O’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlarimizning o’rni



Download 39 Kb.
bet1/2
Sana28.05.2022
Hajmi39 Kb.
#613344
  1   2
Bog'liq
Dilorom To\'xtayeva Vatanparvarlik


O’SIB KELAYOTGAN YOSH AVLODNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARIMIZNING O’RNI.
Z. Azimova ADU kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori, pedagogika fanlari doktori, dotsent. D To’xtayeva ADU pedagogika fakulteti talabasi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarga e’tibor kuchaytirildi. Yurtimizda amalgam oshirilayotgan keng qamrovli ishlarning barchasi kelajagimiz egalarini Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Birinchi prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “ Hozir eng muhim eng dolzarb vazifamiz – jamoyatimiz a’zolarini, avvalombor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z Vataniga mehr – sadoqat tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlarni Vatanparvatlik ruhida tarbiyalash bu- yurtimizda mavjud bo’lgan salohiyat va boyliklarni ishga solish, ulardan oqilona foydalanish,o’z kuch imkoniyatimizga, ota – bobolarimizdan qolgan, bebaho me’ros, milliy urf – odat va an’analariga suyanish,, qadriyatlarini tiklash, bir birimizga yelkadosh bo’lish ehtiyojini har tomonlama tushunib yetish demakdir. Yoshlarimizni istiqlol sharoitida xarbiy Vtanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlar, shuningdek, milliy mafkura asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi. Milliy qadriyatlar bu shaxs qadriyatlarini umumiy qadriyatlar bilan bog’lovchi zanjirning muhim va asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Shunga ko’ra, millat – har qanday milliy qadriyatlarning obyekti, uning yaratuvchisi hamda asosiy ijtimoiy tayanchi hamdir. Milliy qadriyatlar , avvalo, yoshlarimizni odob – axloqli, ma’naviyatli, sabr – bardoshli, irodali, eng muhimi, Vatanparvar inson bo’lib tarbiyalanishida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. An’analar xalqning aniq tarixiy asosi bilan belgilanadi, ularno o’z o’zidan bir xalqdan olib, ikkinchi xalqqa singdirib bo’lmaydi. Har bir xalqning, har bir millatning o’z an’analari mavjuddir. Xususan o’zbek xalqida mehmondo’stlik, vatanga sodiq farzand bo’lishlik, kattaga hurmat, kichikka izzatda bo’lishlik kabi an’analarimiz hali ham o’z ma’nosini yo’qotgani yo’q. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng milliy qadriyatlarimiz ham qayta tiklandi. Qadriyatlar xalqning o’zligini anglashida, iftixor tuyg’ularini aks etishida muhim omil hisoblanadi. Mustaqillik bizning milliy madaniy qadriyatlarimizning yanada rivojlanlanishi, uni sayqal topishiga imkoniyat eshiklarini ochib berdi. Buning natijasi sifatida qadriyatlarimiz jamiyatimiz taraqqiyotini jadal rivojlanishida, yosh avlodning ma’naviy – axloqiy, vatanparvarlik, hamda ularni milliy iftixor ruhida tarbiyalashda qudratli tarbiyaviy negiz bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Vatanga muhabbat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatani uchun jonini ham ayamaslik kabi milliy an’analarimiz yosh avlodga yoshligidan singdirila boriladi. Buni biz nimalarda ko’rishimiz mumkin. Avvalo, ona allasida. Dunyo yuzini ko’rganki, har bir inson ona allasini eshitib katta bo’lgan. Uni eshitmagan, undan sarhush bo’lmagan inson bo’lmasa kerak.Ona allasi ham o’zida bir olam ma’noni mujassam etadi. Bola tarbiyasida, uning vatanparvar inson bo’lib voyaga yetishida ona allasi boshlang’ich asos vazifasini bajaradi.Har bir ona bolasiga alla aytayotganda o’zining orzu-umidini kuyga solib aytadi. Allaning matni esa farzandini vatanga sodiq inson bo’lib kamol topishi, vatanini ko’z qorachig’iday asrashi, mard, jasur, vataniga foydasi tegadigan, uning yaxshi-yomon kunida xizmatga shay turadigan farzand bo’lib tarbiyalanishiga qaratilgan bo’ladi. Tarixga nazar tashlasak, yurtimiz qadimdan o’zining buyuk allomalari, olimlar-u shoirlari bilan mashhur bo’lib kelgan. Ulardan bizga juda ham ko’p milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar me’ros bo’lib kelgan. Xususan, milliy qo’shiqlar, rivoyat, ertaklar, allomalarimizning asarlari bo’lmish Imom al –Buxoriyning hadislari, Alisher Navoiyning pand nasihatga doir “ Hayrat ul-abror” dostoni,Sa’diy She’roziyning “Guliston bit-turkiy” asarlari o’sib kelayotgan yosh avlodning yurtga bo’lgan muhabbatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Milliy an’ana va qadriyatlar o’zining to’g’rilik va kerakligi bilan rag’batlanib va qo’llab-quvvatlshlashlari, uning yozilmagan axloqiy qonun qoidalari, sifatida tan olishga imkon beradi. An’analar yuzaga kelib va rivojlanib vaqti kelib mustahkam jamiyat odatiga aylanadi. Shunday qilib ular o’quv, mehnat va harbiy jamoalarni jipslashtiradi. Bu esa bilamizki, shaxsni vatanparvarlik ruhida tarbiyalsh jarayonini aytarli darajada yengillashtiradi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda quyidagi an’analarni o’tkazish ham samarali natija beradi.

  1. Vatanparvarlik ruhida bo’lgan shonli sanalarga taalluqli turli kechalarni o’tkazish.

  2. Harbiy va mehnat shon shuhratiga sazovor bo’lgan joylarga sayohatlar uyushtirish.

  3. Vatanparvarlik mavzusidagi kinofilmlar namoyish etish va ularni tahlil qilish.

  4. Jamoatchilik tarzida badiiy kitoblarni tahlil qilish.

  5. Milliy o’yinlarni tashkil etish va o’tkazish.

  6. Urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar o’tkazish.

  7. Tarixiy muzey, teatrga madaniy sayohat qilish.

Xulosa qilib aytganda, shunday an’analarimizning o’tkazilishi yoshlarimizni bizning milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarimizga bo’lgan qiziqishini tobora orttirib boradi. Yurtimizning ertanggi egalari bo’lmish yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz, milliy an’analarimiz asosida vatanparvar shaxs qilib tarbiyalash bu O’zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.



Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish