Nuriddinov Sirojiddinning "O’zbekistonning tabiiy boyliklari"



Download 0,96 Mb.
Sana23.09.2021
Hajmi0,96 Mb.
#182877
Bog'liq
4-v sinf o'quvchisining ilmiy ishi


Toshkent viloyati

Zangiota tumani

43-umumiy o’rta ta’lim

maktabi 4-“V” sinf o’quvchisi

Nuriddinov Sirojiddinning

“O’zbekistonning tabiiy boyliklari”

mavzusidagi ilmiy ishi.



Inson dunyoga kelibdiki , o’z ehtiyojini qondirish maqsadida tabiiy boyliklardan foydalanadi. Tabiiy boylikka quyosh energiyasi, yerning ichki issiqligi, suv havo yer osti boyliklari, o’simliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi. Ular ikki turga bo’linadi: tugaydigan va tugamaydigan. Mening ilmiy ishimning maqsadi ham shu. Tugaydigan tabiiy boyliklarni asrash , uni qayta ishlash. Tugaydigan tabiiy boyliklariga asosan yer osti boyliklari kiradi. Inson aql-zakovatini rivojlanishi, mehnat qurollari va texnikaning taraqqiyoti natijasida tabiatga o’z ta’sirini o’tkazmoqda.

O’zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish- inson uchun zarur bo’lgan qazilma boyliklardan oqilona foydalanish , suv va hayotni toza saqlash, tuproqni eroziyadan saqlash , o’simlik va hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab qolib qayta tiklash hamda hushmanzara joylarni tabiiy holicha saqlash kabilarni o’z ichiga oladi.

Lekin hozir tabiatga inson xo’jaligi faoliyatining ta’siri natijasida Orol bo’yi, Surxon vodiysi, Quyi Zarafshon va Quyi Amudaryoda holat yomonlashib bormoqda. O’zbekiston havosini ifloslanishida energetika, neft-gaz sanoati, transport, kimyo sanoati, metalyurgiya sanoati, mayishiy-kommunal xo’jalikning hissasi katta. Masalan avtotransportdan chiqayotgan zaxarli gaz havoni 80% havoni ifloslamoqda. Natijada bolalar o’rtasida o’lim ko’payib bormoqda. Respublikamiz havosini tozalash maqsadida havoni tozalovchi inshoatlar qilish zarur. Buning uchun so’lim bog’lar yaratish, ko’p daraxtlar, archalar, gullar ekish kerak. Aholini o’rmonlarga , ayniqsa mevali va dorivor o’simliklarga bo’lgan noto’g’ri munosabati tufayli ular kamayib ketmoqda.



Suvni esa asosan parrandachilik, fermerlardan chiqayotgan iflos suvlar kanalizasiyadan chiqayotgan iflos suvlar zararlamoqda. Buning uchun esa o’sha chqayotgan iflos suvlarni tozalab, zararsizlantirib keyin suv havzalariga chiqarish lozim. O’zbekistonning tuproq qatlamini eroziyadan saqlash , uning unumdorligini tiklash uchun kurashish kerak. Buning uchun ekinlarni sug’orish qoidalariga rioya qilish, yerga tushgan chiqindilarni chirishi uchun uzoq yillar kerak bo’ladi. Agar chiqindi chirimasdan yerga chiqindi tashlayversak yer uni hazm qilolmaydi va yer erroziyaga uchraydi.

So’nggi yillarda insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida hayvonlar soni, turi kamayib ketmoqda . Masalan oqquyruq, jayron, laylak, xongul, arxar, burama shoxli echki keskin kamayib ketmoqda. Hayvonlardan turon yo’lbarsi butunlay yoqolib ketmoqda.

O’zbekiston tabiatini muhofaza qilishda qo’riqxona, milliy bog’larning ahamiyati juda katta.

O’zbekiston yerusti tuzilishi betakrordir . Shunga monand tabiati ham , tabiati ham xilma-xil. Qulay tabiiy sharoit ishlab chiqarish samaradorligining muhim tabiiy omilidir. Tabiiy sharoit ayniqsa qishloq xo’jaligi , foydali qazilmalar qazib chiqarish va transport harakatida yaqqol bilinadi.

Tabiiy boyliklar tabiiy sharoitdan farq qilib , ishlab chiqarishga bevosita aloqador, yani uning xomashyo va energetika ba’zasini tashkil etadi. Eng muhim tabiiy boyliklardan biri bu yerosti boyliklari-meneral va yoqilg’ilardir. Ulardan sanoatda mayishiy ehtiyojlarda keng miqyosda foydalaniladi. O’zbekiston katta yerosti boyliklarga ega bo’lgan mamlakatdir . Ammo mamlakat iqtisodiyotining xomashyoga va yoqilg’iga bo’lgan ehtiyoji to’xtovsizdir.







O’zbekistonda turli xil mineral resurslar tarqalgan . Bu yerda yonuvchi va rudali, rudasiz foydali qazilmalar ko’p. Ayniqsa oltin, volfram, mis , qo’rg’oshin, ruh, tabiiy gaz va boshqalarning zahiralarining ko’pligi bo’yicha jahon mamlakatlarining o’rtasida yetakchi o’rinda turadi. Respublika hududida qurilish materiallari oyna qumi, sement keying yillarda ochilagan yirik fosforit konlari ham alohida ahamiyatga ega. O’zbekiston ayniqsa oltin qazib chiqarish bo’yicha MDH davlat orasida , rossiyadan keyin ikkinchi , jahondan esa sakkizinchi o’rinda turadi. Sifatliligi bo’yicha ham ancha yuqori. Oltinning yirik konlari Maruntou, Ko’kpatas, Uchquduq, Zarmiton, Marjonbuloq, cho’dak, Qo’ytosh kabi.



Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida yirik gaz konlari topilgan. Yirik konlardan Muborak, Sho’rtan va boshqalar shu yerda joylashgan. Ayniqsa Sho’rtan gaz konining istiqboli porloq. Gaz faqat yoqilg’igina bo’lib qolmay balki kimyoviy xomashyodir. Qashqadaryo viloyati gaz zaxiralari jihatdan Respublikada yetakchi o’rinda turadi. Keyingi yillarda Ustyurt platosi hududida ham yangi gaz konlari ochilgan. Reespublika xo’jaligida ko’mir katta rol oynaydi. Respublikada qazib olinadigan ko’mirni 95% Toshkent viloyatida (Angren ko’mir koni) mavjud. Bu yerda ko’mir ochiq usulda qazib olinadi. Sh sababli ko’mirning narxi ancha arzon. Surxandaryo viloyatida sanoatda katta ahamiyatga ega bo’lgan toshko’mir konlari topilgan. O’zbekistonda ko’plab neft qazib chiqariladi. Dastlab neft konlari Farg’ona vodiysida topilgan. Keyinchalik bu yerda Polvontosh, Sho’x, Janubiy olamushuk, andijon va boshqa konlar ochildi.

Zamonaviy insoniyat hayotidagi muhim ahamiyat dunyoning tabiiy boyliklarini tartibga solishga majbur qilmoqda. Tugaydigan tabiiy mahsulot , ularning talabi ularni shakllantirish darajasida oshib ketmoqda. Ishlab chiqarish tomoni doimiy ravshda so’rovlarni qabul qilib turishi sababli, ertami kechmi ushbu tabiiy resurs zaxiralari to’liq tugaydigan vaqt keldi. Ammo bu holat umidsizmi? Yaxshiyamki yo’q! Chunki sarflanadigan zaxiralar quydagilarga bo’linadi. Yangilanadigan boyliklardan ikki asosiy yo’nalishda faol foydalanadilar:

Qishloq xo’jalik sektori

Sanoat ishlab chiqarish

Resurslar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yaratish va foyda olishga yo’naltirilgan barcha tabiiy resurslarni birlashtirish. Masalan, agroiqlimiy zaxiralar turli xil madaniy o’simliklarni va boqiladigan chorva mollarni yetishtirish va undan keyingi foydalanish uchun imkon yaratadi. Suvsiz umuman qishloq sanoatini to’g’ri ishlashini tasavvur qilib bo’lmaydi . Bu yerda u asosiy rol o’ynaydi. Yaxshiyamki u bitmas tuganmas va qayta tiklanuvchi. Biz ana shu resursdan unumli foydalangan holda tugaydigan tabiiy boyliklarni qayta tiklashimiz mumkin . Masalan neft dengiz tubidagi o’tlar va jonvor qoldiqlaridan paydo bo’ladi. Ko’mir esa o’rmoning chirishidan . biz suniy ravishda o’rmon barpo etishimiz hammayoqni ko’kalamzorlashtirishimiz shu asosda havoni ham tozalashimiz Yerni erroziyadan qutqarishimiz mumkin.

O’zbekiston foydali qazilmalar Davlat balansi ma’lumotlarga ko’ra mamlakat hududida 1895ta foydali qazilmadan 235tasi uglevodlidir. 151tasi metal, yettitasi ko’mirli , 55tasi tog’-kon, 34tasi tog’-kimyo, 30tasi yarim qimatbaho ashyo, 764tasi turli yo’nalishdagiqurilish materially va 619tasi yer osti mineral suvidir. Shuni ta’kidlash lozimki . Yerosti boyliklari milliy iqtisodiyotining turli sohalarida keng qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda ma’lum bir sifatli va ma’lum iqtisodiy sharoitlarda deyarli har qanday jinslardan har xil maqsadlarda foydalanish mumkin. Shuning uchun foydasiz minerallar deyarli mavjud emas.

Minerallarning kimyoviy-texnologik tasnifi mavjud. Uning asosiy prinspi rudalarning moddiy tarkib va ularni qo’llashdir. Minerallar metal va yonuvchan bo’ladi. Yer osti boyliklar , ularning xilma-xilligi, o’rganish va rivojlanish darajasi har qanday davlatning qudratini iqtisodiy baholashda asosiy tamoyildir. Hozirgi vaqtda sanoat, qishloq xo’jaligi va qurilishda ishlatiladigan 200ga yaqin turli xil mineral xom ashyo turlari mavjud.

Qattiq minerallar hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan minerallar majmuasi bo’yicha tavsiflangan maydon ularning sanoati rivojlangan hududlari bilan birxildir. Tuman hududida ko’plab minerallarning rudalar paydo bo’lishi va mineralizasiya nuqtalari ma’lum. Qora rangli nodir metallar va boshqa minerallarning nomoyon bo’lishi platinumli kamar zonasi va uning ramkalari bilan chegaralangan

Davlatimiz ham O’zbekistonning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida koplab qonunlar qabul qilgan . Yer osti boyliklari to’g’risidagi qonunga 2002yil 13-dekabrda o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgan. Ushbu qonun 10ta bo’lim va 51ta moddadan iborat. .

Tabiiy muhitni asrash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish umummilliy vazifa hisoblanadi va bu ekologiya tizimini, tabiat komplekslari va ayrim ob’ektlarning muhofazasini ta’minlashga, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashga qaratilgan.

Shu munosabat bilan suv havzalari va havoning ifloslanishi, erlardan xo‘jasizlarcha foydalanish, qonunga xilof ravishda o‘rmonni kesish, ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish va ekologiya sohasidagi boshqa jinoyat va huquqbuzarlik ishlari bo‘yicha sud amaliyotini to‘g‘ri va samarali amalga oshirish katta ahamiyat kasb etadi.

Ayrim sudlarda aybdorlarning harakatlarini noto‘g‘ri tavsiflash hollari uchrab turibdi, ularni muayyan mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish masalasi hamma vaqt ham hal qilinmayapti. Maxsus bilimni talab qiladigan masalalarni hal etishga ba’zi hollarda mutaxassislar jalb qilinmayapti, ekologiyaga zarar etkazayotgan barcha aybdor shaxslarga, shu jumladan, korxona va tashkilot rahbarlariga bo‘lgan talablarni asossiz ravishda susaytirish yoki ularni javobgarlikka tortmaslik hollari mavjud. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunlarning buzilish sabablarini va shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish masalasiga etarlicha ahamiyat berilmayapti.

Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunlarni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:

1. Tabiatni muhofaza qilish, tabiat boyliklaridan ziyon-zahmat etkazmasdan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonunlarga qat’i amal qilish eng muhim davlat vazifalaridan biri ekanligiga, ularni hal qilish fuqarolarning sog‘lig‘i va farovonligi, shuningdek respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bilan bog‘liq ekanligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

2. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunlari, er, suv, er osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 29 noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)

Bunda «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo‘lishdan, yo‘q bo‘lib ketishdan, oqilona foydalanmaslikdan muhofaza etilishini nazarda tutmoq lozim.



Oldingi tahrirga qarang.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi.

(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012 yil 13 dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)

3. Mazkur turkumdagi jinoyat va ma’muriy ishlarni ko‘rishda bevosita jinoyatni va boshqa huquqbuzarlikni sodir qilgan shaxslar bilan chegaralanib qolmasdan, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlikda aybdor bo‘lgan barcha shaxslar doirasini sinchiklab aniqlash shart. Xususan o‘zlarining harakatsizliklari yoki qonunga xilof harakatlari bilan tabiatga ziyon etkazgan korxona va tashkilot rahbarlarining aybdorlik darajasini aniqlash va ularni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish masalasini hal qilish zarur. Shu bilan bir qatorda ekologiya nazorati organlarining tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzilishiga olib kelgan harakatsizliklari sabablari ham aniqlashi kerak. Asoslar mavjud bo‘lganda bunday organlarning mansabdor shaxslari javobgarlikka tortilmog‘i lozim.

4. Korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarning da’volari yoki bu tashkilotlarga nisbatan qishloq xo‘jalik mulklariga shikast etkazish yoxud buzish, meliorativ ishlarni sifatsiz bajarish, sanoat yoki qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish chiqindilari bilan atrof muhitning ifloslanishi natijasida ekinlar va hayvonlarning nobud bo‘lishi yoxud tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlarni boshqacha tarzda buzish oqibatida etkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha fuqarolik ishlarini ko‘rishda etkazilgan zarar mansabdor shaxslarning o‘z xizmat vazifalarini suiiste’mol qilganligi yoinki mansab sovuqqonligi orqasida etkazilganligi aniqlansa, sudlar ularning javobgarligi masalasini ham hal qilishlari lozim.

5. Ekologiya nazorati sohasida ishlayotgan mansabdor shaxslarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzuvchilar bilan jinoiy til biriktirganlik hollari aniqlanganda, bunday mansabdor shaxslar tabiiy atrof muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzganligi va tegishli mansabdorlik jinoyati uchun javobgarlikka tortilmog‘i zarur.



[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;

2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.03.00.00 Sud-ekspertiza muassasalari. Sud-tibbiy ekspertizasi]

Oldingi tahrirga qarang.

6. Maxsus bilimlarni talab qiluvchi masalalarni to‘g‘ri hal qilish maqsadida sudlar tegishli ekspertizalarni gidrometeorologlar, sanitariya-epidemiya xizmati xodimlari, zoologlar, ixtiolloglar, botaniklar, ovshunos, o‘rmonshunos, tuproqshunos va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda tayinlashlari kerak. Bunda ekologiya ekspertizasi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning majburiy chorasi hisoblanishini va uni o‘tkazish «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 24-25-moddalarida belgilanganligini e’tiborga olmoq zarur. O‘zbekiston Respublikasi «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ekologiya ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlarining ixtisoslashgan ekspert bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi.

(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 29 noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)

Tushuntirilsinki, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 27-moddasiga binoan jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasi jamoat birlashmalarining tashabbusiga ko‘ra ularning mablag‘lari hisobidan yoki jamoatchilik asosida mutaxassislarning mustaqil guruhlari tomonidan amalga oshiriladi. Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasining xulosalari tavsiya tamoyiliga ega bo‘ladi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245-moddasiga muvofiq tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi ushbu kodeksning 66, 67, 76-moddalari (suv xo‘jaligi inshootlariga zarar etkazishga oid qismi), 90-moddasining 2-qismi, 94-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar sudlarga taalluqlidir.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.10.00 O‘rmonga oid qonun hujjatlarini va o‘simliklar dunyosi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. O‘rmon fondiga va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simliklar dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash (taksalar);

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.17.00 Hayvonot olamidan foydalanish va muhofaza qilish qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undirish (taksalar)]

Oldingi tahrirga qarang.

8. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan hayvonot yoki o‘simliklar dunyosidan foydalanish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi va u ham doimiy, ham vaqtinchalik (mavsumiy) xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentyabrdagi «Qimmatli va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar hamda hayvonlar turlarini muhofaza etishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi Qarorida belgilangan. Xususan, ushbu qarorda Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlarni tabiatdan har qanday ko‘rinishda olish faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida, ovlanadigan hayvon turlari (shu jumladan baliqlar) esa O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan litsenziyalar bo‘yicha amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 29 noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)

Ov qilish yoki baliq tutish qoidalarini buzish deganda, ovni tegishli ruxsatnomasiz yoxud yovvoyi qushlar yoki baliqlarni ruxsatnomada ko‘rsatilgan miqdordan ortiq ovlash, shuningdek ovni taqiqlangan vaqtda yoki ruxsat berilmagan joylarda yoxud ruxsat etilmagan qurol, vosita va usullar bilan amalga oshirilish tushunilmog‘i lozim.

Jinoyat kodeksi 202-moddasi 2-qismining «a» bandi bo‘yicha javobgarlik ham O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga, ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgani hayvonlar, parrandalar, baliqlar, hayvonot dunyosi yoki o‘simliklarning boshqa turlari yo‘q qilingan hollarda vujudga keladi. Bunda etkazilgan ziyonning hajmi ahamiyatga ega emas.

9. Jinoyat kodeksining 194-moddasida javobgarlik belgilangan atrof muhitni ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirganlik deganda, aybdor shaxs ekologik vaziyatning ahvoli to‘g‘risida umuman yoxud o‘z vaqtida ma’lumot bermaganlik harakatlarini (harakatsizligini) tushunmoq lozim. Bunday ma’lumotlar haqiqatga muvofiq kelmasa (atrof muhitning ifloslaganligi ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatish va hokazolar), ular buzilgan hisoblanadi.



Oldingi tahrirga qarang.

10. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda sudlar jinoiy yo‘l bilan topilganini bila turib (baliqlarni, yovvoyi hayvonlarni, parrandalarni, daraxtlarni va hokazolarni) olgan yoki o‘tkazgan shaxslarni aniqlash choralarini ko‘rishlari va muayyan holatlardan kelib chiqib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 171-moddasi alomatlari bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilishlari lozim

(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013 yil 31 maydagi 09-sonli qarori tahririda).

11. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan fuqarolik, shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha etkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda sudlar qonun zararni to‘liq hajmda undirishni ko‘zda tutishidan kelib chiqishlari shart. Zararni undirish miqdorini kamaytirishga faqat alohida hollarda sud tomonidan aniqlangan huquqbuzarning mulkiy ahvoliga qarab, jinoyat g‘araz niyatda sodir etilmagan taqdirda, yo‘l qo‘yiladi va bu holat qabul qilingan qarorda asoslantirilgan bo‘lishi shart.

12. Amaldagi qonunlarga binoan qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan mahsulot (yovvoyi hayvon, parranda, baliq, daraxt, mo‘yna va boshqalar) huquqbuzardan olib qo‘yilishi shart. Agar bunday mahsulot huquqbuzardan olib qo‘yilgan va ish sudda ko‘rilgunga qadar sotilgan bo‘lsa, sud hukmda, qarorda tushgan mablag‘ni tegishli tashkilotning hisobiga o‘tkazishni ko‘rsatishi zarur.

Qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan mahsulotni olib qo‘yish imkoniyati bo‘lmasa (huquqbuzar tomonidan foydalanilgan yoki sotilgan, yaroqsiz holga kelgan va hokazolar), sud mahkumdan yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsdan yoinki javobgardan uning belgilangan narxlarda hisoblangan qiymatini undirish to‘g‘risidagi masalani hal qilishi lozim.



Oldingi tahrirga qarang.

13. Qonunga ko‘ra, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida etkazilgan zararni qoplashga oid summalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida»gi 290-sonli qarori va 2017 yil 15 iyundagi «Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 375-sonli qarorlarida nazarda tutilgan tartibda undiriladi.

(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 29 noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)

14. Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish haqidagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlanuvchiga tegishli jinoyat qurollari, shu jumladan, avtomashina, motosikl va qayiqlar, agar jinoiy harakat ular yordamida amalga oshirilsa yoki sodir etilishi osonlashtirilsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga muvofiq musodara qilinishi lozim.

Ma’muriy huquqbuzarlik harakatini sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilish masalasi Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga muvofiq hal qilinishi kerak.

15. Sudlar tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda qonunning alohida yondoshuv talablariga og‘ishmay rioya etishlari kerak. Ko‘p miqdordagi qimmatbaho yoki noyob hayvonlar, parranda va baliqlarni qirib tashlash, o‘rmonlarga shikast etkazish yoki ularni yo‘q qilish, qishloq xo‘jaligi mulklarini ishdan chiqarish va hokazo yo‘llar bilan davlatga katta zarar etkazgan shaxslarga nisbatan qattiq jazo choralari qo‘llanilmog‘i zarur.

Tabiatni muhofaza qilish organlari xodimlarining, bu xizmat jamoatchi nazoratchilarining, shuningdek, o‘g‘rincha ov qilish va qonun bilan qo‘riqlanadigan tabiat ob’ektlariga boshqacha tajovuz qiluvchilarning harakatlariga barham berish yuzasidan o‘zining jamoatchilik burchini bajarayotgan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilgan shaxslar qattiq jazoga tortilmoqlari shart.

Tabiatni muhofaza qilish organlari xodimlarining o‘zlari xizmat mavqeidan foydalanib tabiat ob’ektlariga jinoiy tajovuzlar sodir etgan taqdirda, sudlar ularning muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishlari zarur.

16. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud jarayonlarining ta’sirini kuchaytirish maqsadida sudlar tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlashlari va bunday huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan xususiy ajrimlar chiqarishlari lozim.

Davlatga ko‘p miqdorda zarar etkazganlik, qimmatbaho yoki noyob hayvonlarni qirib tashlaganlik to‘g‘risidagi, shuningdek, portlovchi moddalar, kimyoviy vositalar va hokazolarni qo‘llab, guruh bo‘lib sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud protsesslarini keng ommaga etkazmoq kerak.



Oldingi tahrirga qarang.

17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi atrof muhitni muhofaza etish to‘g‘risidagi qonunlarni to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.

(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 29 noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)

B iz resursdan unumli foydalangan holda tugaydigan tabiiy boyliklarni qayta tiklashimiz mumkin . Masalan neft dengiz tubidagi o’tlar va jonvor qoldiqlaridan paydo bo’ladi. Ko’mir esa o’rmoning chirishidan . biz suniy ravishda o’rmon barpo etishimiz hammayoqni ko’kalamzorlashtirishimiz shu asosda havoni ham tozalashimiz Yerni erroziyadan qutqarishimiz mumkin.





Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish