Ota-ona haqini ado qilish haqida
11-hadis. Abu Burda ibn Abu Musa al-Ash’ariyning aytishlaricha, Abdulloh ibn Umar bir yamanlik odam o‘z onasini opichlab, xonayi Ka’bani tavof qildirib yurganini ko‘rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan o‘qirdi: Onaizorim uchun bo‘ynimni eggan tevaman, Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam. U shuni o‘qib turib, Abdullohga qaradi-da: «Ey Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqini ado qila oldimmi?» – deb so‘radi. «Yo‘q, bu xizmating seni tug‘ish vaqtida onangni tutgan to‘lg‘oqlarning bittasiga ham barobar emas», – dedi. Keyin Abdulloh ibn Umar xonayi Ka’bani tavof qildilar va maqomi Ibrohimga borib, ikki rakat namoz o‘qib olib, menga qarab: «Ey Abu Musa al-Ash’ariyning o‘g‘li! Mana shu yerda o‘qiladigan ikki rakat namoz o‘zidan ilgarigi gunohlarga kafforat (tovon) bo‘ladi», – dedilar».
13-hadis. Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhu) aytadilar: «Bir kishi Rasululloh huzurlariga hijrat qilmoq uchun bay’at etishga keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo‘lmay, xafalikdan yig‘lab qolgan edilar. Shunda Rasululloh: «Sen hozir ota-onang oldiga bor! Hijrat qilaman deb ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo‘ldim, deb ularni xursand qil», – dedilar».
Ota-ona keksaygan vaqtida xizmatlarini qilib, duolarini olmasdan jannatga kira olmagan kishi haqida
21-hadis. Abu Hurayra aytadilar: «Rasululloh: «Xor bo‘lsin, xor bo‘lsin, xor bo‘lsin!» – deb o‘n marotaba takror qildilar. Shunda sahobalar: «Yo Rassululloh, kimni aytyapsiz?» – deb so‘rashdi. Rasululloh: «Ota-onasining ikkalasi yoxud bittalari keksayib qolgan vaqtida (ularni rozi qilmay) o‘zini do‘zaxga tushishga mubtalo qilgan kishini», – dedilar».
Ota-onasini rozi qilgan kishining umri uzoq bo‘lishi haqida
22-hadis. Ma’oz al-Juhaniy (roziyallohu anhu) aytdilar: «Rasululloh: «Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo nasib bo‘lib, Alloh Taolo uning umrini ham ziyoda qiladi», – dedilar».
Ota-onaning duosi haqida
32-hadis. Abu Hurayra aytadilar: «Rasululloh: «Uchtoifa kishilarning duosi hech shubhasiz Alloh Taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi, ota-onaning duosi», – deganlar».
Boshqa erga tegmay, bolalarining tarbiyatidagi mashaqqatlarga sabr etgan xotinning fazilati
140-hadis. Ayf ibn Molik Rasulullohdan rivoyat qiladilar: «Rasululloh: «Eridan beva qolib, bolalarni tar- biyat qi-lishda sabr etgan va turli mashaqqatlarga uchraganidan rangi sarg‘ayib ketgan xotin bilan jannatda shunday bo‘lamiz», – deb ikki barmoqlarini bir-biriga jips qilib ko‘rsatdilar».
Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muhabbat haqida
260-hadis. Abu Hurayra aytadilar: «Rasululloh: «Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan zot nomi bilan qasamyod qilaman, sizlar musulmoni komil bo‘lmaguningizcha jannatga kira olmaysiz. Musulmoni komil bo‘lishingiz uchun bir-birlaringizga muhabbat qo‘ymog‘ingiz shart. O‘rtalaringizda muhabbat paydo bo‘lishi uchun salomni oshkora beringiz va bir-biringizga jahl qilishdan saq-
laningiz, chunki jahl tarashlaguvchidir, ya’ni u sochni tarashlamaydi, balki dinni tarashlaydi», – dedilar».
Ko‘ngillaryaqin bo‘lishi haqida
261-hadis. Abdulloh ibn Amr al-Osdan rivoyat qilindi, u kishi aytadilar: «Rasululloh: «Ikki mo‘min banda bir- birin ko‘rmay turib, ularning ruhlari bir kunlik yo‘lda uchrashadi», – dedilar».
Ko‘ngil saxiyligi haqida
276-hadis. Abu Hurayra Rasulullohdan rivoyat qiladilar: «Rasululloh: «Boylik moling ko‘pligi bilan emas, balki (chin) boylik nafsning boyligidir», – deganlar».
Kimki erta bilan o‘z oilasi ichida tinch va sog‘-salomat bo‘lib tursa, degan hadis haqida
300-hadis. Ubaydulloh ibn Muhsan al-Ansoriy (roziyollohu anhu) aytadilar: «Rasululloh (sallollohu alayhi vasallam): «Kimki o‘z oilasi ichida tinch, tani sog‘ bo‘lib tursa va oldida shu kuniga yetarlik taomi bo‘lsa, u odamga go‘yo butun dunyo berilgan hisoblanadi», – dedilar».
Alloh taolodan axloqini yaxshi qilishni so‘ragan kishi to‘g‘risida
307-hadis. Abdulloh ibn Amr aytadilar: «Rasululloh ko‘pincha: «Ey rabbim! Men sendan tan sog‘ligini, nafsning yomon yo‘llarga boshlashdan saqlanishni, o‘zingga va xalqlaringga ishonchli bo‘lishni, yaxshi axloqli bo‘lish va taqdirga rozi bo‘lishga muyassar qilishingni so‘rayman», – deb duo qilar edilar».
Musulmon kishining boshqa odamlar bilan so‘kishishmog‘i fosiqlik alomatidir
429-hadis. Sa’id ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Ra- sululloh ko‘pincha: «Musulmon kishining so‘kishish- mog‘i fosiqlikdir», – derdilar».
431-hadis. Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi:«Rasululloh: «Musulmon kishining so‘kishmog‘i fosiqlik va birovni o‘ldirmog‘i kufrdir», – dedilar».
Muloyim bo‘lish haqida
469-hadis. Hazrati Oysha aytdilar: «Men o‘jar, bo‘yin bermaydigan tevaga mingan edim, Rasululloh uni urga- nimni ko‘rib: «Muloyim bo‘l, kimda muloyimlik bo‘lsa, husn va kamolotga erishadi va kimda muloyimlik xislati bo‘lmasa, u aybli va nuqsonli bo‘ladi», – dedilar».
470-hadis. Abu Hurayra aytdilar: «Rasululloh: «O‘ta baxillik va mol-mulkka hirs qo‘yishdan saqlaning, chunki baxillik sizdan ilgari o‘tgan kishilarni halok qilgan. Shu baxilliklari tufayli ular bir-birlarining qonini to‘kkan va qarindoshlikni uzib qo‘yishgan. Birovga zulm qilish qiyo mat kuni zolimni qorong‘ilikka tushiradi», – dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |