Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadi, avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo etishdir.
O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-yil 18-noyabrda “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qildi.
Milliy valyutaning qabul qilinishi.
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritib, o‘zining milliy valyutasini muomalaga kiritishga kirishdi. Uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. 1993-yil 1-noyabrdan O‘zbekistonda so‘m – kupon muomalaga kiritildi.
1994-yil 1-iyulidan boshlab respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi sifatida milliy valuta – so‘m muomalaga chiqarilgan.
Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.
O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish bo‘yicha 1994–2001-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy– Uchquduq–Nukus temir yo‘li qurib bitkazildi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi.
2016-yil iyunda Angren–Pop temir yo‘li va Qamchiq tunneli ochildi.
Qamchiq tunneli
Toshkent– Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab tezyurar yo‘lovchi tashishni tashkil qildi. Yangi tezyurar poyezd nomi Afrosiyob bu – Samarqand viloyatida joylashgan qadimiy shahar sharafiga qo‘yildi.
2017-yilda Islom Karimov nomi berilgan Toshkent xalqaro aeroporti Markaziy Osiyodagi yirik xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi.
Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.
Milliy avtomobilsozlik sanoatiga asos solinishi.
1992-yil avgustda Toshkentda Janubiy Koreyaning “DAEWOO Motors” korporatsiyasi va O‘zbekistonning “Avtoqishxo‘jmash” davlat konserni o‘rtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida avtomobil ishlab chiqaradigan “O‘zDAEWOO avto” qo‘shma korxonasini qurish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1996-yil iyulda “O‘zDAEWOOavto” qo‘shma korxonasi ochildi.
1992-yil O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon (fermer) xo‘jaligi to‘g‘risida” qonunning qabul qilinishi uning dastlabki bosqichini belgilab berdi. Fermer xo‘jaligi dalasida 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi mazkur sohaning to‘laqonli rivojlanishi uchun huquqiy asos bo‘ldi.
Savol va topshiriqlar:
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda iqtisodiy vaziyat qanday edi?
2. O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot tizimining mohiyati nimalardan iborat?
3. Taraqqiyotning o‘zbek modeli va uning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
4. 2010-yildan keyingi davrda avtomobil va temir yo‘llarini barpo etishda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?