O‘za qishki ta’til maroqli o‘tadi



Download 89,81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.04.2022
Hajmi89,81 Kb.
#592529
Bog'liq
O‘zA - Qishki ta’til maroqli o‘tadi



25.12.2015
O‘zA - Qishki ta’til maroqli o‘tadi
http://uza.uz/uz/society/qishki-tatil-maroqli-otadi-21.12.2009-10654?ELEMENT_CODE=qishki-tatil-maroqli-otadi-21.12.2009-10654&SECTION_CODE=s…
1/1
21.12.2009 13:29
Chop etish versiyasi
Qishki ta’til maroqli o‘tadi
Yangi yil bayrami kattalardan ko‘ra bolalarga ko‘proq zavq-shavq bag‘ishlaydi. Biroq bayram arafasida o‘g‘il-qizlarning
nazoratsiz qolishi, bilib-bilmay turli pirotexnika vositalaridan foydalanishi ko‘ngilsiz hodisalarga olib kelishi sir emas.
Bunday holatlarning oldini olish, bu borada yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan muammolarni bartaraf etish maqsadida
yurtimizning turli vazirlik va idoralari, muassasalari, mahallalar, ta’lim maskanlarida izchil chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, bu masalaga poytaxtimizdagi mavjud barcha
maktabgacha, o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim maskanlarida, Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlarda
alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, barcha maktablarning o‘quvchilari uchun pirotexnika vositalari va ularning
zararli oqibatlari, yong‘in xavfsizligi qoidalarining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tarbiyaviy soatlar, ochiq darslar,
o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Yangi yil bayramiga bag‘ishlab ta’lim maskanlarida tashkil etiladigan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishda yong‘in va
jamoat xavfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada huquq-tartibot, ichki ishlar idoralari, yong‘in
xavfsizligi bo‘limlari mutaxassislari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik kutilgan samaralarni berayotir.
– Maktabimizda bilim dargohiga yaqin bo‘lgan “Guruchariq”, “Qorasaroy”, “Istiqlol” “Namuna” kabi mahallalarda
istiqomat qiluvchi ikki ming nafardan ortiq o‘g‘il-qiz bilim oladi, – deydi poytaxtimizning Sobir Rahimov tumanidagi 28-
o‘rta maktab direktori Dildora Oripova. – Pirotexnika vositalaridan foydalanish sababli yuzaga keladigan
ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida o‘qituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari ishtirokida tushuntirish ishlari,
ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, o‘quvchilar o‘rtasida pirotexnika vositalarining inson salomatligi,
ruhiyatiga zararli ta’sirini samarali tushuntirish maqsadida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, aniq misollarga tayangan
videolavhalar vositasida tarbiyaviy soatlar, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Maktabimizda tashkil etilgan “Ishonch
pochtasi” mahallalarda pirotexnika vositalari savdosi, ularni qo‘llashdek salbiy holatlarni aniqlash va o‘z vaqtida
bartaraf etishda yaqindan ko‘mak berayotir. Shu bilan birga, bolalarni turli to‘garaklarga jalb etish, ularning bo‘sh
vaqtini ta’til davrida ham unumli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Toshkent shahrida ham maktab o‘quvchilarining ta’limdan bo‘sh
vaqti, qishki ta’til kunlarini to‘g‘ri va samarali tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, amalga izchil
tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda turli fan, badiiy ijodiyot to‘garaklari, sport seksiyalari faoliyati takomillashtirilmoqda.
Maktab o‘quvchilarining qishki ta’tilini qiziqarli o‘tkazishda poytaxtimizdagi tarixiy va madaniy yodgorliklar, muzeylar,
ma’naviyat, madaniyat va san’at dargohlari, teatrlar, istiqlol yillarida barpo etilgan maydonlar, inshootlarga
ekskursiyalar uyushtirilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zA, Nazokat Usmonova 
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Download 89,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish