Ommaviy axborot vositalarida axborot xavfsizligini ta'minlash



Download 21,41 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2022
Hajmi21,41 Kb.
#421274
  1   2
Bog'liq
Ommaviy axborot vositalarida axborot xavfsizligini ta


Ommaviy axborot vositalarida axborot xavfsizligini ta'minlash
O'zJOKU, xalqaro jurnalistika yo'nalishi
Sattorxonova Xonzodaxon Sardorxon qizi
Annotatsiya: ushbu maqolada ommaviy axborot vositalarida axborot xavfsizligini ta’minlash misollar bilan keltirilgan va Bugungi voqealar, xususan, xalqaro terrorizmning payini qirqish borasida tuzilgan xalqaro koalitsiyaning shu yil 7 oktabr kuni kechasi Afg'onistondagi terroristlar bazalariga havodan zarba bera boshlagani butun dunyo ommaviy axborot vositalari e'tiborini Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratganligi haqida fikrlar yoritiladi.
Kalit so’zlar: Taqiqlangan usullar, erkinligini, mulk huquqini, davlat hokimiyati, Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat masalalari”, Aloqa, axborotlashtirish, Axborot tizimlari komplekslari, resurslari.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkindir. Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e'tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir. Davlat ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini, mulk huquqini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi. Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq axborotni izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish, uni saqlash huquqiga ega hamda tarqatilayotgan axborotning xolisligi va ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.1
Internet nashrlari tashkil etildi. Ular boshqa materiallar qatorida eng muhim rasmiy axborotlar, normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida tarqatmoqda.”2
Darvoqe, internet tarmog‘i turli shaharlardagi odamlarni o‘zaro bog‘lovchi
vosita, davlatlarning yagona eng tezkor axborot tarqatuvchisi va muloqot maydoni
darajasiga ko‘tarildi. Bu haqidagi faktlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, kundalik
auditoriyani hisoblaganda, internet allaqachonlar eng ommabop OAV hisoblangan
TV ni yo‘lda qoldirganligini ko‘ramiz. Shu ma’noda, ayniqsa, odamlar eng ko‘p
murojaat qiladigan OAV tizimi sifatida internet tarmog‘i hamda tv jurnalistlaridan
nihoyatda hushyorlik talab etiladi. Har qanday OAV turida e’lon qilinayotgan axborotlar xolis bo‘lmog‘i shart, albatta. Shu ma’noda O‘zbekiston OAV da ham axborotlarni olish, qayta ishlash va tarqatish borasida cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq o‘zbek mentaliteti o‘z millati ruhiyatini yovuzliklardan, axborot xurujlari-yu zo‘ravonliklardan asrab-avaylash, jamiyat a’zolarini faqat ezgu g‘oyalar ko‘magida tarbiyalashni nazarda tutadi. Shu boisdan ham O‘zbekistondagi istalgan OAV turi milliy mentalitetga xos belgilarni inobatga olgan holda o‘z faoliyatini olib boradi. Ammo onlayn-nashrlarda bosma OAV ga nisbatan erkinlikning guvohi bo‘lishimiz mumkin. Buning sababi esa internetdagi ma’lumotlarning cheksizligi, o‘quvchida bir vaqtning o‘zida axborotlarni boshqa manbalar bilan solishtirish imkoniyatining mavjudligidir.
Globallashuv sharoitida milliy axborot makonini to‘laqonli shakllantirish,
fuqarolarimizda axborot immuniteti va yot g‘oyalarga qarshi mexanizmlar yaratish
orqali qarshi fikr uyg‘ota olish nafaqat O‘zbekiston, balki jahondagi har qanday
davlatning strategik manfaatlari bilan hamohang bo‘lgan muhim masalalar sirasiga
kiradi. Jumladan, “Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat
masalalari” kitobida shunday deyiladi: “Yangilik nafaqat bir davlat va jamiyat
taraqqiyotiga, balki xalqaro hamjamiyat taraqqiyotiga ham xizmat qiladi. Dunyoda
globallashuv jarayoni borayotgan paytda yangilik xalqaro ahamiyat kasb etadi.
Deylik, ilm-fandagi yangiliklardan dunyo xalqlarining xabardor bo‘lishlari
taraqqiyotni tezlashtiradi, ya’ni insonlar kashfiyotu ixtirolar natijasida dunyoni,
o‘zlikni anglashga harakat qila boshlaydilar. Iqtisodiy-siyosiy yangiliklardan voqif
bo‘lish davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir qiladi, aloqador davlatlarning
rivojlanishiga olib keladi3.
Ommaviy axborot vositalari o‘rtasida sog‘lom ijodiy raqobat, jurnalist kadrlarning zamon bilan hamnafas va hamqadam bo‘lishi, o‘z kasbiy mahorati bilan birga siyosiy bilimi va tafakkur salohiyatini muttasil oshirib borishi davr talabidir.
Bugungi voqealar, xususan, xalqaro terrorizmning payini qirqish borasida tuzilgan xalqaro koalitsiyaning shu yil 7 oktabr kuni kechasi Afg'onistondagi terroristlar bazalariga havodan zarba bera boshlagani butun dunyo ommaviy axborot vositalari e'tiborini Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratdi.
Xalqaro terrorizmni ildizi bilan qo'porib tashlash uchun kurash bilan birga dunyoning "yangilik imperiyalari" o'rtasida o'z omoshabinlari-tinglovchilari-o'quvchilariga yangilikni birinchi bo'lib yetkazib berish uchun bo'lgan kurash ham qizib ketdi. Bu tabiiy. Chunki har kim bu yerdan o'ziga tesha tegmagan yangilik axtaradi, shov-shuv ko'targisi, birinchi bo'lgisi keladi. Bu ham tabiiy.
Biroq, afsuski, ba'zan bo'lar-bo'lmasga sensatsiya ortidan quvish va "taqiqlangan usullar"dan ham foydalanish, ya'ni boks atamasi bilan aytganda, "beldan pastga zarba berish" hollari ko'zga tashlanyapti. Bu holni muayyan ommaviy axborot vositasi o'z xodimining xatosi yoki noaniqliliga yo'yib, keyinchalik raddiya berishi ham mumkin, ammo raddiya efirga uzatilganda yoki gazetada bosilganda o'sha noto'g'ri (to'g'rirog'i, g'arazli) xabar butun dunyoni aylanib chiqqan va uning buyurtmachilari o'z maqsadiga erishib olgan bo'ladi. Sensatsiyani ko'chirib bosgan OAV unga bildirilgan raddiyani ko'chirib bosishga o'zida majburiyat sezmaydi. Manbani ko'rsatishning o'ziyoq ular zimmasidan har qanday masyuliyatni soqit qiladi.4
Zikr etilgan terrorizmga qarshi kurashni yoritish jarayonida bu hol yana bir marta yaqqol namoyon bo'ldi. Rossiyadagi ayrim OAVning go'yo toliblar O'zbekistonga qarshi jihod e'lon qilib, uning chegarasi yaqiniga 8 ming (10 ming) kishilik qo'shin to'playotgani, keyinchalik o'sha qo'shinni general Abdurashid Do'stum boshliq Shimoliy ittifoq qo'shinlariga qarshi kurash uchun Mozori-Sharif tomon jo'natgani to'g'risidagi xabarlari quyosh charaqlab turgan osmonda gumburlagan momoqaldiroqni eslatadi. Hatto Rossiya jamoatchilik televideniyesi muxbiri shu yilning 8 oktabr kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov va Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi M.Rahmonqulov o'tkazgan brifingni sharhlayotib, shov-shuvlar dalillar bilan rad etilganini aytdi, biroq sharhi so'ngida prezident Islom Karimov o'zining Avstriya respublikasiga safarini qoldirganini o'sha shov-shuvlarning tasdig'i sifatida ustakorlik bilan qistirib o'tdi. O'z chegaralari yaqinida xalqaro terrorizmga qarshi urush bo'layotgan paytda har qanday davlat rahbarining boshqa bir mamlakatga rejalashtirgan safarni qoldirishi yoki kechiktirishi diplomatiya amaliyotida tez-tez uchrab turadigan hol. Qolaversa, buni Avstriya rahbariyati tushunish bilan qabul qildi, G'arbning yetakchi OAV ham bunga shov-shuv tusini bermadi.
Bunday vahimali xabarlarni tarqatishdan ko'zlangan maqsad nima, degan haqli savol tug'iladi. Afg'onistonda terrorizmga qarshi olib borilayotgan harbiy harakatlardan foydalanib, vahimali xabarlar tarqatarak, O'zbekistondagi vaziyatni beqarorlashtirishdan kim manfaatdor? Nega endi ayrim Rossiya ommaviy axborot vositalari shunday yo'l tutyapti? Bu tasodifmi yoki uning zamirida uzoqni ko'zlagan maqsad yashirinmi?
Beixtiyor, rus shoiri V.Mayakovskiyning "Modomiki, osmonda yulduzlar charaqlab turgan ekan, ular kimgadir kerak" degan satrlari esga tushadi.
Bunday holni, afsuski, ayrim chet el radiolari tarqatayotgan xabarlarda ham ko'rish mumkin. Ularni sinchiklab kuzatgan kishi g'alati "mehnat taqsimoti"ning guvohi bo'ladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
-Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish;
-Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;
-Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;
-davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
-davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish;
-telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;
-qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.


Xulosa
Biroq bugungi dunyoda axborot kurashi bir soniyaga ham to'xtamaydi. Unda ba'zan nuqtai nazarlar, aqidalar, ma'lum bir prinsiplardan ko'ra, manfaatlar kurashi ustuvorlik qiladi. Bizning birdan-bir maqsadimiz ham, manfaatimiz ham o'zimiz haqimizdagi bor gapni dunyoga asl holicha yetkazishdir. Eng muhimi, birinchi prezidentimiz Islom Karimovning O'zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri savollariga javob qaytarayotib aytgan mana bu so'zlarini har doim esda tutishda: "Hushyorlik, ogoh bo'lib yashash - bu bir kunlik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki kundalik ish, kundalik amaliy harakat bo'lishi lozim".

Download 21,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish