Maktab psixologi: N. Xudoyqulova.
Do'stlaringiz bilan baham: |