Odam yashaydigan barcha qitʼalarda koloniyalari mavjud boʻlgan



Download 42,83 Kb.
Sana03.08.2021
Hajmi42,83 Kb.
#137442
Bog'liq
Solijon jahon tarixi


Britaniya imperiyasi (inglizcha: British Empire) — odam yashaydigan barcha qitʼalarda koloniyalari mavjud boʻlgan insoniyat tarixidagi eng yirik davlat[1]. XX-asrning 30-yillariga kelib Britaniya imperiyasi yer sharining qariyb toʻrtdan birini, yaʼni, 41,2 mln. km² (shundan 8 mln.i aholi yashamaydigan yerlar) egallagan. Imperiyaning hech boʻlmagan bitta koloniyasida quyosh nur sochib turganligi sababli Britaniya imperiyasini „Quyosh botmaydigan imperiya“ deb atashgan. Imperiya aholisining soni esa 480 mln. kishiga, yaʼni oʻsha paytdagi yer shari aholisining choragiga teng boʻlgan. Aynan Pax Britannica natijasi sababli ingliz tili transport va savdo sohasidagi boshqa tillar orasida yetakchi til hisoblanadi.

Britaniya imperiyasi Buyuk Britaniya va unga qaram boʻlgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha boʻlib, u 1870-yillardan boshlab rasman qoʻllanila boshladi. Britaniya imperiyasi tarkibiga Britaniya bilan birgalikda hamma dominionlari va mustamlakalari — Irlandiya (XII asrlar), Shimoliy Amerika (Virginiya) (1607), Gollandiya va Shimoliy Amerikadagi boshqa hududlar (1652-54; 1665-67 va 1672-74), Portugaliya va uning mustamlakalari (XVII asr oʻrtalari), Ispaniya mustamlakalari, Kanada, Shimoliy Amerikaning qolgan qismi (1756—63), Bengaliya (1757), Malta, Seylon (1814—15), Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika (XIX asr 1-yarmi), Syangan (Gonkong) oroli (XIX asr 2-yarmi), Kipr (1878), Birma (1885), Iroq, Falastin, Transiordaniya, Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismi (1914—18) va boshqalar kirgan edi. XX asrda mustamlaka tizimining parchalanishi jarayonida Britaniya imperiyasi oʻrnida imperiyadan ajralib chiqqan mamlakatlar ittifoqi — Britaniya millatlar hamdoʻstligi tushunchasi paydo boʻldi (qarang Hamdoʻstlik)

Britaniya Imperiyasi ikki yuz yildan ortiqroq vaqt davomida oʻsdi. Davlat maydoni oʻsishining eng avji deb XX-asrning boshlari tan olinadi. Oʻsha paytlarda barcha qitʼalarda yirik hududlarga egaligi uning haqiqiy buyukligini koʻrsatgan.

Hududlar egallanishi davri nisbatan tinch boʻlgan savdo va diplomatiya bilan boshlangan. Imperiya butun dunyoga britan texnologiyalari, savdo, ingliz tili va hukumat turi tarqalishiga sababchi boʻlgan. Imperiya hukmronligi imperiya iqtisodiyotining oʻsishi va Birlashgan Qirollikning koʻplab davlatlar siyosatiga taʼsir koʻrsatishida muhim rol oʻynagan. Koloniyalar tuzilishidan maʼlumki, Britaniya Imperiyasining taʼsiri ikki xil qiyofaga ega boʻlgan. Koloniyalarga Buyuk Britaniyaga mos boʻlgan ingliz tili, maʼmuriy va huquqiy qonunlar kiritilgan. Birlashgan Qirollikning dekolonizatsiyasi davomida sobiq koloniyalarga parlament demokratiyasi va oliy qonunlar olib kirilishga harakat qilingan, ammo, baʼzan bu amalga oshgan, baʼzan esa yoʻq. Koʻplab koloniyalar Britan davlatlari hamdoʻstligi ularga imperiya oʻrnini psixologik tarzda egallaydi deb hisoblashgan.

Britan koloniyalaridan asosan Birlashgan Qirollikning moddiy maqsadlari yoʻlida foydalanilgan. Britan fuqarolari koʻchib borgan koloniyalarda mustaqil iqtisodiyot uchun infratuzilma yaratilgan boʻlsada, Afrika va Osiyoning tropik hududlarida joylashgan koloniyalar ularga asosan xomashyo bazalari sifatida qaralganligi sababli cheklangan infratuzilmaga ega boʻlishgan. Hozirgi kunda koʻplab rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti xomashyo eksportiga qaram boʻlib qolgan.

Koloniyalardagi turli etnik guruhlar orasidagi muammolar boshqa davlatlarning kolonial hukmronligidan saqlab turganligi britan kolonial qonunchiligining asosiy ustuni boʻlgan. Hozirgi kunda Shimoliy Irlandiya, Hindiston, Zimbabve, Sudan, Uganda, Iroq va boshqa davlatlardagi etnik muammolarning sababchisi „boʻlib tashlab hukmronlik qil“ klassik prinsipi sanaladi. 1952-1957-yillarda Keniyada kichik qoʻzgʻolondan boshlanib, soʻng yirik qabilalarning qonli urushiga aylangan mau-maular qoʻzgʻoloni bunga oddiy misol boʻla oladi. Har bir qabila 18000dan 30000gacha odam yoʻqotgan bir vaqtda, jami 22ta oq halok boʻladi.

Kolumbning muvaffaqiyatli kashfiyotlaridan soʻng, 1496-yilda qirol Genrix VII Jon Kabotni Osiyoga yangi savdo yoʻllarini topishga joʻnatadi[1]. Xuddi Kolumbga oʻxshab, Kabot 1497-yilda Nyufaundlendga yetib uni Osiyo qirgʻogʻi deb oʻylaydi va bu habar bilan oʻz yurtiga qaytadi[4]. Ammo, bir yildan keyingi sayoxatdan uning kemasi qaytib kelmaydi[1].

Shu bilan Yangi Dunyoga inglizlarning sayohatlari ancha paytga toʻxtaydi. XVI-asrda Angliyani reformatsiya zir titratadi, shu sababli ingliz-ispan munosabatlari keskinlashadi va bu oʻz navbatida Anglo-Ispan urushiga olib keladi. 1562-yilda britan hukumati janubiy dengizlarda qul sotish va qaroqchilik bilan omadli shugʻullanayotgan qaroqchilar Jon Hokins va Francis Drakega kaperlik patentini beradi. Natijada ularning dengizchilikdagi sanʼatlari britan harbiy dengiz flotini yaratishda xizmat qildi va ingliz tojiga xizmat qilgan koʻplab qaroqchilarga namuna boʻlib xizmat qildi[1]. 1578-yilda Elizabeth I Gilbert Hemfriga shunday kaperlik patentini taqdim qildi[5]. Oʻsha yiliyoq Gilbert Shimoliy Amerikada koloniyalarga asos solish va qaroqchilik bilan shugʻullanish maqsadida Vest-Indiyaga yoʻl oladi, ammo, u Atlantikani kesib oʻtmasidanoq sayohat tugaydi. 1583-yilda Gilbert ikkinchi marta urinib, Nyufaundlend oroliga yetib borib, rasmiy ravishda oʻsha orol buhtasini ingliz buhtasi deb eʼlon qiladi. Angliyaga qaytishda u vafot etadi va uning ishini oʻz patentini 1584-yilda olgan ukasi Volter Reli davom ettiradi. Bir yildan soʻng Reli hozirgi Shimoliy Karolina qirgʻogʻida joylashgan Roanok koloniyasini tuzadi, ammo tajribasizlik, ovqat yetishmovchiligi va ispanlar harakati tufayli koloniya inqirozga yuz tutadi[6]. Kelajakda inglizlar yana bir necha bor Shimoliy Amerikada koloniya tuzishga xarakat qilishadi. Ular hattoki Shimoliy Amerikaning Tinch okeani qirgʻogʻida (Francis Drakening yer shari boʻylab sayohati davomida) ham koloniya tuzishadi, lekin ularning barchasi halok boʻladi.

1588-yilda „Yengilmas armada“ning magʻlubiyati tufayli Ispan imperiyasining qudrati sindirildi va u kelajakda Britaniya Imperiyasining ertasiga katta xavf tugʻdirmadi.

1603-yilda ingliz taxtiga Jacob I oʻtirdi va kelasi yili Ispaniya bilan urush harakatlariga chek qoʻygan London kelishuvi (1604)ni imzoladi. Endi, asosiy raqib bilan tinchlik paytida inglizlarning asosiy eʼtiborlari dushman infratuzilmasiga hujum qilish oʻrniga, dengiz ortidagi oʻz koloniyalarini tuzishga qaratildi. Britaniya Imperiyasining tuzilishi nihoyat Shimoliy Amerika va Vest-Indiyada ingliz koloniyalari va Osiyo bilan savdo qilish uchun bir necha kompaniyalarining tuzilishidan (shu jumladan, 1600-yilda tuzilgan Ost Indiya kompaniyasi soʻng amalga oshdi. Shu paytdan to Amerikadagi mustaqillik urushida Oʻn uch koloniyaning yoʻqotilishiga qadar, yaʼni, XVIII-asr oxiriga qadar mavjud boʻlgan imperiyani „Birinchi Britaniya Imperiyasi“ deb atashadi



Britan Vest-Indiyasi boshida eng muhim va eng foydali ingliz koloniyalaridan iborat boʻlgan. Lekin ular eng muhim koloniyalarga aylanishdan oldin bir necha bor inqirozga uchrashgan. Masalan, inglizlar ispanlarga oʻxshab oʻz koloniyalarida oltin topishga harakat qilishganligi sababli Britan Gayanasida koloniya tuzishga 1606-yilga qadar ikki yil davomida harakat qilishgan. Sent-Lyusiya (1605) va Grenadadagi (1609) koloniyalar tezda yoʻqolib ketishdi, lekin, Sent-Kits (1624), Barbados (1627)) va Nevisdagi (1628) koloniyalar muvaffaqiyatli boʻlishgan. Buning sababi esa portugallar Braziliyada omadli tarzda foydalanayotgan shakarqamish oʻstirishdan inglizlar ham foydalanishganligi hisoblanadi. Koloniyalarga golland qulfurushlari sotadigan qullar mehnati zarur edi va inglizlar shu qullardan foydalanishardi. Oʻz navbatida gollandlar esa koloniyalarda ishlab chiqarilgan shakarni olib Yevropada olibsotarlik qilishgan. Bu savdodan qolayotgan katta foydani faqat inglizlar qoʻlida qolishini kafolatlash uchun ingliz parlamenti 1651-yilda ingliz koloniyalarida faqat ingliz kemalari savdo qilishi mumkinligini belgilaydigan Navigatsion aktni qabul qiladi. Bu esa Birlashgan Provinsiyalar Respublikasi bilan muammolarning keskinlashuviga, urush sababli inglizlarning Amerikadagi oʻrinlari mustahkamlanishiga olib kelgan bir necha Anglo-golland urushlariga sabab boʻldi. 1665-yilda Angliya Ispaniyaga tegishli boʻlgan Yamayka orolini egalladi, 1666-yilda esa Bagam orollarini muvaffaqiyatli ravishda kolonizatsiyaladi

XVI-asr oxirida Angliya va Gollandiya mos ravishda 1600- va 1602-yillarda tuzilgan Ingliz va Golland kompaniyalarning Osiyaga ekspeditsiyalarini pul bilan taminlash maqsadida hususiy aksionerlik jamiyatlarini tuzishni boshlashdi. Oʻsha paytlarda Osiyo bilan savdo qilishda Portugaliya yakka hokim edi. Inglizlar va gollandlarning maqsadi foydali boʻlgan ziravorlar bilan savdoni egallash edi. Asosiy ziravorlar chiqariladigan nuqtalar Indoneziya arxipelagi va Hindiston edi. Shimoliy dengiz orqali oʻtadigan London va Amsterdam oʻrtasidagi tor aloqalar ikki kompaniya oʻrtasidagi muammolarni yuzaga keltirdi. Natijada Gollandiya Indoneziyadagi Molukk orollarida, Angliya esa Hindistondagi Suratda oʻrnashib oldi. Angliya Gollandiyani keyinchalik oʻz soyasida qoldirishiga qaramasdan oʻsha paytlarda rivojlangan iqtisodiy tizimga ega va anglo-golland urushlarida gʻalabaga erishgan Gollandiya XVII asr davomida Osiyoda katta hududlarni egalladi. Angliya va Gollandiya oʻrtasidagi dushmanlik 1688-yildagi Shonli inqilob natijasida ingliz taxtiga niderland shtatgalteri Vilgelm Oran oʻtirishidan soʻng toʻxtadi. Ikki millat oʻrtasidagi kelishuvga koʻra arxipelagdagi ziravorlar sanoati Gollandiyaga, Hindistondagi tikuvchilik sanoati Angliyaga tegdi. Angliya baribir tikuvchilikdagi foyda boʻyicha ziravorlar savdosidan oʻtib ketdi, ingliz kompaniyasi esa golland kompaniyasini ortda qoldirdi[1]. Hindistonda ingliz Ost Indiya kompaniyasi oʻz eʼtiborin Suratdan Madras, Mumbay va Kalkuttaga qaratdi.

Angliya va Gollandiya oʻrtasida 1688-yilda tuzilgan tinchlik bitimiga koʻra bu ikki davlat Yevropa va koloniyalarda Fransiya-Ispaniya ittifoqiga qarshi Toʻqqiz yillik urushga ittifoqchilar sifatida kirishdi. Lekin urushdan Angliya gʻolib, Gollandiya magʻlub boʻlib chiqdi. Sababi, Gollandiya koʻp pul talab etadigan quruqlikdagi urushda qatnashishga majbur boʻldi. XVIII asrda Angliya (1707-yildan soʻng Britaniya) dunyodagi eng kuchli kolonial davlatga aylanadi, Fransiya esa uning asosiy raqibi sifatida eʼtirof etiladigan boʻldi.

1700-yilda Ispaniya va uning yirik kolonial imperiyasini fransuz qirolining nevarasi Filipp Anjuga meros qilib qoldirgan ispan qiroli Karl II vafot etadi. Fransiya, Ispaniya va ularning koloniyalari bir davlatga birlashishi Angliya va boshqa Yevropa davlatlariga yoqmasligi aniq edi. 1701-yilda Angliya, Portugaliya va Gollandiya Ispan taxti uchun urushga Fransiya va Ispaniyaga qarshi kurashayotgan Muqaddas Rim Imperiyasiga qoʻshilishadi. Bu urush 1714-yilgacha davom etadi. Utrext tinchlik shartnomasiga koʻra ispan qiroli Filipp Anju fransuz taxtidan oʻzi va davomchilari nomidan voz kechdi. Bundan tashqari, Ispaniya Yevropadagi barcha mulklaridan ham ayrildi. Britaniya Imperiyasining hududi kengaydi: Fransiyadan Nyufaundlend va Akadiya, Ispaniyadan esa Gibraltar va Minorka tortib olindi. Hozirgacha Britaniya dominioni hisoblanadigan Gibraltar muhim harbiy dengiz floti bazasiga aylandi va Britaniyaga Oʻrta Yer dengizidan Atlantika okeaniga kirish-chiqishni boshqarishga imkon berdi. Menorka esa Ispaniyaga 1802-yilda Amyen sulhiga koʻra qaytarildi.

1756-yilda boshlangan Yetti yillik urush birinchi dunyoviy urushga aylandi: urush harakatlari Yevropa, Osiyo, Janubiy va Shimoliy Amerika, Osiya va hattoki, Afrikada olib borildil; urushda oʻsha paytdagi buyuk davlatlarning deyarli barchasi qatnashishdi. Parij tinchlik shartnomasining imzolanishi Britaniya Imperiyasining kelajakiga katta taʼsir koʻrsatdi. Shimoliy Amerikadagi Fransiya koloniyalarining barchasi egallandi. Ispaniyadan Florida tortib olindi. Hindistonda ham fransuzlar britanlarga ancha katta hududlarni berdilar. Shunday qilib, Buyuk Britaniyaning Yetti yillik urush davomida Fransiya ustidan gʻalabasi uni dunyoning eng kuchli davlatiga aylantirdi

2.

Portugaliyaning mustamlakalari dengiz ekspeditsiyalari, shuningdek Ispaniya qirolligi tomonidan mamlakatning cheklanganligi tufayli fath etildi, bu esa davlatning quruqlik chegaralarini kengaytirishga imkon bermadi. Dengiz ekspeditsiyalari portugal zodagonlari tomonidan uyushtirilgan bo'lib, ularni yangi erlarni egallash va ularni Portugaliyaning mustamlakalariga aylantirish orqali o'zlarining er maydonlarini kengaytirish istiqboli jalb qilgan. Shunday qilib, 15-asrning oxiriga kelib Portugaliya Lotin Amerikasi va Afrikada ko'plab koloniyalarga ega bo'lgan ulkan dengiz kuchiga aylandi.

Infanta Enrique Navigator-ning geografik tadqiqotlarga bo'lgan qiziqishi, navigatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, portugaliyalik savdogarlarning Sharq mamlakatlaridan tovarlarga bo'lgan istagi va yangi savdo yo'llarini ochish zarurati birgalikda Portugaliyaning kengayishiga va buyuk geografik kashfiyotlarga sabab bo'ldi.

1415 yilda Seuta egallab olingandan so'ng, Infante Enrike Afrikaning g'arbiy qirg'og'i bo'ylab janubga dengiz ekspeditsiyalarini yuborishni boshladi. Dastlabki sayohatlar xazinaga daromad keltirmadi, ammo tez orada Portugaliyaga qaytib kelgan kemalar Afrika qirg'og'idan oltin va qullarni olib kela boshladi va shu tariqa keyingi safarlarga qiziqish tobora ortib bordi. Nunu Trishtan, Dinish Dias, Alvise Kadamosto va boshqa taniqli dengizchilarning ekspeditsiyalarini birin-ketin kuzatib borishdi, ular janubga borgan sari ilgarilashdi. Biroq, 1460 yilda Enrike Navigator vafot etganida, portugallar ekvatorni kesib o'tmagan edilar, shu vaqtgacha faqat Syerra-Leone sohillariga etib borishdi va Atlantika okeanida bir qator orollarni, shu jumladan Kabo-Verde.

Shundan so'ng, ekspeditsiyalar bir muncha vaqt to'xtadi, ammo tez orada yana davom ettirildi - qirol Portugaliya uchun yangi erlarni kashf etish qanchalik muhimligini juda yaxshi tushundi. Tez orada San-Tome va Printsip orollariga etib bordi, ekvator o'tdi va 1482 - 1486 yillarda Diogo Kan ekvatorning janubida Afrika qirg'og'ining katta qismini kashf etdi. Shu bilan birga, Marokashda ekspansiya davom etdi va portugallar Gvineya sohilida faol ravishda qal'alar va savdo punktlarini o'rnatdilar.

Hind okeanining rivojlanishi jadal rivojlanib bordi: Kabral kemalaridan biri Madagaskarni kashf etdi (1501), Mauritius 1507 yilda ochilgan, keyin portugallar Arab dengizi va Fors ko'rfaziga borgan, Sokotra 1506 yilda ishg'ol qilingan, shu bilan birga Lorenso de Almeyda Seylonga tashrif buyurgan. Portugaliya qiroli Manuel I Osiyo va Sharqiy Afrikadagi mustamlakalarni boshqarish uchun 1505 yilda Hindiston noibi nomini o'rnatdi. Fransisko de Almeyda Portugaliya Hindistonining birinchi noibi bo'ldi.

Portugaliyaning dengiz ekspeditsiyalari XV asrning boshlaridan beri sodir bo'lgan Afrikadagi kashfiyotlar tarixidagi birinchi muvaffaqiyatli bo'ldi. 1415 yilda Seutu nomli qal'ani egallab olgan portugallar butun Qit'aning kengayishini boshladi.

Bu erda, Gibraltar bo'g'ozi qirg'og'ida Afrikadagi birinchi Portugal mustamlakasi paydo bo'ldi, undan evropaliklar afrikalik urf-odatlar va ekzotik qimmatbaho buyumlar bilan tanishishni boshladilar. Afrikaning Shimoliy pastki mintaqasidagi birinchi muvaffaqiyatdan so'ng, portugallar 1435-1462 yillarda bo'lib o'tgan yaqin g'arbiy qirg'oqni o'rganishni boshladilar. Shundan so'ng u erda Portugaliya mustamlakalari faol ravishda shakllantirildi.

Ushbu kashfiyotlarga rahbarlik qilgan Geynrix Navigator (shahzoda Enrike) erlarning ahamiyatini va ularga egalik qilishdan olinadigan katta foydalarni tushundi va shuning uchun vaqt o'tishi bilan ushbu qit'aga tashrif buyurishni boshlagan boshqa Evropa davlatlarining tajovuzlaridan himoya qilib, o'z hokimiyatining ustunligini mustahkamlashga shoshildi. Atrofda nafaqat Frantsiya mustamlakalari, balki boshqa bo'ysunuvchi hududlar ham paydo bo'la boshladi. Portugaliya Afrikaning sharqiy qismiga 1509 yildan beri Afonso de Albuker Hindiston hukmdori bo'lganidan beri e'tibor qaratmoqda. Keyinchalik portugallar tomonidan Sharqiy Afrikaning deyarli butun qirg'oqlari va eng yaqin Hind okeanidagi savdo yo'llarini boshqarish alohida rol o'ynadi. Mustamlakachilik tizimiga osongina Somalidan janubdagi mamlakatlar qo'shildi, xususan: Mombasa, Mozambik va Sofala.

Portugaliyaliklar ham Kontinental Osiyoni chetlab o'tmadilar. Masalan, 1501 yilda Kabral tomonidan asos solingan Kalkutta va Kochinda birinchi savdo postlari tashkil etildi. Bundan tashqari, Goa 1510 yilda, Malakka esa bir yil o'tib zabt etildi. Martin Afonso di Sousa 1535 yilda Arab dengizidagi kichik orol - Diuni egallab oldi. Ammo Xitoy bilan savdo aloqalari boshqa bir portugaliyalik dengizchi Fernand Pires de Andrade tufayli o'rnatildi, u 1517 yilda Xitoyning janubidagi Guanchjou deb bilgan Kantonga tashrif buyurdi. Eng qizig'i shundaki, Yaponiya 1542 yilda portugallar tomonidan o'z-o'zidan va tasodifan kashf etilgan va 1557 yilda portugal qo'shinlari Makaoni egallab olishgan. 1575 yilda Paulo Dias de Novais Angolani mustamlaka qilishni boshladi. Portugaliya imperiyasi o'zining qudratining eng yuqori davrida G'arbiy Afrika, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoda forpostlarga ega edi.

1580 yilda Iberiya ittifoqi tufayli Portugaliya qo'shni Ispaniya bilan yagona monarxiya hukmronligi ostida birlashdi. 1640 yilda mamlakat o'z mustaqilligini tikladi. Portugaliya-Ispaniya ittifoqining 60 yilligi Portugaliyaning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi mustamlakalar uchun yangi dinamik dengiz kuchi - Gollandiya bilan bo'lgan eng shiddatli kurashi hisobiga sodir bo'ldi. Ushbu kurashda portugaliyaliklar avvalgi davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmadilar. Ispaniya monarxlari asosan Ispaniya mustamlakalarini himoya qilish va kengaytirishga yo'naltirilgan.

XVI asr oxirida portugallar inersiya bilan Osiyoda tobora chuqurroq kirib borishda davom etishdi. Goa tomonidan uyushtirilgan ekspeditsiyalar Portugaliyaning Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi ta'sirini yoyishga muvaffaq bo'lishdi; Quyi Birmada hokimiyatni qo'lga kiritgan Filipe de Brito-e-Nikote singari avantyuristlar va Yaffnani zabt etishga umid qilgan Konstantin de Braganza kabi amaldorlar, ammo natijada faqat Mannar orolini egallab olganlar Portugaliya mustamlakachiligining faol agentlari bo'lgan.

Gollandiyalik G'arbiy Hindiston kompaniyasi nomidan ish yuritadigan shahzoda Morits portugaliyaliklarga bir qator sharmandali mag'lubiyatlar keltirdi. Natijada, Braziliyada Gollandiyaliklarning keng mulklari shakllandi. Shuningdek, portugaliyaliklar San-Tome orolini, Oltin sohilidagi San-Xorxe da Mina qal'asini va Luanda shahrini yo'qotdilar.

Garchi 1654 yilga kelib ittifoq tarqalib, milliy davlatchilik tiklangandan so'ng, Portugaliya Braziliya va Luanda ustidan o'z hokimiyatini tiklagan bo'lsa-da, ammo Janubi-Sharqiy Osiyodagi progressiv ekspluatatsiya gollandlar tomonidan to'xtatildi. Shunday qilib, butun Indoneziyadan faqat Sharqiy Timor portugallar qo'lida qoldi va bu 1859 yilgi Lissabon shartnomasida mustahkamlandi.

Merosxoʻrlarning nikohi bilan oʻzlarining taxtlariga oʻtirgan Aragonlik Ferdinan II va Kastiliyalik Izabella shaxsiy ittifoq tuzdilar, koʻpchilik olimlar bu voqeani Ispaniya monarxiyasining asosi deb hisoblaydilar. Ularning sulolaviy ittifoqi bir necha sabablarga koʻra muhim boʻlgan, ular birlashgan tartibda emas, balki katta miqdordagi hududlarni birlashtirish orqali hukmronlik qilganliklarida. Ular 1492-yilda bosib olingan Granada musulmon qirolligining nasroniy ravishda qayta tiklanishida Iberiyada kengayishni muvaffaqiyatli boshladilar. Ikkala qirollik hukmron sinfining turli dinlari tufayli bu gʻoliblik koʻpincha „Xristianlar oʻrtasida kelishuv“ deb nomlanadi. Granada Qirolligi yarim oroldagi soʻnggi qirollik boʻlganligi sababli Valensiyada tugʻilgan Papa Alexander VI ularga katolik monarxlari unvonini berdi. Biroq, Granada qirolligi va uning atrofidagi qirollar yetti asr davomida musulmon xalifaliklarining bir qismi boʻlganligini anglash muhimdir. „Qayta tiklash“ atamasi yarim orol qandaydir tarzda katoliklarga tegishli degan notoʻgʻri tasavvurni keltirib chiqaradi. Aslida, garchi fathda din rol oʻynagan boʻlsa ham, masala shundan iboratki, janubga kengayish qisman boylik va er kabi anʼanaviy sabablarga koʻra sodir boʻlgan. Biroq, diniy tomonning ustuvorligi sababli, „xristianlarni qaytarib olish“ atamasi voqeani tasvirlash uchun hanuzgacha qoʻllaniladi. Aragonlik Ferdinand ayniqsa Fransiya va Italiyaga kengayish, shuningdek Shimoliy Afrikadagi istilolar haqida oʻylardi[16].



Usmonli turklari Osiyo va Yaqin Sharqning quruqlikdagi savdo-sotiqning nuqtalarini nazorat qilar ekan, Ispaniya ham, Portugaliya ham muqobil yoʻllarni qidirib topdilar. Portugaliya qirolligi Iberiyaning qolgan qismiga nisbatan ustunlikka ega edi. 1238-yilda Portugaliya nasroniylarni qayta tikladi va qirollik chegaralarini oʻrnatdi. Portugaliya keyinchalik Chetu portiga (1415), soʻng Atlantika orollari Madeyra (1418) va Azor orollarini (1427-1452) mustamlaka qilib, yanada koʻproq chet elga chiqishni boshladi; shuningdek, XV asrda Afrikaning gʻarbiy sohillari boʻylab sayohatlar boshlandi. Uning raqibi Kastiliya Kanar orollariga (1402) daʼvo qildi va 1462-yilda Moor hududini qaytarib oldi[17]. Xristian raqiblari Kastiliya va Portugaliya Alcachovas shartnomasida (1479) yangi hududlarni boʻlish toʻgʻrisida rasmiy kelishuvlarga kelishdi, shuningdek, Izabella uchun Kastiliya tojini berishdi, ammo bu voqeaga Portugaliya tomonidan harbiy jihatdan qarshilik boʻlgan.

1492-yilda Kristofer Kolumbning sayohati va 1493-yilda Yangi Dunyoning birinchi yirik aholi punktiga asos solinganidan soʻng, Portugaliya va Kastiliya Tordesillalar shartnomasi (1494) bilan dunyoni ikkiga boʻlib, Portugaliya Afrika va Osiyo va Gʻarbiy yarim sharni Ispaniyaga berdi[18] . Lissabonda portugaliyalik ayolga uylangan genuyalik dengizchi Xristofor Kolumbning sayohati 1492-yilda Hindistonga yoʻnalish izlab gʻarbga suzib, Kastiliyalik Izabelladan yordam oldi. Kolumb kutilmaganda „hindular“ deb nomlagan xalqlar yashaydigan gʻarbiy yarim sharga duch keldi. Keyinchalik sayohatlar va ispanlarning keng koʻlamli aholi punktlari paydo boʻldi, shundan keyin oltin Kastiliya xazinalariga tusha boshladi. Kengayib borayotgan imperiyani boshqarish maʼmuriy masalaga aylandi.

Qirol Ferdinand va qirolicha Izabella Iberiya yarim orolini zabt etganda, ular yangi egallab olingan hududlarni nazorat qilish siyosatini olib borishlari kerak edi. Buning uchun monarxiya encomienda tizimini joriy qildi. Bu tizim yirik obroʻli insonlarga yer-mulk berishdan iborat boʻlib. Bu oʻz oʻrnida yangi aristokratiya tabaqasining jadallashishiga olib kelgan. Keyinchalik ana shu mulkdorlar imperiyadan alohida boʻlishga harakat qila boshlaganlar. Siyosiy tashkil etishning ushbu usulini tatbiq etgan holda, qirollik resurslardan jamoaviy foydalanish kabi mavjud tizimlarni toʻliq almashtirmasdan xususiy mulkchilikning yangi shakllarini amalga oshirishga muvaffaq boʻldi. Harbiy va siyosiy istilohdan soʻng, diniy istilolarga ham eʼtibor qaratildi va bu Ispaniya inkvizitsiyasining paydo boʻlishiga olib keldi. Inkvizitsiya texnik jihatdan katolik cherkovining bir qismi boʻlsa ham, Ferdinand va Izabella alohida ispan inkvizitsiyasini tuzdilar, bu yarim oroldan musulmonlar va yahudiylarni ommaviy ravishda chiqarib yubordi. Keyinchalik bu diniy sud tizimi qabul qilindi va Amerikaga koʻchirildi, ammo ular cheklangan yurisdiktsiyaga va katta hududlarga ega boʻlganligi sababli unchalik samarali boʻlmagan.

Katolik monarxlari oʻz farzandlari uchun uzoq vaqtdan beri dushman boʻlganlarni ajratish uchun nikoh strategiyasini ishlab chiqdilar: Fransiya, Portugaliya, Angliya va Gabsburg uyining merosxoʻrlariga uylanishdi. Xuddi shu strategiyadan soʻng, katolik monarxlari 1494-yilda boshlangan Italiya urushlarida Neapolning Aragonese uyini Fransiyaning Charlz VIII ga qarshi qoʻllab-quvvatlashga qaror qilishdi. Aragon qiroli sifatida Ferdinand Italiya ustidan nazorat oʻrnatish uchun Fransiya va Venetsiyaga qarshi kurashda qatnashgan; bu toʻqnashuvlar Ferdinandning qirol sifatida tashqi siyosatining markaziga aylandi. Yevropa jang maydonlarida Ispaniya qirolligining ustunligini oʻrnatgan ushbu janglarda Ispaniya qirollarining kuchlari 17-asr oʻrtalariga qadar davom etadigan yengib boʻlmas kuchga ega boʻlishdi.



1504-yilda qirolicha Izabella vafot etganidan keyin Ferdinandni Kastiliya siyosatidagi rolidan chetlatishadi, shu sababdan Ferdinand 1505-yilda Germain de Foixga uylanib, Fransiya bilan ittifoqni mustahkamladi[19]. Agar oʻsha juftlik bola koʻrganda edi, Aragon taxti merosxoʻriga aylangan boʻlar edi. Ferdinand Italiyaga nisbatan koʻproq tajovuzkor siyosat olib bordi va bu yerda Ispaniyaning taʼsir doirasini kengaytirishga harakat qildi. Ferdinandning birinchi Ispaniya qoʻshinlari Venetsiyaga qarshi Kambrai Ligasi urushida qatnashdi, bu yerda Ispaniya askarlari Agnadello jangida fransuz ittifoqchilari bilan birga urush olib borishdi. Bir yil oʻtgach Ferdinand Milan va Navarreni qoʻlga kiritish ilinjida Fransiyaga qarshi Muqaddas Ligaga qoʻshildi. Bu urush Venetsiya urushiga qaraganda kam muvafaqqiyatga erishdi va 1516-yilda Fransiya Milanni boshqaruvini qoʻlga olish boʻyicha boʻlgan sulhni imzoladi. Ispaniyaga esa 1488, 1491, 1493 va 1495-yillardagi bir qator shartnomalarga binoan Ispaniya protektorati boʻlgan yuqori Navarre berildi xolos

Alcaçovas bitimidan yetti oy oldin, Aragon qirolligi qiroli Ioann II vafot etdi va uning kastiliyalik Izabella I bilan turmush qurgan oʻgʻli Ferdinand II Aragon tojining taxtini meros qilib oldi. Ikkalasi katolik monarxlari sifatida tanildi, ularning nikohlari bilan Aragon valiahdi va Kastiliya oʻrtasida oʻzaro munosabatlar oʻrnatildi, ularning har biri oʻz maʼmuriyatiga ega edi, lekin davlat ikkala monarx tomonidan birgalikda boshqarilar edi[30].

Ferdinand va Izabella oʻn yillik urushdan keyin 1492-yilda Granadadan chiqqan soʻnggi musulmon qirolini magʻlub etishdi. Keyinchalik katolik monarxlari gʻarb tomon suzib, Cipanguga (Yaponiya) yetib borishga harakat qilgan genuyalik dengizchi Xristofor Kolumb bilan muzokara olib borishdi. Kolumb oʻz fikrini dadil Izabellaga aytganida, Kastiliya allaqachon Sharq yerlarini kashf qilish boʻyicha Portugaliya bilan kelishgan edi. 14-fevral 1492-yil Santa Fe kapitulyatsiyasida Xristofor Kolumb katolik monarxlaridan ilgari kashf etilgan va keyin ham kash etiladigan yerlarda hokim va gubernator etib tayinlanganligi haqida hujjat oldi[31][32]; shunday qilib, bu Hindistonda maʼmuriy tashkilot yaratgan birinchi hujjat aylandi. Kolumbning kashfiyotlari Shimoliy va Janubiy Amerikada Ispaniya mustamlakasi boshlanishini belgiladi[33]. Ispaniyaning bu yerlargs daʼvosi 1493-yil 4-maydagi papa farmoni Inter caetera va 1493-yil 26-sentabrdagi Dudum sitsidem tomonidan tasdiqlangan, ular kashf etilgan va ochilishi kerak boʻlgan hududlarni Ispaniya mustamlakaligi deb tan olishgan.

Portugaliyaliklar Alcáçovas demarkatsiya chizigʻini davom ettirishni istaganligi sababli, Kape Bojadorning janubiy kengligi boʻylab sharq va gʻarbiy tomonga qarab, 1494-yil 7-iyundagi Tordesil shartnomasiga kiritilgan boʻlib, unda yer shari: Ispaniya va Portugaliya daʼvolarini ajratadigan ikkita yarim sharga boʻlingan edi.[34]. Ushbu harakatlar Ispaniyaga shimoldan janubgacha boʻlgan butun dunyo boʻylab mustamlakalarni barpo etish uchun eksklyuziv huquqlarni berdi (keyinchalik portugal qoʻmondoni Pedro Alvares Kabral 1500-yilda duch kelgan Braziliya bundan mustasno), shuningdek Osiyoning sharqiy qismlarida.

Tordesillalar shartnomasi[35] 1506-yil 24-yanvarda Papa Yuliy II tomonidan tasdiqlandi. Ispaniyaning kengayishi va mustamlakachiligiga iqtisodiy taʼsirlar, milliy obroʻ-eʼtibor va yangi dunyoga katoliklikni tarqatish istagi sabab boʻldi. Tordesil shartnomasi va Sintra toʻgʻrisidagi bitim (1509-yil 18-sentabr)[36] qirollik va Portugaliyaning chegaralarini oʻrnatdi va 1497-yilda Melillani zabt etish bilan boshlangan Kastiliyani kengaytirishga ruxsat berildi.

Portugaliyadan farqli oʻlaroq Ispaniya rim papasidan izlanishlar uchun ruxsat soʻramadi, ammo yangi topilgan mustamlakalar hududida Ispaniya nazoratini tan olishini talab qildi[37]. Katoliklikni himoya qilish va eʼtiqodni targʻib qilish papalikning asosiy vazifasi boʻlganligi sababli, diniy sohada Ispaniya va Portugaliya qirollarining kuchlariga taʼsir koʻrsatadigan bir qator papalik farmonlari paydo boʻldi. Yangi yerlar aholisining murojaatlari papa hokimiyati tomonidan Portugaliya va Ispaniya hukmdorlariga bir qator papa farmonlari orqali ishonib topshirilgan. Haqiqiy Patronato yoki cherkov idoralari uchun qirollik homiyligining kuchi Iberiyada ilgari boʻlgan. Eximiae devotionis Sinceritas, katolik monarxlari va ularning oʻrinbosarlariga, Papa hokimiyati Portugaliyaga bergan huquqlarni, xususan, yangi ochilgan hududlarda cherkov idoralariga nomzodlar koʻrsatish huquqini berdi.[38] .

1475-yilgi Segoviya kelishuviga binoan, Ferdinand papa farmonlarida Kastiliya qiroli sifatida tilga olingan va uning oʻlimidan soʻng Hindiston unvonini Kastiliya qiroliga kiritilishi kerak edi. Bu hududlarni katolik monarxlari birgalikda mulk sifatida birlashtirdilar[39].


Katolik Ferdinand Atlantika okeani boʻylab, yalangʻoch tubjoylar bilan Kolumb oldida. Giuliano Dati „Xat“ ning old qismi, 1493-yil [40]

1506-yil Villafafila shartnomasida Ferdinand nafaqat kastiliyalik kuyovi Filipp I foydasiga Kastiliya hukumatidan voz kechdi, balki qirollik daromadlarining yarmini ushlab turuvchi Indeys podsholigidan voz kechdi. Kastiliyalik Joanna va Filip qirol va qirolicha unvonlarini oldilar va mamlakatning yakka hukmdoriga aylandilar[41]. Ammo Villafafilla shartnomasi uzoqqa choʻzilmadi. Filipning tasodifiy oʻlimi tufayli Ferdinand yana qaytib taxtga oʻtirdi va mustamlakalarning ham hukmdori huquqini qaytarib oldi

Misrda XVIII - XIX asrlar chegarasida mamluk jangchilar (asosan, qullikka tushirilgan Gruziya va Shimoliy Kavkaz aholisi) va mahalliy aholi mamlakatga bostirib kirgan Napoleon Bonapart boshchiligidagi fransuz qo`shiniga qarshi kurashda qatnashdi. Fransuz qo`shinlarining qolgan-qutgani taslim bo`lganlaridan keyin misrliklar inglizlarni haydab chiqarish uchun kurashdilar. Rasman Misr Usmonli turklar imperiyasining oliy hokimiyati ostida bo`lsa-da, amalda deyarli to`la mustaqillikni saqlab qolgan edi. 1830-yilda Fransiya Jazoirni bosib oldi. Jazoir aholisi fransuz mustamlakachilariga shiddatli qarshilik ko`rsatdi. Istilochilarga qarshi milliyozodlik kurashini olib bordLBu kurashda arablar yo`lboshchisi Abdulqodir alohida rol o`ynadi.

1847- yilda Abdulqodir qo`shini qurshab olindi va tor-mor etildi. Abdulqodirning o`zi halok bo`ldi. Ammo milliy-ozodlik kurashi to`xtab qolmadi. Jazoirliklar yana necha o`n yillar davomida istilochilarga qarshi partizanlar urushi olib bordilar.

Marokash aholisi mamlakat ichkarisiga kirib borgan portugal, ispan va fransuz mustamlakachilariga muvaffaqiyatli ravishda qarshilik ko`rsatdi. Hind okeanida Fransiya Madagaskar orolini bosib olishga bir necha bor urinib ko`rdi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Mustamlakachilar Afiikaning harbiy-texnikajihatdan qoloqligidan, uning xalqlari tarqoq ekanligidan, ko`pgina qabila boshliqlarining xalq manfaatlariga xiyonat qilganliklaridan foydalandilar. XIX asrning 70yillarida Afrikaning ichkarisidagi katta maydonlar hali yevropaliklarga deyarli noma'lum edi. Bu hududlarning buyuk davlatlar o`rtasida mustamlaka sifatida taqsimlanishi XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida tugallandi.





Download 42,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish