Gastrit
Gastrit
(
lotincha
:
gastritis
—
meʼda
, oshqozon) — meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi;
koʻpincha meʼdaning sekret (meʼda shirasi ajralishi) va harakat
faoliyatining izdan chiqishi
bilan birga kechadi.
Odamlarda
notoʻgʻri ovqatlanish, spirtli ichimliklarga ruju qo'yish, achchiq
va shoʻr narsalarni muntazam isteʼmol qilish, ovqatdan zaharlanish, bilar-bilmas turli dorilar
qabul qilish,
allergiya, Helicobacter pylori mikrobi va b. sabab boʻladi. Kasallikning kechishiga
qarab oʻtkir va surunkali Gastrit farq qilinadi. Oʻtkir Gastritda toʻsh ostida noxush ogʻriq
seziladi, qorin dam boʻladi, koʻngil ayniydi, ogʻiz bemaza boʻladi va h.k. Baʼzan bemorning
tinkasi quriydi, t-rasi koʻtariladi, qayt qiladi; qorin quldirashi va ich ketishi mumkin. Oʻtkir
Gastritning ayrim belgilari oʻtkir appenditsit,
xolesistit, pankreatit va b. kasalliklarda ham
kuzatiladi, shuning uchun darhol vrachga murojaat etish zarur. Bemor parhez va vrach
buyurganlariga vaqtida amal qilsa tezda tuzalib ketadi, aks holda kasallik surunkali tuye oladi.
Surunkali Gastrit ovqatlanish tarzining muntazam buzilishi, oʻz vaktida
ovqat yemaslik yoki bir
oʻtirishda meʼyoridan ortiq ovqat yeyish, nuqul quruq yoki achchiq, issiq, shoʻr ovqatlar
isteʼmol qilish va b. tufayli yuzaga keladi. Koʻpincha ruhiy toliqish,
spirtli ichimliklar va
tamakining zararli taʼsirida, shuningdek ayrim dorilar (
aspirin
, butadion)ni muntazam pala-
partish ichib yurish natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Bemor tishlarining yoʻkligi yoki
kasalligi, murtak bezi, oʻt pufagi, meʼda osti bezining surunkali yalligʻlanishi ham kasallik avj
olishiga olib keladi. Meʼda sekretor faoliyatining holatiga qarab giperatsid yoki gipoatsid
(meʼda shirasi ajralishi sekretor va kislotaliligining ortishi yoki kamayishi) Gastrit farq qilinadi.
Surunkali Gastritning belgilari ham oʻtkir Gastritga oʻxshash boʻladi,
lekin bunda kasallik tezda
oʻtib ketmay uzoq choʻziladi, koʻpincha bemorning ichi buziladi (dam ich ketadi, dam qabziyat
kuzatiladi), tili karash boylaydi. Kasallik zoʻriqqanda uning alomatlari avj oladi. Surunkali
Gastrit vaqt-vaqti bilan (bahor va kuz kezlari) quzib turishi mumkin. Gastrit bilan ogʻrigan
bemorlar oilaviy vrach nazoratida boʻlishi lozim. Parhezga rioya qilish, fizioterapiya
muolajalari,
doridarmon, mineral suvlar, shuningdek sanatoriy-kurortlarda davolanish kerak.
Hayvonlarda ovqatlanish rejimining buzilishi yoki ularga buzilgan yemxashak, iflos suv
berilishi, zaharli oʻt yeb qoʻyishi, kimyoviy dorilarning notoʻgʻri qoʻllanishi natijasida paydo
boʻladi. Kasal hayvon boʻshashib qoladi, ishtahasi pasayadi, ogʻiz
shilliq pardasi quriydi,
sargʻayadi, tili oqaradi, ogʻzidan qoʻlansa hid keladi. Baʼzan harorati koʻtariladi, siydik miqdori
kamayadi. Gastrit bilan qattiq ogʻrigan hayvonlarda umuman boʻshashishdan tashqari tomir
urishi susayadi yoki bir tekis urmaydi, qon bosimi pasayadi.
Qoramolning beli bukchayib
qoladi, suti kamayadi, tishini gʻijirlatadi, titraydi. Choʻchqalar qornini yerga berib yotadi. Ot
sovuq narsalar va devorni yalaydi.
Davosi: kasallik sababi aniqlanib, bartaraf qilinadi, hayvon tinch qoʻyiladi, dastlabki 1—2 kun
yarim och qoldiriladi, ich suradigan dorilar ichiriladi. Keyin hayvonni
quvvatga kiritadigan
dorilar beriladi. Kasalligi oʻz vaktida aniqlangan va vaktida davolangan hayvonlar 1—2 haftada
tuzalib ketadi. Ularda Gastrit kamdan-kam hollarda surunkali formada oʻtadi (u oʻtkir
Gastritning takrorlanishi oqibatida kelib chiqishi mumkin). Bunda kasallik uzoqqa choʻzilib
ketmasligi uchun Gastritni vaqtida davolash zarur.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Gastrit&
action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyotlar