O‘rtacha bosimli gaz quvurlarida gazning bosimi



Download 218,22 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi218,22 Kb.
#617213
Bog'liq
gaz taminoti (1)


Bino ichki gaz quvurlarida gaz bino ichiga gazning etqazib berish uchun yoki alohida uskunalarga gazning etqazib berishi kiradi. Gaz quvurlari tarmoqdagi gazning maksimal ishchi bosimiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi.
Past bosimli bu bosimda iste’molchilar gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan bo‘lib gazning bosimi, tabiy gaz bo‘lganda 3 kPa (300 mm suv) suyultirilgan uglevodorodli gazlarda 4 kPa (400 mm suv) va suniy gazlarda esa 2kPa (200mm suv) dan oshib ketmasligi talab etiladi. Kommunal va kommunal iste’molchilar gaz bilan ta’minlashda tarmoqdagi gazning bosimi 5kPa (500mm suv) dan oshmaligi kerak. Past bosimdagi gaz quvurlarida, gazning bosimi 5kPa (500mm suv) bo‘ladi.
-o‘rtacha bosimli gaz quvurlarida gazning bosimi
5 kPa-0,3MPa(0,05÷3 kgs/sm2)
-yuqori bosimli gaz quvurlarida gazning bosimi
0,3÷0,6MPa(3÷6 kgs/sm2)
-eng yuqori bosimli gaz quvurlarida gazning bosimi
0,6÷1,2MPa(6÷12 kgs/sm2)
SHahar gaz ta’minoti tizimida eng yuqori bosimli gaz quvurlarini qo‘llash mumkin, qachonqi ulardan foydalanish davrida texnik xavfsizlik ta’minlanganda va gaz tekshiruv nazorat organlari tomonidan ruxsat berilgan holatda foydalanish mumkin.
Past bosimdagi gaz quvurlari aholi turar joy binolarini, uylarni, umumiy jamoa binolarni, umumiy ovqatlanish korxonalarini, isituvchi qozon qurilmalarini va maishiy xizmat qo‘rsatuvchi korxonalarni gaz bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Past bosimli gaz quvurlariga kommunal maishiy iste’molchilarni, unchalik yirik quvvatga ega bo‘lmagan isituvchi qozon quvurlarini bug‘lash mumkin o‘rtacha va yuqori bosimdagi (0,6MPa) gaz quvurlari, past va o‘rtacha bosimdagi tarmoqli gaz quvurlarida o‘rnatilgan gaz boshqaruv shaxobchalarini (GBSH) gaz bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, mahalliy gaz boshqaruv shaxobchalari (GBSH) va gaz boshqaruv qurilmalari (GBQ) ni gaz bilan ta’minlashda, kommunal maishiy korxonalar va sanoat korxonalarni gaz bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangandir.
Isituvchi qozon qurilmalari, aholi yashaydigan binolarga uylarda yaqin joylarda yoki tutash binolarda joylashtirilganda tarmoqdagi gazning bosimi 0,3 MPa (300 kPa) bo‘lgan tarmoqqa bog‘lanishga ruxsat etiladi.
Eng yuqori bosimli gaz tarmoqlari (0,6÷1,2MPa) yirik shaharlarni gaz bilan ta’minlovchi asosiy quvur hisoblanadi. Bu holda gaz ta’minlovchi asosiy quvurlari to‘liq halqa yoki yarim halqa ko‘rinishli tasvirga loyihalanadi.
Aholi punktlariga, kommunal maishiy korxonalariga, sanoat korxonalariga, qozon qurilmalariga va boshqa turdagi iste’molchilarga gazning etqazib berilishi, o‘rtacha va yuqori bosimdan gaz tarmoqlaridan faqatgina GBSHlar orqaligina iste’molchilarga gaz etqazib beriladi. SHahar gaz ta’minoti tizimida turli xil bosimdagi gaz quvurlarining o‘zaro aloqasi ham faqatgina GBSHlar orqali amalga oshiriladi.
Tarmoqlangan gaz quvurlari orqali iste’molchilarga gaz etqazib berilish gaz quvurlarining geometrik ko‘rinishiga ham bog‘liqdir. Gaz tarmoqlarning geometrik ko‘rinishi quyidagi turlarga ajratish mumkin.
- oddiy ko‘rinishli tarmoqlangan, ya’ni daraxtli boshi berkli ko‘rinishda.
- halqa ko‘rinishli tasvirda.
Tarmoqlangan boshi berkli ko‘rinishga ega bo‘lgan gaz quvurlarida iste’molchilarga gaz miqdorining sarfi oraliqlar bo‘yicha ketma-ketlik sarflanishga ega tarmoqlangan gaz quvurlari (2.1 rasm; a tasvirga qarang) tasvirida gaz oqimi tushincha har bir oraliqga, bir yo‘nalishda keladi, shuning uchun ham ularga tupikli (berkli) tarmoqlanish deb aytiladi. Bunday ko‘rinishda gaz quvurlari qo‘shimcha (zaxirali) quvurga ega emasdir, agarda avariya holatiga uchrasa, o‘zidan keyingi oraliqdagi iste’molchilarga gazning etib borilishi to‘xtatiladi. Bu holda gaz tarmoqlarining ishonchli ishlashini faqatgina ularni tashkil etgan tarmoq qismlargina aniqlaydi. Bunday ko‘rinishli gaz ta’minotida iste’molchilariga gazning ishonchli ta’minlanish uchun bularning asosiy qismlarini qo‘shimcha jihozlash orqali amalga oshirish mumkindir, lekin bunday usulda loyihalanish nihoyatda katta qo‘shimcha mablag‘ talab etadi bu esa iqtisodiy jihatdan samarasizdir. Gaz tarmoqlarining ishonchli ishlashini taminlashning eng yaxshi ishonchli usuli, bu ularni halqa ko‘rinishda loyihalashdir (2.1 rasm; b tasvirga qarang), ya’ni ularni boglovchi oraliq uchastkalari kiritish orqali amalga oshirishdir.
a)

b)

2.1-rasm. Gaz tarmoqlarining tasvirlari
a) tarmoqlangan ko‘rinishda;
b) halqa ko‘rinishda
Halqa ko‘rinishli gaz tarmoq­larining tarmoqli ko‘rinish­lidan asosiy farqi shundan iboratki, ular yopiq konturdan iborat bo‘lib natijada iste’molchilarga gaz oqimining kelishi uchun ikki yoki undan ortiq tarmoqlar orqali uzatishning imkoniyati mavjud bo‘ladi. Buning natijasida halqa ko‘rinishli gaz tarmoqlarining ishonchli ishlashi, tarmoqlangan ko‘rinishga nisbattan juda yuqoridir bunga sabab ular boglanuvchi oraliq qismlarga ega. Halqa ko‘rinishli gaz tarmoqlarda esa ko‘p sonli tarmoqlanish variantlarga egadir yana bir asosiy farqlari shundan iboratki, tarmoqlangan quvurlarda quvur diametrining o‘zgarishi boshqa oraliqlarda gaz sarfi miqdorining qayta taqsimlanishiga olib kelmaydi, faqatgina tarmoq bosh nuqtasida bosimning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Halqa ko‘rinishli gaz tarmoqlari oraliqlarida quvur diametrining o‘zgarishi esa, qolgan barcha oraliqlarda gaz sarfi miqdorining qayta taqsimlanishga olib keladi va tarmoq bog‘langan nuqtada bosimning o‘zgarishi sodir bo‘ladi.
SHahar, aholi punktlari gaz ta’minoti tizimlari tarmoqdagi gazning bosimi pog‘onalarga qarab bir pog‘onali, ikki, uch va ko‘p pog‘onali guruhlarga bo‘linadi.
Bir pog‘onali gaz quvurlarida gazning bosimi 5 kPa gacha bo‘lib, iste’molchilarga gaz faqat bir xil bosim ostida ya’ni past bosimda etqazib beriladi. (2.2. rasm)

2.2-rasm Bir pog‘onali gaz taqsimoti tizimining tasviri
1-magistral gaz quvuri;
2-gaz ta’minlovchi stansiya (GTS);
3-halqa ko‘rinishli gaz quvuri;
4-iste’molchilarga bo‘linishi;
5-berqli (tupikli) gaz ta’minoti;
Bir pog‘onali gaz taqsimoti tizimi orqali aholi punktlarini va kichik shaharlarning gaz ta’minlash uchun tavsiya etiladi.
Ikki pog‘onali gaz taqsimoti tizimlari orqali iste’molchilarga gaz ikki xil bosimda ya’ni: o‘rtacha va past yoki yuqori va past bosimda gazni etqazib berish uchun tavsiya etiladi. Bunday tizim iste’molchilar soni ko‘p bo‘lmagan shaharning gaz bilan ta’minlashda, magistral gaz quvuridan gazni olib gazni katta hududda joylashgan iste’molchilarni ta’minlashda ham tavsiya etiladi (2.3 rasmga qarang)

2.3. rasm. Ikki pog‘onali gaz taqsimoti tizimi tasviri
1-yuqori bosimli magistral gaz quvuri;
2-GTS;
3-yirik gaz iste’molchilari;
4-shahar gaz boshqaruv shaxobchalari, past bosimli gaz tarmogini ta’minlaydi;
5-yuqori va o‘rtacha bosimli gaz quvurlari;
6-past bosimli halqa ko‘rinishli gaz quvuri;
7-iste’molchilarga tarmoqlanish;
8-9-past va o‘rtacha bosimli boshi berkli gaz quvurlari;
Uch pog‘onali gaz taqsimoti tizimlari orqali iste’mol­chilarga, gaz uch xil bosimda ya’ni: past, o‘rtacha va yuqori bosimli quvurlar orqali etqazib beriladi.bu tizim orqali yirik shaharlarni gaz bilan ta’minlash loyihasini tuzishda tavsiya etiladi (2.4. rasmga qarang)

2.4. rasm. Uch pog‘onali gaz taqsimoti tizimi tasviri.
1-magistralgaz quvuri;
2-GTS;
3-yuqori bosimli gaz quvuri (1,2MPa);
4-yuqori bosimli gaz quvurlariga boglangan yirik sanoat korxonalari;
5-o‘rtacha bosimli GBSH;
6- o‘rtacha bosimli gaz quvuri;
7-past bosimli iste’molchilarga tarmoqlanish;
8-past bosimli gaz quvuri;
9-o‘rtacha bosimli gaz quvuriga bog‘langan yirik gaz iste’molchisi;
10-past bosimli gaz quvurini ta’minlovchi GBSH;
Ko‘p pog‘onali gaz taqsimoti tizimi gaz quvurlari orqali to‘rt xil bosimda ya’ni; eng yuqori bosimli I kategoriyali (1,2 MPa) va II rategoriyali yuqori bosimli (0,6 MPa), o‘rtacha bosimli (0,3 MPa) va past bosimli (4 kPa). Bu tizim orqali ko‘p sonli sanoat korxonalariga ega bo‘lgan yirik shaharlarni gaz bilan ta’minlash uchun tavsiya etiladi. Turli pog‘onali bosimlardagi gaz quvurlarning shahar gaz tarmoqlarida birgalikda xizmat qo‘rsatishni quyidagicha izohlash mumkin.
-shahardagi iste’molchilar turli xil gaz bosimlarining talab etish mumkin.
O‘rtacha yoki yuqori bosimning talab etilishi shahar gaz tarmoqlarining uzunligini qisqartirish, iste’molchilarning ko‘p miqdorda gaz etqazib berishni ta’minlash, uchun.
-SHaharning markaziy tumanlarida, esqi binolar joylashgan qo‘chalarning torligi, bu qo‘chalarda yuqori bosimli gaz quvurlarining yotqizishi mumkin bo‘lmaganligi.
-Aholi zich bo‘lgan hududlarda, texnik va yong‘in xavfsizligini, hisobga olib, gaz quvurlarini to‘g‘ri, xavfsiz foydalanish uchun, yuqori bosimli gaz quvurlarining yotqizishi bir qator qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkinligi etiborga olinadi va boshqalar sabablidir.
Bundan tashqari shahar gaz ta’minoti tizimining tanlanishda quyidagi bir qator faqtorlarni ham inobatga olish zarurdir ya’ni;
- gaz yoqilg‘isi manbasining tansifi, gazning xossasi, uning tozaligi, tartibidagi namlik;
- loyihalanayotgan shahar hududining o‘lchami uning joyla­nish relefi, aholi zichligi;
- sanoat korxonalari, elektrostansiyalarning soni va tasviri;
- loyihalanayotgan hudud (shahar)dagi tabiiy va su’niy to‘siqlarning (daryo, ko‘l, temir yo‘l va xokazo) mavjudligi etiborga olinishi talab etiladi.
Download 218,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish