Nutqning gramatik tuzilishini shakllanririshning vazifalari va mazmuni



Download 251,72 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi251,72 Kb.
#481201
Bog'liq
Nutqning gramatik tuzilishini shakllanririshning vazifalari va mazmuni
adobe photoshop dastur haqida umumiy malumot. (3)-unlocked (1), Kalendar tematik reja, 1-Mavzu, данные, Lecture-2, 2.05-Маънавиятшунослик 1 курс, Android development track, klaster, rebus, 1310284, TIBBIYOT RUS, BOLA HUQUQLARI TO, ERATOSFEN, 10 talikdan 3-si, ANIQLOVCHI VA UNING TURLARI

Nutqning gramatik tuzilishini shakllanririshning vazifalari va mazmuni
Bolalarga o’zga tilni o’rgatishda grammatik qoidalar alohida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan predmet hisoblanmaydi va uni bolalarga yod olish taklif etilmaydi. Qoidalarni amalda o’zlashtirib olish ko’nikmalari maxsus tashkil etilgan va bolalarning o’rganilayotgan grammatik hodisa mohiyatini tushunib yetishlariga qaratilgan o’yin-mashqlarda shakllantiriladi. O’yindagi harakatlar ko’plikdagi ot ishtirok etgan fikrlarni tuzishdan iborat bo’lmog’i lozim.
Bunda boshqa har qanday grammatik qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish talab etiladi. Bolaning minimal o’z fikrini aytishi ikki so’zdan iborat bo’lishi kerak: ikki qo’g’irchoq, beshta ayiqcha, sakkizta koptok va h.q. Bunday jumlalar motivini hosil qilish uchun bir nechta o’yinchoqlar, hayvonlar, narsalar tasvirlangan suratlarni namoyish qilish tavsiya etiladi yoki pedagog (bola) nomlanishi bir xil bo’lgan bir nechta o’yinchoqlarni qo’liga oladi.
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplarni, bir xil a’zoli gaplarni to’g’ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog’lovchilarni qo’llaydi; u o’z nutqida qo’shma gaplardan, ko’pincha esa turli xil sintaktik munosabatlarni ifodalovchi ergashgan qo’shma gaplardan foydalanadi: qo’shimcha gaplar -«Kamol nima ko’rganligimizni so’radi»; maqsadli gaplar - «Biz oziq-ovqat harid qilish uchun do’konga ketayapmiz»; shartli gaplar - «Agar yomg’ir yog’masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
O’z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiylashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o’rinni egallashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg’ulotlarda va boshqa faoliyat turlari bilan bog’liqlikda amalga oshiriladi.
Aynan bir fikrni turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko’nikmalarini shakllantirishga doir ishlarning asosiy turi bo’lishi mumkin.
Masalan, bolalar o’yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni taxlil qilishda qator gaplarni tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Xursand bo’lib, bolalar osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikrni turlicha ifodalash imkonini beradi. Mashg’ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir- birining o’rnini bosishi mumkin bo’lgan gaplar tuzishni o’rgatadi.
Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didaktik o’yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. Aynan bitta fikrni ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to’g’ri nutq ko’nikmalarini shakllantirishda asosiy o’rinni egallashi lozim.
Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlarni qo’llashni o’rgatish ular nutqini rivojlantirishga doir ishlarning ikkinchi yo’nalishi bo’lishi mumkin.
Bolalar nutqiga sifatdosh shakllarni kiritish uchun bolalar, kattalar, xayvonlar, qushlarning turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o’qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugurayotgan quyon va x.k.).
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: «Bola o’qiyapti». Tarbiyachi o’qiyotgan bola so’z birikmasini tuzishga yordam beradi. Tarbiyachi so’z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so’ngra bolalardan so’raydi: «Qaysi bola?» - «O’qiyotgan bola».
  • Predmetni, uning belgilarini ko’rsatish va nomini aytishni ularning mohiyatini ochib beradigan izoxlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so’z birikmasida - bu tushayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlarni yaxshisi, oldin alohida-alohida, keyin jo’r bo’lib aytgan ma’qul.


  • muayyan so’zning hosil bo’lishini tushuntirib berish: «chizayotgan» so’zi chizmoq so’zidan, «raqsga tushayotgan» so’zi raqsga tushmoq so’zidan.


  • Sifatdoshga savollar qo’yish: «Dala qanday, sarg’ayayaptimi?» - «Sarg’ayayapti».


  • Ot va sifatdoshdan iborat bo’lgan so’z birikmasi asosida gap tuzish: sarg’ayayotgan barglar - «Olmaning sarg’ayayotgan barglari ko’rinib turibdi»; g’irillayotgan samolyot - «g’irillayotgan samolyot shahar ustidan uchib o’tdi» va x.k.




Agarda o’qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalarning uni hikoya qilib berishida mazkur sifatdoshni unga taalluqli bo’lgan otlar bilan birgalikda qo’llashlariga,
tarbiyachi savol berganida esa ushbu sifatdosh hosil bo’lgan fe’l nomini ayta olishlariga e’tibor berish juda muhimdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga mustaqil hikoya-tavsiflar (o’yinlar, narsalar bo’yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim: otlarning kelishik shakli va sifatlar, sifatlar to’liq va qisqa shaklda, sifatlarni taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland); fe’llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o’ngga, chapga, oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi, tez), xozirgi zamon xaqiqiy sifatdoshlari; old ko’makchilar va bog’lovchilar.
Bolalar nutqining sintaktik qatorini rivojlantirar ekan, tarbiyachi bolalarning oddiy gaplarni, bir xil a’zoli, gaplarni tuzish, qo’shma gaplarni to’g’ri tuzishlariga e’tiborni qaratishi lozim. Faqat yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha grammatik shakllarni o’zlashtirgan takdirdagina bola maktabda o’qishga yaxshi tayyorlangan bo’ladi.




Download 251,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti