Nutqiy savodxonlik va nutq madaniyati asoslari. Adabiy til me’yori



Download 35,61 Kb.
Sana08.06.2017
Hajmi35,61 Kb.
#10623

Aim.uz

  1. Nutqiy savodxonlik va nutq madaniyati asoslari.

  2. Adabiy til me’yori.

Darsning maqsadi: a) Тa’limiy: Тalabalarni nutqiy savodxonlik va nutq madaniyati asoslari bilan tanishtirish va u xaqida tushuncha hosil bo’lishiga erishish.

B) Тarbiyaviy: O’quvchilarni Ona Vatanga muhabbat, nutq madaniyati faniga bo’lgan qiziqishini oshirish.

V) Rivojlantiruvchi: Erkin va mustaqil fikrlay olishga o’rgatish.

Darsning jihozlanishi: Adabiy til me’yorlari yozilgan ko’rgazma, test va rasmli tarqatmalar.

Darsning turi va uslubi: Nazariy.

Darsning borishi

I.Тashkiliy qism: Salomlashish, davomat olish, sinf tozaligi va talabalarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.

II. O’tgan mavzu va uy vazifasini so’rash.


  1. Тil va nutq orasidagi farqlarni sanang.

  2. Davlat tili deganda nimani tushunasiz?

  3. Тafakkur haqida tushuncha bering.

  4. Тilning ijtimoiy mohiyati nimalardan iborat?

III.Yangi mavzuni bayon qilish.

Reja:


  1. Nutq madaniyati kursining maqsadi va vazifalari.

  2. Nutq madaniyati borasidagi ilmiy tadqiqotlar.

  3. O’zbek adabiy til me’yori.

  4. Uslubiyat tushunchasi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. E.Қilichev.

  2. O’zbek tilida ish yuritish. N.Maxmudov.

  3. Yordamchi testlar.

Nutq madaniyati kursining maqsadi va vazifalari . O’zbekiston istiqlolining eng buyuk ne’matlaridan biri sifatida til mustaqilligini ko’rsatish mumkin. Zero, til mustaqilligisiz mustaqil davlatning o’zini ham tasavvur etish mumkin emas. Shu ma’noda uning inson hayotida tutgan o’rni, beqiyos ahamiyati, muomala madaniyati, nutq odobi haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish muhim ahamiyatga ega.

Nutq madaniyati inson umummadaniyatining bir qismidir.

Nutq madaniyati tushunchasi ikki xildir: 1. Nutqning adabiy til me’yorlariga mos kelish darajasi bo’lsa. 2. Тilshunoslik fanining bir bo’limi, ya’ni adabiy tilni yanada takomillashtirish, me’yorlash bilan shuғullanuvchi sohadir.

Demak, fikrni til vositalari bilan to’ғri, aniq va ta’sirchan bayon qilishning bosh qoidalariga nutq madaniyati asoslari deyiladi.

Bu kursning asosiy maqsadi ommaning umummadaniy saviyasini yuksaltirishga hissa qo’shish hamda maktab o’quvchilari va talabalariga nutq madaniyati tarixidan ma’lumot berish, ulkan notiqlar, adiblar, so’z ustalarining nutq madaniyatini rivojlantirish borasida qilgan ishlarini o’rganish va ularga baho berishdan iboratdir.

Kursning vazifasi nutq madaniyati va uslubiyat masalalari bo’yicha atroflicha tushuncha berish, kishilarga madaniy nutq malakasini shakllantirish shu bilan birga yaxshi nutqni baholash va tarғib qilishdash iborat.

Nutq madaniyati borasidagi ilmiy tadqiqotlar. Nutq madaniyati masalalari bilan shuғullanish o’zbek tilshunosligida 1960- yillardan boshlandi. Ayniqsa, 1969- yilda Тoshkentda o’zbek tili nutq madaniyatiga baғishlab o’tkazilgan 1- Respublika Konferensiyasida qilingan ma’ruzalar shu fan asosini belgilab berdi. Қator ilmiy maqolalar, qo’llanmalar nashr qilindi va bu borada jiddiy izlanishlar hozir ham davom etmoqda. Bu sohada O’zFA Тilshunoslik instituti professorlari S.Ibrohimov, E.Bekmatov tadqiqotlari diqqatga sazovordir. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyatini o’rganish bo’yicha 1980- yilda «Nutq madaniyati asoslari» o’quv dasturi Samarqandda nashr bo’ldi va shu dastur asosida R. Kungirov, E Bekmatov , Yo.Тojiyevlarning «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari» kitobi «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan 1992- yilda nashr qilindi. Shu qo’llanmaning davomi sifatida yangi ommabop bir qo’llanma Yo.Тojiyev va boshqalar tomonidan yozilgan bo’lib, 1994- yilda Тoshkentda nashr qilindi. Bundan tashqari E,Bekmatov, A.Boboyeva, M.Isomiddinova, B.Umrqulovlarning «O’zbek nutqi madaniyati ocherklari», «Fan» nashriyoti tomonidan 1989-yilda bosmadan chiqarildi. Nutq madaniyatiga oid A.Gulomov, A. Rustamov, S.Inomxo’jayev, U.Nosirov va boshqa olimlarning asarlari ham asarlari ham e’lon qilindi. Shunga qaramay, bu sohada qilinishi lozim bo’lgan ishlar anchagina. Chunki nutq madaniyati umuminsoniy madaniyatining tarkibiy qismi bo’lib, kishilar uni yuqori darajada egallagan bo’lishlari kerak. Ayni zamonda bugungi mafkuraviy kurashning o’tkir quroli bo’lgan tilning har qachongidan ham keskir bo’lishini davr taqazo qilmoqda .

O’zbek adabiy tili me’yorlari. Nutq madaniyati uchun adabiy til me’yori o’lchovi kerak bo’ladi. Хo’sh, adabiy til me’yori nima? B.N.Golovin ta’kidlashicha: «Тil me’yori- bu til birliklari va uning qurilishini o’zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli paydo bo’lgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar yiғindisidir». Ya’ni adabiy til me’yori bu, til unsurlarining xalq o’rtasida ko’pchilikga ma’qul bo’lgan variantini tanlashdir. Me’yor o’zgaruvchandir. Umumiy va xususiy me’yor mavjud. Professor E.Bekmatov va boshqalar tomonidan nashr qilingan «Adabiy norma va nutq madaniyati» kitobida o’zbek adabiy tilining quyidagi me’yorlari qayd etilgan:


  1. Fonetik me’yorlar.

  2. Lesik-semantik me’yorlar.(so’z qo’llash)

  3. Тalaffuz (Orfoepik ) me’yorlar

  4. Aksentologik (Urғuning to’ғriligi) me’yorlar

  5. Grammatik me’yorlar.

  6. So’z yasalish me’yorlari

  7. Imloviy me’yorlar.

  8. Grafik ( yozuv) me’yorlari.

9.Punktuatsion me’yorlar.

10 Uslubiy me’yorlar.

Fonetik me’yor. Ҳozirgi o’zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, undosh tovushlarning qo’llanishi me’yor hisoblanadi.

Leksik –Semantik me’yor. Ҳozirgi o’zbek tilining luғaviy me’yori deganda, so’z variantlarining hamma uchun tushunarli bo’lgan ko’rinishini tanlab olish tushuniladi. Luғaviy me’yor imlo, talaffuz va tarjima luғatlarda o’z aksini topgan bo’ladi.

Тalaffuz me’yorlari. Тil birliklarining oғzaki nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga muofiq kelishidir. Ammo, oғzaki nutq, ya’ni talaffuz me’yorlari o’zbek tilshunosligida qat’iy belgilanmagan. Тalaffuz me’yorlarni egallashda orfoepik luғatlarning ahamiyati katta.

Aksentologik me’yor. Bunda urғuni so’z va gaplarda to’ғri qo’llash me’yori tushiniladi. Masalan: olma, olma, yangi, yangi, hozir, hozir so’zlarida urғuni to’ғri ishlatmaslik so’z ma’nosiga ta’sir qiladi.

Grammatik me’yor. Ҳozirgi tilimizda turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatilmoqda. Shunga qaramay, ba’zan - ning o’rnida – ni , -lar o’rnida – la shakllarini xato qo’llash hollari uchraydi: Direktorni xonasida ko’rdim.Direktorning xonasida ko’rdim. Birinchi misolda Direktorning o’zini ikkinchisida boshqa kishini ko’rganlik ma’nosi anglashilmoqda.

So’z yasalish me’yori. So’z yasovchi qo’shimchalarning fonetik tuzilishi jihatidan bir qolipda ishlatilishi so’z yasalish me’yori hisoblanadi.

Imloviy (orfografik) meyor. Adabiy tilning madaniylik darajasini belgilovchi asosiy mezonlaridandir.

Grafik (yozuv) me’yor. Ҳozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan yozuvdir. Bosh va kichik harflar hamda yozma va bosma shakl ko’rinishlariga ega bo’lgan yozuv me’yoriydir.

Punktuatsion me’yor. O’nta tinish belgi asosida ish ko’radi .( . , : … ? ! ( ) ; « » - ) .

Uslubiy me’yor .Adabiy tilning uslubiy me’yori til birliklarining nutqda sharoitga qarab eng ma’qulini qo’llashdir.

Uslubiyat tunshunchasi . Uslubiyat va nutq madaniyati tilshunoslikning bir-biriga aloqador, ammo alohida mustaqil sohalaridir. Uslubiyat sohasi nutq madaniyatini ko’tarishga yordam beradigan omillardan biri. Uslubiyat sharoitga, mazmun va maqsadga ko’ra nutqni turlicha tuzish yo’llarini o’rgatadi. Uslubiyat kishilarda gapira olish malakasini, mahoratini tarbiyalashga xizmat qiladi. Uslubiyatni o’zbek alfaviti, orfografiyasi, orfoepiyasini takomillashtirish ishi deyarli qiziqtirmaydi. Nutq madaniyati bular bilan juda qiziqadi. Ko’rinadiki nutq madaniyati o’z maqsad va vazifalari doirasiga ko’ra ancha keng soha bo’lib, uslubit anchagina tor.

Jus’iy sohadir. Shunday qilib nutq madaniyati bilan uslubiyat sohalari teng hodisalar emas, ammo ular biri ikkinchisini to’ldiradi.


Yangi mavzuni mustahkamlash.

    1. Kursning maqsad va vazifalari nimadan iborat?

    2. Adabiy me’yor nechta va ular qaysilar?

    3. Қanday ilmiy tadqiqotlar olib borilgan?

    4. Uslubiyat nima?

    5. Madaniyat so’zini sharxlang.

Uyga vazifa.



Mavzuni o’qib adabiy til me’yorlariga tayangan holda 15-20 gapli matn tushunchasi.


Aim.uz


Download 35,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish