O’zbekiston respublikasi mahalliy hokimiyatining tashkil topishi



Download 23,67 Kb.
bet1/3
Sana09.11.2022
Hajmi23,67 Kb.
#862774
  1   2   3
Bog'liq
MAHALLIY HOKIMIYATINING TASHKIL TOPISHI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAHALLIY HOKIMIYatining tashkil topishi


Reja:
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizim
2. Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyaviy vakolatlari.
3. Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va ijroiya hokimiyat organlari o’rtasidagi munosabatlar va ularning huquqiy tartibga solinishi.
4. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining tuzilish tartibi va vakolatlari. 

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o’zining davlat organlari va huquq tizimini qayta shakllantirishga kirishdi. Mustaqil O’zbekiston davlat organlarining vazifalarini chegaralash, ularning o’z vazifalarini mustaqil asosda bajarish va shu yo’l bilan o’z faoliyatini yaxshilash uchun choralar ko’rila boshladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun o’zbek milliy davlatchilik an`analariga murojat qilinib, mahalliy ijroiya hokimiyatining boshlig’i sifatida hokim lavozimini ta`sis etish maqsadga muvofiq deb topildi.


«O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’isida»gi 1992 yil 4 yanvardagi qonuni Respublikada mahalliy hokimiyat organlarining yangi tizimi vujudga kelishida alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu qonunda ko’rsatilishicha, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tkazish sharoitida ijroiya hokimiyatini mustahkamlash zarurligi munosabati bilan, O’zbekiston Respublikasining viloyatlari, tumanlari va shaharlarida vakillik hokimiyatiga hamda ijroiya – boshqaruv hokimiyatiga boshchilik qiladigan hokimlar lavozimini ta`sis etish lozim deb topildi.
Viloyatlarning hokimlari Respublika Prezidentining joylardagi rasmiy vakillari bo’lib, tegishli viloyat Kengashlariga hisob beradilar. Ular O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar va lavozimidan ozod etiladilar hamda xalq deputatlari tegishli viloyat kengashlari tomonidan tasdiqlanadilar; tumanlar va shaharlarining hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlarga bo’ysungan shaharlarning hokimlarini tuman hokimi tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi hamda xalq deputatlari tuman kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobida O’zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining Konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlangan. Unda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi; tuzilish tartibi; ularning vakolatlari; faoliyatining shakllari; o’zini – o’zi boshqarish organlari va qabul iladigan huquqiy hujjatlari to’g’risidagi Konstitutsiyaviy normalar ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga binoan, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari bo’lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar. Demak, mahalliy davlat hokimiyatining vakilligi tashkil etiladi. Tumanlarga bo’ysunadigan shaharlarda va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda esa davlat hokimiyati vakillik organlari tashkil etilmaydi. Bu joylarda faqat ijroiya hokimiyati organlari – hokimlar bo’lishi nazarda tutiladi.
Mahalliy vakillik organlari ham ijroiya hokimiyat boshlig’i – hokim rahbarlik kiladi. «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonun qabul qilinib, mahalliy hokimiyat organlari to’g’risdagi Konstitutsiyaviy normalarni aniqlashtirdi va ularni hayotda qo’llash uchun aniq huquqiy normalar bilan mustahkamladi. «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonunning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, u hamma pogonadagi mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini yagona qonun asosida huquqiy jihatdan tartibga soldi.
Bundan tashqari, ushbu qonun mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyatlari organlarining yangi tizimini mustahkamladi.
Sho’rolar davrida O’zbekistonda barcha ma`muriy-hududiy bo’laklarda davlat vakillik organlari tashkil etilar edi. Qishloqlar, ovullar va posyolkalarda, tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda vakillik hokimiyati organlari tashkil etilar, natijada vakillik hokimiyati organlari tizimi ko’p sonli organlardan iborat bo’lar edi. Kengashlar ish tajribasi shuni ko’rsatdiki, ma`muriy-hududiy bo’laklardagi vakillik organlari nomigagina tuzilar va yuqori pog’onadagi vakillik organlarining faoliyatini takrorlardi, xolos. Quyi pog’onada mustaqil hal qilinadigan ishlar deyarli yo’q edi. Ularni saylash esa ortiqcha tashvish va xarajatlarni keltirib chiqarar, kishilarni asosiy ishlardan chalg’itar edi.
Qonun shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda ham vakillik organlari tuzishni nazarda tutmaydi. U joylarda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonini tezlashtirish, ijroiya hokimiyatini kuchaytirish maqsadida hokimlar tayinlanadi va ular yuqori turuvchi hokimning shu hududdagi vakillari hisoblanadilar.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi davlat hokimiyatining vakillik organi hisoblanadi. U viloyat, tuman va shaharlarda tashkil etiladi. Viloyat, tuman va shaharlarda shu hududlarning oliy mansabdor shaxsi – hokim vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Hokimlarning vakillik organlariga rahbarligi vakillik organlarining ishini tashkil qilishga qaratilgandir.
Viloyat hokimi, Toshkent shahri hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman va shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar.
Toshkent shahridagi tumanlarda vakillik organlari bo’lganligi tufayli Toshkent shahridagi tuman hokimlarini bevosita Toshkent shahar hokimi tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, ular Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashida tasdikqanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 12-bandiga ko’ra, Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki sha`ni va qadr-qimmatiga dog’ tushiradigan hatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga xaqli.
Tuman markazlari hisoblangan shaharlarda, viloyat hokimi shahar hokimini tuman hokimiga bo’ysundirish va yagona boshqaruv organi tuzish vakolatiga ega. Qonunda bunday holatni ko’rsatishdan maqsad, hokimlik tizimini mustahkamlash va uning ishini samarali tashkil qilish, boshqaruv apparatini ixchamlashtirish va arzonlashtirishdir. Xalq deputatlari barcha pog’onasidagi Kengashlarining va hokimning vakolat muddati besh yil.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasiga muvofiq, mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi:
- qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash;
- hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
- mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
- mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
- atrof muhitni muhofaza qilish;
- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta`minlash;
- normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oishirish.
Bu vazifalar mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining birgalikda amalga oshiradigan vazifalari bo’lib, ularning vakolatlari shu vazifalardan kelib chiqadi.
Mahalliy hokimiyat organlari tegishli hududda qonuniylik, huquqiy tartibot va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashda turli organlarni shu maqsad sari yo’naltiruvchi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rolni o’ynaydi. Ular mazkur hududda qonuniylikni va huquqiy tartibotni mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurash choralarining umumiy yo’llarini, tadbirlarini ishlab chiqadi va shu tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi.
Mahalliy hokimiyat organlari o’z hududida hududni iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy rivojlantirishga rahbarlik kiladi. Mahalliy Kengashlar hududni rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlaydi. Mahalliy Kengashlar va hokimlar O’zbekiston Respublikasi mulki bo’lgan davlat mulki ob’yektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish kabi sohalarda nazoratni amalga oshiradilar. Bundan tashqari, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o’ziga berilgan yoki qonunlarga muvofik o’zi sotib olgan ob’yektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini to’liq amalga oshiradi.
Vakillik organlari, hokimlar o’z mulklarini qonunga zid bo’lmagan tartibda vaqtincha foydalanish yoki doimiy egalik qilish uchun boshqa shaxslarga berish huquqiga ega. Mahalliy organlar bu huquqdan o’z hududida ishlab chiqarishni rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish maqsadida foydalanadilar.
Viloyat, shahar hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun ijaraga yer berishga, bu sub’yektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to’xtatib qo’yishga, shuningdek yerlarni olib qo’yishga haqli bo’lib, uning bu xususda qabul qilgan qarorlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Mahalliy hokimiyat organlari o’z hududida sanoat, qurilish, aloqa vositalari, qishloq xo’jaligi aholiga xizmat ko’rsatish sohalari, ijtimoiy va madaniy sohalarga raxbarlikni amalga oshiradilar. Ushbu organlarning rahbarlarini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish, shu organlarning faoliyatini nazorat qilish, ularning hisobotlarini eshitish mahalliy hokimiyat organlarining vakolatiga kiradi.
Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish vazifasi hududning iqtisodiy rivojlanishida, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashda, davlat organlarini saqlab turishda zarur moddiy bazani vujudga keltirishga qaratilgan.
Mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining muhim qismidir. Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonunda, hokimlar aholiga kommunal xizmat ko’rsatish sohasida qonun hujjatlarida o’z vakolatiga berilgan masalalarni hal qilishi ta’kidlangan. Hokimlar o’z hududida kommunal xo’jalik tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga rahbarlik qiladi. Kommunal xo’jalik tarmoqlari, hokimliklarning tarkibiy bo’linmalari orqali boshqariladi. Ularning boshliqlari hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi. Bu masala mahalliy kengash sessiyasida tasdiqlanadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.
Hokimlarning asosiy vazifasi Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari ijrosini tashkil etishdir.
Bundan tashqari hokimlar jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’radilar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadilar, agar quyi turuvchi hokimlarning qarorlari Konstitutsiya, qonunlar va boshqa yuqori tashkilotlar qarorlariga zid bo’lsa, ularni bekor qiladilar; rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati bo’linmalarining ishini nazorat qiladilar; xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida taqdimnoma kiritadilar; davlat mukofotlari bilan taqdimlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadilar va ular yuzasidan takliflar kiritadilar, respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko’radilar; aholini qabul qilishni tashkil etadilar, fuqarolarning taklif va shikoyatlarini ko’rib chiqadilar va o’z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni hal etadilar.
Mahalliy hokimiyat organlari o’z vakolatlari doirasida normativ hujjatlar qabul qiladilar, ular qaror va farmoyishlar shaklida bo’lishi mumkin. Ular qabul qilgan qarorlarning ushbu hududda bajarilishi shartdir.
Hokimlar vakillik organlari oldida vaqti-vaqti bilan hisob berib turadi. Shuningdek, hokim o’z o’rinbosarlari va ijroiya hokimiyat tarkibiy bo’linmalarining rahbarlarini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish to’g’risidagi qarorlarini xalq deputatlari Kengashi tasdig’iga taqdim etadi. Hokimlik devoni bo’linmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining qarorlari Konstitutsiya va qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid bo’lmaslgi kerak. Aks xolda ular O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi. Hokimlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Maxkamasi tomonidan to’xtatiladi va bekor qilinadi. Bundan tashqari, hokim qabul qilgan normativ hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasida hokimliklar faoliyatini tashkil qilishdagi muhim yo’nalishlardan biri aholini qabul qilish, ularning istak –xohishlarini o’rganish, omma bilan bevosita muloqotda bo’lishdir. Hokim, hokimning birinchi o’rinbosari, o’rinbosarlari, bo’limlar, boshqarmalar va bosh boshqarma rahbarlari, hokim kotibiyati boshlig’i aholini qabul qiladilar.
Fuqarolarga qulay bo’lishi uchun qabulni ma`muriy markazda o’tkazmasdan, qishloq, tuman, shahar, viloyatlarda aholi yashash joylarida ham o’tkaziladi. Rahbarlar reja bo’yicha oyiga bir-ikki marta joylarga chiqadilar, shaharlardagi yirik korxona, tashkilotlarda ham aholi qabul qilinadi. Ba`zi bir hokimliklarda yagona qabul qilish kuni belgilangan, bunday kunlarda boshqa hech qanday ommaviy tashkiliy tadbirlar o’tkazilmaydi.
«Fuqarolarning murojatlari to’g’risida»gi qonunga binoan, hokimlar ariza va xatlar bo’yicha qilingan ishlarning hisobini olib boradi va hokimlarning vazifasiga ularni to’g’ri va o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish yuklatilgan.
Davlat hokimiyatining vakillik organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishda Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan «Ish tartiblari» muhim axamiyatga ega. Ularga asosan xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va o’tkazish, unda kadrlar qabul qilish va sessiyaga hal qilish uchun berilgan boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ko’pchilik fikriga asoslanganligi uning tatbiq etilishini kafolatlaydi. Xalq deputatlari Kengashlari fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta`minlashga, atrof-muhitni muxofaza qilishga doir o’z vakolatlariga berilgan masalalarni, O’zbekiston Respublikasining Qonunlariga muvofiq nazorat qilishga doir boshqa masalalarni hal etadi.
O’zbekiston Respublikasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining ish tajribasida xokimiliklar qaror loyihasiga tayyorgarlik ishlarini oldindan rejalashtiradilar; o’tkaziladigan tadbirlar loyihasini, ularni ijro etuvchi shaxslarni belgilaydilar, tegishli hisobotlarni berish vaqtlarini tayinlaydilar.
Qaror loyihasi doimiy komissiyalar tomonidan ham tayyorlanishi mumkin, ularda sessiya kun tartibiga masala doimiy komissiyalar tomonidan kiritilgan bo’lsa, yoki shu masala bo’yicha ma’ruza doimiy komissiyalar tomonidan tuzilayotgan bo’lsa, qaror loyihasi doimiy komissiyalar tomonidan tuziladi. Hokimiyatlar shtatidagi yurist maslahatchi loyiha haqida xulosa beradi.
Sessiyalarda deputatlarning faolligini oshirishga qaror loyihalari bilan oldindan tanishib chiqish yordam beradi. Hokimiyat apparati deputatlarni qaror loyihalari bilan oldindan tanishtiradi. Bu deputatlarga loyihani yaxshilab o’ylab chiqishga, saylovchilar bilan maslahatlashib olishga imkoniyat yaratadi. Deputatlarga sessiyani chaqirish vaqti va joyi haqidagi xabarlar bilan birga, ularga qaror loyihasini ham yuborish maqsadga muvofiq, ayrim hollarda loyihaga ba`zi bir boshqa materiallar bilan maruza tezisi ham qo’shib yuboriladi. Hokimiyatning sessiya chaqirish to’g’risidagi qarorida sessiya chaqirish vaqti va joyi, sessiya ko’rib chiqadigan masalalar va ma`ruzachilar ko’rsatiladi. Hokim Kengash majlislariga rahbarlik qiladi. Kengash «Ish tartibi»ga rioya qilishni kuzatadi, hokim ma’ruza, qo’shimcha ma’ruza, munozaralarda chiqish uchun, ma`lumotnomalar uchun, so’rov kiritish va unga javob berish uchun so’z beradi, yozma ravishda tushgan so’rovlarni e`lon qiladi, majlichslarda tanaffus va majlisning yopilganligini e`lon qiladi. Kun tartibi majlisda ishtirok etgan deputatlarning oddiy ko’pchilik ovozi bilan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari Kengashlarining «Ish tartibi»ga muvofiq, ma’ruzalar uchun 30 minutdan 40-50 minutgacha, qo’shimcha ma’ruzalar uchun 20-30 minut, munozaralarda chiqish, yakunlovchi so’z uchun 10-15 minut, ma`lumotlar, qayta chiqishlar uchun 5 minutgacha vaqt ajratiladi.
Mahalliy Kengashlarning o’z hududlari doirasida qabul qilgan qarorlari hokimiyat organining akti bo’lib, ijrosi majburiydir. Qarorlarni Kengash ochiq ko’pchilik ovoz berish yo’li bilan qabul qiladi. Qaror hokim va kotib tomonidan imzolanadi. Kengash majlislari borishini o’zida ifodalovchi asosiy hujjat sessiya bayonnomasidir. Unda sessiyaning o’tkazilgan vaqti, ishtirok etgan deputatlar va taklif etilgan shaxslarning soni, kun tartibi, ma’ruzachilar va qo’shimcha ma’ruzachilar, munozaralarda so’zga chiqqan shaxslar, ularning nutqlarining qisqacha mazmuni ko’rsatiladi. Sessiyada qabul qilingan Kengashning har qanday qarori bayonnomada o’z ifodasini topishi shart. Bayonnoma hokim va sessiya kotibi tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning bir nusxasi yuqori turuvchi hokimiyatga beriladi.
Xalq deputatlari Kengashi va Hokimning topshirig’iga binoan yoki o’z tashabbusi bilan vazifalari doirasidagi masalalar bo’yicha qaror loyihalarini ishlab chiqishda, mahalliy davlat hokimiyatini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tegishli hududda amal qilishni ta`minlash maqsadida, xalq deputatlari Kengashi xuzurida doimiy komissiyalar faoliyat yuritadi. Bunday doimiy komissyalar mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy shakllardan biridir. Ularning faoliyati orqali Kengashning ishida doimiylik vujudga keladi. Bu doimiy komissiyani deputatlarning Kengash ishiga doimiy va faol jalb qilish vositasidir. Doimiy komissiyalarning soni tegishli Kengashlar tomonidan belgilanib, uning sohalaridan kelib chiqadi. Doimiy va muvaqqat komissiyalarning vazifasi-sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, kengash qarorlarini va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini ro’yobga chiqarish uchun ko’maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o’rnatishdir. Komissiyalar to’g’risidagi nizom tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyat, tuman va shahar Kengashlarida tashkil etilgan doimiy komissiyalar o’zlariga tegishli hududda korxona, tashkilot, muassasalarda qonun talablari qanday bajarilayotganligi to’g’risida o’tkazadigan tekshirishlarda hamkorlik qiladilar va o’z ish rejalarini muvofiqlashtiradilar hamda o’z faoliyatlari va ish tajribalari bilan fikr almashib turadilar.
1993 yil 2 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq uchinchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda tuziladigan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining tuzilishini va ularning huquqiy holatini belgilab berdi.
Qonunga asosan, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ularning tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolar yig’ini o’zini-o’zi boshqarish organlari hisoblanadi. Bu organlar o’z majlislarida rais (oqsoqol)ni va uning maslahatchilarini ikki yarim yil muddatga saylaydilar.
O’zini-o’zi boshqarish organlarning asosiy maqsadi jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarga ko’maklashish, o’z hududlardagi ijtimoiy va xo’jalik vazifalarni hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o’tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga O’zbekiston qonunlarini, respublika Prezidentining farmonlarini, O’zbekiston hukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarining qarorlarini bajarishda yordamlashish uchun fuqarolarni birlashtirdilar.
O’zbekiston Respublikasida hayotga tadbiq etilgan o’zini-o’zi boshqarish tizimi, birinchidan, O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish talablarini hisobga olib amalga oshirilgan bo’lsa, ikkinchidan, u shu sohada dunyoda qabul qilingan tizimlarga ham mos keladi.
O’zbekiston sharoitida mahalla o’z tarixiy ildizlariga ega. U O’rta Osiyoda shaharlar doirasidagi ma`muriy-hududiy birlik bo’lgan va bizga o’tmishdan meros bo’lib qolgan. Qonunga asosan, o’zini-o’zi boshqarish organlari hududiy prinsip bo’yicha tuziladi. Bu organlarni, ular ish olib boradigan hudud fuqarolarining taklifiga ko’ra, tuman, shahar hokimi belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Yig’inlar ishda 18 yoshga etgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolar qatnashadi. Fuqarolar yig’inini rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishgan holda zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig’ini, shuningdek, xalq deputatlari Kengashi, hokim tomonidan yoki o’n sakkiz yoshga yetgan va shu hududda yashayotgan fuqarolar uchdan bir qismining tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Yig’in chaqirishning iloji bo’lmagan taqdirda fuqarolar vakillarining yig’ilishi o’tkaziladi.
Fuqarolar yig’inlarida qatnashish huquqiga ega bo’lgan barcha aholining yarmidan ko’prog’i kelgan taqdirda, yig’inlar vakolatli hisoblnadi, vakillar yig’ilishlari esa ularga deputatlarning kamida uchdan ikki qismi kelgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Yig’lishni rais yoki uning maslahatchilaridan biri boshqaradi. Barcha masalalar bo’yicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali va oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Yig’in bayonnomasi va qarorlarini rais, uning yo’qligida esa, maslahatchilaridan biri imzolab, tegishli tuman, shahar hokimiga yuboradi.
Rais va uning maslahatchilarini fuqarolar yig’ini tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishgan holda saylaydi.
Maslahatchilarning miqdorini yig’in belgilaydi. Yig’inga maslahatchilarninng nomzodlarini rais tavsiya etadi. Rais va maslahatchilar, ularga yig’inda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko’prog’i ovoz bersa, saylangan hisoblanadilar.
O’zini-o’zi boshqarish organlari o’z mulklariga va moliyaviy manbalariga ega. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan qurilgan, olingan yoki ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy va boshqa maqsaddagi ob’yektlar, shuningdek, transport vositalari, xo’jalik anjomlari hamda boshqa ko’chadigan va ko’chmas mulk ularning mulki hisoblanadi.
Fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlarining moliyaviy ressurslari ularning o’z mablag’lardan, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratilgan byudjet mablag’laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ijtimoiy mablag’lari, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag’lardan tashkil topishi mumkin.

Download 23,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish