!-mavzu Orqa miyaning tashqi tarafdan tuzilishi qanday?
Orqa miyaning kundalang kesimida nimalarni kuramiz?
Orqa miyani urovchi pardalar?
Orqa miya topografiyasi va vazifasi?
Javoblar :
Orqa miya umurtqa pog‘onasi kanali ichida joylashgan bo’lib, yuqori uchi uzunchoq miyaga davom etsa, pastki qismi uchlik holda II bel umurtqasi sohasida yakunlanadi (conus medullaris). Shu sababdan, orqa miya suyuqligini chiqarish yoki anesteziya III va IV bel umurtqalarining qirrali o ‘simtalari orasida bajariladi. Orqa miyaning pastki uchidan filum terminate deb nomlanadigan nerv tolalari ajralib, II dumg‘aza umurtqasigacha tushib birikadi. Orqa miya ikki sohada kengaygan bo’ladi.
Orqa miyaning kundalang kesimida o’rtada joylashgan kulrang modda substantia grisea va uni o’rab turgan oq modda substanti alba ko’rinadi. O’rta kismidan esa markaziy kanal canalis centralis utadi. Bu kanal bosh miyaning IV korinchasi bilan uzaro tutashgan buladi, pastki uchi esa kengaygan xolda ventriculus terminalis bilan yakunlanadi. Kundalang kesimda kulrang modda "H" shaklini eslatadi. Xa bir kesimda oldingi shoxlar cornu anterius, orka shoxlar corn posterius kurinadi. Bu shoxlar nerv xujayralarining tuplamida xosil buladi
Orqa miyani o‘rovchi pardalar- meninges uch turga bo’linib, tashqi tomondagi qattiq parda dura mater; o‘rtadagi to‘r parda arochnoidea va ichki parda yumshoq parda - pia mater deyiladi. Orqa miyani o‘raydigan pardalar, yuqori qismda bosh miyaning xuddi shunday pardalariga davom etadi Orqa miya qattiq pardasi umurtqa pog‘onasidagi kanal devori bilan orqa miya orasida joylashadi. Kanal devori bilan qattiq parda orasida epidural bo‘shliq – cavitas epiduralis joylashib, bu sohada yog‘ to‘qimalari vavenoz chigallar uchraydi. Qattiq pardaning ichkarisida to‘r parda joylashgan bo‘lib, bu pardalar orasida subdural bo‘shliq - spatiumsubdurale boMadi. To‘r parda orqa miyaning egat va tirqishlari ustidan yo‘naladi. Bu egatlaming ichiga kirib, orqa miyani hartarafdan o ‘raydigan pardaga yumshoq parda deb ataladi. To‘r va yumshoq pardalar orasida subaroxnoidal b o ‘shliq - cavitas subarochnoidalis joylashadi. Bu bo‘shliq miya suyuqligi - liquor cerebrospinalis bilan tolib turadi. Orqa miya atrofidan bu bo‘shliq bosh miya atrofidagi xuddi shunday bo‘shliqqa davom etadi. 0 ‘z navbatida, orqa miya atrofidagi subaroxnoidal bo‘shliqda frontal tekislikda joylashgan 19-23 ta tishsimon boylam - lig. denticulatum joylashadi. To‘rsimon parda ostida joy la sh g an bu boylamlar subaroxnoidal b o ‘shliqni oldingi va orqa boMimlarga boMadi va orqa miyaning harakatini cheklab turadi.
Orqa miya kulrang moddasining orqa shoxlarida esa oraliq neyronlar joylashadi. Orqa miyaning b a’zi segmentlarida (С VIII, Th I - Th X II , L I - L I I I , Sc II - Sc IV ) yon shoxlar - cornu lateralis ham uchraydi. Bu yon shoxlar tarkibida vegetativ nerv tizimining hujayralari joylashadi. Oldingi shoxda joylashgan hujayra o ‘simtalari oldingi ildiz - radix anterior tarmoqlarini hosil qiladi. Orqa ildiz - radix posterior tarmoqlari esa orqa miya tugunining nerv o ‘simtalaridan tashkil topadi. Oldingi va orqa ildizlardagi nerv tolalari o‘zaro qo‘shilib, umurtqalararo teshik sohasida orqa miya nervlarini hosil qiladi. Orqa miyaning morfo-funksional birligiga segment deyiladi. Segment - bu bir juft orqa miya nerviga to‘g‘ri keladigan orqa miya bo ‘lagidir. Segment tarkibidaoq va kulrang moddalar bo‘lib, har bir segmentdan bir juft orqa miya nervi hosil bo’ladi.