Ona tili va adabiyot fanidan 8-sinflar uchun bayon matni



Download 36.5 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2020
Hajmi36.5 Kb.
  1   2

Ona tili va adabiyot fanidan 8-sinflar uchun bayon matni

(umumta’lim maktablari uchun)

1-variant

KO‘CHA ODOBI
«Ko‘cha odobi» deganda nimani tushunmoq kerak? «Ko‘cha odobi», eng avvalo, kiyina bilish va odamlar orasida o‘zini xushxulq tutishdan boshlanadi.Darhaqiqat, ko‘chaga chiqqan kishining bosh kiyimidan tortib, oyoq kiyimigacha tartibli bo‘lishi ham odoblilik belgisidir.

Bobokalonlarimiz udumida «Ko‘cha odobi» haqida ushbular alohida ta'kidlanadi: Ko‘chaga chiqish uchun uyda ekaningda tayyorgarlik ko‘r. Kiyim kechagingga e'tibor qil. Hammasi joyidami, tozami? Kiyinib bo‘lgach, oynaga qara, sochingni yaxshilab tarashni unutma. Dastro‘molsiz uydan chiqma. Darvoqe, yurish-turishda unchalik arzimas narsaday ko‘rinsa-da, odob nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega. Tajribali shifokorlarning yozishicha, yo‘talgan va aksa urganda og‘izdan 40 000 ga yaqin mikro viruslari otilib chiqarkan. Bu mikroblar og‘izdan juda katta tezlikda otilib chiqqani uchun, 3 metr atrofga va undan ko‘proqqa bemalol tarqalar ekan. Ana endi, sinfda yoki odam tiqilinch bo‘lgan avtobusdagi bitta bemor odamning qancha odamlarga kasallik (tarqatib) yuqtirishini bir tasavvur qilib ko‘r! Lekin to‘rt qavat qilib buklangan bitta dastro‘molcha o‘sha mikroblarning 24-25 foizini to‘sib qolar ekan.

Ko‘cha-ko‘yda, mahallada, xoh katta, xoh kichik kishi oldidan besalom o‘tma, uyga salomsiz kirma. Xalqimizda yana bir qadimiy odat bor - bu ota-ona va katta yoshdagilarning izzat-ikromini o‘rniga qo‘yib, hurmatini joyiga keltirishdir. Sen ham unga chuqur amal qil. Keksalarni ko‘rganda qo‘lingni ko‘ksingga qo‘yib salom ber, orqaroqda yur, bordi-yu ishing zarur bo‘lsa, o‘tib ketish uchun uzringni aytib, ruxsat so‘ra. Qariyalar qo‘lidan yukini olib, og‘irini yengil qil, suhbatlashayotganda aralashma, ularga gap yoki luqma tashlama, ular o‘rtasidan kesib o‘tma, o‘rin bo‘shatish ham odoblilik nishonasidir. Bu ibratli odatlarni bir nafas ham unutmaslik lozim, sababi, sen ham erta-indin shu yoshga yetasan!

Shoir Abduqodir Bedil aytganidek, «Keksalarni etsang aziz-u izzat, senga ham keksaygach yetishar hurmat». O‘zingdan kichiklarga doimo yordam qo‘lini cho‘z.

Ko‘cha-ko‘yda kamsuqum, kamtar bo‘l. Bordi-yu, xafaqon kishini ko‘rsang, xursand qilishga, kayfiyatini ko‘tarishga intil.

«Ko‘cha odobi»da, ayniqsa, muomala va til madaniyati muhim o‘rin tutadi. Doimo xushmuomala bo‘l, shirinzabonlikka intil. Xalqning «Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til» maqolini doimo yodda tut.

(Malik Murodov. «Oltin sandiq ochildi» kitobidan)

Umumta’lim maktab o’quvchilari uchun ona tili va adabiyoti fanidan ijodiy bayon matni

8-sinf

II variant


Madaniyat

Madaniyat - arabcha “madina shahar, kent” so’zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga bo’lib, birini badaviy yoki sahroyi turmush deb ataganlar, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik-bu ko’chmanchi holda dasht-u biyobonda yashovchi xalqlarga, madaniylik esa shaharda o’troq yashab , shaharga xos turmush tarzida yashovchi xalqlarga nisbatan ishlatilgan.

Madaniyat atamasi keng ma’noda qo’llanilib, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va madaniy, ma’naviy hayotida qo’lga kiritgan yutuqlar majmuyini, biror ijtimoiy guruhning ma’lum davrida qo’lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini o’qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko’rganlik, ziyolilik, ma’rifatlilikni hamda turmushning shahar turmush tarzini jamoani yetuklik shakli sifatida talqin etgan. Forobiyning fikricha, har bir kishi o’z tabiatiga ko’ra oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi, bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Uning ta’kidlashicha, madaniy jamiyat yoki madaniy shahar (yoki mamlakat) bu mamlakatda har bir odam kasb-hunaridan ozod, hamma baravardir, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi istagan yoki tanlangan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod yashaydilar.

Insoniy yaratuvchanlikning ikki asosiy turi-moddiy va ma’naviy yaratuvchanlikka qarab, madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo’linadilar. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalari hamda uning samaralari-mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari , kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va shu kabilarni o’z ichiga oladi. Ma’naviy madaniyatga aqlan va ma’nan yaratuvchanlik sohalari –bilim, axloq, ta’lim-tarbiya, falsafa, nafosat, fan, san’at, adabiyot, asotirlar, din va shu kabilar kiradi.



Faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o’zigina yaratgan sof madaniyat bo’lmaydi va bo’lishi ham mumkin emas.


Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat