O’zbek xalq musiqa ijodi fanidan «xalq marosimlari, bayramlari, urf odatlari, ularning tushunchalari» mavzusida tayyorlagan kurs ishi taqdimoti



Download 7,94 Mb.
Sana05.04.2022
Hajmi7,94 Mb.
#531153
Bog'liq
Karimov Botir

O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI FANIDAN « XALQ MAROSIMLARI, BAYRAMLARI, URF ODATLARI, ULARNING TUSHUNCHALARI » MAVZUSIDA TAYYORLAGAN KURS ISHI TAQDIMOTI

4 KURS 402-GURUH TALABASI

KARIMOV BOTIRNING

Reja:

  • 1 Xalq ijodi – boqiy qadriyat
  • 2 Bayramlarning turlari va o’ziga xos xususiyati
  • 3 Urf-odat va an'analar
  • 4 Navro'z udumlari va urf-odatlari
  • Har bir xalqning milliy oʻzligini koʻrsatadigan qadimiy urf-odat va marosimlari, ezgulikni ulugʻlaydigan boqiy anʼanalari boʻladi. Xususan, bizning milliy qadriyatlarimiz ham maʼnaviyatimizning yuksalishiga, millat sifatida shakllanishimizga alohida hissa qoʻshib, asrlar davomida xalqimizga juda katta ruhiy-maʼnaviy quvvat baxsh etib kelgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan bu qadriyatlar tom maʼnoda maʼnaviy boyligimizdir. Dastavval ana shu bebaho tafakkur durdonalarining bugungi maʼnaviy-madaniy taraqqiyotimizdir.
  • Alisher Navoiy ham “Mezon ul-avzon”da “chinka” qoʻshigʻining ikki xil turi boʻlib, “Bir navʼi hech vazn bila rost kelmas va bir navʼida bir bayt aytilurkim, munsarihi matviyi mavquf bahridur va yor-yor lafzini radif oʻrnigʻa mazkur qilurlar, andoqkim: Qaysi chamandin esib keldi sabo, yor-yor,Kim damidin tushti oʻt jonim aro, yor-yor”, deb yozgan edilar. “Chinka”ning ana shu “hech vazn bila rost kelmaydigan” turi unutilib ketgan boʻlib, ikkinchi navʼi “yor-yor” janri sifatida hozir ham keng ijro etib kelinmoqda. Urf-odat va marosimlar, xalq qoʻshiqchiligi anʼanalarining bunday oʻzgarib, yangilanib borishi nomoddiy madaniy meros rivojining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir. Har bir davrning badiiy-estetik ehtiyoji va hayotiy voqeligi, xalqning turmush tarzi va badiiy tafakkuri taraqqiyotidan kelib chiqqan holda folklor anʼanalari ham ayrim uzvlarini yoʻqotib, baʼzilari esa yanada boyitilib, toʻlishib-takomillashib, oʻsib-rivojlanib boraveradi. Lekin shuni qayd etish kerakki, u yoki bu folklor janri, urf-odat yoki marosim unut boʻlib ketishining ham muayyan sabablari bor. Tarixiy-folkloriy jarayonning qonuniyatlariga koʻra, qadimda muayyan marosimni oʻtkazishga hayotiy-maishiy ehtiyojning yoʻqolishi, yaʼni ijtimoiy voqelikda oʻsha marosimni oʻtkazish ehtiyoji yoʻqligi bois koʻpgina marosimlar bolalar oʻyinlari sifatida oʻz shakli va funksiyasini oʻzgartirgan holatda yashashda davom etavergan.
  • Xalq ogʻzaki ijodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri – tarbiya vositasi ekanligi bilan belgilanadi. Xalqimiz tomonidan yaratilgan rivoyatlar, masalan, Amir Temur, Alisher Navoiy singari buyuk bobolarimizning ezgu ishlari haqidagi rivoyatlar, tarixiy qoʻshiqlar, tarixiy dostonlar, maqol va hikmatli soʻzlar orqali yosh avlod dunyoqarashi shakllanadi, tarixiy qadriyatlarni eʼzozlash anʼanasi kamol topadi, maʼnaviy madaniyat yuksaklikka koʻtariladi. Chunki bu asotirlarda oʻziga xos gʻoya, mafkura yashiringan. Albatta, gʻoyatda boy badiiy anʼanalar mahsuli hisoblangan folklorimizda xalqimizning orzu-istaklari, ezgu oʻylari, oʻziga xos turmush tarzi hamda axloqiy qarashlari mujassamlashgan. Shuning uchun ham folklor asarlari, urf-odat, anʼana va marosimlar xalqimizning maʼnaviy qiyofasini koʻrsatuvchi koʻzgugina emas, balki milliy tarbiyaning muhim va qudratli vositalaridan biri hamdir.Siz yuqorida Amir Temur, Alisher Navoiy singari buyuk bobokalonlarimizning muborak nomlarini tilga olganingizda xalqimiz orasida naql qilinadigan purmaʼno rivoyatlar yodimga tushdi. Darhaqiqat, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotida yurtimizning shonli tarixi, ilmiy va maʼnaviy qadriyatlarining yaratilishiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ siymolar hayoti va ezgu ishlari haqida hikoya qiluvchi rivoyatlar juda koʻp.
  • Bayramlarning turlari va o’ziga xos xususiyati. O’rta Osiyoda "Ayiq o’yini" (pantomimik raqs sifatida) keyingi vaqtlargacha yetib kelgan. Mexnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi odamlarning chorvachilik va dehqonchilikka o’tishi (bu jarayon O’rta Osiyoda miloddan oldingi III ming yillik oxiri - II ming yillik boshlariga to’qri keladi) ana shu yangi sohaga oid odat, marosim va bayramlarni vujudga keltira boshlagan. Dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea - bu hosilni yiqish va yangi noz-ne’matlarni tatib ko’rish jarayoni bo’lgan yil bo’yi kutilgan bunday jarayon, tabiiyki, dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan. Bundan ko’tarinki kayfiyatni harakatlarda aks ettirish maqsadida kishilar o’yinlar va marosimlarni tashkil qilgan. "Mehnat o’yinlari" yaxshi kayfiyat, bayram holatini vujudga keltirgan. Bronza davrilaridan boshlab o’troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning tez rivoj-lanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirishish, kuzda hosilni yiqib olish yakuniga baqishlangan bayramlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar o’tishi bilan an’anaga aylana boshlagan. Insonning "birinchi kasbi"-ovchilik asosida-"ovchilik o’yinlari" vujudga kelgan bo’lsa, uning dehqonchilikka o’tishi va u bilan shuqullanishi natijasida "mehnat o’yinlari" shakllanib, yangi mehnat bayramlari uchun zamin yaratgan.
  • Urf-odat va an'analar
  • O’zbekiston viloyati aholisi turmush tarzida qadimiy falsafiy, diniy, taqvimiy tasavvurlari hamda xo'jalik an'analari bilan bog'liq urf-odat, marosim va bayramlar mavjud. Jamoaviy hayot o'zida turli an'analarni mujassam etgan. Ular asrlar mobaynida ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib kelmoqda. Mazkur urf-odat va marosimlarni taqvimiy, mehnat, oilaviy va diniy kabi guruhlarga bo'lish mumkin. Ushbu qadimiy an'analar o'zida yangicha ko'rinishlarni ham mujassam etgan holda xalqimiz turmush tarzida hozirga qadar yashab kelayotgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: Navro'z, Mehrjon, lola sayli, boychechak sayli, sunbula sayli, gul bayrami, suv sayli, qum sayli, qor xat, yerga urug' qadash, oblo baraka, hosil bayrami, uzum sayli, qovun sayli, chorvani yaylovga haydash, jun qirqimi, chorvani qishlovga qaytarish, to'l olish, beshik to'yi, soch olish, birinchi qadam, sunnat to'yi, muchal to'yi, nikoh to'yi, Qurbon hayiti, Ramazon hayiti, Laylat ul Qadr, Payg'ambar yoshi, Mavlud, Bibi Mushkulkushod...Mazkur urf-odat va marosimlar o'zbek xalqi etnomadaniyatida muhim o'rin tutadi.

Navro'z, Mehrjon, lola sayli, boychechak sayli, sunbula sayli, gul bayrami, suv sayli, qum sayli, qor xat, yerga urug' qadash, oblo baraka, hosil bayrami, uzum sayli, qovun sayli, chorvani yaylovga haydash, jun qirqimi, chorvani qishlovga qaytarish, to'l olish, beshik to'yi, soch olish, birinchi qadam, sunnat to'yi, muchal to'yi, nikoh to'yi, Qurbon hayiti, Ramazon hayiti, Laylat ul Qadr, Payg'ambar yoshi, Mavlud, Bibi Mushkulkushod...Mazkur urf-odat va marosimlar o'zbek xalqi etnomadaniyatida muhim o'rin tutadi. Ularning tarixiy ildizlari qadimgi davrlarga borib taqalib, tarixning turli bosqichlarida ba'zan tazyiqlarga uchrab, ba'zan yangicha ko'rinish olib, hozirga qadar yetib kelgan.

Navro'z udumlari va urf-odatlar Xalqimizning turmush tarzida yil taqvimi bilan bog'liq turli xil udumlar, urf-odat va marosimlar mavjud bo'lib, ularning barchasi Sharq xalqlarining quyosh taqvimidagi birinchi kun bo'lmish Navro'z (Nav-Yangi, Ro'z-kun) bayramidan boshlanadi.

  • Tarixiy ildizlari juda chuqur bo'lgan ushbu bayram Markaziy Osiyo va O'rta Sharq mamlakatlarida ancha qadim davrlardan tarkib topgan tantana bo'lib, uning qadimiy an'ana ekanligini isbotlovchi qator tarixiy yozma manbalar va tarixiy asarlar mavjud. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy, Abu Mansur Salabiy, Umar Hayyom singari adiblarning tarixiy, ilmiy va adabiy asarlarida Navro'zning kelib chiqishi, uning o'ziga xos qadimiy rasm-rusumlari va marosimlari to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar mavjud. O'rta asrlarning mashhur qomusiy olimlari asarlarida Navro'zning kelib chiqish tarixi afsonaviy shohlar Qayumars, Jamshid va Sulaymon bilan bog'lab talqin qilinadi. Navro'z bayram tarzida nishonlana boshlangandan beri o'tgan turli hukmdorlar va davlat xizmatida bo'lgan yuqori martabali tarixiy shaxslar ham ushbu bayramni nishonlashga turfa xil munosabat bildirganlar. Zamonamizda esa mazkur milliy bayramga juda katta e'tibor berilib, turli hududlarda o'ziga xos tarzda nishonlanmoqda.
  • Mirishkor dehqonlar Navro'z arafasida yetti taxtacha ustiga bug'doy, arpa, sholi, jo'hori, tariq, javdar, mosh kabi donli ekinlarning urug'larini yoyib qo'yib, har kuni suv sepib turganlar. "Qozon to'ldi" kuni ana shu donlarning unishiga qarab, kelayotgan mavsumda qaysi ekindan mo'l hosil olish mumkinligini chamalaganlar. Ushbu odat dastlab sosoniylar davrida shoh saroyida o'tkazilgan bo'lib, yangi yilning qanday kelishini oldindan taxmin qilganlar. Bulardan tashqari Navro'z bayrami boshlanadigan kun - 21 martning haftaning qaysi kuniga va qaysi muchal hayvoniga to'g'ri kelishiga qarab ham kelgusi yil to'g'risida turli tahmin, bashoratlar qilingan.

Gul sayillari, Tut sayli, Qovun sayli, Mehrjon, Qor xat. Navbatdagi bahorgi marosimlar, ya'ni tabiatni ulug'lash va o'simliklar kulti bilan bog'liq an'analar zamirida "hayot daraxti", "tabiatning o'lishi va qayta jonlanishi" bilan bog'liq qarashlar yotadi. Aynan mazkur qarashlarda tabiatning uyg'onishi, tog' va qir-adirlarda turli gullarning ochilishi munosabati bilan o'ziga xos fenologik taqvim shaklida o'tadigan turli sayillarda namoyon bo'ladi. Gul bilan bog'liq shu kabi sayillar qadimdan xalq orasida nishonlanib kelingan. Ular jumlasiga boychechak, lola, sumbula sayli kabilarni kiritishimiz mumkin.

  • Boka-boka boy, boy tilla, Uyingizga tosh tilla, Xudoyim o'g'il bersin, Kattasini oti Rahmatilla, Kichigini oti Ismatilla,
  • deb qo'shiq aytganlar. Qaysi xonadonga borishsa, uy egalari boychechakni yuz-ko'zlariga surtib, "Omonlik-omonlik, hech ko'rmaylik yomonlik, yanagi yil shu kunlarga eson-omon etaylik",- deb yaxshi niyat qilganlar va bolalarga meva-cheva hamda turli shirinliklar hadya qilganlar.
  • Tut sayli
  • Bahorning oxirlarida nishonlanuvchi taqvimiy marosimlardan yana biri "Tut sayli" hisoblanadi. O'rta Osiyo xalqlari qadimdan tutni nihoyatda e'zozlab, qadrlab, uni muqaddas hisoblaganlar hamda tut daraxti o'sgan hovli fayzli, barakali va omadli sanalgan. Tut daraxti va uning mevasini qadrlashga bag'ishlangan eng katta tadbir - tut sayli deb atalgan va u asosan katta tutzorlari bor joylarda o'tkazilgan. Bu sayilni o'tkazishning barcha joylarda birday amal qilinadigan qat'iy tartiblari ham mavjud emas. Odamlarning o'z bog'laridagi tut mevasini terib yeyish oddiy hol bo'lsa, tevarak-atrofdagi tutzorlarga ommaviy chiqish - "Tut sayli", ya'ni katta bayram hisoblanadi. Er-xotin Nalivkinlarning ma'lumotlariga ko'ra, vodiyning tog'li hududlarida, masalan, Chust uezdi aholisi tut daraxti mevalarini terib olishib, shinni va tut tolqon tayyorlaganlar. Mazkur sayil oila yoki bir necha qo'ni-qo'shnilar ishtirokida uyushtirilgan bo'lsa-da, o'ziga xos xursandchilik bilan nishonlangan. Sayil davomida marvarak, balx tuti kabi shirin va yirik tut mevalari qoqilib, shinni va qoqi tayyorlangan. Mazkur sayilda asosan ayollar va bolalar ishtirok etganlar. "Tut sayli"ni o'tkazish davomida odamlar qish uchun kerakli oziqlik hozirlaganlar, shuningdek, o'yin-kulgi qilishib, dam olganlar, tomoshalar va musobaqalar uyushtirganlar. Xullas, tut sayli kishilarga moddiy va ma'naviy foyda keltirgan.
  • Qovun sayli
  • Hosilni yig'ishtirib olish bilan bog'liq marosimlar turli tuman bo'lib, ulardan biri - "qovun sayli"dir. Qovun sayli o'rta asrlarda katta tantanalar bilan o'tkazilgan. Poliz mahsulotlari pisha boshlagan vaqtda dehqonlar qishloq oqsoqollari, qo'ni-qo'shni va yoru birodarlarini bir kun oldin: "Ertaga falon vaqtga paykalga qovun sayliga boringlar", - deb taklif qilgan. Bunga oldindan tayyorgarlik ko'rilgan. Saharda kun isib ketmasidan oldin dehqonlar eng sara, band bergan qovunlardan uzib salqin joylarga olib qo'yilgan. Shuningdek, kelgan mehmonlar uchun biror mazali taom ham pishirilgan. Sayilga oqsoqollar, bolalar, barcha taklif etilgan. Sayilda erkaklar askiya aytishib, suhbatlashib o'tirganlar. Taomdan so'ng oqsoqollar dehqonning hosiliga baraka tilab duo qiladilar va hosil yig'imiga ruxsat beradilar. Sayil ishtirokchilari eng shirin qovunlar bilan mehmon qilingan. Bog'dorchilikka ixtisoslashgan hududlarda "olma sayli", "uzum sayli", "anor sayli", "anjir sayli" kabi bayram sayillari o'tkaziladi. Bu kabi sayillarning qadimgi xorazm va so'g'dliklarda ham o'tkazilganligi Beruniy ma'lumotlarida qayd etilgan bo'lib, unga ko'ra qadimda "qovoq bayrami" va uzum bilan bog'liq bayramlar nishonlangan.
  • Mehrjon
  • O'zbeklar orasida kuzgi tengkunlikda o'tkaziluvchi qadimiy taqvimiy bayram "Mehrjon" dehqon va chorvadorlarning eng tantanali ravishda o'tadigan bayramlaridan biri sanalgan. Abu Rayhon Beruniy o'z asarlarida "Quyosh va oy falakning ikki ko'zi bo'lganidek, Navro'z va Mehrjon zamonning ikki ko'zidir", - deb bejiz ta'kidlamagan.
  • Mazkur bayram qadimiy forslar taqvimidagi yettinchi oyning nomidan olingan bo'lib, 23 sentyabrdan 22 oktyabrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan. Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida yozilishicha "..."mehr" - Quyosh nomi, Quyosh shu kuni olamga zohir bo'lib, (bayram) uning nomi bilan atalgan". Beruniyning ta'kidlashicha "Zardusht Mehrjon bilan romro'z (ushbu oyning 21 kuni)ni birga hayit qilishni buyurgan. Keyinchalik mazkur bayram huddi Navro'zdagi singari bir oy davomida aholining turli tabaqalari o'rtasida besh kundan bayram qilingan". Demak, qadimdan "Navro'z" yangi yil va yangi ish mavsumining boshlanishi sifatida tantana qilingan bo'lsa, "Mehrjon" o'simliklar dunyosining o'sishdan to'xtab, "uyquga ketishi" va mehnat mavsumining yakunlanishi sifatida bayram qilingan.
  • Qor xat
  • Dunyoning qor yog'uvchi barcha hududlarida birinchi qor yoqqanida xursandchilik bilan "qor bo'ron" o'yinlari boshlangan. Bunday o'yinlar o'zbeklarning taqvimiy marosimlari tarkibida ham mavjud. Bundan tashqari, birinchi marta qor yog'ishi bilan bog'liq bo'lgan "Birinchi qor" nomli odat keng tarqalgan. "Qor xat" odati qadimdan keng tarqalgan an'ana bo'lib, hozirga qadar davom etib kelmoqda. Odamlar belgilangan shartlarga ko'ra, "qor xat"ni o'ziga yaqin kishilardan, ya'ni do'stlari yoki qarindoshlaridan biriga yozadilar va sezdirmasdan ularning qo'liga berishlari yoki cho'ntagiga solib qo'yishlari kerak. Xatni muallifning o'zi yoki boshqa biror odamni yollab yetkazishi mumkin, faqat xatni berganidan so'ng borgan hovlisining chegarasidan chiqib olguniga qadar qo'lga tushmay, qochib ketishi kerak. Aks holda, u kulgili ko'rinishdagi ko'ngilsizliklarga uchrashi mumkin, ya'ni qo'yilgan shartni o'zi bajarishiga to'g'ri keladi. Maktubni "bilmay" qabul qilgan kishi xatni olib kelgan odamni hovlisining chegarasidan chiqmay turib ushlab olib, xatni uning qo'liga qaytara olmasa, xatda yozilgan shartlarni o'zi bajarishga majbur bo'ladi. Agar "qor xat" muallifga qaytarilsa, unda ko'rsatilgan shartlarni maktub egasining o'zi bajarishi kerak. Vodiyning Chust tumani qishloqlarida "qor xat" olib keladigan odamning maqsadini xonadon egasi sezib qolsa, oldindan uning yo'liga poyloqchi qo'ygan va xat olib kelgan kishini qaytishda ushlab olib, qor bilan yuzlariga ishqalab, qiynaganlar va uning o'zini ziyofat berishga majbur qilganlar.
  • Xulosa
  • O`zbek xalqi qadim o`tmishdan bugungi kungacha o`zining boy tarixi, ma’naviy qadriyatlari, milliy urf-odatlariga ega bo`lib, zamonlar osha uni o`z qalbi va ma’naviyatida saqlab kelib avloddan-avlodga meros qilib qoldirib kelmoqda. Unda millatning orzu-umidlari, u yashayotgan tabiiy geografik, ijtimoiy muhit, xalq istidodi, malakasi, qobliyati, etnik xususiyat hamda belgilari o`z ifodasini topgan.
  • Jamiyatning muhim bo`g`ini hisoblangan oila munosabatlari nikohdan boshlangan. Nikoh-yangi oila vujudga kelganligi jamiyat tomonidan e’tirof etiladigan shar’iy, qonuniy holatdir.
  • Oilani, avvalo ota boshqaradi, oila oldidagi burchi va vazifasi mas’ulligi sababli, otaning mavqei oilada yuqori turadi. Oila boshlig`i undagi ichki intizomni saqlashi, odob-axloq mezonlariga amal qilishni nazorat qilishi, iqtisodiy-moliyaviy ta’minot vazifalarini bajarishi zarur bo`lib hisoblanadi. O`zbek oilasining tarbiyaviy tomonlaridan yana bir muhim jihati shundaki, unda otaning shariat tartiblari yoki milliy urf-odatlarga muvofiq ayollarning insoniy huquqlarini kamsitmasligi, hurmatini o`rniga qo`yishi, ularga mehribon va xushmuomala munosabatda bo`lishi, farzandlarning bilim olishi, kasb-hunar egalari bo`lishini ta’minlashi, sog`lom o`sishlari uchun mumkun bo`lgan sharoitlarni yaratishlari axloq qoidasi sifatida shakillangan.

1. Abdullayev S. «Qonun» darslik, A. Qodiriy nashriyoti, Toshkent.,2004 2. Abralova M, Galiyeva D.Qo’shayev A. O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. T.,, G’. G’ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi.,2008 3. Avliyoqulov N.X. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari. – Toshkent, 2001 4. Azizxo’jayeva N. «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» Toshkent:, O’qituvchi».,2006 5. Azizxodjayeva N.N «O’qituvchi mutaxasisligiga tayyorlash texnologiyasi» –Toshkent., 2000 6. Akbarov. I. " Musiqa lug’ati " Toshkent., «San’at» 1987 7. Asilov M. « Dutor darsligi » Toshkent., «O’qituvchi» 2000 8. Asqarov A. «O’zbekiston xalqlari tarixi» Toshkent., «Fan» 1992 9. Axatova D.A. Pedagogika fanlarini o’qitishda innovasion usullardan foydalanish. – Buxoro: «Pedagogik mahorat» jurnali, 2005 10. Bajenova «Pedagogik izlanish», Toshkent «O’qituvchi»., 1990 11. Baxritdinova N.A. O’zbekiston bolalar xor madaniyati. Toshkent. 2002 12. Vizgo T.S. «Muzkalne instrument Sredney Azii», (Istoricheskiye ocherki) – Moskva.,1980 13. Jabborov A.H. O’zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari. T.,2004 14. Ziyomuxammadiyev B,Tojiyev M. Pedagogik texnologiya – Zamonaviy o’zbek milliy modeli Toshkent .,2009 15. Zokirov D . «O’zbekiston kompozitorlarining asarlari» Toshkent.,1992

  • 16. Ibrohimov O. «Musiqa». 5 – sinf uchun darslik. G’. G’ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi. 2008 17. Ibrohimov O. va boshq. O’rta maktab 7 – sinf uchun darslik.,T.,2008 18. Ibrohimov O.A. Maqom va tasavvuf xususida // Rajabiyxonlik. T., 1994 19. Ilyosov A. «Dutor o’rganish kitobi» Toshkent - «O’qituvchi» .,1992 20. Irgashev G’. «Afg’on rubobi» darslik Toshkent, «San’at» 2004 21. Yo’ldoshev J. G’ «Ta’lim yanginalish yo’lida» Toshkent., 2002 22. Yo’ldoshev Sh, Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari.T., «Fan»2001 23. Karimova D. «Musiqiy pedagogik mahorat asoslari» T., TDPU.,2008 24. Keldiyorov R.Ovloqulov Ya. «KTMD» ni amalga oshirish sharoitida yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash shakl va usullari. – Toshkent., 2001 25. Lutfullayev A . Odilov A. « Chang darsligi » Toshkent., 2002 26. Mavlyanova va boshqalar. «Pedagogika» Toshkent., «O’qituvchi» .,2001 27. Mansurov A, Karimova D. «Musiqa» 5 – sinf uchun dasrlik. , Toshkent .; G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2007 28. Matyoqubov. O. «Moqomat» Toshkent., 2004 29. Mahmudov T. «Avesto» haqida . – Toshkent.: Sharq nashriyoti, 2000 30. Mirzayev «Rubob taronalari»,Toshkent.,G’.G’ulom nashr. «San’at»1999. Elektron ta’lim resurslari: ww. tdpu. uz www. Ziyonet. uz www. edu. Uz www. ma’naviyat. Uz www.bilim.uz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 7,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish