Ozbek matnshunosligi tarixiga nazar solinsa, ilmiy-tanqidiy matn tuzishning barcha manbaga barobar yagona qonun-qoidasi mavjud emasligi ayon boladi



Download 40 Kb.
Sana16.06.2021
Hajmi40 Kb.

Ozbek matnshunosligi tarixiga nazar solinsa, ilmiy-tanqidiy matn tuzishning barcha manbaga barobar yagona qonun-qoidasi mavjud emasligi ayon boladi. Agar buning sababi faqat matnshunoslikning nazariyadan kora koproq amaliyotga yaqin soha ekaniga boglab qoyilsa, javob bir tomonlama bolib qoladi. Ishonchli matnni tiklash jarayoni matnning umumiy va xususiy detallarini koz bilan korish, muayyan shaklni xotirda saqlab qolish, nusxalarni ozaro solishtirib, malum matnni tanlash kabi jismoniy harakatlardangina iborat emas. Aslida, ayni paytda bu hatti-harakatlar tafakkur maydonida kechayotgan inkor va tasdiq”lar suronining izmida boladi. Tafakkur esa qarashlarni tizimga soladigan nazariyaning bosh omilidir. Matnshunoslik ilmi adabiy manba va matn tasarrufi”ning mezon va tamoyillarini organar ekan, matnshunosda bunday mezon va tamoyillar asosida manbaga munosabat bildira olish tafakkuri shakllangandagina tasarrufning nazariy masalalarini amalga oshirish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik ilmining rivoji koproq soha boyicha nazariy asoslarning mustahkamlanishiga, bir soz bilan aytganda, ilmiy-tanqidiy matn nazariyasining yaratilishiga bogliq.

Dunyodagi har bir xalq ozining yozma tarixiga ega. Bu tarixni organishda hech bir manba yozma yodgorliklardek batafsillikka davo qilolmaydi. Ajdodlarimiz hayotini butun tafsilotlarigacha bagriga joylagan qolyozma manbalar otmish bilan bugunni boglovchi koprik. Insoniy tamaddun tarixida qadimiy qolyozmalarning ahamiyati shu darajada ekan, bu bebaho manaviy merosga chinakam voris bolish uchun ularni chuqur organish, organilganda hosil bolgan bilimni ommalashtirish talab qilinadi. Ajdodlardan qolgan manaviy mulkni ozlashtirish, yani oziniki qilib olish ayni jarayondan bilimning ommalashuvidan boshlanadi.

SHu manoda, matbaa ixtirosi nafaqat kitobat tarixida, balki insoniy fikr, insoniy madaniyat tarixida ham yangi asrni boshlab berdi. Matbaa sohasi sanoatlashgach, ilgari bitta yoki bir necha nusxadagina kochirish mumkin bolgan kitob uchun yuzlab, minglab nusxada kopaytirish imkoni tugildi, keng xalq orasida qolyozma kitoblar asrida bolmagan fikrlar ommalashuvi yuzaga keldi. Tabiiyki, matbaachilik faoliyati bilan bogliq bu holat qolyozma manbalarni nashr qilish qonun-qoidalarini ishlab chiqishni kun tartibiga qoydi.

Vazifaning ogirligi shunda ediki, matnshunoslik ishi dastavval, har xil ijtimoiy-siyosiy sabablarga kora, dunyoning turli kutubxonalariga tarqalib ketgan muayyan qolyozma nusxalarini aniqlash, aniqlagandan song keyingi tadqiqot uchun ularni jamlashni taqozo qiladi. Matnshunos ozi organayotgan qolyozma asarning turli nusxalarini qolga kiritar ekan, endi uning oldida qaysi nusxa nashr qilishga haqliroq degan prinsipial savol tugiladi. Qadimiyrogimi yo zamonaviyrogi? Toligimi yoki noqisi? Xushxatimi yo badxatrogi? Ishonchlisimi yoki ishonchsizrogi? Bu savollarga javob topish nazariy jihatdan oson korinsa-da, ularning amaliy tatbiqi engil kechmaydi. Har doim ham qadimiyroq nusxa zamonaviyrogidan yoki toligi noqisidan etakchi bololmaydi, balki buning aksi ham bolishi mumkin.

Nashr uchun muvofiq nusxa tanlandi ham deylik, eng serzahmat jarayon shundan song boshlanadi, bu matn tahqiqi masalasidir. Tahqiq jarayoni matndagi har bir soz, har bir jumlaning muallif matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslashdan iborat. Bu faoliyat bilan shugullanuvchi olim sharqda muhaqqiq atamasi bilan nomlangan.

Manbashunos olim Abdussator Abdulhaq Halujiy va Bashshor Avvod Marufning xabar berishicha, qolyozma asarlar tahqiqi boyicha soha olimlarining fikri xilma-xil. Bazilarining aytishicha, qolyozmani nashrga tayyorlayotgan muhaqqiq uchun muhimi, bir nechta nusxani organish bilan chegaralanish, ular ichidan bitta nusxani tanlab, ortadagi farqlarni korsatib nashr qilish. Boshqalarining fikricha, muhaqqiqning vazifasi tahqiqda muqobil nusxalar bilan chegaralanib qolish emas, balki qaysi nusxa matni qaysisidan kelib chiqqanini aniqlash va shu yol bilan asliyatni tiklashdir. YAna bir guruh olimlar tahqiq jarayoniga imkon qadar koproq nusxalarni jalb qilish lozimligini uqtiradilar. Matn aniqligi(ضبط المتن)ni shart qilib qo‘ygan bu olimlarning bildirishicha, matnning g‘oyat darajada aniqligiga erishish uchun, zarurat bo‘lsa, matnni isloh qilish, izohlovchi qo‘shimchalar bilan mazmunni ochish, har bir holatga ta’rif berish kerak.

Bu qarash jarayonda yangi savollar tugilishiga sabab bolgan. Tuzatishlar, qoshimchalar, izohlar kattarib, hajmi kitob matnidan ham oshib ketsa, matnga aloqador fikrlar hoshiyada (matn ostida) zikr qilingani yaxshimi yoki asl matndan ajratilib, alohida, mustaqil qism sifatida berilganimi? SHuningdek, matnning nuqson va xatolarini tuzatib taqdim etgan yaxshimi yo matnni qanday bolsa, shundayligicha berib, xato yoxud togri variantlarni hoshiyada korsatgan afzalmi?

Bu savollarga javobni ozbek matnshunosligi tarixidan izlab koraylik. Matnshunosligimizda olib borilgan ishlarning aksar qismida Navoiy asarlari tadqiqot obektiga aylangan. Aytish mumkinki, ozbek matnshunosligi Navoiy asarlarini nashrga tayyorlash jarayonida shakllandi.

yil Izzat Sultonov Navoiyning Mezonul–avzoni va uning kritik teksti” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Dissertatsiya ikki qismdan iborat bolib, avvalgi qismda“Mezonul avzon”ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash prinsiplari haqida soz borgan. Qolyozmaning tasviri, Farqlarning tiplari, Ishoralar, Tayanch qolyozmaga tuzatish kiritish prinsiplari kabi mavzular tamoyil sifatida sanalib, ular misollar yordamida dalillangan. Ikkinchi qismda tayanch nusxaning fotokopiyasi ilmiy-tanqidiy matn sifatida keltirilgan. Nusxalar aro uchrovchi farqli jihatlar tayanch nusxa matnidagi osha soz ustiga raqam qoyilib, havolada izohlangan.

1956 yil Xamsa”ning tortinchi dostoni Sabai sayyor”ning ilmiy-tanqidiy matni nashrdan chiqqan. Kitob avvalida ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlash prinsiplari haqida Porso SHamsievning sozboshi maqolasi berilgan. Maqolada ilmiy-tanqidiy matn uchun bitta tayanch va ikkita yordamchi nusxa tanlangani, shulardan ikkitasi Navoiy hayot chogida kochirilgani aytilgan. Nashrga tayyorlovchining fikricha, mazkur uchta nusxadan boshqa turli asrlarda xilma-xil ozgarishlarga uchragan nusxalarga murojaat qilish ishni murakkablashtirib yuboradi, farqlar soni kopayib, tekstdan foydalanish qiyinlashadi. Bunga esa ehtiyoj yoq. CHunki kritik tekst tuzishdan kozda tutilgan maqsad faqat malum asarning har qanday shubha va nuqsonlardan xoli bolgan mustahkam va ishonchli nusxasiga ega bolish, bu bilan shu asardan bemalol foydalanishga yol ochishdir. Maqolada har uchala qolyozmadagi yozuv bilan bogliq holatlar, ozaro farqlar va ularning ilmiy-tanqidiy matndagi shartli belgilari izohlangan. Ilmiy-tanqidiy matn arab bosma yozuvida terilgan. Har bir bolim on bayt-on baytdan ajratilib, raqamlab chiqilgan. Nusxalardagi farqlar matn ostida berib borilgan, matn ichida ularga ishora qiluvchi belgi mavjud emas.

1963 yil Porso SHamsiev tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matn asosida Xamsa”ning yana bir dostoni Farhod va SHirin chop qilindi. Bu kitobda ham oldingi nashrdagi tartib takrorlanganini kuzatish mumkin. Farqi, muqoyasa uchun tanlangan nusxalarning soni ortgan, natijada, ularning nomlanishi biroz ozgarishga uchragan: asosiy tayanch nusxa; asosiy yordamchi nusxalar; yordamchi nusxalar. SHuningdek, ish jarayonida ayrim sozlarning oqilishini aniqlashda boshqa qolyozmalarga, hatto toshbosma nusxalarga ham” murojaat qilingan. 1970 yilda chop etilgan Hayratul abror dostonining ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda asos nusxalar soni oltiga etib, shulardan uchtasi toshbosma nusxalar ekani aytilgan.

Otgan asrning 60-yillarida Xamsa matni tadqiqi bilan parallel ravishda, IV jilddan iborat Xazoyinul maoniy devonlari ham ilmiy-tanqidiy matn asosida nashrga tayyorlangan. Nashr ommaviy bolgani uchun hech bir jildda devonlarning asliyat yozuvidagi ilmiy-tanqidiy matni berilmagan. Ammo Favoidul kibar devoniga ilova qilingan tortta rangli jadvaldagi malumot va umumlashmalar devonlarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash jarayoni naqadar serzahmat bolganidan xabar beradi. Navoiy ozbekcha qolyozma devonlarining redaksion klassifikatsiyasi deb nomlangan birinchi jadvalda Xazoyinul maoniy devonlari, shuningdek, ilk devon, Badoeul bidoya, Navodirun nihoya va terma devonlardan iborat 20 ta motabar nusxalarning har birida 16 ta janr boyicha kelgan asarlar hajmi tasnif qilingan. Ikkinchi jadvalda Xazoyinul maoniy”dagi gazal, ruboiy va muammolarning alifbo boyicha kelish tartibi 9 ta nusxa misolida korsatilgan. Uchinchi jadvalda Xazoyinul maoniy devonlarining XV asr nodir qolyozmalari asosida haqiqiy xronologiyasi aniqlangan. Tortinchi jadvalda Xazoyinul maoniy”ning tort devonga shartli taqsimlanishi natijasida kelib chiqqan nisbiy xronologiyasi aks etgan.

Fathiddin Ishoqovning Zarbulmasal asari boyicha olib borgan tadqiqoti ozbek matnshunosligi, xususan, ilmiy-tanqidiy matn tayyorlash tarixida muhim qadam boldi, desak mubolaga bolmaydi. Mazkur tadqiqotda manbaga kompleks yondashuv yolidan borilib, matnshunoslikning ananaviy tekshirish usullari yangi tajribalar bilan boyitilgan. F.Ishoqov Zarbulmasal”ning turli qolyozma nusxalarini qiyosiy organish natijasida, avvalo, asarning tarkibini, uning umumiy syujet yolini aniqlab olishni zarur bilgan. SHundan keyingina ichki tafovut”larni tekshirgan va matn tuzish prinsiplarini belgilagan. Tekshirishlar davomida nusxalar orasidagi ozaro oxshash va yaqinlikni korsatuvchi belgilarga alohida etibor qaratilgan. Nusxalar bir umumiy manbadan kochirilgan emas, lekin hajmi, tarkibiy qismlarning tartibi, hikoyatlarning boshlanishi va oxiri kabi jihatlarga qaralsa, bu qolyozmalar turli kotiblar tomonidan kochirilgan uch manba(arxetip)ga aloqador, degan xulosaga kelingan. Har bir arxetipdan tarmoqlangan qolyozmalar shartli guruhga ajratilib: I gruppa qolyozmalari, II gruppa qolyozmalari, III gruppa qolyozmalari deb nomlangan.

“Zarbulmasal”ning ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda faol tanqidiy tanlab olish prinsipi”ga amal qilingan. Nusxalarning qiyosiy manzarasi va ilmiy-mantiqiy tahlili tanqidiy tanlab olishning muayyan asosini belgilagan. F.Ishoqov ilmiy-tanqidiy matnning tuzilishi haqida gapirib, tadqiqotning xarakterli jihatini shunday bayon qiladi: Nusxalar orasidagi tafovutlar haddan tashqari kop va xilma-xil. 2300 ga yaqin orinda faqat manoga soz qollashga, jumla tuzilishi, ayrim maqol yoki qismlarning qay tarzda ishlatilishiga oid 3500 dan ziyodroq farq bor. Ilmiy apparatda ularning hammasini qayd eta borish, aniqki, tekstning oqilishini qiyinlashtirib qoyishi mumkin. Biroq biz bu farqlarni ilmiy apparatga qisqartirib olish yolini tutmadik. Asarning qolyozmalari tarixini, demakki, Zarbul masal”ning kotiblar qolidagi evolyusiyasi”ni namoyon qilish maqsadida va asar ustida otkaziladigan kelgusi tadqiqotlarga nafi tegsin manosida nusxalar orasidagi hamma va har qanday farqlarni ilmiy apparatda toliq korsatib borishni lozim topdik va bunda apparatning ortiqcha murakkab tus olishidan chochimadik.

Ozbek matnshunosligida kuzatilgan ushbu holatlardan ayon boladiki, ilmiy-tanqidiy matnga aloqador tuzatish, qoshimchalarning muxtasar bayoni matn ostida, batafsil izohi mustaqil qism sifatida matnning avvalida keltirilgan. Bu holni Lisonut tayr dostoni va Nasoyimul muhabbat” asariga tuzilgan ilmiy-tanqidiy matnlarda ham korish mumkin.

“Matnning nuqson va xatolarini tuzatib taqdim etgan yaxshimi yo matnni qanday bolsa, shundayligicha berib, xato yoxud togri variantlarni hoshiyada korsatgan afzalmi? degan savolga kelsak, yuqorida bildirilgan fikrlarga kora, ilmiy-tanqidiy matn tayanch qolyozmaning izmiga imkon qadar boysundiriladi. Orni kelganda tayanch nusxaga ham tanqidiy nazar bilan yondashiladi. Bunday holatda mazmun taqozo etgan boshqa nusxalar tayanch nusxadan afzal sanaladi. Soha mutaxassislari uchun moljallangan ilmiy nashrlarda muallif hayotligida kochirilgan qadimiy nusxaning ishonchliligi asoslansa, matnni qanday bolsa, shundayligicha berib, xato yoxud togriligi taxmin qilinayotgan variantlarni hoshiyada korsatgan afzal. Ommaviy nashrlarni esa tuzatilgan matn asosida, matnga turli ilmiy korsatkichlarni qorishtirmasdan, agar lugat va izohlarga hojat bolsa, ularni kitob oxiriga ilova qilish yoli bilan chop qilish maqsadga muvofiq.

Ishonchli ilmiy-tanqidiy matn ommaviy nashr uchun ham, filologik tadqiqotlar uchun ham keng imkoniyatlar va boy malumotlar beruvchi birlamchi manba hisoblanadi. Mumtoz matnlar boyicha amalga oshirilgan ishlar xoh ommaviy, xoh ilmiy yonalishda bolsin, birlamchi manbani chetlab otar ekan, erishilgan natijalar muvaqqatlik xarakteriga ega boladi. Buning oldini olish uchun mumtoz adabiy manbalar yuzasidan olib boriladigan tadqiqotlar qatiy fundament ilmiy-tanqidiy matnga asoslanishi shart.

Ozbek matnshunosligi tarixidan keltirilgan misollardan ayon boldiki, ilmiy-tanqidiy matn tayyorlashning barcha manbalar uchun bir xil umumiy qonuniyatlari bilan birga, har bitta manba tadqiqida yuzaga chiqadigan spetsifik xususiyatlari mavjud. Umumiy qonuniyatlar kop nusxali matnlarni ozaro qiyoslab saralash, saralangan nusxalarni oxshash va farqli jihatlariga kora guruhlash, guruhlardagi etakchi qolyozmalar asosida tayanch yoki asos nusxani tanlash bilan belgilansa, spetsifik xususiyatlar muayyan adabiy manba yonalishi va tabiatidan kelib chiqib, uning ilmiy apparatini shakllantirish bilan bogliqdir.

Matnshunoslikda ilmiy apparat tushunchasi matn tarkibini detallashtirib, har bir qismni ilmiy korsatkichlar orqali izohlashni anglatadi. Ilmiy apparatning konstruksiyasi va uning ichki tarkibi jarayonning ilmiy kolami haqida bir butun tasavvur uygotadi, balki tadqiqotning yakuniy korgazmali maketi vazifasini otaydi.

Ozbek matnshunosligi tarixida kop nusxali matn tarixini tiklashning umumiy nazariy tamoyillari ishlanmagan bolsa-da, bu masalada muayyan manbagagina xos tajribalar, yondashuvlar kuzatiladi. SHu tajriba va yondashuvlarni tanqidiy organib, ishonchli matnni tiklashning quyidagi tort tamoyilini sanash mumkin:

xillash (kop nusxali matnning turlarga ajratish: qolyozma, toshbosma, bosma);

tasniflash (xillangan matn turini sanalar boyicha ajratish: asr, yil, oy);



qiyoslash (qolyozmalarning xati va matn toliqligi solishtiriladi: badxat, xushxat; matnning boshi va oxiri bolgani holda, ayrim baytlarning tushib qolishi,boshlanishi yoq qolyozmalar, oxiri yoq qolyozmalar, boshlanishi ham, oxiri ham yoq qolyozmalar);

saralash (qiyos natijasida saralangan nusxalarning matn butunligi aniqlanadi. YAni, qadimiylik, toliqlik, husnixat, saqlanish sifatining yaxshiligi kabi qiyos uchun muhim jihatlarning imkon qadar bitta qolyozma matnida jamlanishi tom butunlik”ni, bittadan ortiq qolyozma matnlari asosida jamlanishi matnlar aro butunlik”ni anglatadi
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat