Ona tili va adabiyot (asosiy blok uchun)



Download 18,8 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi18,8 Kb.
#309187
Bog'liq
17.04.2020


@omonnurmurodov

Ona tili va adabiyot (asosiy blok uchun)

Diqqat!!! Test javoblariningizni oqqa ko’chirgach,

@HE_testbot ga kirib 17.04.2020 nomli testga belgilang!
1.Qaysi qatordagi yasama otlarda hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlar ishtirok etgan?

A) tepki, qamoq, ko‘pik

B) tinch, yo‘lla, zargar

C) donolik, tiqin, kitobxon

D) qalamdon, yoshlik, qadrdon
2.Qaysi gapda birgina sonor tovush so‘z yasovchi qo‘shimcha vazifasini bajargan?

A) Tashvishlar inson umrini yanada qisqartirishi bor gap, do‘stim.

B) Erkin yosh avlodlar senga zo‘r qanot.

C) Insoniyat qadimdan go‘zallikni ulug‘lab kelgan.

D) Onamning har bir aytgan gapi, nasihati qulog‘im ostida jaranglaydi.
3. Imlo qoidasiga oid xato berilgan fikrni toping.

A) Oliy darajadagi unvon va mukofotlar nomi tarkibidagi so‘zlar har biri bosh harf bilan yoziladi.

B) Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi.

C) Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi.

D) Qisqartma so‘zlar har doim qo‘shib yoziladi.
4. Nasrulla, siz Hasanboydan "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasini so‘rab yuribsiz, u bo‘lsa "Darakchi"ni olib kelibdi. Ushbu gapda qo‘llangan ma’no ko‘chish turini belgilang. A) metafora

B) metonimiya

C) sinekdoxa

D) vazifadoshlik


5. Quyidagi qaysi maqolda yasama so‘z ishtirok etmagan?

A) Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur.

B) Bolali uy - bozor, bolasiz uy - mozor.

C) Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur.

D) Kam gapirsang, ko‘p eshitasan.
6. Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda munosabat shakllari necha o‘rinda qo‘llangan?

A) 7


B) 6

C) 4


D) 5
7. Siz borliqning mo‘jizakor qudratini, shiddatkor sevgi bo‘ronini, bunyodkorlik, ijodkorlik girdobini, intiqlik bilan kutganingiz: poklanishni, yangilanish, yengillik, saxiylik va mehrni o‘zingizga singdirasiz.

Ushbu gapda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.

A) 11

B) 12


C) 13

D) 14
8 .Oqqirov kasalligi g‘o‘za barglariga uya quradi.

Ushbu gapda jami nechta tobe bog’lanish mavjud?

A) 6 ta

B) 4 ta

C) 5 ta

D) 3 ta
9. Qaysi gapda sifat hol vazifasida kelgan?

A) Chakalakzor qorong‘ilikda vahimali va sirli ko‘rinardi.

B) Mevasi yetilib pishganda sershira bo‘ladi.

C) Hujra kichkina, lekin iliqqina edi.

D) Ko‘kimtir osmonda behisob yulduzlar chaqnab turibdi.
10. Ravishning ma’no jihatdan uch turi ishtirok etgan gapni aniqlang.

A) Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim o‘zidan-o‘zi yurib ketyapti.

B) Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, unga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yar ekan.

C) Bular piyoda asta-sekin O‘rdaga bordilar.

D) Qarasa, uzoqdan bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.
11. Buyruq- istak maylidagi fe’llar qatorini aniqlang.

A) aytdi, keldi, ko‘rmoqchi, borsinlar, borsak

B) aytsin, to‘plandi, tekshirtirdi, aytaylik

C) yesang, aytsang, ko‘rarsan, berayin

D) o‘rgangin, uxlaylik, aytsin, ko‘rgin, o‘qisin
12. Davomiy bo‘lishsizlik ifodalangan gapni aniqlang.

A) Sobir anchadan beri darsga kelmay qo‘ydi.

B) Har yili bu voqea bo‘lib turar edi.

C) Men bu vazifani bajarmay qo‘ymayman.

D) O‘quvchi bu asarni o‘qib qo‘ymadi.
13. Voqea-hodisalarning faqat bittasi yuzaga chiqadigan qo‘shma gapni aniqlang.

A) Goh osmonni tutib ashula yangraydi, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitiladi.

B) Ba’zan qurbaqalarning qurullashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, ba’zan itlarning vovullashi bu ovozlarni bosib ketadi.

C) Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday suvga botadi.

D) Yo zardo‘zi to‘ning to‘zibmi qoldi, Yoki so‘kildimi suvsar telpaging.
14. Qaysi gapdagi so‘z birikmalari soni 3 ta emas?

A) Ulug‘ odam hech qachon yolg‘izlanmaydi.

B) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi.

C) Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortadi.

D) Bizlarni jaholat qorong‘uligidan qutqaradi.

15. Quyida berilgan gapdagi so‘zlar o‘zaro qanday usullarda birikkan?

Shahrimiz ko‘chalarini yangi, hashamatli binolar bezab turibdi.

A) bitishuv, moslashuv, boshqaruv

B) bitishuv, boshqaruv

C) bitishuv, moslashuv

D) moslashuv, boshqaruv
16. Tarkibga ajralmaydigan, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo‘lmagan, dialogik va ba’zan monologik nutqqa xos bo‘lgan bir so‘zdan iborat gaplar qanday gaplar hisoblanadi?

A) atov gap

B) to‘liqsiz gap

C) so‘z-gap

D) shaxsi noma’lum gap
17. Qaysi gapda qaralmish belgisiz qo‘llangan?

A) Bir inson taqdirida o‘n yil davomida ne-ne o‘zgarishlar bo‘lmaydi.

B) Bu gaplar qiz qalbining istig‘nolari emasligini angladim.

C) Bizning maktab tumandagi eng katta maktab hisoblanadi.

D) O‘zimning ishim boshimdan oshib yotibdi.
18. Qaysi qatorda maqsad ma’nosidagi qo‘shma gap

berilgan?

A) Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo‘lingga.

B) Sizni gaplarimga tushundi, deb o‘ylabman.

C) Bu jasoratga sizni deb qo‘l urdim.

D) „Barchangizga omad!”-deb tilak bildirishdi.


19. Og‘irlik o‘lchovini bildiruvchi tarixiy o‘lchov birliklari to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

A) paysa, tanob, qadoq, dahsar

B) misqol, dahsar, botmon, qadoq

C) misqol, dahsar, yog‘och

D) chaqirim, qarich, gaz, yog‘och
20. Quyida berilgan qaysi ijodkor 1927-yilda ustozi Cho’lpon haqida maqola, 30-yillarda esa Abdulla Qodiriy haqida ”Abdulla Qodiriyning ijodiy yo’li” nomli risola yozgan edi?

A) Said Ahmad

B) Abdulla Qahhor

C) Oybek


D) G’afur G’ulom
21. Sergey Yeseninning qaysi she’rini Erkin Vohidov 4+3=7 bo’g’inli turoqda tarjima qilgan edi?

A) ”Singlimga xat”

B) ”Ona ibodati”

C) ”It haqida doston”

D) ”Dog’lar ketmish...”
22. ”Erkin Vohidov she’riyatida adabiy mavzular xazinasiga aniq makon va zamon kaliti orqali kirib boriladi. Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib o’tgan va o’tayotgan goh mashaqqatli, goh armonli, goh tug’yonli, goh iftixorli yo’llarning manzara va ohanglari, sadolari Erkin Vohidov she’riyatida to’la mujassamdir”.

Erkin Vohidov haqidagi mazkur fikrlar muallifini toping.

A) Ozod Sharafiddinov

B) Umarali Normatov

C) Naim Karimov

D) Abdulla Oripov

23. Quyida berilgan qaysi shoirning g’azallaridan biridagi oshiq(lirik qahramon) o’limi oldidan ”Lo iloha illalloh” deb emas, ”Iymoni o’sha moh” deya ma’shuqa nomi bilan kalima qaytarishga tayyorligi ifoda etilgan?

A) Mavlono Lutfiy

B) Boborahim Mashrab

C) Mavlono Atoiy

D) Furqat
24. Zahriddin Muhammad Bobur o’zining me’muari bo’lmish ”Boburnoma” asarida kimni quyidagicha tasvirlaydi? ”...hanafiy mazhabliq, pokiza e’tiqodliq kishi erdi. Ravon savodi bor edi. ”Xamsatayn” va masnaviy kitoblarni va tarixlarni o’qub erdi. Aksar ”Shohnoma o’qur edi...”

A) Husayn Boyqaro

B) Hasan Ya’qub

C) Umarshayx Mirzo

D) Xisravshoh
25. ”Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida Go’ro’g’li yetti yoshiga qadar kimning qo’lida tarbiyalanadi?

A) Shoxdorxon

B) Rustambek

C) Ravshanbek

D) Odilxon
26. Mahmud Qoshg’ariyning quyida nomi keltirilgan qaysi she’rida turkiylarning doimiy hamrohi bo’lgan otlar tilga olingan?

A) ”Erdi shin taturg’an...”

B) ”Iqilachim erig bo’ldi...”

C) ”Yigitlarig ishlatu...”

D) ”Qaqlar qamug’ ko’lardi...”
27. Qaysi javobda Nizomiy Ganjaviy ”Xamsa”siga tegishli bo’lmagan doston nomi ko’rsatilgan?

A) ”Iskandarnoma”

B) ”Haft paykar”

C) ”Yusuf va Zulayho”

D) ”Maxzan ul-asror”
28. Qaysi javobda Pirimqul Qodirov qalamiga mansub qissa janri namunalari berilgan?

A) ”Erk”, ”Meros”

B) ”Najot”, ”Uch ildiz”

C) ”Studentlar”, ”Qora ko’zlar


D) ”Olmos kamar”, ”Yayra institutga kirmoqchi”
29. Halima Xudoyberdiyevaning qaysi asari Respublika Davlat mukofotiga loyiq ko’rilgan?

A) ”Ilinj”

B) ”Bir o’rim soch tarixi”

C) ”Bu kunlarga yetganlar bor...”

D) ”Muqaddas ayol”
30. ”Chashma”, ”Ikkinchi imtihon”, ”Izlar va hislar”, ”Ishqim va rashkim” kabi she’riy to’plamlar muallifini anilqang.

A) Shavkat Rahmon

B) Turob To’la

C) To’ra Sulaymon



D) Xayriddin Saloh

Download 18,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish