Ovqatdan zaharlanish



Download 16,15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.06.2022
Hajmi16,15 Kb.
#707017
Bog'liq
Ovqatdan zaharlanish - Vikipediya
THEREWASTHEREWEREEXERCISES, Farpi, Bozor muvozanati, Korxona foydasi va uni oshirish yollari, Talab va Taklif tahlili asoslari, Monapoliya uning turlari va xususiyatlari, Qo\'qon yog\'-moy AJ ning chigit xo\'jaligi omborining texnologik sxemasi (2), CHIZIQLI Regressiya tenglamasi, O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy mero, Malumotnoma Toxtasinov Dx, 1-laboratoriya ishi (1), MUNDARIJA, highimpactteachstrat, ISHLAB CHIQARISH1


Ovqatdan
zaharlanish
Ovqatdan zaharlanish - mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilinganda
vujudga keladigan kasallik. Aksariyat birdan koʻpchilik kasallanadi, lekin bemorlardan sogʻlom
odamga yuqmaydi. Koʻpincha stafilokokklar, enterokokklar, ayrim ichak tayoqchalari, protey,
sitrobakter, iyersiniya, klostridiya va boshqa mikroblar sabab boʻlishi mumkin. Quyidagi 2 holat
Ovqatdan zaharlanish uchun umumiy hisoblanadi: 1) mikrob tushib koʻpaygan ovqat
mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibati; 2) bemor organizmiga mikrobning oʻzi va uning toksini
taʼsiri. Ovqatdan zaharlanish yoz oylarida koʻp uchraydi. Kattalarga nisbatan bolalar, ayniqsa, 3
oylikdan 2 yoshgacha boʻlgan bolalar koʻproq kasallanadi. Odam koʻproq urinib qolgan goʻsht va
uning mahsulotlari, sut mahsulotlari (ayniqsa, tort va pirojnoye), baliq, tovuq goʻshtini isteʼmol
qilganda zaharlanishi mumkin. Stafilokokklar sabab boʻlgan hollarda infeksiya manbai odam
hisoblanadi. Angina yoki turli yiringli kasalliklar: sachratqi, chipqon, hasmol va boshqa yiringli
yaralar boʻlgan kishilardan mikrob tayyor mahsulotga oʻtib, tez koʻpayadi. Uni bilmay isteʼmol
qilgan kishi darhol zaharlanadi. Kasallikning yashirin davri 2—3 so-atdan 3 kungacha. Kasallik
toʻsatdan koʻngil aynishi va qusish bilan boshla-nadi, ich ketadi, qorinda tutash ogʻriq boʻladi.
Qisqa vaqt ichida bemor orga-nizmi suvsizlanadi, u holsizlanib qoladi. Yurak-tomir sistemasi
faoliyati buziladi. Ayniqsa, klostridiyalar sababli roʻy beradigan zaharlanish ogʻir kechadi.
Kasallikkatashhis qoʻyish uchun bemorning qusuq massasi, meʼdani chayilgan suvi sterillangan
bankaga yigʻilib lab.ga yuboriladi. Zaharlanishga sababchi deb gumon qilingan ovqat mahsulotlari
ham lab.da tekshiriladi. Najasdan Myuller muhiti va tuzli eritmaga ekma olinadi. Tekshirishga
olingan turli ekmalardan bir xil mikrob topilishi, oʻsha kasallik sababchisi ekanidan dalolat beradi.
Kasallikning 5—6-kunidan boshlab bemor qoni zardobi bilan ajratib olingan mikrob kulturasi
aralashtirilib agglyusinatsiya reaksiyasi qoʻyiladi. Reaksiyaning 1:40 nisbatda va undan yuqori
suyultirishda ijobiy natija berishi ushbu mikrob kasallik sababchisi ekanidan darak beradi.


Ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar va intoksikatsiyalarnn Ovqatdan zaharlanishdan farq
qila bilish kerak. Davo kasallikning dastlabki alomatlari paydo boʻlganida tez yordam sifatida
meʼdani 2% li soda yoki nimrang kaliy permanganat erit-masi bilan chayish, ichakni tozalashdan
iborat. Regidron, bektit preparati eritmasini ichirib turish kasallik ogʻirlashishining oldini oladi.
Ogʻir-roq hollarda disol, atsesol, trisol kabi suklujklar tomir orqali tomchilab quyiladi. Zarurat
boʻlganida yurak-tomir sistemasi faoliyatini yaxshilaydigan dorilar yuboriladi. Oziq-ovqat
tayyorlash korxonalari xizmatchilari ish jarayonida shaxsiy gi-giyenaga qatʼiy rioya qilishlari,
emizikli onalar goʻdakni emizishdan ol-din qoʻli va koʻkragini sovunlab yuvi-shi kerak. Yoz kunlari
goʻdaklar uchun ovqat faqat bir marta isteʼmol qilishga yetarli qilib tayyorlanishi lozim. Ovkatga
ishlatiladigan idishlar avval yuvilib, so'ngra qaynatilishi, ustiga toza doka yopib qo'yilishi lozim.
Ro'zg'orda ishlatiladigan tez buziladigan mahsulotlar sovutkichda saqlanishi shart. Oshpazlar
sanepidstansiya xodimlari tomonidan belgilangan muddatlarda tibbiy ko'rik va labaratoriya
tekshiruvidan o'tib turishlari kerak.
Kattaqoʻrgʻon shahar FVB FVDT va FM boʻlinma boshligʻi leytenant N.Komiljonov
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ovqatd
an_zaharlanish&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 1 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Ovqatdan_zaharlanish&oldid=
2387205
" dan olindi

Download 16,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti