Nima deb o`ylaysiz…



Download 20.82 Kb.
Sana22.04.2020
Hajmi20.82 Kb.

“Nima deb o`ylaysiz….” rukni ostida insho.

Men tanlagan kasb

Reja:

1.Kasblarning inson hayotidagi o`rni.



2.Harbiylik kasbining sharafi va mashaqqati.

3.Yurtimizda har bir kasb egasi e`zozda.

4.Elim deb , yurtim deb yashaydi o`zbek.

Hunarli kishi xor bo`lmas deganlaridek , biror kasbi bor inson hech qachon hech yerda bo`sh qolmaydi. Inson biror kasb tanlar ekan avvalo o`zining qiziqishidan kelib chiqib tanlaydi. Kasb bu –bir inson chin dildan , yurakdan bajaradigan ishidir. U kasbini shunchalar yaxshi ko`rganidanshu ishga sho`ng`ib ketganini ham bilamay qoladi. Shunday insonlar bo`ldiki kasblariga vafodor bo`lishadi. Ularning kasblari hayotlarining bir qismiga aylangan va ular shu ishlarisiz o`zlarini yolg`iz va keraksiz bo`lib qolgandek his qilishadi. Shu bois ular doim o`zlari yoqtirgan ishlari bilan mashg`ul bo`lishadi. Ularda deyarli bo`sh vaqt bo`lmaydi. Doimo izlanishda, harakatda bo`lishadi. Ba`zan biz bunday insonlarni olimlar deb o`ylaymiz lekin, oddiiy insonlar ham shunday qila olishadi. Bunga misol qilib shifokorlar,o`qituvchilar va boshqa kasb egalarini olishimiz mumkin. Shifokorlar doimo insonlarning salomatligini o`ylashsa, o`qituvchilar bolalarga bilim berish bilan band bo`lishadi. Ular doim biz bolalarni biror kasbga qiziqtirishni, shu yo`lda nimalar qilish kerakligini uqtirishadi.Yana shuni ta`kidlash joizki “Insonlarning kasblari ularning ko`zgusi”dir. Har bir kasb egalariga qarab ularning qanday inson ekanligini yoki bo`lmasa ularning kiyimlariga qarab qanday kasb egasi ekanliklarini bilib olish qiyin emas albatta. Shunday ekan bu hayotda har bir ishning, har bir kasbning o`z o`rni va mohiyaati bor.


Dunyoda kasblar ko`p ammo bular ichida menga eng yoqqani harbiylikdir. Harbiylik kasbiga bolaligimdan beri qiziqaman. Yoshligimda oynai jahon orqali harbiy akalarimizni ko`rsam ularga juda ham havasim kelardi. Ularni qancha ko`rsam bu kasbga qiziqishim shuncha ortib boraverardi. Ularnning bajarayotgan mashqlarini men ham qilgim ulardek bo`lgim kelardi. Harbiy akalarimiz kabi Vatanimni himoya qilishni xoxlar edim. Bolalikdagi orzuarimni mana endi ro`yobga chiqarish fursatlari ham kelmoqda albatta. Yana shuni aytish joizki men tanlagan kasb juda sharafli va shu bilan birga o`ta mashaqqatli hamdir. Sharafli tomoni shundaki, ular doimo Vatan uchun, shu yurt uchun ko`ksilarini qalqon qilib Vatanini himoya qiladilar. Ularning jasorati Vataniga bo`lgan cheksiz muhabbati ularning yuz-u ko`zlarida nomoyon bo`lib turadi. Bu kasbning mashaqqatli tomoni shundaki, ular doimo xizmatda va Vatanimiz sarhadlarini tunni-tun demay, kunnu-kun demay , ko`zlariga uyqu olmay doimo sergak turishadi.Hoh urish maydonida bo’lishin ,hoh dushman qo’lida ular hech qachon Vatanlarini sotmaydilar, unga xiyonat qilmaydilar.Bu kasbning mashaqatli tomoni shunday bo’lsa kerak deb o’ylayman .Yana shuni ta’kidlash joizki ular haqida olingan kinofilmlar juda ham o’tkir sujetli bo’lib ,bu filmlarni tomosha qilgan har bir yoshning qalbida ‘’Men ham albatta kelajakda shulardek Vatan himoyachisi bo’laman ‘’ degan bir tuyg’u jo’sh uradi.Shaxsan men o’zim ham bu filmlardan juda ta’sirlanganman va menda bu kasbga bo’lgan qiziqish yanada ortgan.Shu o’rinda ‘’Serjantlar’’ filmiga tayyorlangan qo’shiq yodimga tushdi.

O’zim senga bo’layin posbon

Kerak bo’lsa fido bo’lsin jon

O’lsam sira qilmasman armon

Men albatta serjant bo’laman.

Men ham albatta manashu akalarimdek serjant bo`laman.

Har bir kasb borki uning o’ziga yarasha mehnati va albatta mana shu qilingan mehnatlarining mukofoti bo’ladi.Yurtimizda har bitta kasbga va hunarga bo’lgan qiziqishlariga turtki beradi .Bugungi kunda shifokor,o’qituvchi , harbiy va boshqa kasb egalariga e`tabor juda katta bo`lib, shifokorlarga jahon talablariga javob beraoladigan asbob uskunalar va shu bilan bir qatorda muhandis arxitektorlarimizning qurgan binolari bunga yaqqol misol bola oladi. Xususan, shifokorlar hozirgi kunda bemorlarning har qanday kasalliklariga davo topishlari uchun ularni yanada tajriba va bilimlarini oshirish maqsadida har yili yurtimizdagi shifokorlardan bir nechtasini kasb mahoratlarini oshirish maqsadida malaka oshirish o`qishlariga yuborilmoqdalar Shu bilan bir qatorda boshqa kasb egalari ham o`z malakalarini oshirish uchun o`qishlarga yuborilmoqdalar. Asosan shifokor va o`qituvchilarimizga juda ham katta e`tabor berilmoqda va shu bilan bir qatorda ularning qilgan mehnatlari e`tabor markazidan chetda qolayotgani yo`q albatta. Ular uchun ta`sis etilgan bir qator mukofotlar joiz bo`lib hozirgi kunga qadar bu mukofotlar o`z egalarini topib kelmoqda.

O`zbek xalqi shunday buyuk xalqki uning buyukligi insonlarning bir-biriga bo`lgan mehr –muhabbatlarida nomoyon bo`ladi. Olloh nazari tushgan bu yurt mana necha yildirki gullab yashnamoqda Yurtimizning gullab yashnashida o`zbek xalqining hissasi juda katta. Hozirgi kunda yurtimizda tarqalgan karona virusi bizni yanada birdamlikka chorlaydi. Biz bu kasallikni tarqalib ketmasligi uchun uyda qolishimiz va doimo gigiena qoidalariga roiya qilishimiz kerak. Shu o`rinda o`zbek xalqining har bir insonini o`ylayotgan jonkuyar prezidentimiz shunday dedilar: “Hozirgi taxlikali bir paytda bizlar jam bo`lishimiz va bu virusga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak” deb qayta va qayta takidlashmoqda. Har biro lib borilayotgan tarbig`ot , tashfiqot ishlari assosan shunga qaratilgan. Bunda jonbozlik ko`rsatayotgan shifokor va harbiy hodimlarimizga tashakkur aytamiz. Shu sababdan biz yoshlar ham bunga o`z hissamizni qo`shishimiz zarur. Qanday qilib deysizmi? Hozirda bizga berilgan imkoniyyatlarda unumli foydalanishimiz,ustoz va murabbiylarimiz tomonidan onlayn o`tkazilayotgan darslarni o`z vaqtida bajarishimiz kerak. Bundan tashqari shu kunlarda Xalq ta`lim vazirligi tomonidan o`tkazilayotgan insholar tanlovining asl mohiyati shundaki bo`sh vaqtimizni mazmunli tashkil qilish va bizga berilgan bu imkoniyatdan oqilona fodalanishimiz uchun imkoniyat demakdir.So`zimni prezidentimizning o`zbek xalqiga qarata aytgan she`riy satrlari bilan tugatmoqchiman.

Ollohdan sizlarga sog`liq so`rayman

Kerak bo`lsa agar gulag o`rayman



Jonim kerak bo`lsa jonim berayman

Xalqim sizlarni deb xavotirdaman.
Download 20.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik