O‘quvchilarning grafikaviy tayyorgarligi maktabdagi chizmachilik darslarida oshirilishi mo‘ljallangan



Download 18,59 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2021
Hajmi18,59 Kb.
#73739
  1   2
Bog'liq
KIRISH1

KIRISH.


O‘quvchilarning grafikaviy tayyorgarligi maktabdagi chizmachilik darslarida oshirilishi mo‘ljallangan. So‘nggi yillarda o‘quvchilarning grafikaviy tayyorgarligining takomillashuvi Respublikamizda olg‘a surilgan mustaqil g‘oyalar asosida 1997 yilning 29 avgust kuni qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni bosqichma-bosqich va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan bog‘liq.

Chizma chizish va o‘qishni bilishga o‘rgatish chizmachilik darsining birinchi maqsadi bo‘ladi. Chizmachilik nafaqat politexnik masalalarni hal qilibgina qolmay, balki o‘quvchining har tomonlama bilimini kuchaytiradi. Chizmalarning tuzilishini va o‘qilishini o‘rgatish orqali o‘quvchilarning grafikaviy tayyorgarlik darajasi orttiriladi.

Bular albatta, o‘qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qiladi. O‘qituvchilarning pedagogik mahoratini ularning yangi ish formalariga jalb qilish orqali, ta’limning eng samarali metodik usullarini aniqlash va ularni amalda sinab ko‘rish orqali amalga oshirish mumkin.

Bugungi texnika asrida chizmachilikni o‘qitish metodlarini takomillashtirish masalasi muhim masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Bu yo‘nalishdagi izlanishlarning zarurligi birinchidan o‘quvchilarning ilmiy-metodik tayyorgarligiga bo‘lgan talablarning ortib borganligi bo‘lsa, ikkinchidan so‘nggi yillarda metodika erishgan yutuqlarni didaktik nuqtai nazardan to‘g‘ri baholay olishga bo‘lgan talabning ortib borishidir.

Chizmachilik fanining o‘quv dasturi fan va texnikaning rivojlanishi bilan bog‘liq tarzda tuzilgan. O’qituvchi oldida o’quvchilarni notanish bo’lgan bilimlar sohasiga olib kirish vazifasi turadi. Bunda tasavvurdagi nurlar yordamida predmetni bir nechta tekislikka hayolan proyeksiyalash ko’nikmalarini egallash zarur bo’ladi. Shu bilan birgalikda o’quvchilar biror chizmani chizish yoki o’qish paytida bu jarayonni real holatda ko’rish imkoniga ega bolmaydilar. U faqat chizmachilik qog’ozi, chizma-topshiriq yoki buyum va detal bo’yicha masala yechimini topishi kerak. Bunga o’xshash vazifalarni bajarishda o’quvchilarga fazoviy tasavvur deb nomlanuvchi juda zarur va foydali qobiliyat yordamlashadi. Inson fikrlashining bu xususiyatini rivojlantirish chizmachilik kursini o’rganishning eng asosiy vazifasi va tadqiqot mavzusining dolzarbligi masalasidir.

Bugungi kunda Respublikamizda ilm- fanning jadal taraqqiy qilishi va bilimlarning tez yangilanishi, yangi texnologiyalarning kirib kelishi, zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalar tizimining barcha soxa, jumladan ta’lim jarayoniga tadbiq etilishi komyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va uni amalda joriy etish davr talabiga aylandi.

Ushbu ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar jamiyatning munosib davomchilarini tayyorlash ishiga, ya’ni yosh avlodlarning shakillanish jarayoni amalga oshiriladigan ta’lim tarbiya tizimini tubdan isloh qilishni talab etmoqda.

Mustaqil Respublikamiz oliy va o’rta maxsus ta’limi oldida turgan dolzarb masalalardan biri talabalarni chizmachilik fanidan chuqur bilim egallashlarini taminlashdan iboratdir. Chunki chizmachilik fani bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchilarni tayyorlashdagi asosiy fanlardan biridir. Mazkur fanni o’qitishda model va plakatlar-ko’rgazmalardan foydalanish esa alohida ahamiyat kasb etadi. Kurs ishining dolzarbligi. Fan va texnikaning keskin rivojlanishi kishilarda grafik savodxonlikni egallash, ya’ni chizmalarni bajarish va taxt qilish qonunlarini, ularni o‘qiy bilishni talab qiladi. Texnikaviy axborotni o‘z ichiga olgan asosiy xujjat bu chizmadir va birorta ham ishlab chiqarish sohasi uningsiz mavjud bo‘la olmaydi.

Maktab va kollejlardan so‘ng ishlab chiqarishga kirib kelgan yosh kadrlar grafikaviy xujjatlar bilan ishlay ola bilishlari kerak. Ya’ni chizmalarni o‘qiy va bajara olishlari kerak. Boshqacha aytganda, ma’lum darajada grafikaviy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari zarur.

Umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini o‘qitish, shu fandan chuqur bilim berish yosh avlodni yanada taraqqiy etgan texnika asriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda va kelajakda hayotni, umuman, xalq xo‘jaligining hech bir sohasini texnikasiz tasavvur etish mumkin emas.

Mamlakatimizda so‘ngi yillarda umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fani mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgacha chizmachilik fani bo‘yicha umumta’lim maktablari uchun ko‘plab darsliklar nashr qilinib, maktablarda sinab ko‘rildi. Bularga A.Umronxo‘jaevning “Texnikaviy grafika asoslari” (1993 y.), P.Odilovning “Chizmachilik” va 2010 yilda nashr qilinib, hozirgi kunda umumta’lim maktablari dars jarayonida qo‘llanilib kelinayotgan 8- va 9-sinflar uchun I.Rahmonovning “Chizmachilik” darsliklarini ko‘rsatish mumkin.

Kurs ishining dolzarbligi shundaki, malakaviy amaliyot paytida o‘quvchilarning chizmachilikdan bilimlari ancha past ekanligi ham ma’lum bo‘ldi. O‘quvchilarda chizma bajarish malakalari juda past, fazoviy tasavvurlari deyarli shakllanmagan. Shularni e’tiborga olib kurs ish mavzusini “Model va plokatlardan foydalanish metodikasi” deb tanladik. Chunki o‘quvchining fazoviy tasavvurini model va plakatlardek hech qaysi mavzu rivojlantirolmaydi.


Download 18,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish