Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalar haqida umumiy ma’lumotlar.
Beton bilan po’lat armatura birgalikda ish bajarishi tufayli bir butun kompozitsion qurilish materialiga aylanadi va temirbeton deb ataladi. Beton siqilishga yaxshi qarshilik ko’rsatadi, biroq cho’zilishga qarshi mustahkamligi uncha katta bo’lmaydi. Agar konstruksiyadagi betonlanadigan egiluvchi elementlarning cho’ziladigan zonasi armaturalansa, ya’ni cho’zilishga yaxshi ishlaydigan po’lat sterjenlar bilan kuchaytirilsa, unda bu zonaning nagruzka ko’tara oluvchanligi 15-20marta ortadi. Faqat egiluvchi emas, balki siqiluvchi elementlarni ham armaturalash maqsadga muvofiqdir.
Beton bilan armature birgalikda yaxshi ishlashi uchun uchta asosiy omil muhim ahamiyatga ega: a) beton bilan armature o’rtasida tishlashishning ishonchliligi
b) amalda temperature ta’siridan chiziqli kengayish koeffitsentlarining qiymatlari bir xilligi v) armaturani korroziya va o’t ta’siridan quyuq beton (tarkibida sement miqdo ri yetarli bo’lgan beton) saqlaydi.
Temir-beton XIX asrda kashf etilgan. Temir-beton buyumlarga birinchi patentlar Fransiyada (Lambao, 1850-yil; Kuanye 1854yil; mone 1867-1880-yillari) Angliyada (Uilkinson, 1854, yil) va AQSH da (giatt. 1855-1877-yillari) berilgan edi.
Temir-beton hisoblashning nazariy asoslari va konstruksiyalash prinsplariga birinchi bo’lib Konsider Gennebik (Fransiya), Kyonen va Myorsh (Germaniya) va boshqalarning ishlarida asos solingan. N.A Belelyubskiy, S.S. Davidov,
S.A Dmitriyev, K.V. Mixaylov va vatanimizning boshqa olimlari o’tkazgan tatqiqotlar nagruzka ko’taruvchi temir-beton konstruksiyalarni hisoblash metodlari va ularni amalda ishlatishning taraqqiy etishiga imkoniyat yaratdi. Shundan keyin ko’p o’tmay qurilishning barcha sohalarida temir-beton keng ko’lamda ishlatila boshlandi. Bunga temir-betonning ahamoyatga molik texnik-iqtisodiy afzalliklari sabab bo’ldi: a) arzon mahalliy materiallar (qum. chaqiqtosh, shag’al) ishlatishga imkon tug’ildi, bunday materiallar temir-betonning 70-80% gacha massasini tashkil etadi; b) nihoyatda olovbardoshligi, shuningdek, ko’pga chidamliligi; bunga temir-betondagi armatura korroziyadan himoya qilinganligi, betonning mustahkamligi vaqt o’tishi bilan pasayibgina qolmay, balki oshishi ham mumkinligi sabab bo’ladi. Temir-beton massasining ancha kattaligi uning kamchiligi hisoblanadi. Temir-beton konstruksiyalar massasini kamaytirish uchun yupqa devorli ichi bo’sh qilib ishlangan konstruksiyalar ishlatish, shunungdek to’ldiruvchi g’ovak materiallar qo’shib tayyorlanadigan yengillashtirilgan va yengil betonlardan foydalanish hamda oldindan zo’riqtirilgan temir-beton ishlatish tavsiya etiladi.
Temir-beton konstruksiyalar tayyorlanish usuliga ko’ra yig’ma, monalit, va yig’ma-monalit bo’lishi mumkin. Yig’ma konstruksilar zavodda yoki poligonda tayyorlangan elemetlardan yig’iladi. Monolitlari esa bevosita qurilayotgan obyektning o’zida ko’tariladi. Yig’ma monalitlari qurilish obyektining o’zida ko’tariladi. Yig’ma-monalitlari qurilish obyektining o’zida elementlardan yig’ilib konstruksiyaning ayrim uchastkalari monalit beton bilan to’ldiriladi. Seysmik rayonlarda monalit temir-beton konstruksiyalar ishlatish samarali hisoblanadi. Konstruksiyaga tashqi nagruzka qo’yilgunga qadar temir-betondagi armaturani taranglash yo’li bilan intensv siqilishga yo’liqtirish mumkin. Temir-beton konstruksiyalar tayyorlash protsessida beton bilan armaturada oldindan sun’iy zo’riqishlar hosil qilinadi. Bunday konstruksiyalar oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalar deyiladi.
Oldindan zo’riqtirilganda konstruksiyalarning yoriq paydo bo’lishiga va seysmik ta’sirlarga chidamliligi birmuncha ortadi, deformatsiyalanishi kamayadi, a’lo sifatli beton bilan armaturadan samarali foydalanishga imkon yaratadi. Oldindan zo’riqtiruvchi kuchlanish betonda siquvchi, armaturada esa cho’zuvchi kuchlanish hisoblanadi.