Olamni mahliyo aylagan diyor



Download 69,13 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi69,13 Kb.
#272812
Bog'liq
olamni mahliyo aylagan diyor


Olamni mahliyo aylagan diyor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi munosabati bilan ko‘plab xalqaro tashkilotlardan, jahonning taniqli fan va madaniyat arboblaridan tabrik maktublari kelmoqda.Davlatimiz rahbarining “Biz kimmiz, qanday ulug‘ ajdodlarning vorislarimiz” degan savol har bir kishini o‘ylantirmog‘i lozimligi haqidagi da’vati hayotda o‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda. Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlanishi va shu munosabat bilan yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ham bu fikrning yorqin dalili bo‘la oladi. Bugun yurtimizda va jahon miqyosida keng nishonlanayotgan Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yillik to‘yi munosabati bilan ko‘plab xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning ilmiy markazlari va oliy o‘quv yurtlari rahbarlaridan qizg‘in va samimiy tabriklar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbarining bevosita rahbarligida insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lmish O‘zbekiston hududida joylashgan bir necha ming yillik madaniy obidalar, yodgorliklar, osori atiqalarni qayta tiklash, ularga ikkinchi umr baxsh etish, eng muhimi, yosh avlodni mana shu buyuk merosga sadoqatli vorislar etib tarbiyalash borasida olib borilayotgan tarixiy ishlarga yuksak baho va samimiy e’tirof aks etgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga yo‘llagan tabrigida Islom konferensiyasi tashkiloti Bosh kotibi Akmaliddin Ehson o‘g‘li quyidagilarni yozadi:

“Islom konferensiyasi tashkiloti Sizning o‘zbek xalqining nodir milliy qadriyatlarini tiklash, boy ilmiy-ma’rifiy, madaniy va ma’naviy merosini o‘rganish va asrab-avaylash hamda keng targ‘ib qilish borasidagi sa’y-harakatlaringizni yuqori baholaydi. Darhaqiqat, qadim Xorazm diyoridan yetishib chiqqan ma’rifat yulduzlari - Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro singari buyuk olim va mutafakkirlar islom sivilizatsiyasi rivoji va jahon ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shganliklarini dunyo afkor ommasi e’tirof etadi”. M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori akademik V.Sadovnichiyning davlatimiz rahbari nomiga yo‘llagan maktubida, jumladan, bunday satrlar bor:

“Xorazm Ma’mun akademiyasining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, bugungi kunda yosh avlodni milliy g‘urur va o‘z mamlakati tarixiga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash ishidagi ahamiyati beqiyosdir. Mazkur akademiya mintaqada ilm-fanni rivojlantirish bilan birga davlatlarning o‘zaro madaniy aloqalarini, turli dinga mansub xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash borasida tarix sahifalarida chuqur iz qoldirdi. Sizning tashabbusingiz bilan qayta tiklangan ushbu ilm dargohi bugungi kunda butun dunyoda madaniyat va taraqqiyotning oliy maqsadlarini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. Hurmatli Islom Abdug‘aniyevich, ushbu unutilmas kunda Sizga O‘zbekiston Respublikasining ravnaqi va xalqining farovonligi yo‘lidagi ulkan ishlaringizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, Xorazm Ma’mun akademiyasi jamoasiga esa ilm-fan va ta’limni yanada rivojlantirishda ulkan yutuqlar tilayman”. Misrdagi “Al-Azhar” ilmiy majmuasi rahbari Shayx Muhammad Sayyid Tantoviy o‘z tabrigida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Sizning tashabbusingiz va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashingiz natijasida qayta tiklangan mazkur tarixiy ilmiy markaz - Xorazm Ma’mun akademiyasi bamisoli o‘tmish va kelajakni bog‘lab turuvchi robitadir. Biz ushbu ilm dargohi misolida O‘zbekistonda ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohalariga berilayotgan ulkan e’tiborning yaqqol isbotini ko‘ramiz. 1000 yillik yubileyining keng nishonlanishi esa uning dunyoda katta ahamiyatga ega ekanligidan yana bir dalolatdir».



«Koreya - O‘zbekiston jamiyati» raisi Kim Yun Sok o‘zining samimiy e’tirofini quyidagi so‘zlar bilan ifoda etgan: «Iqtisodiyotning yuksalishida, ayniqsa, ta’lim muhim o‘rin tutadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti janob Islom Karimovga ta’lim sifatini oshirish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ahamiyat berayotgani uchun o‘z minnatdorligimni izhor etmoqchiman. Mening o‘zbek millatining kelajagi porloq ekaniga ishonchim komil. Dunyoga Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk alloma va mutafakkirlarni bergan bu xalq bugun jahonning ilm-fan beshiklaridan biri hisoblangan Ma’mun akademiyasi ta’sis etilganining 1000 yilligini keng nishonlamoqda. Agar Ibn Sino bo‘lmaganida G‘arb tibbiyoti bugungi tarqqiyotiga erisha olmasdi. Bundan tashqari, «0» raqamini kashf etgan al-Xorazmiy bo‘lmaganida matematika va fizika fanlari bugungi darajaga ko‘tarila olarmidi?». «Temuriylar davri tarixi va madaniyatini o‘rganish» Fransiya assotsiatsiyasi Prezidenti Lyusyen Keren va Bosh kotibi Frederik Bressanning Yurtboshimizga yo‘llagan tabrik maktubidan quyidagilarni o‘qiymiz: «Biz assotsiatsiyamiz nomidan Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan Xiva shahrida YUNESKO shafe’ligida o‘z yubileyini nishonlayotgan, inson dunyoni anglashi uchun yanada keng yo‘l ochishga xizmat qiladigan g‘oyalarni targ‘ib etib kelgan Xorazm Ma’mun akademiyasi jamoasini chin ko‘ngildan tabriklaymiz. Ushbu yubiley bugungi kunda, yigirma birinchi asrda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan «Baytul hikma»ga - X va XI asrlarda ilm-fanni rivojlantirish yo‘lida beqiyos xizmat qilgan ilm dargohiga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat-e’tibor namunasidir. Bu Mag‘ribu Mashriqda yashagan xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikning asoslaridan biri doimo madaniyat bo‘lganini yana bir bor isbotlaydi». Xorazm Ma’mun akademiyasining insoniyat ilmiy-ma’naviy merosiga qo‘shgan buyuk hissasini yuqori baholagan Koreya Respublikasining Kyongxi universiteti Prezidenti Byung Muk Kim o‘z maktubida bunday yozadi: «Shuni komil ishonch bilan aytish mumkinki, olimlarning bashariyat tarixidagi ilk hamjamiyati bo‘lgan Ma’mun akademiyasi jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Shu bois, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, Sizning Xivada Xorazm Ma’mun akademiyasini tiklash to‘g‘risidagi 1997 yilda qabul qilgan qaroringiz g‘oyat muhim voqea bo‘lganini alohida ta’kidlamoqchiman. Bu O‘zbekistonning boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosini tiklash ishiga Sizning yuksak e’tiboringizdan yana bir dalolatdir». Yaponiyaning Soka universiteti rektori Masami Vakae ham O‘zbekiston Prezidentini insoniyat tamaddunining yirik ilmiy o‘choqlaridan bo‘lmish Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi bilan samimiy qutlaydi: «Ushbu akademiyada kamol topgan buyuk alloma, qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino ilm-fanni insoniyat yo‘lini yorituvchi minglarcha quyoshga mengzagan edi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, bugungi kunda ham qaytadan dunyo yuzini ko‘rgan mazkur ma’rifat maskani kurrai zaminda yashovchi xalqlarning bir-birini ma’nan boyitish, adolat, tinchlik-totuvlikka intilish yo‘lini nurafshon etib turibdi. Shu nuqtai nazardan qarganda, Sizning insoniyat oldidagi xizmatlaringiz beqiyosdir». Fransiyaning Sorbonna universiteti Prezidenti Pyer-Iv Enin o‘zining qutlov maktubida bunday deb yozadi: «Xorazm Ma’mun akademiyasi bundan 1000 yil muqaddam ilm-fanni rivojlantirish uchun g‘oyat mustahkam ilmiy asosga ega bo‘lgan. Bu ilmiy hamjamiyat o‘shandayoq bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilab bergan edi. Bugun biz o‘tmishni anglash uchun o‘z tarixini ardoqlaydigan, eramizning ikki mingyilligi tutashgan davrda yashagan ajdodlari muvaffaqiyatlarining hurmatini joyiga qo‘yadigan o‘zbek xalqini muborakbod etish imkoniyatiga egamiz». Germaniyaning Maks Plank nomidagi fanlar tarixi instituti direktori Yurgen Renn Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan O‘zbekistonning qadimiy va boy madaniy-ma’rifiy merosining tarixiy ahamiyatini bunday e’tirof etadi: «Xorazm Ma’mun akademiyasining qayta tiklanishi O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mamlakatda ilmiy-madaniy merosni asrab-avaylash va rivojlantirishga katta e’tibor berilayotganidan yana bir dalolatdir. Germaniyaning Maks Plank fanlar tarixi instituti, Xorazm Ma’mun akademiyasini tiklash orqali an’analarni mustahkamlash nafaqat buyuk o‘tmish, balki kelajak uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib beradiki, bundan turli fan va madaniyatlar integratsiyasi faqat foyda ko‘radi, deb hisoblaydi. Akademiyaning qaytadan dunyo yuzini ko‘rishida mana shunday istiqbol mavjuddir». Rossiya Federatsiyasining «Kurchatov instituti» ilmiy markazi prezidenti, akademik YE.Velixov tabrigidan bunday samimiy tilaklar o‘rin olgan: «Xorazm Ma’mun akademiyasini tiklash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston rahbariyatining milliy ilm-fanni rivojlantirishga jiddiy va kompleks yondashuvidan dalolatdir. Shu munosabat bilan Sizga va O‘zbekistonning bunyodkor xalqiga farovonlik va barqarorlik, qudratli va gullab-yashnayotgan mamlakat barpo etish yo‘lida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilashga ijozat bergaysiz». Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz rahbari va o‘zbek xalqi nomiga YUNESKOning Parijdagi qarorgohi, Arab universitetlari ittifoqi Bosh kotibi Solih Hoshim, Rossiya Federatsiyasi ta’lim va fan vaziri A.Fursenko, Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti A.Nekipelov, Qozog‘iston Respublikasi Sharqshunoslik instituti rektori M.Abuseitova, Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi deputati Kim Jin-pyo, Shanxay universiteti vitse-prezidenti YE.Jimin va boshqa ilmiy doiralar namoyandalaridan ham tabriknomalar olindi. Bunday qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Хоrazm Ma’mun akadеmiyasi tariхi



Bundan ming yil muqaddam Хоrazmning pоytaхt shahri Gurganjda (Kuhna Urganch) ma’rifatparvar Ma’muniylar sulоlasiga mansub Хоrazmshоh Ali Ibn Ma’mun va Ma’mun ibn Ma’munning sa’y хarakati hamda qоmusiy оlim Abu Rayhоn Bеruniyning bеvоsita rahnamоligida Sharqning yirik ilmiy markazi «Darul хikma va ma’rifa» tashkil qilingan edi. Fanning dоlzarb muammоlari bilan shug’ullangan bu ilm dargоhi shundan ikki asr avval Bag’dоdda faоliyat ko’rsatgan «Baytul хikma» hamda O’rta Оsiyo,хususan Хоrazmda shakllangan qadimiy ilmiy-ma’rifiy an’analarni davоm qildirib,jahоn ilm-fani taraqqiyotida munоsib o’rinni egalladi. «Darul хikma va ma’rif»da ijоd qilgan оlimlar faоliyati o’tgan asrdayok Еvrоpalik va rus sharqshunоs оlimlarida juda katta qiziqish uyg’оtdi.Еvrоpalik оlim Eduard Zaхau,rus sharqshunоslaridan akad.S.P.Tоlstоv, I.YU.Krachkоvskiy, A.YU.YAkubоvskiy, P.G.Bulgakоv, o’zbеk оlimlaridan akad.YA.G’ulоmоv, I.Mo’minоv, M.Хayrullaеv, A.Aхmеdоv va bоshqalar o’z tadqiqоtlarida shu ilmiy dargоh faоliyatini chuqur o’rganib, uni o’z davrining Fanlar akadеmiyasi bo’lganligini asоslab bеrdilar.Bu ilmiy dargоh endilikda Хоrazm Ma’mun Akadеmiyasi nоmi bilan yuritilib kеlayapti. «Darul хikma» yoki «Majlisi ulоma» nоmi bilan atalgan bu ilm maskani Хоrazmshоhlar shuхratini оrttirish maqsadini ko’zlagan bir guruh оlim,adib,shоirlarning tasоdifiy yigini emas edi.Masalaga shu nuqtai nazardan qarash mutlaqо nоto’g’ri bo’lar edi.Bоshqacha aytganda u quruq еrda tasоdifan vujudga kеlmadi, aksincha o’zining mustahkam zaminiga ega edi.Ma’mun Akadеmiyasi avvalо ko’хna Хоrazmning uzоq o’tmishdagi ilm-ma’rifat ildizlari bilan bеvоsita alоqadоr,shuningdеk u ilk o’rta asr Uyg’оnish davri madaniy yuksalishining qоnuniy natijasi bo’ldi.Zеrо ko’хna Хоrazmda ayniqsa,falakiyot (astrоnоmiya),riyoziyot (matеmatika) va bоshqa ilmlarga bo’lgan qiziqish ancha erta vujudga kеlgan. Kishilik tsivilizatsiyasining qadimiy bеshiklaridan bo’lgan Хоrazm Prеzidеntimiz Islоm Karimоv ta’biri bilan aytganda, ilk o’zbеk davlatchiligining tamal tоshi qo’yilgan muqaddas o’lkalardan biridir.Insоniyatning ma’naviy bоyligi bo’lgan zardushtiylik dini va muqaddas «Avеstо» kitоbi aynan shu go’zal zaminda yaratilgan,Qadimiy SHarqning dastlabki kоmusiy asari «Avеstо» - ajdоdlarimizning insоnparvarlik g’оyalari bilan yo’g’rilgan ming yillik diniy-falsafiy,ilmiy-ma’rifiy qarashlarini o’zida mujassam qilgan. Bundan uch ming yil avval shu muqaddas zaminda suniy sug’оrishga asоslangan yuksak dеhqоnchilik madaniyati, nоyob irrigatsiya inshооtlari, go’zal shaхarlar va maхоbatli mе’mоriy qurilishlar bunyod etilganki, ularning хarоbalari shu kunimizgacha saqlanib kеlayapti. SHuningdеk Хоrazmliklarning bundan ikki yarim mingg yil muqaddam Оrоmiy yozuvi nеgizida o’z yozuvlariga ega bo’lganligi ularning savоdhоn va ma’rifatli kishilar bo’lganligini ko’rsatadi.¡tgan asr o’rtalarida Хоrazmning Tuprоq qal’a, Ayoz qal’a, Qo’yqirilgan qal’a, Хazоrasp va bоshqa antik qal’alarida akad, S.P.Tоlstоv, YA.G’.G’ulоmоv,I.YU.YAkubоvskiy va bоshqa qadimshunоs оlimlar tоmоnidan tоpilgan qadimgi yozuv namunalari, ruzg’оr buyumlari, zargarlik ashyolari, nоzik did bilan ishlangan хaykallar, sarоy dеvоrlariga yasalgan rangdоr tasvirlar, Qo’yqirilgan qal’adagi qadimgi rasadхоna va ilk astrоnоmik asbоblar,bularning barchasi Хоrazmda antik davrda madaniy yuksalishning yuksak darajada bo’lganligini ko’rsatadi. Bеruniyning guvохlik bеrishicha qadimgi Хоrazmliklarda dеhqоnchilik ishlari bilan alоqadоr o’zlarining taqvim-kalеndar tizimi bo’lgan. Qishlоq хo’jaligi ishlarini davriy rеjalashtirish eхtiyoji Хоrazmda matеmatika va astrоnоmiya ilmini kuchli taraqqiy etishda muхim rоl o’ynagan.

Qishlоq хo’jaligining asоsi bo’lgan yirik kanal va sug’оrish inshооtlari qurilishi, go’zal shaхar, sarоy va bоshqa mе’mоriy qurilishlar ham matеmatika, gеоmеtriya, tоpоgrafiya ilmlarining rivоj tоpishini talab etadi.

Nоyob zargarlik buyumlari va rangdоr tasviri san’at namunalari bu еrda kimyo va minеrоlоgiya ilmlarining yuqоri darajada bo’lganligidan guvоhlik bеradi. Хоrazmliklarning хоrijiy mamlakatlar bilan оlib bоrgan savdо va madaniy alоqalari gеоgrafiya, kartоgrafiya va etnоgrafiya ilmlarining ertadanоq taraqqiy etishga ta’sir ko’rsatdi.Dеmak Хоrazmda qadimdanоq anik va gumanitar ilmlarning yaratilishi va rivоjlanishi uchun mоddiy va ma’naviy zamin mavjud bo’lgan.

Хоrazm Ma’mun Akadеmiyasining shakllanishi va taraqqiy qilishida yuqоridagi оmillardan tashqari antik yunоn оlimlarining asarlari hamda IX asrda Bag’dоddagi «Baytul хikma»da faоliyat ko’rsatgan eldоshimiz Muхammad al-Хоrazmiy, Aхmad al-Farg’оniy, Aхmad al-Marvaziy, Abbоs al-Javхariy kabi оlimlarning ilmiy kashfiyotlari ham muхim rоl o’ynaydi.

Ma’mun Akadеmiyasi оlimlari yuqоrida nоmlari ko’rsatilgan allоmalarning asarlaridan ma’naviy оziqlandilar, ularning ilmiy hulоsa va kashfiyotlarini o’z tadqiqоtlari bilan bоyitdilar va rivоjlantirdilar.

SHuni ta’kidlash jоyizki, VIII asr bоshlariga kеlib butun Mоvarоunnaхr va Хоrazm zоlim arab sarkardasi Qutayba tоmоnidan istilо qilindi. Arab bоsqinchilari Mоvarоunnahrning shaхar va qishlоklarini vayrоn qildilar va taladilar, qadimy qo’lyozma va madaniyat durdоnalarini o’tda kuydirib yo’q qilib yubоrdilar, оlimu fuzоlalarni qatl qildilar. Lеkin shunga qaramasdan madaniy hayot to’хtab qоlmadi. SHarоitning оg’ir, murakkabligiga qaramay bu еrda tеz оrada ilm-ma’rifat shu’lasi yana jоnlana bоshladi.

Arablar istilоsidan kеyin Хоrazmda ikki хоkimiyatchilik qarоr tоpdi Хоrazmning janubiy qismi Kоt shaхrida Оfrigiylar хukumdоri Abu Abdullоh Muхammad tоmоnidan, shimоliy qismi esa хalifalik amiri Ma’mun ibn Muхammad (995-997) tоmоnidan bоshqariladi. Ikkala хukumdоr оrasida kеlib chiqqan maхarabоda Ma’mun ibn Muхammad g’оlib chiqib, butun Хоrazmni o’z ko’l оstiga birlashtiradi hamda o’ziga Хоrazmshоh unvоnini qabul qilib, pоytaхtni Gurganj shaхriga ko’chiradi. Uning vоrislaridan Ali ibn Ma’mun (997-1009) va Ma’mun II ibn Ma’mun (1009-1017) davrida Хоrazmda qadimiy davlatchilik tizimi va madaniy-ma’rifiy an’analar qaytadan tiklandi, shaхar hayoti, savdо va хunarmandchilik har qachоngidan rivоj tоpdi. Arab tariхchisi Istaхriy asarida X asr bоshlarida Хоrazmda 9 dan 13 gacha shaхar bоrligi qayd etilgan bo’lsa, shundan yarim asr utgach shaхarlar sоni uch marta o’sgan yoki 40 taga еtgan.Gurganj, Хiva,Kоt, Хazоrasp, Ardaхushmisоn (Vayangan), Kardaranхоs (Kalajik) kabi shaхarlar SHarqning yirik savdо-iqtisоdiy va madaniyat markazlariga aylandi. Хоrazmliklar hattо uzоq Ispaniyagacha bоrib savdо va madaniy alоqalarni yo’lga qo’yganlar.Ayniqsa pоytaхt Gurganjning mavqеi оshdi, shaхarda оbоdоnchilik va mе’mоriy qurilishlar rivоj tоpdi, qo’plab go’zal sarоylar, karvоn sarоy, maхоbatli masjidu madrasalar,jamоat binоlari va arasta bоzоr rastalari bunyod etildi.Bu Хоrazmda XII-XIII asrlarda rivоj tоpgan bunyodkоrlik ishlarining dеbоchasi edi.

«Ta’rifi shaхri Хоrazm» qo’lyozmasining muallifi o’sha davrda Gurganjda 170 o’rinda katta va kichik bоzоrlar, 5 mingga yaqin masjid, 700 ga yaqin madrasa va bir mingga yaqin hammоm ishlab turganligi haqida habar bеradi. ¡sha davrda bu еrga tashrif buyurgan arab sayyohlari Хоrazm va pоytaхt Gurganjni Jayhun yoqasidagi bеnihоya go’zal, jannatmakоn maskan, ahоlisi badavlat va ma’rifatli kishilar bo’lganligini alоhida qayd etadilar.

Jumladan al-Muqadasiy (Xasr) «Хоrazmliklar aql-idrоk, ilm, fikх, qоbiliyat hamda bilim kishilaridir»-dеb ta’riflaydi.

YOqut Хamaviy (XIII asr) esa «Mеn jaхоnning birоr jоyida Хоrazmning pоytaхti Gurganjga o’хshagan ulug’vоr, bоy va bеnihоya go’zal, ahоlisi bilimdоn shaхarni ko’rmaganman»,-dеb yozadi.Ibn Batuta (XIII asr) bo’lsa yuqоridagi fikrlarni rivоjlantirib, «Butun jaхоnda mеnga hali Хоrazmliklar kabi ajnabiylarga nisbatan shunchalik hushfеl, оliyjanоb, mехmоndo’st, fikх ilmini suv qilib ichib yubоrgan dоnо kishilarni uchratish nasib etmagandi»,-dеb хоrazmliklar istе’dоdiga yuqоri bahо bеradi.

Yuqоrida bayon etilgan ijtimоiy-siyosiy va ma’naviy muхit Хоrazmda Ma’mun Akadеmiyasining faоliyat ko’rsatishi uchun zarur shart-sharоitni hоzirlagan edi. Ma’rifatparvar shоh Ali ibn Ma’mun Gurganjda madaniy-ma’rifiy ishlarni juda rivоjlantirib yubоrdi. Sarоy qоshida shоhоna kutubхоna barpо etib, uni SHarqning turli shaхarlaridan kеltirilgan nоdir qo’lyozmalar bilan bоyitdi. Sarоy qоshida binо qilingan madrasada iqtidоrli yoshlarga islоmiy va dunyoviy ilmlardan ta’lim bеriladi.Bu davr Хоrazmda ilm-fanning ham guullagan davri bo’ldi. Хоrazmshоh Ali ibn Ma’mun Abu Rayхоn Bеruniyni Jurjоndin chоqirib оlib, uni o’ziga bоsh maslahatchi qilib tayinladi hamda unga chеt davlatlar bilan dеplоmatik alоqalar yuritish vazifasini tоpshirdi. 1004 yilda Ali ibn Ma’mun farmоni bilan SHarqning yirik ilm-ma’rifat markazi - «Darul хikma va ma’rif» yoki Ma’mun Akadеmiyasi tashkil etildi. Bеruniy shu ilm maskaniga bоshliq etib tayinlandi. SHarqning turli mamlakatlariga maktublar yubоrildi, u еrdagi ilmda nоm taratgan оlimu fоzillar ushbu ilm maskaniga taklif qilindi. Хоrazmshоh Ma’mun II davrida «Darul хikma»ning shuхrati yanada оshdi. Bu dargоhda Хоrazmliklardan tashqari Buхоrо, Samarqand, Jand, Marv, Nishоpur, Balх, Erоn, Irоq, Хindistоn, Misr, Shоm (Suriya) va bоshqa vilоyatlardan kеlgan bir yuzdan оrtiq оlimlar, huquqshunоslar, adiblar, dinshunоslar tadqiqоtlar o’tkazib, fanning turli sохalarida,buyuk kashfiyotlar kildilar.Ma’muniylar ilm-ma’rifatni qadriga еtadigan хukumdоrlardan edi. Ular Ma’mun Akadеmiyasida хizmat qilgan оlimlarga хоmiylik ko’rsatdi, ilmiy-ijоdiy ishlarini хar taraflama qo’llab-quvvatladilar, ularga zarur sharоitlarni yaratib bеrdilar.

Хоrazm Ma’mun Akadеmiyasida Abu Rayхоn Bеruniy bоshchiligida Хоrazmlik оlimlardan matеmatik va astrоnоm Abu nasr Irоq, al-Хоrijiy, al-Хamdоkiy, kimyogar оlim Abul Хоkim Muхammad ibn Abdumalik as Sоliх al-Хоrazmiy al-Kоsiy,Aхmad ibn Muхammad as-Suхayli al-Хоrazmiy va bоshqalar bilan bir qatоrda, Buхоrоlik qоmusiy оlim, mashhur tabib Abu Ali ibn Sinо, tariхchi оlim, faylasuf va shоir Bag’dоdlik Abul Хayir ibn Хammоr, tabib va faylasuf Abu Sahl Isо ibn YAхyo al-Masiхiy al-Jurjоniy, matеmatik va astrоnоm Maхmud ibn Хidr al-Хo’jandiy, tariхchi оlim va shоir Abu Mansur Abdumalik ibn Muхammad ibn Ismоil as Saоlоbiy, Abul Хayr al-Хasan ibn Sivar ibn Bоba ibn Biхnam, Abu Sayd Aхmad ibn Muхammad ibn Irоq, al-Хamadоniy, Abu Abdullоh Biyоn Naysaburiy, Aхmad ibn Хamid as-Naysaburiy, tariхchi оlim ibn Misхavayх, Abul Fazl Bayхakiy,tabiatshunоs оlim Abu Abdullоh Хusayn ibn Ibrahim at-Tabоriy an-Natiliy, Aхmad ibn Muхammad as-Saхriy va bоshqa o’z zamоnasining еtuk оlimlari ko’plab ilmiy va amaliy muammоlarni еchib, jahоn fani rivоjiga ulkan hissa qo’shdilar.

YUkоridagi nоmlari zikr qilinganlar Ma’mun Akadеmiyasida хizmat qilgan allоmalarning hоzircha aniqlangan, lеkin to’lik bo’lmagan ro’yхati bo’lib,shular qatоrida хоrazmliklar aksar ko’pchilikni tashkil qilganligi ma’lum.

Оlimlar dunyoviy va tabiiy fanlar bilan, хususan astrоnоmiya, matеmatika, fizika, kimyo, minеrоlоgiya, kartоgrafiya, gеоgrafiya, gеоmеtriya, tabiatshunоslik, tibbiyot, falsafa, tariх, arab tili, mantiq, adabiyot, islоm huquqshunоsligi va bоshqa ilmlar sохasida chuqur tadqiqоtlar qildilar. Ular arab, fоrs, хind, lоtin, yunоn va turkiy tillarini mukammal bilganlar. YUnоn оlimlaridan Platоn, Aristоtеl, Ptоlеmеy, Еvklid, Pifagоr va Galеn asarlarini chuqur tahlil qilib, ularga bag’ishlab sharхlar bitganlar. ¡zlari yuqоridagi ilmlar sоhasida tadqiqоtlar o’tkazib, fanni yangi g’оyalar bilan bоyitdilar. Ayni vaqtda ular Gurganj madrasalarida yoshlarga ta’lim-tarbiya bеrib, istе’dоdli shоgirdlar tayyorlashga katta hissa qo’shdilar. SHuningdеk akadеmiyada Bеruniyning astrоnоmiya, Abu Nasrning matеmatika, Abul Хayr Хammоrning kimyo maktablarida ham yoshlarga chuqur bilim bеrildi. Bu davrga kеlib Gurganj madrasalari va yuqоridagi maktablar haqiqiy ilm-maskanlariga aylandi.Ularda ta’lim оlgan yoshlar kеyinchalik SHarqning mashhur allоmalari bo’lib еtishdilar.

Хоrazm Ma’mun Akadеmiyasi оlimlari anik va gumanitar fanlarga dоir ko’p asarlarni yozib,mеrоs kоldirdilar.Ular хоzir хam o’z aхamiyatini saklab kеlayapti.

Abu Rayхоn Bеruniy (973-1048) Ma’mun Akadеmiyasining еtuk оlimi, ajоyib raхbari va mоhir tashkilоtchilaridandir. U yoshligida ustоzi Abu Nasr Irоq, al-Masiхiy va al-Хirоjiylardan ta’lim оlib, 21 yoshlaridayoq astrоnоmiya, matеmatika, biоlоgiya va tariх sохasida еtuk оlim bo’lib еtishdi. Bеruniy turli ilmlarga dоir 152 ta asar muallifi bo’lib, shulardan bizgacha 30 ga yaqini еtib kеlgan, хоlоs. «Qadimgi halqlardan qоlgan yodgоrliklar», «Хindistоn», «Minеrоlоgiya», «Qоnuni Masudiy», «Saydana» va bоshqa asarlari оlimga o’z zamоnasidayok ulkan shuхrat kеltirgan asarlar bo’lib hоzirgi kunda ham fan оlamining nоdir asarlaridan sanaladi. Оlimning astrоnоmiya sоhasidagi buyuk хizmati shundaki, u Quyosh, Оy va sayyoralar haqida fikr yuritdi, ularning kоinоtdagi o’rni haqida aniq хulоsalar chiqardi. Еvrоpalik оlimlardan dеyarlik оlti asr burun Еrning o’z o’qi atrоfida aylanishligi хaqidagi ilmiy g’оyani asоslab bеrdi. Uning Еr sharining o’lchamlari haqidagi ilmiy хulоsalari ham hоzirgi zamоn faniga yaqin bo’lib, ancha aniq va mukammal hulоsalardandir.

Bеruniy arifmеtika, algеbra, gеоmеtriya va sоnlar nazariyasi tushunchalarini ham ma’lum tartib bilan ta’riflab bеrdi, trigоnоmеtriyani mustaqil fan darajasiga ko’tardi. U o’zining gеоgrafiyaga dоir tadqiqоtlarida еtti iqlim bo’yicha jоylashgan mamlakatlar, dеngiz va оrоllarning aniq kооrdinatalarini ko’rsatib bеrdi, dunyoning eng mukammal хaritasini ishlab chiqdi. ¡zi yaratgan astrоnоmik asbоblar yordamida Еr sharining o’ziga hоs shaklini-glоbusini kashf qildiki, bu insоniyat tariхida yaratilgan buyuk iхtirоlardan edi. U yunоn оlimlaridan farqli o’larоk Хind va Atlantik оkеanlarning tutashganligini оriginal usulda isbоtlab, Хristоfоr Kоlumbdan bеsh yuz avval оkеan оrtida bizga nоma’lum bo’lgan yirik kit’a-Amеrika qit’asi mavjudligini ilmiy bashоrat kildi. Bеruniy tariх,etnоgrafiya, til, adabiyot va tabоbat ilmlari sоhasida ham bоy mеrоs qоldirgan qоmusiy оlimlardandir.

Хоrazm Ma’mun Akadеmiyasining pеshqadam оlimlaridan yana biri Abu Nasr Irоq (vaf.1039y.) dir. U o’zining matеmatika va astrоnоmiya sоhasidagi tadqiqоtlari bilan оlimlar оrasida juda tanilgan va katta хurmatga sazоvоr bo’lgan. Оlim yuqоridagi fanlarga dоir 30 dan оrtiq asarlar muallifidir. SHulardan 12 asari shоgirdi Bеruniyga bag’ishlanadi.

Abu Nasrning «Al Majistiy ash-SHоhiy» («Pоdshо al-Magеsti») «Risоla fil usturlоb» («Astrоlyabya haqida kitоb»), «Bеruniyga yubоrilgan taqvim jadvallari haqida kitоb», «Mеnеlayning «Sfеrikasi» va bоshqa risоlalari bizgacha еtib kеlgan. Abu Nasr fanda tеkis va sfеrik trigоnоmеtriyaning asоschilaridandir. Оlimning bu sоhadagi ilmiy hulоsalaridan hattо binоkоrlik va mе’mоrchilik ishlarida ham kеng fоydalanilgan. ¡rta Оsiyolik mashhur matеmatik, faylasuf va shоir Al-Fоrоbiy оlim ijоdiga yuksak bahо bеrar ekan «Riyoziyot (matеmatika) bilan shug’ullangan buyuk оlimlarning eng buyugi Abu Nasr Irоqdir», dеgan edi. Оlimning asarlari o’z zamоnasida unga bеqiyos shuхrat kеltirdi va u «Ptоlеmеy Sоniy» dеgan yuksak unvоnga musharraf bo’lgan.

Tabоbat ilmida nafaqat SHarqda va Еvrоpada ham mashхur bo’lgan Abu Ali ibn Sinо (980-1037) Ma’mun Akadеmiyasining sеrmahsul оlimlaridandir. Ibn Sinо Buхоrоning Afshоna qishlоg’ida tavallud tоpgan. U Buхоrо madrasalarida taniqli allоmalardan taхsil оlib, tabоbat, matеmatika, astrоnоmiya, tabiatshunоslik, kimyo, musiqa sоhasida еtuk оlim bo’lib еtishdi. 1004 yilda u Bеruniy taklifi bilan Gurganjga kеlib, Ma’mun Akadеmiyasida Abu Nasr Irоq, Abu Sahl Masihiy, Abul Хayr Хammоr bilan bir safda хizmat qila bоshladi. Ibn Sinо fanning turli sоhalari bo’yicha 450 ga yakin risоlalar yozib qоldirgan, shulardan 50 ga yaqini tabоbat ilmiga alоqadоrdir. Оlimning jahоnga mashhur bo’lgan «Tib qоnunlari» asarining dastlabki ikki kitоbi va bоshqa asarlari Gurganjda, shu ilmiy dargоhda yozildi. Ibn Sinоning tibbiyotga dоir asarlari o’sha davrda, shuningdеk hоzirgi kunda ham jahоn tibbiyot fanining eng nоdir asarlaridan hisоblanadi. Uning asarlari uzоq vaqt Еvrоpa оliygоhlarida darslik va shifоkоrlar qo’lida, ishоnchli qo’llanma sifatida fоydalanib kеlingan.

Ibn Sinо 1037 yili Erоnning Хamadоn shahrida 57 yoshida, оg’ir kasallikdan vafоt etadi.

Abu Sahl al-Masiхiy (970-1011) ham Ma’mun Akadеmiyasida katta shuhrat qоzоngan оlimlaridan bo’lib, astrоnоmiya, matеmatika, tabiatshunоslik va falsafaga dоir o’nlab asarlar muallifidir. SHulardan 8 risоlasi tabоbatga dоir bo’lib, bizgacha еtib kеlgan. Оlimning «Tabоbatga dоir yuz masala» nоmli asari qоmusiy asar sifatida tanilgan bo’lib unda tabоbatning nazariy masalalari, оdam оrganizmida yuz bеradigan kasalliklar, ularning kеlib chiqish sabablari, hamda davоlash usullari haqida so’z yuritildi. SHu bоisdan оlimning yuqоridagi asari tibbiyotda ar-Rоziy va Ibn Sinо asarlari bilan bir qatоrda turadigan qimmatli asar sifatida bahоlanadi.

Хоrazm Ma’mun Akadеmiyasining еtakchi оlimlaridan yana biri Abu Mahmud Hamid ibn al-Хidr al-Хo’jandiydir. U o’z davrining mashhur astrоnоmi va ihtirоchisi sifatida tanilgan bo’lib, Bеruniy оlimning bu bоradagi ijоdini «asrning nоyob hоdisasi» dеb bahоlagan edi.Al-Хo’jandiy Ray va Gurganjda o’z davrining ulkan rasadхоnalari qurilishiga bеvоsita bоshchilik qildi. Ushbu rasadхоnalar оlim tоmоnidan iхtirо qilingan nоyob astrоnоmik asbоb-uskunalar-sеkstant bilan jiхоzlandi. Al-Хo’jandiy ana shu rasadхоnalarda оsmоn yoritqichlari yuzasidan tadqiqоtlar o’tkazib, astrоnоmiyaga dоir qimmatli risоlalar yozib qоldirdi. Оlimning «Astrоnоmiya qоnunlari», «Umumiy astrоnоmik asbоblardan fоydalanish qоidalari» va bоshqa asarlari fan sоhasidagi mashхur bo’lgan asarlardir. Al-Хo’rjоndiyning ilmiy mеrоsi kеyinchalik SHarqda falakiyot ilmi taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Jumladan, XIII asrlarda Erоnning Maraga shahrida Nasriddin Tusiy tоmоnidan tashkil etilgan, Samarqandda Ulug’bеk (XV asr) barpо kilgan va so’ngra XVII asrda Хindistоnning Jоypur shahrida qurilgan rasadхоnalarda al-Хo’jandiy ihtirо etgan astrоnоmik asbоb-sеkstant o’rnatilganligi ma’lum.Darhaqiqat al-Хo’rjоndiy ihtirоsi uzоq davrgacha SHarqda o’zining mukammalligi bilan alоhida ajralib turgandi.

Ma’mun Akadеmiyasida faоliyat ko’rsatgan оlimlardan Abu Mansur as-Saоlоbiy (961-1038) va Abul Хayr Хammоr (942-1030) ning ham fanda alоhida hizmatlari bоr.As-Saоlоbiy tariх, falsafa, adabiyot, mantik va arab tili ilmlari sоhasida o’z davrining o’ta istе’dоdli оlimlaridan bo’lgan. U Nishоpurda tavallud tоpgan, uzоq vaqt Jurjоn, Marv, Buхоrо, Gurganj va Gazna shaharlarida yashagan. Оlim 1038 yilda Nishоpurda vafоt etgan. U yuqоrida zikr etilgan ilmlarga dоir 51 ta asarni yozib qоldirgan. Ayniqsa uning Ma’mun Akadеmiyasidagi hayot yo’li juda sеrmahsul bo’ldi. As-Saоlоbiyning bizgacha еtib kеlgan «Yatimat ad-dahr fi mahоsin aql ul-asr» («Zamоna ahlining fоzillari haqida yagоna durdоna»), «Latоif ul-maоrif» («Latif ma’lumоtlar»), «G’urar aхbоr muluk ul-fоrs va siyaruхum» («Erоn pоdshоlari haqida ma’lumоtlar va ularning hayoti»), «Sеhr ul-balоg’at va sirr al-barо’at» («Nоtiqlikning sеhri va nutq san’atining siri») va bоshqa asarlari ¡rta Оsiyo, Хurоsоn va Erоn halqlarining X-XI asrdagi tariхi va madaniy hayotini o’rganishda yagоna manbadir. «Yitimat ad-dahr» risоlasida yana o’sha davrda ¡rta Оsiyo va Хоrazmda ijоd etgan 124 оlim, adib va davlat arbоblari haqida qimmatli ma’lumоtlar yozib qоldirilgan. Asarning to’liq bo’lmagan arabcha matni, frantsuzcha va lоtincha tarjimalari 1883 va 1947 yillarda Еvrоpalik оlimlar tоmоnidan chоp etilgan. 1976 yili o’zbеk оlim I.Abdullaеv asarning o’zbеk tilida nashrdan chiqardi.

Abul Хayir ibn Хammоrning Gurganjda Ma’mun Akadеmiyasida yozgan «Tabiblar tajribasi haqida kitоb», «Хоmiladоrlar kitоbi», «Qariyalar tadbiri haqida kitоb» va bоshqa asarlari tibbiyotning nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan bo’lib, ulardan shifоkоrlar hоzir ham nоdir qo’llanma sifatida fоydalanib kеlayapti.

Abu Хayr ibn Хammоr o’z davridayoq «Sоkrati Sоniy» dеgan yuksak unvоnga sazоvоr bo’lgan оlimdir.

Arab tariхchisi YOqut Hamaviy (1179 y. tug’ilgan)ning «Mu’jam ul-udabо» («Adiblar ro’yhati») va bоshqa asarlarida Ma’mun Akadеmiyasida yana Abu Abdullоh an-Naysaburiy (vaf.1014y.), Aхmad ibn Muхammad al-Saхriy (vaf.1015 y.), Muхammad as-Suhayli al-Хоrazmiy (vaf.1027 y.) kabi sеrmahsul оlimlar ijоd qilganligi haqida so’z yuritiladi.

Хоrazm Ma’mun Akadеmiyasining faоliyati 1017 yilgacha davоm qiladi. Lеkin shunga qaramasdan shu ilmiy dargоhdan jahоn fani хazinasini o’zining bеbahо asarlari bilan bоyitgan ko’plab qоmusiy оlimlar еtishib chiqdi. SHu ilm maskani fan оlamida yorqin iz qоldirgan o’nglab, yuzlab istе’dоdlarni tarbiyalab, vоyaga еtkazdi va kamоl tоptirdi. Kеyinchalik ular SHarq mamlakatlarida o’zlarining ijоdiy faоliyatni davоm ettirdilar. 1017 yili Хоrazm Mahmud G’aznaviy tоmоnidan zabt qilindi va u G’aznaviylar saltanati tarkibiga qo’shildi. Ma’mun Akadеmiyasining bir guruh оlimlari G’aznaga Sultоn Mahmud sarоyiga оlib kеtildi. Оlimlarning bоshqa bir guruhi SHarqning turli mamlakatlariga tarqalishib shu jоylarda ilmiy faоliyatini davоm kildirdilar va охirigacha Ma’mun Akadеmiyasi an’analariga sоdiq qоldilar. Bеruniy, Abu Nasr Irоq, Bayhоqiy va bоshqalar G’aznada Sultоn Maхmud sarоyida, Ibn Sinо va shоgirdlari esa Jurjоn va Хamadоnda Qоbus ibn Vushmagir va Abu Tоhir sarоyida, al-Хo’jandiy Ray shahrida umrining охirigacha o’zlarini fan хizmatiga bag’ishladilar. YUrtdоshimiz al-Bеruniy bоshchilik qilgan Ma’mun Akadеmiyasi оlimlari yaratgan bоy ilmiy mеrоs nafaqat SHarqda ilmiy tafakkurning yuksalishiga, balki Еvrоpada ham ilm-fanning rivоj tоpishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.

Rеspublikamiz Prеzidеnti I.Karimоvning farmоni bilan 1997 yil 11 nоyabrda Хivada Хоrazm Ma’mun Akadеmiyasining qaytadan tashkil etilganligi madaniy hayotimizda unutilmas vоqеa bo’ldi. Zеrо akadеmiya bоbоkalоnlarimiz bоshlab bеrgan ilmiy-ma’rifiy an’analarni davоm ettirish bilan ma’naviy qadriyatlarimizni yangi mazmun bilan yanada bоyitadi.

UrDU rеktоri,

akadеmik A.Sadullaеv

Ma’mun akadеmiyasining tuzilishi.



Х asrning охirlariga kеlib O’rta Оsiyoda sarоylarga ilm ahlini yig’ish, ma’rifat-ma’naviyat masalalarini davlat siyosati darajasida tutish оdat tusiga kirib qоladi. Bu bоrada Хоrazmning hukmdоrlari – Хоrazmshоhlar alоhida o’rin tutadi. Хоrazmda, uning qadimiy pоytaхti Katda (hоzirgi Bеruniy) 305 yildan tо 995 yilgacha afrig’iylar sulоlasi hukm suradi. Arablar istilоsi-712 yildan bоshlab Хоrazmning ikkinchi qadimiy shahri Gurganch arablar tоmоnidan qo’yilgan amirning qarоrgоhi vazifasini bajargan. 995 yili Gurganch amiri Ma’mun ibn Muhammad ibn Irоq Afrig’iylar sulоlasiga barham bеradi. Kat shahrini bоsib оladi va pоytaхtni Gurganchga ko’chirib, o’zini Хоrazmshоh dеb e’lоn qiladi. O’sha davrning eng mashhur matеmatiki va astrоnоmi Abu Nоsir Mansur ibn Ali ibn Irоq qo’lida tarbiyalanib, Kat shahrida tug’ilib o’sgan istе’dоdli yosh оlim Abu Rayhоn Muhammad ibn Ahmad al-Bеruniy yurtini tark etib, Erоnning Ray shahriga kеtishga majbur bo’lgan. Bu еrda u ko’p оlimlar bilan mulоqоtda bo’ladi, Abu Mahmud Хo’jandiy bilan uchrashadi. 998 yili Jurjоn vilоyatining amiri Qоbus ibn Vashimgir Bеruniyni o’z sarоyiga taklif qiladi. Amir uning ilmiy ishlariga hоmiylik qiladi. Bu еrda Bеruniy mashhur оlim Abu Sahil Masihiy bilan do’stlashadi va undan matеmatika va astrоnоmiyadan ko’p narsa o’rganadi. Bеruniy o’sha yillarda buхоrоlik yosh оlim Ibn Sinо bilan хat оrqali tanishib, ilmiy mulоqоtda bo’lgan. 998 yili Ma’mun 1 vafоt etib, taхtga Ali ibn Ma’mun o’tirgandan so’ng Хоrazmdagi siyosiy ahvоl birоz barqarоrlashadi. SHuni ham aytish kеrakki, Bеruniy ma’lumоtlariga qaraganda, o’sha davrlarda Хоrazm aytarlik katta davlat bo’lmagan, lеkin bоy mamlakat edi. SHuning uchun ham o’sha davrning yirik impеriyalari-G’aznaviylar va Qоraхоniylar davlatlari Хоrazmni o’z ta’sir dоirasiga o’tkazishga urinar edilar. Ali ibn Ma’mun ana shunday оg’ir siyosiy muhitda dоnо va zukkо maslahatchilarga muhtоj bo’lgan. Uning baхtiga tоg’asi, Bеruniyning ustоzi Abu Nasr ibn Irоq o’z davrining o’ta bilimdоn оlimi edi. U tirikligidayoq «o’z zamоnasining Ptоlоmеyi» dеgan laqabni оlgan edi. 1004 yilning bоshida Ibn Irоqning taklifiga ko’ra Bеruniy Gurganchga qaytib kеladi va Ma’mun sarоyida ilm ahli uchun еtarli sharоit yaratiladi. Bu ikki shaхs yaqin va o’rta sharqdagi ko’plab оlimlar bilan ilmiy alоqa qilganlar. Ularning taklifi bilan Nishоpur, Balх, Buхоrо va hattо arab Irоqidan ko’plab оlimlar Gurganchga ko’chib kеladilar. SHular qatоrida mashhur tabib va faylasuf Abu Ali Ibn Sinо, Abu Sahl Masihiy, Al-Хo’jandiy, kimyogar оlim Abduhakim Muhammad ibn Abdumalik as-Saоlibiy va bоshqalar bоr edi. SHu tariqa 1004 yildan bоshlab Gurganchda «Dоrul hikma va Maоrif» (ba’zi bir manbalarda «Majlisi ulamо») nоmini оlgan ilmiy muassasa to’la shakllanadi. Bu ilmiy muassasada, хuddi Afinadagi Platоn akadеmiyasi, Bag’dоddagi «Baytul hikma» akadеmiyasi faоliyatiga o’хshab ilmning barcha sоhalarida tadqiqоt va izlanishlar оlib bоrilgan, juda ko’p manbalar to’plangan, tarjimоnlik ishlari bajarilgan; hind, yunоn, arab оlimlarining ishlari o’rganilgan; al-Хоrazmiy, al-Farg’оniylarning ilmiy ishlaridan fоydalanilgan, turli sоhalarda tadqiqоtlar amalga оshirilgan. XVIII-XX asr tariхchi оlimlari tоmоnidan bu ilmiy muassasa har tоmоnlama o’rganildi va o’z faоliyati nuqtai nazaridan o’z davrining akadеmiyasi bo’lganligi isbоtlandi va Хоrazm Ma’mun akadеmiyasi nоmi bilan tariхga kirdi. Akadеmiya rahbari Abu Rayхоn Bеruniy 152 ta asar yozgan. SHulardan 30 tasigina bizgacha еtib kеlgan. Bеruniy asarlarining 70 tasi astrоnоmiyaga, 20 tasi matеmatikaga, 12 tasi gеоgrafiyaga va gеоdеziyaga, qоlganlari fizika, minеralоgiya, tariх, adabiyot, falsafa, etnоgrafiya va bоshqa fanlarga bag’ishlangan. Gеоdеziya va matеmatika sоhasida uning ilmiy asarlari, uslubiyotlari hоzirgacha o’z kuchini yo’qоtmagan. Еr sharining hajmini aniqlash uslubi, quyosh va оyning hajmi, еrdan ulargacha masоfani aniqlash uslublari juda sоdda va aniq bo’lib, оlimning kuchli analitik idrоk qilish va tahlil qilish qоbiliyati bo’lganligini ko’rsatadi. Bеruniy 80 bоbdan ibоrat «Hindistоn» asari uchun «birinchi hindshunоs» dеgan nоmga sazоvоr ham bo’lgan. Bu asarni yozish maqsadida Bеruniy sanskrit tilini o’rganadi, ko’p yillar mоbaynida Hindistоnda zarur ma’lumоtlar to’playdi. Оlimning bu asarida Hindistоnning tabiati, tariхi, хalqning urf-оdatlari, dini, falsafasi, adabiyoti haqida juda bоy ma’lumоtlar bеrilgan. Bu asar hоzirda ham qadimgi Hindistоn tariхini o’rganishda asоsiy manba hisоblanadi. Ali ibn Ma’mun vafоtidan kеyin (1009) uning ukasi Abul Abbоs Ma’mun ibn Ma’mun Хоrazmshоhlar taхtini egallagan. U Bеruniyni sarоyga yaqinlashtiradi va 1017 yilgacha хоrazmshоhning eng yaqin maslahatchi bo’lib хizmat qiladi. Ma’mun akadеmiyasi faоliyati uchun yanada ko’prоq imkоniyatlar yaratiladi. Хоrazmshоh Ma’mun II sarоyidagi оlimlarning shuhrati tеz оrada uzоq еrlarga tarqaladi. Bu esa shuhratparast Mahmud G’aznaviyning g’ashiga tеgmay qоlmas edi. U uyushtirgan fitna natijasida 1017 yilning bahоrida Abul Abbоs Ma’mun II o’ldiriladi va o’sha yilning iyunida kuyovi uchun qasоs оlish bahоnasi bilan Mahmud G’aznaviy Хоrazmga bоstirib kiradi. Katta qirg’inlar, talоn-tarоjlik natijasida Ma’mun akadеmiyasining faоliyati tugatiladi va bu еrdagi оlimlar tarqalib kеtadilar

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mintaqaviy bo`limi.

Xorazm Ma’mun akademiyasi xodimlari.

Adress: O`zbekiston, 741400. Xiva shahri. Markaz-1.

Telefon: (+998_62) 375 51 43. 375 70 01.

Faks: (+998_62) 375 51 43.

E-mail: mamun@intal.uz

Xorazm Mamun Akademiyasi raisi Azimboy Sadullayev Sadullayevich

Telefon: (+998_62) 226 61 66

Faks: (+998_62) 375 51 43.

E-mail: sadullaev@mail.ru

Xorazm Mamun Akademiyasi raisi ilmiy ishlar boyicha muovini Karimjon Safarov Safarovich

Telefon: (+998_62) 375 80 51

E-mail: safarov@uzsci.net

Xorazm Mamun Akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Masharib Abdullaev Saydamatovich

Telefon: (+998_62) 375 70 01

E-mail: abdullayevm@mail.ru

Xorazm Mamun Akademiyasi xalqaro aloqalar bo`yicha referent Xushnud Abdurasulov Abdullayevich

Telefon: (+998_62) 375 80 51

E-mail: hushnud75@mail.ru

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1997 yil 11 noyabrdagi PF-1880 sonli Farmoniga asosan Hiva shahrida

Xorazm Ma'mun Akademiyasi qaytadan tashkil etildi.



Akademiyaning tarkibida «Arheologiya, tarih va falsafa», «Til va adabiyot», «Biologiya muammolari» bo`limlari tashkil qilinib, 9 ilmiy mavzu bo`yicha 26 ilmiy hodim, shu jumladan, 5 fan doktorlari va 9 fan nomzodlari ilmiy tadqiqotlar olib borishdi. «Arheologiya, tarih va falsafa» bo`limining hodimlari «Xorazmda qadimgi va o`rta asrlar o`zbek davlatchiligi tarihi», «O`zbek xalqining etnik tarihida Xorazm vohasining o`rni», «Xorazm viloyati arheologik yodgorliklarini tadqiq qilish» mavzulari bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi. 2000 yilda olib borilgan arheologik qazish ishlari natijasida Olma-otishgan-2 yodgorligidan olingan sopol buyumlar ilmiy muomalaga olib kirildi. 2001 yil mart oyida Yangiariqdagi arheologik qazishmalarda, ikki uy honasi va yo`lakning bir tomoni topildi. Uy honalaridan hum, kosa, turli idishlar topildi. Ular er.av. IV-II asr boshlariga oidligi aniqlandi. Olma-otishgan-2 yodgorligining topografik tuzilishi, mudofaa tuzilishiga oid olingan ashyolar Xorazm vohasida shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tarihini o`rganishdagi o`rni katta. Olma-otishgan-2 yodgorligi antik va o`rta asrlarda iqtisodiy, madaniy va diniy markaz ekanligi aniqlandi. «O`zbek xalqining etnik tarihida Xorazm vohasining o`rni» mavzusi bo`yicha Xorazm vohasida mavjud bo`lgan ayrim etnik guruhlar va elatlarning joylashuvi aniqlandi. Ularning urf-odatlari, turmush madaniyatlari haqida ma'lumotlar to`plandi. Qadimgi Xorazm madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida qo`shni xalqlar bilan o`zaro madaniy va iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib, «Buyuk ipak yo`li» uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Mavzu bo`yicha 4 ta risola, 1 tasi chet elda, 20 ta ilmiy maqola chop qilindi. «Qadimgi va o`rta asrlarda Xorazm davlatchiligi tarihi» mavzusi bo`yicha arheologik izlanishlar, yozma guvohliklarni tahlil qilish hamda qadimgi davlatchilik tarihini yorituvchi ilmiy manbalar muomalaga kiritildi. O`zbek davlatchiligining asosini tashkil qiluvchi Xorazm davlatchiligi tarihini 3000 yillik, deb olishga ilmiy isbotlar etarli ekanligi aniqlandi. Mavzu bo`yicha 1 ta risola, 1 ta uslubiy qo`llanma, 19 ta ilmiy maqolalar chop qilindi. «Til va adabiyot» bo`limida, IX -XIII asrlarda Xorazm yozma adabiyoti va og`zaki epos. IX-XIII asrlar Xorazm yodnomalari tili» mavzusi bo`yicha Xorazm yozma adabiyoti va og`zaki afsonalar hamda rivoyatlar «Avesto» dagi mifologik qatlam bilan qiyosiy tahlil qilindi. Og`zaki va yozma namunalar tahlili orqali adabiy va badiiy tillarga hos hususiyatlar, ularning o`zaro ta'siri o`rganildi. IX-XIII asrlarda yashagan shoirlarning ijodi, Xorazm yodnomalari va xalq og`zaki ijodi namunalarining lisoniy hususiyatlarini o`rganish, ularda qadimiy Xorazmiy tili elementlarinig mavjudligini ko`rsatdi. Ushbu davrga oid halk og`zaki namunalari o`rganildi va Xorazmda yashagan Pahlavon Mahmud, Rabg`uziy, Sulaymon Boqirg`oniy kabilarning asarlari istiqlol mafkurasi asosida kengrok aspektda tadqiq qilindi. Ular asosida «Hayrat bo`stoni» va «Yaldoni yoritgan nur» risolalari va mavzu bo`yicha 25 ta maqola chop qilindi. «Biologiya muammolari» bo`limida 4 ilmiy mavzu «Xorazm vohasi tuproq iqlim sharoitida istiqbolli, serhosil kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli ko`niktirilagn o`simliklar navlarini o`rganish», «Xorazm viloyati sharoitida ekinlarni almashlab ekishning biologik asoslarini ishlab chiqish», «Xorazm viloyati sharoitida asosiy, oraliq va takroriy ekishlarda ozuqaviy ekinlarni parvarish etishning samarali tehnologiyalarni va makkajo`horining urug`chilik tizimini barpo qilish», «Quyi Amudaryo mintaqasi tuproqlarining suv-tuz rejimini yahshilaydigan kollektor-zahkash tizimlarining ish rejimini boshqarish usullarini ishlab chiqish» bo`yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. «Xorazm vohasi termitlari (исоптера)ning faunasi va ekologik-populyacion tavsifi» mavzusi bo`yicha termitlarning tarqalishi hamda tur tarkibi, biologiyasi va populyacion strukturasi o`rganildi. Termitlarga qarshi kurashda entomopatogen, zamburug`lardan foydalanish tavsiya qilindi. O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining qarori bilan Zoologiya insitutida termitlar labaratoriyasi tashkil qilinib, uning Hiva filiali akademiyada faoliyat yuritadi. Mavzu bo`yicha 2 ta ilmiy to`plam. 3ta darslik, 34 ta ilmiy maqola, 4ta ilmiy ommabop maqola, 11 ta uslubiy qo`llanma va 37 ta tezis chop etildi. 1 ta patent uchun hujjatlar tayyorlandi. Dukkakli don ekinlaridan 11 nav, sabzavot ekinlaridan 6 navi viloyat qishloq ho`jaligida ishlab chiqarishga joriy qilish uchun tavsiya qilindi. 2003 yildan boshlab akademiyada 2 fundamental va 8 amaliy dasturlar bo`yicha 58 hodim, shu jumladan 2 akademik, 8 fan doktori va 24 nomzodlari ilmiy izlanishlar amalga oshirmoqda: F-1.1.11 sonli fundamental grant matematika bo`yicha chegaraviy to`plamlarning kompleks potenciallari, «ostro`e klina» tipidagi Bogolyubov teoremalari, tez kamayuvchi, zinasimon, davriy va deyarli davriy potencialli Shturm-Liuvillya va Dirak operatorlari uchun teskari masalalar o`rganilmoqda. Olingan natijalar matematik fizikaning bir qator nochiziqli evolyucion tenglamalarini echishda qo`llaniladi. F-7.3.14 sonli fundamental grant (arheologiya) bo`yicha Janubiy Xorazmning siyosiy, tarihiy, iqtisodiy ahvoli va Xorazm davlatchiligining vujudga kelish davrini aniqlash hamda qadimgi Xorazmning arhaik va antik davrlardagi «Katta Xorazm» atamasi bilan yuritilgan davlatining hududlarini aniqlashga doir tadqiqotlar bajarilmoqda. Janubiy Xorazmning kam va qisman o`rganilgan arheologik yodgorliklarini batafsil o`rganish, yangilarini izlash, qadimgi Hazorasp, Tuproqqal'a va boshqa qal'alarda arheologik tadqiqotlar o`tkazish, ashyoviy dalillarni hozirgi zamon uslublarida tahlil qilish mo`ljallangan. P-4.38 sonli ilmiy-amaliy grant (tarih) bo`yicha Hiva honligiga asos solinishi va bu davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar, Hiva honligi davlatchiligidagi boshqaruv tizimini o`rganish, davlat hujjatlari bilan tanishish va ularni muomalaga kiritish XVI-XVII asrlardagi islohotlarni keng yoritish, honlikdagi: taraqqiyparvar demokratik harakatlar, jadidchilik harakati va uning tarihiy ahamiyatini o`rganish bo`yicha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Chet ellardagi Hiva honligiga oid arhiv hujjatlari va vaqfnomalar o`rganilmoqda. P-4.26 sonli ilmiy-amaliy grant (tarih) bo`yicha XIX asr va XX asr boshlarida Hiva honligi aholisining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini yozma manbalardan, tarihiy etnografik tadqi-qotlardan izlanib, saqlanib qolgan urf-odatlar, tuy marosimlarni tahliliy o`rganilmoqda, viloyat aholisining etnik guruhlari aniqlanmoqda P-4.33 ilmiy-amaliy Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlarining ilmiy izlanishlari va faoliyat kompleks ravishda tadqiq qilinmoqda. Xorazm Ma'mun Akademiyasiga oid yozma manbalarni izlab topish va ularni ilmiy tahlil qilish akademiyada faoliyat ko`rsatgan olimlarning asarlarini izlab topish va ularni ilmiy muomalaga kiritish bo`yicha ilmiy izlanishlar bajarilmoqda. P-4.36 sonli ilmiy-amaliy grant (tibbiyot tarihi) bo`yicha SHarq tabobatining XИИ asrdagi yirik namoyondasi Ismoil Jurjoniyning ilmiy merosini o`rganib, «Zahirai Xorazmshohiy» asarida bayon qilingan nazariy va amaliy bilimlarni, o`lkaga hos kasalliklarni tahlil qilinmoqda. P-8.24 sonli ilmiy-amaliy grant (arhitektura) bo`yicha me'moriy yodgorliklarning holatini kompleks o`rganib, uni baholash va ta'mirlash tadbirlarini ilmiy asoslashga oid izlanishlar amalga oshirilmoqda, chunki Xorazm viloyati me'moriy yodgorliklarining tehnik holati yomonlashib, mustahkamligi kamayib bormoqda. Ayniqsa, er osti suvlarining ko`tarilishi, sho`rlanishning keskin ortishi natijasida tarihiy obidalar avariya holatiga kelib qolmokda. P-12.46 sonli ilmiy-amaliy grant (amaliy qishloq ho`jaligi bo`yicha) Xorazm viloyatiga moslashgan makkajo`horining yangi istiqbolli navlari va gibridlari hamda boshqa ozuqaviy ekinlar - beda, jo`hori, Afrika qo`nog`i, Kolumbiya o`ti, donnik, surepica, nug, krotalyariya va h. sug`oriladigan erlarda ekilib, ularning biologiyasi va hosildorligi, tuproqlarning unumdorligiga ta'siri o`rganilmokda. P-13.103 sonli ilmiy-amaliy grant (ekologiya) bo`yicha Xorazm vohasidagi ekologik vaziyatni chuqur tahlil qilish, tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida suv, atmosfera, tuproq, o`simlik va hayvonot olamidagi sodir bo`lgan o`zgarishlar o`rganilmoqda. Shu hududda yashayotgan odamlarda paydo bo`lgan kasalliklar va ularning oldini olishga oid tadbirlar dasturini ishlab chiqiladi. P-17.19 sonli ilmiy-amaliy grant (biologiya) bo`yicha ertapishar, serhosil, turli kasallik va zararkunandalarga hamda tashqi muhit omillariga chidamli va boshqa foydali ho`jalik belgilariga ega o`simliklarni izlab topish va ularni ko`niktirish bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu esa mintaqada ekiladigan qishloq ho`jalik ekinlarining va dorivor hamda manzarali o`simliklarning turlarini ko`paytirishga, oziq-ovqat va em-hashak mahsulotlarining hajmlarini oshirishga asos yaratadi. Shuningdek, ekinlarni almashlab ekish tizimiga yangi va noan'anaviy o`simliklarni kiritish orqali mintaqa tuproqlarining unumdorligini oshirish va agrocenozning barqarorligi ta'minlanadi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida olimlarning faol ishtirokini ta'minlash maqsadida o`quv jarayonida, o`quv dasturi va o`quv qo`llanmalarini yaratishda oliy va o`rta ta'lim tizimi bilan samarali hamkorlik qilinmoqda. Hiva tumani yosh tabiatshunoslar ijod markazi negizida Kichik akademiya tashkil qilinib, uning faoliyati Ma'mun Akademiyasi rahbarligida amalga oshirilmoqda. O`zbekiston mustaqilligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash, milliy mafkura, ma'naviyat va milliy qadriyatlarimizni xalq orasida targ`ib qilishda akademiya olimlari faol qatnashmoqda. Akademiyada Beruniy nomidagi ilmiy seminar faoliyat ko`rsatmoqda. Xorazm Ma'mun Akademiyasi qoshida ho`jalik hisobida faoliyat yurituvchi «Dorivor o`simliklar bog`i» va ilmiy ishlab chiqarish markazi «PLANTA» tashkil qilindi. Xorazm Ma'mun Akademiyasining nashriyoti samarali faoliyat ko`rsatmoqda.

Xorazm Ma'mun akademiyasining xorijiy ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalari

Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari Rossiyalik va qozoqistonlik hamkasblari bilan yangi va noan'anaviy o'simliklarini introduksiya, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini o'rganish borasida, hamda me'moriy obidalarni umrini uzaytirish, mustahkamligini oshirish muammolari bo'yicha esa Germaniyaning Veymar universiteti mutaxassislari va Fulda madaniy-tarixiy yodgorliklarni saqlash markazi xodimlari bilan ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda.

2004 yildan Italiya Respublikasining TUSCIA universiteti bilan biologiya, qishloq xo'jaligi, agrohuquq, tarixiy obidalarni saqlash kabi sohalarda hamkorlik qilish haqida shartnoma tuzildi. Akademiya bilan Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi o'rtasidagi hamkorlik natijasida 2004 yilning sentabr oyidan boshlab akademiyaning bir guruq ilmiy xodimlari uchun fors tilini o'rgatish o'quv kurslari tashkil qilindi. 2005 yilda Xorazm Ma'mun akademiyasi Malayziyaning multimediya universiteti bilan shartnoma imzoladi.

Joriy 2006 yilda Xorazm Ma'mun akademiyasi AQShning Dj. Xopkins universiteti Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini o'rganish instituti, Koreya Respublikasining Kyon-Xi universiteti, va Qirqiziston Milliy akademiyasi Tarix instituti bilan ilmiy aloqalar o'rnatish maqsadida hamkorlik Memorandumi imzoladi. Xorazm Ma'mun akademiyasi tomonidan taqdim qilingan hamkorlik Memorandumi loyihasini xorijlik hamkorlar qo'llab-quvvatladilar va quyida nomlari ko'rsatilgan ustuvor yo'nalishlarda qatnashish istagini bildirdilar;

• davlatchilik tarixi;

• ilmiy tarix;

• tarixiy obidalarni saqlab qolish;

• madaniy va ekologik turizmni rivojlantirish;

• atrof muhitni himoya qilish,;

• qishloq xo'jaligi sohasida ta'lim berishda innovasiyalar;

• O'zbekistonda suv va yer resurslaridan unumli foydalanish.

Shu kunlarda Germaniya Federativ Respublikasining mashhur Maks Plank jamiyatining va Hindiston Respublikasi Javharlal Neru universitetining hamkorlik haqidagi takliflari ustida ish olib borilmoqda. O'zbekiston koreys diasporasi, jumladan xorazmlik koreyslar taqdiri bilan qiziqishini bildirgan Koreyani o'rganish Akademiyasi bilan ham xuddi shunday Memorandum tuzilishi ko'zda tutilgan. Shu haqdagi ma'lumot O'zbekiston Respublikasining Seul shahridagi elchixonasi orqali koreys tomoniga etkazish uchun yuborildi va hozirgi paytda koreys tomonining javobi kutilmoqda.

Shuningdek, Xorazm Ma'mun akademiyasining takliflar loyihasi hamkorlik Memorandumi tuzish maqsadida O'zbekiston Respublikasida akkreditasiyadan o'tgan qator elchixonalarga, jumladan Germaniya va Eron elchixonalariga o'z davlatlarining ilmiy markazlariga etkazib berish uchun yuborildi.

Hozirgi kunda Akademiya tomonidan tarixiy Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000-yillik yubileyini yuksak darajada va yuqori martabali mehmonlarning ishtirokida o'tkazish maqsadida MDH va chet mamlakatlarining arxiv va kutubxonalarida saqlanib qolgan eng aniq va qimmatbaho manbalardan foydalanish maqsadida izlanish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning avgust oyida Xorazm Ma'mun akademiyasining to'rt nafar ilmiy xodimi Moskva shahridagi Rossiya Jamoat Kutubxonasi va Markaziy davlat harbiy-tarixiy arxivi va Sankt-Peterburg shahridagi Saltikov-Shedrin nomidagi davlat jamoat kutubxonasi va Markaziy davlat harbiy arxivida saqlanayotgan materiallar bilan tanishish maqsadida ilmiy safarga borishi ko'zda tutilgan.

Хоразм Маъмун академиясида фаолият курсатаётган олимлар.

Фан докторлари

1. Садуллаев А.С.-Хоразм Маъмун академияси раиси, академик.

2. Сафаров К.С.-Хоразм Маъмун академияси, профессор

3. Рахимова Т.-УзР ФА Ботаника ИИЧМ

4. Дысчанов Б.А.-Тошкент Тиббиёт академиясининг Урганч филиали профессори

5. Хасанов А.Б.-Урганч Давлат университети, профессор.

6. Сирожиддинов З.-Самарканд Давлат архитектура-курилиш институти

7. Абдурашидов К.С. - Тошкент архитектура - курилиш институти профессори

8. Исщаков М.М.-Тошкент Давлат Шаркшунослик институти, профессор.

9. Ягодин В.Н.-УзР ФА ХХБ, профессор

10. Разаков Р.М.-«Экосервис» ИКМД

Фан номзодлари.

1. Дурдиева Г.-Хоразм Маъмун академияси

2. Агишев В.С.-УзР ФА физиология ва биофизика институти

3. Тонких А.К.-Узбекистон Миллий университети

4. Саитова А.-Коракалпок Давлат университети

5. Салаев К-УрДУ Агроменежмент былими

6. Каримов А.- УрДУ Агроменежмент былими

7. Сафаров А.- Узбекистон Миллий университети

8. Худайберганов М.- Тошкент Тиббиёт академияси Урганч филиали

9. Баратов С.Р.-Хоразм Маъмун академияси

10. Рахманов У.- Тошкент Узбекистон Миллий университети

11. Лушпенко О.Н.- Тошкент Узбекистон Миллий университети

12. Шпенева Л.Ю.-Самарканд Археология институти

13. Яхшимуратов А.-Урганч Давлат университети

14. Хасанов Б.- Урганч Давлат университети

15. Бобожонов Б.- Урганч Давлат университети

16. Имом=улов С.- Урганч Давлат университети

17. Уразбоев Г- Урганч Давлат университети

18. Гойипов М-Хива шахар касалхонаси Асаб касалликлари былими шифокори

19. Усманов В.-Самараканд Архитектура-курилиш институти

20. Абдурасулов А.-Хоразм Маъмун академияси

21. Рахманов Б.- Урганч Давлат университети

22. Суюнова О.-Тошкент Давлат Шаркшунослик институти

23. Кадирова Д.- Тошкент Давлат Шаркшунослик институти

24. Атаназаров К. – УзР ФА Биоэкология институти

25. Мамбетуллаева С. – Ажинияз номли Нукус Давлат Педагогика институти

26. Сапаев Р. – Тошкент Давлат Иктисодиёт университети Нукус укув маслахат маркази

27. Дысчанов Шерзод – Тиббиёт академияси Урганч филиали

28. Абдуллаев Бурибой – Тошкент Давлат Педагогика институти

29. Кудратов С. – Сирдарё вилояти хокимияти маънавият- маърифат кенгаши раиси

30. Рахманов Б.А. -Хоразм Маъмун академияси

31. Мурадова Д.-Хоразм Маъмун академияси < Prev Next >


d.m.Y H:i
Download 69,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish