Nega Windows’da “con” nomli papkani yaratib bo‘lmaydi?
Hech sinab ko’rganmisiz, Windows’da oddiy usulda “con” nomli papkani yaratib bo‘lmaydi. Ishonmaysizmi, u holda sinab ko’ring. Natijani oldindan aytish qiyin emas. Sizda shunday yozuvlar paydo bo’lgani aniq:
Bu holatni hamma turlicha izohlaydi: eng qizig’i shundaki, Bill Geytsni yoshligida shu so‘z (“botanik” ma’nosini anglatadi) bilan mazax qilishgani uchun shaxsiy xohishiga ko‘ra buni cheklab qo‘ygan.
Aslida esa barchasi juda oddiy: ushbu cheklov xattoki Windows’dan oldin qo‘llanilgan MS-DOS operatsion tizimi davriga borib taqaladi. U yerda “con”, shu kabi boshqa belgilanishlar (prn, aux, nul) bilan birga kiritish-chiqarish qurilmalarini bilan ishlash uchun rezervlangan, shuning uchun ham bu nomdagi papkalarni yaratib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |