Orfoepiya
Orfoepiya (orto... yun. epos — nutq, talaffuz) —1) tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi; 2) muayyan milliy tilning talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil talaffuzni taʼmin-lovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish. Ogʻzaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy muomalani yengillash-tiradi. "O." tushunchasi keng va tor maʼnoda 2 xil tushuniladi: keng maʼnoda — unga fonemalarni qoʻllash qoida va fonema allofonlari (vari-antlari)ni talaffuz qilish qoidalari kiritiladi; tor maʼnoda — fa-sat fonemalarni qoʻllash qoidalari kiritiladi. O. koʻlamining bir xil belgilanmasligining sababi shunda-ki, baʼzi olimlar talaffuz meʼyorlari tushunchasiga fakat tovushlarni talaffuz qilishni, boshqalari esa urgʻuni ham, baʼzan variantdor grammatik shakllar hosil boʻlishini ham kiritadilar.
Tilning ichki kategoriyasi tarzidagi orfoepik meʼyor bilan kridalashtirilgan meʼyor oʻzaro farqlanadi. Ulardan birinchisi ayni bir voqea-hodisani ifodalashning tilda namoyon boʻla-digan yashirin imkoniyatlari mavjudligi bilan bogʻliq; bunda meʼyor — muay-yan tilning aniq bir soʻzlovchilar ja-moasida tegishli davr orasida mavjud boʻlishi bilan bogʻliq bir qancha ijtimo-iy omillarning amal qilishi natijasidir. Ikkinchisi esa amalda mavjud boʻlgan meʼyorning turli lugʻatlar, maʼ-lumotnomalar va qoʻllanmalarda qoida va koʻrsatmalar tarzida shakllantirilgan aksidir. Qoidalashtirishda qoʻllash uchun toʻfi deb belgilanadigan faktlar tanlab olinadi. Qoidalashtirilgan meʼyor koʻpincha amalda mavjud boʻlgan meʼyordan orqada qoladi.
O. milliy tilning shakllanishi bilan bir paytda, ogʻzaki nuqtning taʼsir doirasi kengaygan, ommaga qaratilgan nutqning yangicha shakllari rivojlangan paytda paydo boʻladi. Orfoepik meʼyorlarning shakllanish jarayoni turli milliy tillarda turlicha kechadi. Mac, hozirgi oʻzbek adabiy talaffuzi meʼyorlarining dastlabki ildizlari oʻtgan asrning 20—30-yillarida vujudga kelgan, bu sohada bir qancha tadqi-qotlar oʻtkazilib, orfoepik lugʻatlar nashr etilgan boʻlsada, oʻzbek talaffuz meʼyorlari toʻliq shakllangan deb boʻlmaydi.
Orfoepik meʼyor muammosi bir til birligining bir emas, ikki yoki undan ortiq ifodasi boʻlgan hollarda yuzaga keladi. Meʼyorda ayni paytda til tizimida mavjud boʻlgan yoki mavjud boʻlishi koʻzda tutilgan narsa saralanadi. Tizim doirasida yangi shakllarning paydo boʻlishi hamda eskilarini ekstralingvistik omillar taʼsirida asta-sekin siqib chiqarishi natijasida meʼyor oʻzgarishi mumkin. Meʼyorning oʻzgarishi (almashinishi) har bir tarixiy davr tilida variantdor meʼyorlarning ayni bir paytda mavjud boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Vaqt oʻtishi bilan vari-antlardan biri yetakchiga aylanib, qolganlari kamroq qoʻllanib, isteʼmoldan chiqib ketadi. Variantlardan birining yetakchi deb tanlanishiga uning til ta-raqqiyotidagi obʼyektiv qonunlarga mu-vofiq kelishi, keng tarqalganligi, moʻʼtabar andozalarga (jamiyatning bilimli va madaniyatli vakillari talaffuziga) mosligi kabi omillar taʼsir koʻrsatadi. O. rivojida namunali adabiy talaffuzni targʻib qiluvchi teatr, keyinchalik radio va televideniye katta rol oʻynagan. Sahna nutqi koʻpchilik tillarda orfoepik meʼyorlarning asosi hisoblanadi.
Nutqning harakteriga koʻra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: toʻliq talaffuz; qisqargan talaffuz; maʼruzachilar, akterlar, diktorlar nutqi toʻliq talaffuzni aks ettira-di, chunki bunda har bir soʻz, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda toʻla, aniq, donadona talaffuz qilinadi.
Soʻzlovchi oʻz nutqiga beparvo qarashi orqasida, oʻz shevasi taʼsirida ayrim fonemalar turli oʻzgarishlarga duch keladi, soʻzning baʼzi birliklari qis-qaradi. Mas, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqartgan talaffuzdir.
Oʻzbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik birliklarning aytilishi, soʻz birikmalarining talaffuz qilinishi kabilarni oʻz ichiga oladi. Shunga koʻra umumiy orfoepik meʼyorlar belgilanadi. Orfoepik meʼyorlar, odatda transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi.
O. orfografiya bilan zich bogʻlangan. Biroq soʻzning yoki soʻz shakllarining jonli talaffuzi hamma vaqt ham ularning yozuvdagi ifodasiga teng boʻlavermaydi. Jumladan, yozuvda bor baʼzi tovushlar talaffuzda sezilmaydi: biroq, bilan, tuhmachchi, adabiyochchi kabi; yozuvda berilgan tovushlar talaffuzda tushib qoladi: badbax, ayol-man, abstrak, Samarqan kabi; yozuvda ifodalangan tovush talaffuzda bosh-qasi bilan almashtiriladi: obod-obot, kitob-kitop, peshvoz-peshvos kabi. Talaffuzdagi ana shu murakkab to-monlarni hisobga olgan holda yago-na orfoepik qoidalar yaratish lozim boʻladi.
Leksikologiya
Leksikologiya (leksika va ...logiya) — tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. L. har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi. L. tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda soʻz yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan chambarchas bogʻliq. L.ning asosiy muammolaridan biri soʻzning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. L.da soʻzlarning maʼno jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaʼni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, suz maʼnolarining erkin yoki bogʻliq holda boʻlishi kabi masalalari ham oʻrganiladi. Leksika muayyan bir tizim sifatida koʻrilganda, soʻz maʼnolari va tushunchalarning oʻzaro bogʻliq holda boʻlishi koʻzda tutiladi. L. lugʻat tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, soʻzlarning uslubiy jihatdan tasni-fiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, soʻzlashuv va adabiy tillarda foydalanish meʼyorlarini, professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan soʻz birikmalarini meʼyorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi.
Morfemika. So‘z yasalishining grammatika bilan boғliqligi (morfologiyada: ayniqsa, affiksatsiya yo‘li bilan yasalish; kategorial ko‘chish; sintaksisda: qo‘shma so‘z bilan so‘z birikmasi orasidagi munosabat va b.) uning tabiatidagi etakchi xususiyatlaridandir. Uzak va affikslarning analizi morfologiyada ham, so‘z yasalishida ham uchraydi, lekin bu ikki sohaning analizi-hodisaga qanday nuqtai nazardan yondashishi—har xil, shunday bo‘lsa ham, bari bir, har ikki soha uchun umumiy bo‘lgan hodisalar ham bor. SHunga ko‘ra, keyingi vaqtlarda bularni yoritishning yangi sxemalari paydo bo‘ldi: dastlab morfemalariing har ikki sohaga aloqador bo‘lgan tomonlari ayrim beriladi, bu ayrim qism morfemika deb ataladi, keyin so‘z yasalishi, undan keyin morfologiya bayon qilinadi. Bu yangi tartib ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomondan ham afzalliklarga ega.
Morfemika so‘zning eng kichik ma`noli qismlari haqidagi ta`-limotdir. By kichik kismlar morfemalardir. Bu morfemalar turli ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi. Masalan, ishla so‘zadagi -la elementi hayda so‘zida -da formasida kelgan (lekin hay-hayla fe`lida yana -la tusida qo‘llangan), hozir ajralmaydigan unda so‘zida ham aslda shu -da affiksi bor (un—ovoz). Bu -la va -da ko‘rinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir ko‘rinishi esa morf sanaladi. Demak, morfema morflarning yiғindisidir. Bu turli ko‘rinishdagi qismlar, morflar, bir-biriga nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham uchraydi: tash-qi so‘zidagi tash elementi tish tusida ham uchraydi (chiq so‘zining kelib chiqishini eslang: tishiq — chiq). YAna: yuvmoq — yumoq (u ko‘ylakni yuvgan-yugan), to‘zғi-to‘zi (-ғi va -i), qo‘zғa va to‘zғi (-ғa va ғi), to‘zidi—to‘zғidi—to‘zғoq (to‘zi va to‘z, qo‘zi va qo‘z, qazi va qaz: qaziғan—qazgan), -gancha va -guncha (Bu formalar keyinroq differentsiatsiyaga uchragan), kuchuk uvladi—Bo‘ri ulidi (uv va u, -la va -li). Anglashiladiki, morfema deganimizda (o‘zak morfema ham, affiksal morfema ham), yuqoridagi kabi yaqin — o‘xshash morflarning yiғindisini ko‘zda tutamiz, shu har xil ko‘rinishlarning umumiy atalishini anglaymiz (lekin ma`lum morfologik modelga ko‘ra regulyar takrorlanadigan variantlar morf sanalmaydi). Morfema sostaviga ko‘ra, ko‘pincha, umumlashtirib aytganda, fonemalar kompleksidan, ba`zan bir fonemadan iborat bo‘ladi (har bir konkret ko‘rinishga nisbatan aytganimizda morf fonemadan iborat bo‘ladi), bir qancha so‘zlarda takrorlanadi, (bir xil ma`noda), muntazamlik xarakteriga ega bo‘ladi. Morflarning bir morfema sanalishi (-la va -da affikslarini eslang) ularning ma`no jihatidangina emas, balki formal tomondan (material-tovush tomonidan) ham yaqin-o‘xshash bo‘lishiga asoslanadi. Masalan, islamok va iskamoq fe`llaridagi -la va -ka yasovchi affikslarining semantik funktsiyasi bir xil, lekin bular orasida material yaqinlik-o‘xshashlik yo‘q, demak, bular sinonim affikslardir.
Morfemalar funktsiyasiga ko‘ra so‘z yasalishiga ham, so‘z o‘zgarishiga ham aloqador. Affikslarning so‘z yasovchi affikslar (derivatsion affikslar. Bunday so‘z yasash derivatologiya deyiladi) va so‘z o‘zgartuvchilar (relyatsion affikslar) tusidagi klassifikatsiyasi shu holatga asoslanadi. Bu hodisa so‘z yasalishi (affiksal) bilan paradigmatika orasida formal o‘xshashlik borligini ko‘rsatadi. Masalan, temir + chi (affiks orqali so‘z yasash)—temir+-ni (affiks orqali forma yasash: bir so‘zning formasini (keng ma`noda) hosil qilish). Ko‘rinadiki, «yasash» so‘zi har ikki ma`noda ham, umuman, hosil qilish (bir-biridan hosil qilish) ma`nosida umumiy nom bo‘lib qo‘llanadi. Bu so‘z: 1.uzum—uzum + ni, uzum+ga kabi hollarda so‘zning formasini hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Har bir so‘z ma`lum bir formada bo‘ladi (uzum—nol’ forma, uzumni—tushum kelishigi formasi va b.), u shu hamma formalarning jamini o‘z ichiga olgan, umumlashtirgan birlik sanaladi. Uning hamma ko‘rinishlari bir so‘zning turli formalari sanaladi. Bundagi affikslar (-ni, -ga, -dan kabi) sintaktik funktsiyani bajaradi: so‘zlarni bir-biriga boғlaydi, so‘zning qo‘shilmadagi—gapdagi va so‘z birikmasidagi—sintaktik vazifasini ko‘rsatadi. Demak, bu formalar orasidagi har xillik grammatik farqdir. Bundagi ma`no grammatik bo‘lib, so‘zning leksik ma`nosi o‘zgarmagan. 2. Uzum—uzum + chi, uzum+zor kabi hollarda yangi so‘z hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Bunda affiks leksik funktsiyani bajaradi: yangi leksik birlik hosil qiladi. Bunda juft (affiks qo‘shilmagan holat bilan affiks qo‘shilgan holat: uzum—uzumchi) orasidagi farq semantik plandagi farqdir. Demak, bu o‘rinda affiksatsiya orqali tuғilgan ikki hodisani ko‘ramiz: 1. Affiks—yangi so‘z yasash vositasi (uzum + chi). 2. Affiks—so‘z formasi hosil qilish vositasi. «YAsash, yasama» so‘zlari bu hodisalarning hammasi uchun ham—«hosil qilish, tuғdirish, yaratish» kabi ma`nolarda qo‘llanadi, lekin termin sifatida yangi so‘z yaratish ma`nosi uchun xoslangan: yasama so‘z (yasama so‘zi —sifat), yasalma (yasalish natijasida hosil bo‘lgan so‘z — yasalma so‘z, yasalma termini — ot).
Har bir tilning yasama so‘zlari shu tildagi so‘z yasash modellari asosida yaratiladi. Masalan, bajaruvchi shaxs otlarining yasalish modellari: ot (o‘zak-iegiz) +chi affiksi (kran+chi), ot + soz (samolyotsoz); sifatning ma`lum turlarini yasashning modellarn: ot+li (bolali), fe`l + q (ochiq); qo‘shma otlarning yasalish modellari: ot + ot (non jiyda, qo‘l arra, qo‘l soat), sifat+ot (ko‘k qar-ғa); abstrakt ma`noli otlarning yasalish modellari: sifat + lik (yaxshilik, kattalik), ravish + lik (tezlik); natija otlarining yasalish modellari: fe`l+m (to‘plam, boғlam), fe`l + n(tugun, bo‘ғin) va b.
So‘z yasash modellari, umuman, hosil qilish, yaratish sxemasi — andazasi ma`nosidagi umumlashgan, abstrakt hodisadir. Buning ayrim xususiyatlari: 1) yasalish modeli bir xil bo‘lgan so‘zlar struktura va ma`no tomonidan o‘xshash bo‘ladi; 2) so‘z yasash modellarining unumli yo unumsiz bo‘lishi uning—shu strukturadagi modelning yangi yasalma hosil qilish yo hosil qilmasligidandir. Masalan, qo‘shma so‘zning sifat+ot, ot+ot modellari unumli, uning izofa bilan hosil bo‘lishi (fasli bahor tusida) unumsiz: ko‘shma so‘z hosil qilmaydi; 3) model’ so‘zi abstrakt tushunchani bildiradi, lekin juda umumiylik va nisbatan umumiylik holatlariga qarab, uning sostavidagi elementlar ham turli tusga kiradi. Masalan, yasama so‘z hosil qilishning modellari: o‘zak+ suffiks, prefiks+o‘zak, lekin buning nisbatan aniq turlari haqida gapirganimizda, modelning qismlari ham shunga mos nomlardan bo‘ladi; ish otlari yasashning modellari: fe`l+q (suvoq, chopiq), fe`l+m (terim, o‘rim); qo‘shma so‘z hosil qilishning modeli: so‘z+so‘z, qo‘shma otlarning modellari: ot+ot, sifat+ot, son+ot va b. Qo‘shma so‘zning modellari so‘z birikmasining modellariga o‘xshaydi, lekin ularning hamma turi ham o‘xshash bo‘la bermaydi. Ko‘rinadiki, so‘z yasash modeli yasama so‘zning tuzilishi sxemasi, demak, bu sxema so‘z yasash sxemasidir. U so‘zning yasalish strukturasini tekshirishning umumlashtirilishidan tuғilgan: so‘zning yasalish strukturasini aniqlash bilan umumlashtirish natijasida so‘z yasash modellari belgilanadi, bu modellar tilning so‘z yasalish sistemasini tashkil qiladi.
Morfologiya
Morfologiya (yun. morphe — shakl va... logiya) (tilshunoslikda) — 1) tilning morfologik qurilishi; 2) soʻz shakllari haqidagi taʼlimot. Birinchi maʼnosida obʼyektni anglatsa, ikkinchi maʼnosida tilshunoslikning shu obʼyektni oʻrganuvchi boʻlimini bildiradi.
M. soʻz turkumlari, ularga xos grammatik maʼnolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik maʼnolar va shahrik.ni oʻrganadi. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning M.si ham oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning M.si yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi.
Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mo-hiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Mas, feʼlning zamon kategori-yasi feʼl M.sida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan "feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu — zamon shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat. Shu bilan birga har bir zamonga oid feʼl shakli (shakllari) oʻziga xos xususiyatga ega. Mas, oʻtgan zamon shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildiradi. Feʼl zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon kate-goriyasining , feʼl zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, feʼl turkumiga oid har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan feʼlning morfologik tizimi yoritiladi.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |