Nazariy savollar



Download 445,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.08.2021
Hajmi445,96 Kb.
#149240
  1   2   3
Bog'liq
abdumominov



Nazariy savollar 

Xolislar  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  tomonidan  tergov  yoki  boshqa 

harakatlar  oʼtkazilganini,  uni  oʼtkazish  jarayoni  va  natijalarini  tasdiqlash  uchun 

qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  chaqiriladi.  Xolislarning  huquq  va 



majburiyatlari, ishda ishtirok etish tartibini bayon eting. 

Javob 

Xolislar  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  tomonidan  tergov  yoki  boshqa 

harakatlar  oʼtkazilganini,  uni  oʼtkazish  jarayoni  va  natijalarini  tasdiqlash  uchun 

ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilgan  hollarda  chaqiriladi.

1

  Tergov  harakatlarini 



yuritishda  ishtirok  etish  uchun  ishning  oqibatidan  manfaatdor  boʼlmagan,  kamida 

ikki nafar voyaga yetgan fuqaro chaqirilishi lozim. Tergov harakatini boshlashdan 

oldin  surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  prokuror  xolislarga  ularning  huquq  va 

majburiyatlarini tushuntiradi.  

Fuqaro surishtiruv va dastlabki tergovda biron-bir tergov harakati, jumladan 

tintuv,  olib  qoʼyish,  guvohlantirish,  tanib  olish  uchun  koʼrsatish,  koʼrsatuvlarni 

joyida  tekshirish  va  hokazo  tergov  harakatlarini  oʼtkazishda  ishtirok  etishga  taklif 

etilishi bilan xolisga aylanadi. Xolis ishning natijasidan manfaatdor boʼlmasligi, ikki 

nafardan kam boʼlmasligi lozim.  

Kimlar  xolis  boʼlolmaydilar:  voyaga  yetmaganlar,  jinoyat  sudlov  ishlarini 

yuritish 

ishtirokchilari, 

gumon 

qilinuvchi, 



ayblanuvchi, 

sudlanuvchi, 

jabrlanuvchining  qarindoshlari,  ijro  hokimiyatining  vakillari,  tezkor-qidiruv 

xodimlari,  surishtiruv  va  dastlabki  tergov  xodimlari.  Tergov  harakati 

boshlanmasdan oldin xolisga uning huquq va majburiyatlari tushuntirilishi kerak. 

Shaxs  tanib  olish  uchun  tergov  olib  borilayotgan  ishga  aloqasi  bo‘lmagan, 

tashqi belgilari bilan o‘ziga o‘xshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida 

ko‘rsatiladi.  Tanib  olish  uchun  ko‘rsatilayotgan  shaxslarning  umumiy  soni  uch 

nafardan kam bo‘lmasligi kerak. 

Tanib oluvchi so‘roq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, 

xususiyatlari  bo‘yicha  jiddiy  farq  qilmaydigan  narsalar  turdosh  deb  hisoblanadi. 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatilayotgan  narsalarni  joylashtirish  tartibi  surishtiruvchi, 

tergovchi  tomonidan  xolislar  huzurida  belgilanadi.  Ko‘zdan  kechirish  chog‘ida 

topilgan  va  olib  qo‘yilgan  barcha  narsalar  xolislarga,  taraflarga  va  ko‘zdan 

kechirishning  boshqa  ishtirokchilariga  ko‘rsatilishi  lozim.  Tergovga  qadar 

tekshiruv,  surishtiruv  yoki  dastlabki  tergov  bosqichida  ko‘zdan  kechirish  xolislar 

ishtirokida o‘tkaziladi. Jinoyat ishi ko‘rilayotgan vaqtda ko‘zdan kechirishga zarurat 

                                                             

1

 ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSI T.oshkent. 1994.22.09. 73- modda 




tug‘ilsa,  sud  bu  haqda  ajrim  chiqaradi  va  ko‘zdan  kechirishni  taraflar  ishtirokida 

o‘tkazadi. 

Katta  maydonlarni  va  binolarni  ko‘zdan  kechirish  bir  necha  surishtiruvchi 

yoki  tergovchi  tomonidan  amalga  oshirilishi  mumkin,  bunda  ularning  har  biri 

kamida ikki nafar xolis ishtirokida ko‘zdan kechirishi lozim. 

Shaxsni  echintirib  yalang‘ochlash,  shuningdek  uning  badanidagi  tirnalgan, 

shilingan,  qontalash  joylarni  aniqlash  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  guvohlantirish 

surishtiruvchi  yoki  tergovchi  tomonidan  xolislar  ishtirokida,  zarur  hollarda  esa, 

shifokor  yoki  boshqa  mutaxassis  ishtirokida  o‘tkaziladi.  Ushbu  turdagi 

guvohlantirish taraflar ishtirokida sud tomonidan ham o‘tkazilishi mumkin. 

Surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sud  murdani  eksgumatsiya  qilishni  sog‘liqni 

saqlash  organlari  bilan  kelishgan  holda  va  murda  ko‘milgan  joy  vakilining 

ishtirokida amalga oshiradi. Eksgumatsiya surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida 

amalga oshirilayotgan bo‘lsa, xolislarning ishtirok etishi shart. Sud eksgumatsiyani 

taraflar  ishtirokida  amalga  oshiradi.  Dastlabki  tergovda  olib  qo‘yish,  tintuv 

o‘tkazish,  ko‘zdan  kechirish,  guvohlantirish,  eksperiment  o‘tkazish,  tanib  olish 

uchun ko‘rsatish, ko‘rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, ekspert tadqiqotini 

o‘tkazish  uchun  namunalar  olish,  murdani  eksgumatsiya  qilish  kamida  ikki  nafar 

xolis ishtirokida amalga oshiriladi. 

Har  bir  tergov  harakatini  bir  necha  tergovchi  yoki  tergovchi  va  u  rahbarlik 

qilayotgan  surishtiruvchilar  bir  paytning  o‘zida  turli  xonalarda  yoki  bir-biridan 

ancha  uzoq  joylarda  o‘tkazayotgan  bo‘lsalar,  har  bir  tergovchi  va  surishtiruvchi 

huzurida doimo kamida ikki nafar xolis ishtirok etishi lozim. 

Fuqaro  tergovchining  qonuniy  talablarini  va  takliflarini  bajarishdan  bosh 

tortayotganligini  yoki  tergovchiga  qarshilik  ko‘rsatayotganligini  yoxud  dastlabki 

tergov  yuritish  tartibiga  to‘g‘ri  kelmaydigan  boshqa  huquqqa  zid  xatti-harakatlar 

qilayotganini  tasdiqlash  uchun  ham  xolislar  taklif  qilinadilar.  Xolis:  tergov 

harakatida  ishtirok  etish,  tergov  harakati  boʼyicha  bayonnomaga  kiritilishi  lozim 

boʼlgan  arz  va  mulohazalar  berish;  oʼzi  ishtirok  etgan  tergov  harakatining 

bayonnomasi bilan tanishish, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning harakatlari va 

qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir. 

 Xolis:  surishtiruvchining,  tergovchining,  prokurorning  chaqiruviga  binoan 

hozir  boʼlishi,  tergov  harakatini  yuritishda  ishtirok  etishi;  tergov  harakati 

oʼtkazilgani,  uni  oʼtkazish  jarayoni  va  natijalarini  tergov  harakati  bayonnomasida 

imzo  chekib  tasdiqlashi,  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokurorning  ruxsatisiz 

surishtiruv  va  dastlabki  tergov  materiallarini  oshkor  qilmasligi  shart.  Xolis  uzrsiz 

sababga koʼra oʼz vazifasini bajarishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan 

javobgarlikka  tortiladi.  Xolis  oʼzi  ishtirok  etgan  tergov  harakatini  yuritish  bilan 

bogʼliq holatlar boʼyicha guvoh tariqasida soʼroq qilinishi mumkin.  



  

Xolis  qanday  huquqlarga  ega?  dalillarni  topish  yoki  tekshirish  maqsadida 

oʼtkaziladigan  tergov  harakatlarida  ishtirok  etish,  ona  tilida  yoki  biladigan  tilida 

soʼzlash, tarjimon xizmatidan foydalanish, oʼzi ishtirok etgan tergov bayonnomasi 

bilan  tanishish  va  bayonnomaga  kiritilishi  lozim  boʼlgan  arz  va  mulohazalar 

bildirish, harajatlarni qoplashni talab qilish.  

Xolisga  qanday  majburiyatlar  yuklangan?  surishtiruvchi,  tergovchi  va 

prokurorning  chaqiruviga  binoan  belgilangan  vaqtda,  tegishli  joyga  yetib  kelish, 

oʼtkazilayotgan  tergov  harakatini  sinchkovlik  bilan  kuzatish  va  yodda  saqlashga 

harakat qilish, tergov  harakati oʼtkazilgani, uni oʼtkazish jarayoni  va  natijasi qayd 

qilingan tergov bayonnomasini oʼz imzosi bilan tasdiqlash, surishtiruvchi, tergovchi 

va  prokurorning  ruxsatisiz  surishtiruv  va  tergov  materialidagi  maʼlumotni  oshkor 

qilmaslik, surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan 

shikoyat  qilish.  Xolis  fuqarolik  burchini  ado  etib,  huquqni  muhofaza  qilish 

organlariga  yordam  berishi  kerak.  Uzrsiz  sabablarga  koʼra,  taklif  etilgan  vaqtga 

kelmay,  oʼz  vazifasini  bajarishdan  bosh  tortsa,  Oʼzbekison  Republikasi  Jinoyat 

Kodeksning  240  –  moddasi  bilan  jinoiy  javobgarlikka  tortiladi.  Xolis  oʼzi 

qatnashgan tergov harakatlarining qanday olib borilganligi xususida guvoh sifatida 

soʼroq qilinishi mumkin. 


Download 445,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish