Navoiy ruboiylarida inversiya
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………..2
I bob: Navoiy ruboiylarida inversiya
1.1 Alisher Navoiy ruboiylarining mavzu va gʻoyalari…………………………..4
Shoir ruboiylarida axloq-odob masalalarining ifodasi……………………..12
II bob:Ruboiynavislikda Navoiyning badiiy mahorati
2.1 Alisher Navoiy ruboiylarida she’rey san’atlarning qoʻllanilishi…………………16
2.2 Shoir ruboiylari vaznlari va boshqa turli badiiy vositalar………………………20
Xulosa……………………………………………………………………………24
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati……………………………………………26
Kirish
Oʻzbek xalqining ulugʻ mutafakkiri maʻrifatparvar va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida eʻtibor berdi. Buyuk shoir ilgari surgan qarashlar bugungi kunda ham yosh avlod uchun ulkan tarbiya maktabi hisoblanadi. Ayniqsa shiddat bilan rivojlanayotan globallashuv zamonida millat yoshlarining axloqi masalasi dolzarb mavzu boʻlib qolmoqda. Alisher Navoiy ilm- maʻrifat haqidagi ajoyib fikrlarni olgʻa surdi . U aql, ilm insonning eng goʻzal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir deb hisobladi. Navoiyning fikricha ilm fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil oʻqish oʻrganish kerak.
Alisher Navoy taʻlim-tarbiya toʻgʻrisidagi fikrlarini koʻproq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-maʻrifat axloq-odob masalalariga dor fikrlarni esa ilmiy falsafiy didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda kata deb hisoblaydi.
Buyuk soʻz san’atkori va mutafakkiri oʻzining bir qancha asarlarida yosh avlod tarbiyasiga , odob-axloqiga doir fikrlarni aytish bilangina kfoyalanib qolmasdan, balki “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bagʻishlaydi. Faqat yirik hajmi asarlarida axloq-dob masalasi yoritilgan deb ushunmaslik kerak. Shoirning oʻnlab ruboiy va qitʻalari borki insonni hayotga toʻgʻri yashashga , chiroyli axloqi bilan insonlar koʻnglni xushnud etishga va hayotdan yaxshi iz qoldirishga undaydi. Ushbu kurs ishimiz davomida buyuk shoirning ruboiylariga toʻxtalib undagi axloq -odob masalalarini batafsil yoritishga harakat qilamiz.
“Agar bu ulugʻ zotni avliyo desak , u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Inson qalbining quvonch-u qaygʻusini, ezgulk va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi. Ona tiliga muhabbat uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuygʻusi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik koʻp bahramand etsak, miliy maʻnaviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli maʻrifiy qurolga ega boʻlamiz.”1
Birinchi prezidentimiz tomonidan bildirilgan yuqoridagi fikrlar Navoiy dahosining xalqimiz oʻzligini anglashdagi tutgan oʻrnini koʻrsatib beradi. Xususan 2016-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adbiyoti universitetining ochilishi ham buyuk bobobimizning xotirasiga boʻlgan cheksiz hurmatdan dalolat beradi. Zero, Navoiyning nafaqat yirik hajmli nasriy asarlari , balki kichik ruboiy va fardlaridagi axloqiy, tarbiyaviy gʻoyalar hali koʻplab yillar davomida yosh avlod tarbiyasi uchun ulkan maktab vazifasini oʻtaydi.
Oʻzbekiston Respublkasining birinchi Prezidentining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi 2016-yil 13-maydagi No_ PF-4797 Farmonida aks etganidek buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy umumbashariyat madaniy xazinasidan oʻrin olgan oʻlmas asarlarini aynan ona tilimizda yaratib , uning shuhratini butun dunyoga tarannum etdi. Ham adabiy , ham ilmiy asarlari, ham goʻzal insoniy fazilatlari bilan barchaga oʻrnak boʻlib kelayotgan Alisher Navoiyning ijodi barcha siyosat-u rayosatlardan ustun kelib , vaqt atalmish oliy hakamni ham oʻz izmiga boʻysundirganligi , dunyodagi eng oliy moʻjiza – soʻz qudrati va uning goʻzal oʻzbekona ifodasi sifatida umumbashariyat mulkiga aylanganligi rad etib boʻlmas haqiqatlardan hisoblanadi. Shu bois maʻnaviyatning umrboqiy sarchashmalariga doimiy ehtiyoj sezadigan bashariyat farzandlari bugungi kunda ham Navoyning oʻlmas satrlarida tajassum topgan hayotiy hikmatlardan koʻproq bahramand boʻlishga harakat qiladi.
I bob. Navoiy ruboiylarida inversiya
1.1. Navoiy ruboiylarining mavzu va gʻoyalari
Ruboiy dastlab fors-tojik adabiyotida yuksak araqqiyot bosqichiga
koʻtarilgan edi. Fors-tojik adabiyotining bir qator yirik shoirlari bu janrda ilhom va mahorat namunalarini koʻrsatganlar. Abu Abdullo Rudakiy,, Umar Xayyom,, Jaloliddin Rumiylar anashunday san’atkorlardan hisoblanadi. Oʻzbek adabiyotida esa ruboiy birinchi boʻlib ar tomonlama mukammal takomilini Navoiy ijodida koʻrdi. Navoiy ruboiylari son jihatdan ham, sifat eʻtibori bilan ham adabiyotimiz tarixida misli koʻrilmagan ijodiy hodisa boʻldi.
“Alisher Navoiy butun ijodiy faoliyati davomida ruboiy janri bilan yaqindan bogʻlangan san’atkor.”1 Navoy ruboiynavislikda turkiy xalqlar adabiyotidagi anʻanalar bilan bir qatorda fors-tojik ruboychiligining eng yaxshi jihatlarini ham umumlashtirdi va natijada “Ruboiy sohasida oʻzining shoirlik mahoratini toʻla koʻrsatdi va har qanday gʻoyani shu forma ramkasida ajoyib ustalik bilan, yorqin boʻyoqlarda kishini hayratga soladigan darajada taʻsirli qilib bera oldi.”2 Shunday qilib Navoiy ruboiylari nafaqat turkiy balki fors-tojik ruboiychiliging eng yaxshi jihatlarini oʻzida umumlashtirgan hisoblanadi. Alisher Navoiy ruboiylari mavzzulari haqida gapirishdan oldin ruboiy janri xususiyatiga batafsil oʻtalishni maʻqul koʻrdik.
Ruboiy (arabcha - “toʻrtlik”) ikki baytdan iborat mustaqil sheʻr shakl boʻlib , dastlab fors-tojik she’reyatida , Abu Abdulloh Rudakiy ijodida paydo boʻlgan. Turkiy adabiyotda ruboiy janrining dastlabki namunalari Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi. Uning jami 12ta ruboiysi mavjud. Ruboiyning ikki xil turi bor:
Ruboiyi xasiy (erkin ruboiy) qofiyalanishi a a b a shaklidadir.
Ruboiyi musarraʻ yoki ziynatlangan ruboiy, qofiyalanishi a a a a shaklida.
Ammo bunday qofiyalanishdan tashqari a a b b, a b v b shakllaridagi qofiyalanish ham uchraydi. Bunday turni Habibiy va Chustiy ijodida koʻrish mumkin.1 Bu haqida batafsil keyingi rejalarda bayon qilamiz.
Ruboiy muayyan kompozitsiyaga ega boʻlib, unda mumtoz ruboiy talablariga koʻra, 4 unsur mavjud boʻladi. Mazkur misralar toʻrt misrada aytilmoqchi boʻlgan falsafiy , axloqiy yoki didaktik fikrning maʻlum bir yaxlitlikka erishishini taʻminlaydi. Shu maʻnoda toʻrt misrani quyidagi unsurlarga tasniflash mumkin:
Tezis – unda ruboiyda aytimoqchi boʻlgan fikr , boshqacha aytganda ruboiy mavzusi bayon qilingan boʻladi;
Antitezis – bunda birinchi msraga qarama –qarshi fikr aytiladi;
Moddaiy ruboiy- toʻrtinchi misrada aytilmoqchi boʻlgan fikr uchun kʻprik vazifasini oʻtaydi;
Sintez- xulosa.
Lekin bu tuzilish nisbiy boʻlib ruboiyda doimo ishtirok etavermaydi. Boshidagi ikki misra tushib qolib oʻrniga moddaiy ruboiy va sintez qismi ishlatiladi.
Navoiy ruboiy janri nazariyasini oʻzining “Mezon ul-avzon” asarida yoritib beradi: “Ruboiy vaznikim, oni dubaytiy va tarona ham derlar, hazaj bahrining axram va axraidin istigʻroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xushoyanda va vaznedur bagʻoyat raboyanda”.2 “Navoiyshunoslik” kitobidan ham bilishimiz mumkinki, hazaj bahrining axrab shajarasi 12 vaznni, axram shajarasi 12 vaznni oʻz ichiga oladi. Ruboiy ana shu 24 vaznda yaratiladi. Ruboiyning she’rey oʻlchovi bilan bogʻliq muhim xususyati shundaki, boshqa she’rey janrlardan farqli ravishda mazkur shajaralarga mansub 4 vaznda yaratilshi mumkin.
Shakl jihatidan ruboiy janri yuqoridagi belgilardan iborat boʻlib,endi uning mavzu va gʻoyalariga toʻxtalamiz.
“Ruboiy janrining bosh xususiyati shundaki, u koʻp vaqt inson hayotida, ichki kechinmalarida yuz bergan eng tarang va keskin lahzalardagi mulohaza hamda fikrlarni quyma satrlarda gavdalantiradi va nu holatda mundarijaning yetakchiligi yaqqol sezilib koʻrinib turadi. Ruboiy musiqa va qoʻshiqning avj nuqtasini eslatadi.”1 A.Hayitmetov oʻz kitobida Navoiyning bir fikrni isbotlash va inkor qilishdda ham obrazli tasvirlash ham mantiqiy dalillash yoʻlidan borganligini aytadi. Shuning uchun ham baʻzi shoirlar bu janrni falsafiy janr deb ataydilar.
Alisher Navoiy ruboiylarining mazvu va gʻoyalari juda rang-barang, oʻquvchini aslo zeriktirmaydi. “Xazoyin ul-maoniy” da ruboiy janrining oʻziga xos oʻrni borligi aytiladi “Navoiyshunoslik” kitobida.2 Navoiy ruboiylari mavzu koʻlami keng boʻlib ular ijtimoiy , ishqiy , shoir hayotiga doir yaʻni hasbi hol shaklidagi, hijron , orifona ruboiylar, hamd hatto juda kam boʻlsa ham tabiat tasviriga bagʻoshlangan pryzaj shaklidagi ruboiylari mavjuddir. “Xazoyin ul-maoniy” ga kiritilgan eng koʻp uchrovchi mavzuli ruboiy bu – ishqiy mavzudagi, oshiqona ruboiylardir. Undang keyin koʻp uchrovchi ruboylarga rindona va tasavvufiy orifona ruboiylar kirsa, undan keying oʻrinni hijron mavzusidagi ruboiy egallaydi. Nisbatan kamroq uchrovchilari esa axloq-odob , peyzaj ruhidagi ruboiylar kiradi.
Quyida “Xazoyin ul-maoniy”dagi ruboiylarni mavzu jihatdan tasnif qilishga harakat qildik. Lekin mavzularga boʻlshda nisbiylikka tayandik. Chunk Navoiy gʻazallari kabi ruboiylarida ham toʻliq bir mavzuni qamrab olgan holatlar kam uchraydi.
Hamd ruboiylar.
“Gʻaroyib us-sigʻar” devonining 1-, 2-, 3- ruboiylari Alloh hamdiga bagʻishlangan ruboiylar hisoblanadi. Hamd ruboiylar shundangina iborat deb tushunmaslik kerak. Navoiy devon tartib berishda xuddi gʻazallar singari ruboiylarni ham ham shaklan ham mazmunan tartib asosida joylashtirgan. Ruboiylarning boshlanishidagi ruboiylar alif bilan tugaydigan ruboiylardir. Hamd gʻazallar singari ruboiylar ham eng avvalgi oʻrinlardan joy olgan. Zero oʻsha davr adabiy muhitining oʻziga xos qoidalari ham mavjud boʻlgan. Masalan devon sohibi boʻlmoqchi boʻlgan shoir arab alifbisdagi barcha harflar bilan tugaydigan sheʻrlar yozishi kerak boʻlgan. Quyida hamd gʻazalga namuna keltiramiz:
Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yoʻqluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Ham qahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Ham durri inoyating nisor ayla manga.1
Orifona (tasavvufiy) ruboiylar.
Yaxshi bilamizki A.Navoiy tasavvuf shoiri hisoblanadi. Shoirning tamoman irfoniy ruhda yozilgan “Lison ut-tayr” asari ham bizga yaxshi tanish. Uning yirik hajmli didaktik asarlaridan tortib eng kishik janr fardlarida ham tasavvufiy timsol va tushunchalar uchraydi. Uning ilgari surgan gʻoyalari komil inson boʻlshga insonni tarbiyalaydi bu esa bugungi mavzumizni yaʻni odob axloq masalalarini kengroq yoritish uchun asos vazifasini bajaradi. Navoiyning orifon ruboiysiga naʻmuna keltiramiz:
Gar oshiq esang zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yomon ishda taxallufni unut.
Oʻtgan gar yomon taassufni unut,
Kelgan gar yaxshi tasarrufni unut.2
Mazmuni: Agar Allohga oshiq boʻlsang bu dunyo zebidan – boyligidan koʻngil uz, yaxshiy yomon kunda alloh buyrganiga xilof qilma, oʻtgan xafagarchiliklarni koʻnglingda saqlama ginalarni unutib yubor, senga berilgan yaxshi narsalarni senga abadiyga berilgan deb oʻylama, uni oʻzlashtirib olma.
“…soʻfiylar Allohni jon dildan sevish, Uning zoti va sifatlarini tanish va bilish, koʻngilni nafs-u xirs gʻuboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda Iloh vasliga yetishish va undan lazzatlanish gʻoyasini ilgari surdilar.”1 Koʻrinib turidiki tasavvuf vakillari soʻfiylarning gʻoyasi Navoiy ruboiysida oʻz aksini topmoqda. Quyida yana bir ruboysida lirik qahramon zohiddan uni tamugʻ- doʻzax yodi bilan qoʻrqitmaslini soʻraydi chunki Allohning oshigʻi uchun doʻza ham Allohning yodi bilan jannatday tuyuladi.
Qoʻrqutma meni tamugʻdin, ey zohidi yax,
Jannat manga boʻlgʻusi deb urma zanax.
Kim doʻzax aning yodi bila Jannat erur,
Jannat bori senin biladir doʻzax.2
3.Rindona (may taʻrifiga bagʻishlangan) ruboiylar.
Bu turdagi gʻazallar devonda anchagina oʻrinda uchraydi. Yuqorida aytilgan bir fikrni oʻquvchiga eslatmoqchimanki, bu mavzuiy boʻlinish nisbiy hisoblanadi. Biz hozir soʻz yurutayotgan rindona ruboiylardagi may, qadah, soqiy, mugʻbacha, mastlk, oʻzni untish kabi tushubchalar tasavvufiy atama sifatida qoʻllanilgan. Chunki Navoiy buyuk islom shoiri edi. Muqaddas islom dinimizda esa may, mast qiluvchi barcha ichimliklar harom qilingan. Shunga koʻra bunday gʻazallarda uchrovchi tasavvufiy timsol sifatida may- Alloh ishqini, qadah, jom, kosa may , yaʻni Alloh ishqi joylashadigan makon – koʻngilni, soqiy va mugʻbacha esa Alloh ishqini qalbga joylovchi pirning, mastlik bu Alloh ishqidan mast boʻlishni, uning uchun yonib kuyishni anglatadi.
Soqiy, badanimni notavon etti xumor,
Koʻnglimni qadahdek toʻla qon etti xumor.
Har uzvuma yuz ranj ayon etti xumor,
Tutqil qadahki qasdi jon etti xumor.1
4.Oshiqona ruboiylar.
“Navoiyning bir qancha ruboiylari ishqiy mavzudadir. Shor ishqni falsafiy yoʻnalishda taʻrif qilishga , uning mohiyatini chuqur ochishga intiladi vadunyodagi hamma narsadan yuqori qoʻyadi. Bu fikrni u oʻz mahbubini maqtash, ideallashtirish orqali tasdiqlaydi.”2 Hayitmetovning bu fikridan farqli ravishda I.Haqqul quyidagi fikrni olib chiqdi : “Navoiy ishqiy ruboiylarini yzaga kelish sababiyati jihatidan ikkiga ajratish mumkin:
Vasf xarakteridagi ruboiylar;
Kechinmalar bayoni ifodalangan ruboiylar.”3
I.Haqqul fikricha vasf xarakteridagi ruboiylarda mashuqa goʻzalligi , uning maʻnaviy fazilatlari madh etiladi.. Bunday ruboiylarining bir toifasida mashuqaning aniq xususiyatlari aks etadi:
Umring quyoshiga bermasin charx zavol,
Joning qamarini qilmasun charx hilol,
Tun-u kun boʻlgʻil mah ravish, mehr hisol,
Dahr ahligʻa nur baxshu farxunda jamol.4
Navoiyning koʻpgina ruboiylari ishqiy kechinmalarning bevosita bayoni sifatida yuzaga kelgan. Ularda shoir oʻzining ichki, subyektiv holatlarini tabiatdagi biror bir narsa , predmetga yoki insonga murojaat tarzida bayon qiladi. Buni nido san’ati orqali yuzaga chiqaradi.
Ey bodi sabo, aylasang ul sori guzor,
Jon birla koʻngulni topshiray olgʻach bor.
Koʻnglumni oʻtiga tuma qil zinhor,
Jinimni dagʻI ayogʻiga ayla nisor.1
5. Hijron mavzusidagi ruboiylar.
Navoiyning bu turdagi ruboiylairni oshiqona ruboiylar guruhiga kirtmaganimizni sababi bor. Hijron mavzusi deganda faqat yordan ayrilish doʻstlardan, vatandan ayrilish tushunchasi ham yotadi va yuqorida aytilganidek asavvufiy maʻnosi, yaʻni Alloh vaslidan mahrumlik ham tushuniladi.
Har lahza koʻngul gʻamingda mahzun boʻladur,
MahzunlugʻI lahza-lahza afzun boʻladur.
Savdo ong yuz onchaki , Majnun boʻladur,
Yuz muncha desam ham ne ajab chun boʻladur.2
6. peyzaj – tabiat atsviriga bagʻishlangan ruboiylar.
Bu turdagi ruboiylar juda kamchilikni tashlik qiladi. Lekin yorga bagʻishlangan oshiqona yoki boshqa turdagi ruboiylarda bu tasvirdan , yaʻni tabiat tasviridan unumli foydalaniladi. Tamoman peyzaj usulida yozilgan ruboiy “Garoyib us-sigʻar”ning 14-ruboiysi hisoblanadi.
Su koʻzgusini bogʻ aro aylarda shitob,
Siymob qilur erdi, taharruk bila tob.
Day qildi bu simobni andoq koʻzgu
Kim koʻzgu aning qoshida boʻlgʻay siymob .3
7. Ijtimoiy mavzudagi ruboiylar.
Bu janrdagi ruboiylarning ayrimlarida jamiyatdagi adolatsizlik qoralansa, ayrimlarida hukmron sinf vakillarini keskin tanqid qiladi. Chunki Navoiy jamiyatning taraqqiyotga yuz tutishi yoki zavol boʻlishini hukmdorga bogʻlaydi.
Zolimki erur zulmi jafo hosil anga,
Zulm etkali oʻq xotir erur moyil anga,
Boʻlmoq xush emas qilgʻonidin xushdil anga
Oʻz zulmidin – oʻq oʻlgʻusidi qoyil anga.1
8. Odob- axloq mavzusidagi ruboiylar.
Umuman, Navoiy buyuk islom shoiri ekanligini hisobga olsak insonga oliy tarbiya beruvchi, axloq odobning manbasi boʻlmish Qurʻon va hadislardan keltirilgan parchalar yirik asarlaridan tortib kichik hajmli fardlarida ham uchraydi.2 Ruboiylaridagi odob-axloq mvzusini keyingi rejamizning asosini tashkil qilganligi uchun ushbu mavzu haqida keyingi rejada batafsil yoritamiz.
1.2. Shoir ruboiylarida axloq-odob masalalari ifodasi
Asrlar davomida axloq- odob mavzusida qanchadan- qancha kitoblar, hikmatnomalar, ibratli rivoyatlar yaratigan. Qadimgi faylasuflar, donishmandlar axloq- odobga juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori deb ataganlar. Shuning uchun ham jamiyat aʻzosining xulqi-odobiga alohida eʻtibor berilishi bejiz emas. Shu jumladan buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning merosida ham koʻrishimiz mumkin. Alisher Navoiy oʻz ijodiy faoliyatida axloq va odob masalariga alohida eʻtibor beradi. Buni shoir ruboiylari misolda koʻrib chiqamiz.
Gʻurbatda gʻarib shodumon boʻlmas emush,
El anga shafiqu mehribon boʻlmas emush,
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulgʻa tikandek oshiyon boʻlmas emush.1
Ushbu ruboiyda erk tuygʻusi va vatanidan uzoq («gʻurbat»)da boʻlgan kishi, yaʻni «gʻarib»ning holi ifoda etilyapti. Shoir gʻurbatdagi gʻaribning quvnoq boʻlishi, begona elning unga shafqat va mehribonlik koʻrsatishi mumkin emasligini tasvirlaydi. Bu fikrni taʻsirliroq qilish uchun ruboiyning soʻnggi ikki satrida psixologizm asosiga qurilgan goʻzal bir qiyos keltiradi. Chunonchi, bulbulga oltindan qafas yasab, ichida qizil gul koʻkartirib qoʻyilsa ham, unga tikanlar orasidagi oʻz ini oʻrnini bosa olmasligi koʻrsatilgan. Bulbul erkinlikdagina oʻzini bulbul his qiladi. Oltindan boʻlsa-da, qafas baribir qafas. Demak, gʻurbatdagi kishini har qancha ardoqlamasinlar, u shodmon boʻla olmaydi. Bu ruboiy oʻquvchilarni vatanni sevish ruhida tarbiyalaydi.
Kim istasa saltanat saxodir anga shart,
Har vaʻdaki aylasa vafodur anga shart
Kim faqr talab qilsa fanodur anga shart,
Olligʻa nekim kelsa , rizodur anga shart.2
Ushbu ruboiy yuksak axloqiy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi, axlq-odob, insoniylik xislatlari har bir misrasida ufurib turadi. Birinchi misrada agar kimdir saltanat xohlasa, yaʻni mulk egasi boʻlishni istasa bitta shartni bajarishi kerak , bu ham boʻlsa saxovatdir. Har bergan vaʻdasidan ustidan chiqishi yaʻni vadaga vafo qilishi shart qoʻyiladi. 3-misra esa tasavvuf bilan bogʻliq kim faqirlini xohlasa , yaʻni Alloh ishqida bu dunyo neʻmatlaridan oʻzini mahrum qilsa unga fano – yoʻqlik, hamma narsadan umid uzish, nafsini tamoman oʻldirish shart qilib qoʻyiladi va alloh tomonidan unga beʻrilgan har qanday qazoyu qadarga rozi boʻlish talab qilinadi.
Umring quyoshigʻa bermasun charx zavol,
Joning qamarini qilmasun davr hilol.
Tun kun boʻlgʻil mahravishu mehrxisol,
Davr ahligʻa nurbaxshu, farxundajamol.2
Ushbu ruboiyda nafaqat estetik qarashlari aks etgan, balki oʻqiguvchiga xush yoquvchi yaxshi niyatlar ham oʻrin olgan. Buga ruboiyning 1- va 2- misralarida duch kelamiz. Umring quyoshiga charx, yani bu falak hech zavol bermasin, umring uzoq boʻlsin, joningning oyini davr hilo yani yarim oy shaklidek senda nuqson boʻlmasin. Qamar – toʻlin oydek senda kamchilik boʻlmasin. 3- va 4- misaralar esa didaktik gʻoyalarni olgʻa suradi. Tun kun , yaʻni har doim quyosh sifatli – quyoshdek saxovatli , adolatli boʻlgin (chunki quyosh hamma yerga teng nur sochadi), davr ahliga ,zamona odamlariga quyoshdek nur baxsh etuvchi va goʻzal boʻlgin. Ruboiydagi maʻnolar nihoyatda ohoriy, va ruboiyning shakli ham oʻqiguvchi uchun yengil, ravon oʻqiladi.
To dahrdurur, dahr aro sulton boʻlgʻil,
To olam erur olam uza xon boʻlgʻil.
Davron elining jismida ham jon boʻlgʻil,
Ham jonlarigʻa moyayi darmon boʻlgʻil.1
Tangri taoloning butun koinotni yaratishdan maqsadi inson edi, dunyodagi jamiiyki narsala bilan inson imtihon qilinadi, tasavvufda insonni Alloh oʻzini sevdirish uchun yaratdi deb qaraladi.2 Ruboiyning mazmuni shundan iboratki toki dunyo mavjud ekan, kishinidunyo uzra sulton boʻlishga, olam uza xon boʻlishga undaydi, faqat dunyoning hukmdori emas balki sen yashayotgan davrondagi odamlarning jismidagi joni , kerak boʻlsa jonlariga darmon boʻlishga chaqiradi shoir ushbu ruboiy orqali. Koʻryapmizki insonparvarlik shoir she’reyatining bosh mavzularidan biridir.
Ahbob, dengizki, xonu mondan tama uz,
Ne xonu mon , kavnu makondin tama uz,
Ne kavnu makon , jonu jahondin tama uz,
Lekin demangiz muniki, Ondin tama uz.3
“Navoiy qarashlariga koʻra inson uchun umidni yoʻqotish kata yoʻqotishdir. Inchunun yuqoridagi ruboiysida “ey doʻstlar, menga hamma narsadan umidingni uz vo kech deyishingiz mumkin, ammo zinhor Yaratguvchidan umidingni uz demangiz” mazmunida ushbu ruboiyni yozadi. Ushbu ruboiyda “Allohning rahmatida umid uzmang” oyati karimasining mazmuni singdirilgan.”4 Buyuk islom shoirining nafaqat yirik hajmi asarlari shunday kichik ruboiylarida ham muqaddas dinimizning musulmonlarga boʻlgan rahnamoligini aks ettirish orqali insonni toʻgʻri va halol yashashga, oʻzgalarga yordam qoʻlini doimo choʻzishga undaydi. Quyma satrlardagi yuqoridagi fikrlarni berilishi kerak oʻrinlarda fikr isboti uchun Qurʻoni kari va hadislardan irsoli masal san’ati orqali xalqimizning mashhur maqollaridan keltiradi.
II bob: Ruboiynavislikda Navoiyning badiiy mahorati
2.1. Alisher Navoiy ruboiylarida she’rey san’atlarning qoʻllanilishi
Ruboiy shakliy xususiyatlari va ichki qofiyalanishi jihatdan gʻazaldan farq qilib, vazn qoʻllanishi jihatidan soddaroqdir. Alisher Navoiy ruboiylari orasida turli tillarga oid soʻzlar ishtirokida yozilgan sheʻrlar bor. Sheʻrni yaratishdagi bunday usul ijodkorlar orasida «shiru shakar», «shiru shahdu shakar» kabi nomlar bilan atalib kelingan. Mazkur ruboiyda oʻzbek tilida keng qoʻllanilayotgan “aziz” va “umr” kabi soʻzlarining ishlatilishiga balki eʻtibor bermas edik, biroq ularning “umri aziz” shaklidagi birikmasi grammatik nuqtayi nazaridan forscha iborani yasamoqda, shu sababli bu ruboiyda mazkur badiiy usuldan ustalik bilan foydalanganligini anglash mumkin:
Jondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz
Sondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq boʻlmas,
Ondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz .1
Alisher Navoiy ruboiylari orasida qofiyalar toʻrt boʻlakka boʻlingan holda yaratilganlari ham bor. Dastlabki uch boʻlakda bir xil qofiyali soʻzlar keltiriladi. Sheʻrda bunday usul qoʻllanilganda ichki qofiya san’ati hosil boʻladi. Bunga quyidagi ruboiy misol boʻladi:
Koʻz birla qoshing yaxshi, qabogʻing yaxshi,
Yuz birla soʻzing yaxshi, dudogʻing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqogʻing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin-ayogʻing yaxshi.2
Navoiy mazkur sheʻrida tavziʻ san’atidan ham ustalik bilan foydalanib suyuklining “boshdin-ayogʻ” goʻzal qiyofasini mohirlik bilan tasvirlagan.
Alisher Navoiy yorni yanada jozibaliroq tasvirlash maqsadida maʻnaviy san’atlardan mutlaq tashbih san’atidan va uning turlaridan ham keng foydalanadi:
Dedim zaqaning tutub, saqogʻingni oʻpay,
Koʻz qoshingga surtubon qabogʻingni oʻpay,
Guldek yuzung islabon dudogʻingni oʻpay,
Yoʻq, yoʻq, yoʻq, agar desang ayogʻingni oʻpay .1
Alisher Navoiy bu tashbihda -dek qoʻshimchasidan foydalanib tashbihi mutlaq (aniq oʻxshatish) xilini xosil qilmoqda. Baytning maʻnosi: lirik qahramn yorni shunday ardoqlaydiki uni iyagini , koʻzini, qoshini qabogʻini , labini agar xohlasa oyogʻini oʻpishga ham tayyor ekanligini aytadi.
Qachonki oʻxshatish faqat mushabbih va mushabbihun bihdan tashkil topsa bunday usul tashbihi muyaqqad deb ataladi. Tashbihning bu turi Alisher Navoiyning ayrim ruboiylarida ayniqsa, katta mahorat bilan qoʻllangan.
Ruju- arabcha “qaytish” maʻnosini bildirib she’reyatda shorning oldingi misra yoki fikri, qoʻllagan badiiy tasvir vositasidan qaytgandek boʻlib, keying misra yok baytda unga qaraganda kuchliroq ifoda va she’rey san’atni keltirish usulidir. Quyidagi ruboiyda ham tashbih, ham ruju san’ati ishlatiladi:
Ey sharbati laʻling obi hayvondin alaz,
Hayvon suyini qoʻyki, chuchuk jondin alaz.
Ne jondin alaz, ne obi hayvondin alaz,
Kim har neki yoʻq ondin alaz, ondin alaz.2
Baytning mazmuni: Ey labining sharbati tiriklik suvidan ham shirin boʻlgan, tiriklik suvini qoʻyki, shirin jondan shirin, shirin jonni ham, tiriklik suvini ham aytma nimaiki boʻlsa shularning hammasidan shirindir. “Chuchuk jon”- iborasi shirin jon maʻnosida qoʻllanmoqda ammo jon – muqoyasada tiriklik suvi yaʻni “obi hayvon”dan ortiqroq ekanligi aytilmoqda. Lekin shoir qilinayotgan muqoyasalar suyuqlik yaʻni “lab sharbati” atrofida borayotganligi uchun jonni “chuchuk” deb ataydi. “Chuchuk” suvga nisbatan qoʻllaniladigan sifat yaʻni ichsa boʻladigan suv, keyinchalik bu soʻz “shirin suv” deb qoʻllab kelingan. Yuqoridagi maqoladan olingan san’atlar shunday tanlab olinganki xatto ularni boshqa tillarda ham yuzaga chiqarish mumkin1
Kitobat – ushbu san’at arab alifbosi harflari shaklidan lirik va epik timsollar chizishda foydalanishni nazarda tutadi.2 Navoiy ruboiylarida uning goʻzal namunalari uchraydi:
Jonimdagi “jim” ikki dolingʻa fido,
Andin soʻng “alif” toza niholingʻa fido,
“Nun”I dagʻi anbari hilolingʻa fido,
Qolgʻan ikki nuqta ikki holingʻa fido.
Ruboiyning tahlilida jon soʻzining arab tilidagi yozilishi nazarda tutilmoqda,ikkinchi misrada esa alifning shakily tuzilishi “I” jon soʻzi oʻrtasida keluvchi bu harf yorning niholdek tik qomatiga ishora qilmoqda. Nun harfining shali yangi chiqqan oyga oʻxshashi 3-misrada aytilib oʻtiladi. “jim” va “nun” harflaridagi nuqtalarni esa shor yorning xoliga oʻxshatmoqda.
Bundan tashqari shoir ruboiylarida koʻplab lafziy va manaviy san’atlarni uchratish mumkin.3 Shoir ruboiylari ichida rindona ruhda yozilgam bir necha ruboiylar “Soqiyo” deya boshlanadi. Bu esa nido san’atini yuzaga keltirgan.
Jonbaxsh labing chashmayi hayvonu emas?!
Hajridin aning ichim toʻla qonmu emas?!
Har qatrayi qon lali Badaxshonmi emas?!
Har porayi lali javhari jonmu emas?!1
Ushbu ruboiyda bilib bilmaslikka olish – tajohil ul-orif san’ati, Badaxshon joy nomi bilan talmeh san’ati, yor lalini Badaxshonning qizil laliga oxshatish orqali tashbih san’ati, hajringda ichim toʻla qon deyish orqali mubolagʻa san’atlari qoʻllanilgan.
2.2. Shoir ruboiylari vaznlari va boshqa turli badiiy vositalar
Yuqorida aytilganidek ruboiy aruz vaznida yaratilaladi. Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” da ulardan 20tasini yaʻni bahrlarini koʻrsatadi.1 Bu vaznlarning 9 tasi axrab, 11tasi axramshajarasiga mansubdir . Oʻzbek ruboiyotida axrab guruhidagi vaznlar yetakchilik qiladi.
Noʻsh aylar emish qadahni jonona toʻla,
Soqiy , manga tut, jomi xarifona toʻla .
Quy, gar xud erur sipehr paymona toʻla,
Har nechaki, xoli etsam, et yona toʻla.2
A.Navoiyning mazkur ruboiysi hazaji musammani axrabi makfufi ajabb vaznida (maʻfuvlu, mafoilun, mafolu, faul) yozilgan. Navoiyning mashhur “Gʻurbatda gʻarib shodumon boʻlmas emish…” va boshqa koʻrkam ruboylari shu vaznda yaratilgan.
Ruboiyda vazn qoʻllanishining yana bir oʻziga xosligi shundaki u boshqa lirik shakldagi sheʻrlardan farqli oʻlaroq, undagi har bir misra alohida – alohida vaznda yozilishi ham mumkin.
Ruboiyning qofiyalanishi ikkiga boʻlinishini yuqorida aytib oʻtgan edik.
Taronayi ruboiy, a a a a shaklida:
Dedim zaqaning tutub, saqogʻingni oʻpay,
Koʻz qoshingga surtubon qabogʻingni oʻpay,
Guldek yuzung islabon dudogʻingni oʻpay,
Yoʻq, yoʻq, yoʻq, agar desang ayogʻingni oʻpay .3
Oddiy ruboiy, a a b a shaklida:
Qoʻrqutma meni tamugʻdin, ey zohidi yax,
Jannat manga boʻlgʻusi deb urma zanax.
Kim doʻzax aning yodi bila Jannat erur,
Jannat bori senin biladir doʻzax.1
“Gʻaroyib us-sigʻar” devoniga kiritigan 133 ta ruboiydan 116 tasi taronayi ruboiy hisoblanadi.2 Bilmizki qofiya yana oʻz ichida ikki turga boʻlinadi.
muqayyad qofiya; bunda qofiyalanuvchi soʻzlarning barchasi tirgak tovush – raviy bilan yakunlanadi. Bnga misol qilib mashhur “Gʻurbatda gʻarib shodumon boʻlmas emish… “ ruboiysi misol boʻladi.
Mutlaq qofiya; bu tarzda qofiyalanuvchi sheʻrlarda raviydan keyin yana qoʻshimcha harflar – qoʻshimchalar kelishi kuzatiladi:
Til soʻz bila qizitti hangomamni,
Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni,
Har necha itikrak ayladim xomamni.
Ul xoma qaroroq ayladi nomamni.3
Navoiyning ruboiylarini shakl jihatda tahlil qilar ekanmz juda xilma- xillikka duch kelamiz. Hatto gʻazallarda uchrovchi taxallus qoʻllash holati “Gʻaryib us-sigʻar” ga kiritilgan ruboiylarda ham uchraydi.
“ Shu asarlari ichida muallif bittasida taxallus qoʻllaydi:
Olam bore mish, Navoiyo, shoʻrangiz,
Olamdagi el boshtin-ayogʻ rangomiz.
Ishq istar emish seni adam Msri sari,
Borligʻki el tilagan yerda aziz.”1
Devonning 45-ruboiysi boʻlish ushbu sheʻrda taxallus sheʻr boshida qoʻllaniladi, yaʻni 1-misrasida. Bu jihati boshqa hech qaysi sheʻrda uchramaydigan holat hisoblanadi.
Devonga kiritilgan 133ta ruboiydan koʻpchiligida radif qoʻllangan, bu shoirning ruboiynavislikdagi ulkan mahoratidan darak beradi. Radif arabcha “ketma-ket keluvchi” degan maʻnoni anglatadi. Bayt yoki misra oxirida takrorlanib keladi. Radiflar bir yoki bir nechta soʻzdan iborat boʻladi. Navoiy ijodida bir soʻzli, 2 soʻzli, hatto faqat qofiya 3- alohida misra va faqat radifdan iborat ruboiy ham uchraydi
Bir soʻzli radifga misol:
Noʻsh aylar emish qadahni jonona toʻla,
Soqiy , manga tut, jomi xarifona toʻla .
Quy, gar xud erur sipehr paymona toʻla,
Har nechaki, xoli etsam, et yona toʻla.
Bir nechta soʻzlardan iborat radifga misol:
Jondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak andin ortiq boʻlmas,
Ondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.
Navoiyning hayotsevarlik ulugʻlangan ushbu ruboiysida 1,2,4- misralarda 3ta qofiya jondin, ondin, sondin soʻzlaridan keyin kelgan barcha qism radif hisoblanadi.
Xulosa
Ushbu kurs ishi mavzusini atrolicha yoritishga harakat qildik . Navoy ijodining eng barakali janrlaridan hisoblanmish ruboiylarda axloq odob masalalari ifodasiga toʻxtalish, ularni batafsil yoritish kurs ishimizning oldiga qoʻygan maqsadlaridan biri edi. Bu mavuga alohida toʻxtalishning yana bir masʻuliyatli jihati borki bu bugungi axborot asrining talabidir. Oʻsib kelayotgan yosh avlod, oq bilan qorani tushunmaydigan murgʻak bolalarni Navoiy taʻlimotiga koʻra komil inson darajasiga koʻtarish adabiyotshunoslarning oldidagi eng masʻuliyatli vazifadir. Sir emaski ruboiy janri falsafiy janr deb ham yurutiladi. Aynan shu janrdagi axloq odob masalalari oʻquvchi ongiga samaraliroq qilib yetkazib berishni aʻminlaydi
Ishimizda faqat axloq –odob masalalariga batafsil toʻxtalmasdan “Gʻaryib us-sigʻar” devonidagi barcha ruboiylarni mavzusini oʻrganib chiqishga harakat qildik va bu kurs ishida imkon qadar yoritildi.
Xususan birinchi bobga ikkita reja asosida toʻxtalib, mavzu atroflicha yoritildi. Ikkinchi bobning birinchi rejasida umumiy ruboilarning mavzusiga koʻra 8 a turga tasnif qilindi va har bir mavzudagi ruboiy misollar bilan sharhlandi. Ikkinchi rejada esa axloq-odob mavzusidagi ruboiylar keltirilib sharhlandi. Bunda fodalanilgan adabiyotlar manbasi bilan koʻrsatildi.
Ikkinchi bobda Navoiyning ruboiynavislikdagi badiiy mahorati aks etadi. Xususan ushbu bobning birinchi rejasida ruboiylarda uchovchi ayri she’rey san’atlarga misollar keltiriladi. Qoʻanilgan san’atlarning qisqacha izohi ham shu rejada aks etadi. Ikkinchi rejada esa ruboiylarning yoziladigan vaznlari va baʻzi badiiy vositalar: qofiya , radif kabilarga alohida toʻxtalib ularning ruboiydagi oʻrnining ahamiyati koʻrsatiladi. Yuqoridagilarni yoritishda odin yozilgan adabiyotlar, ilmiy maqolalarga suyanildi.
Yana shuni ham aytib oʻtish kerakki, ruboylarning mavzusi va gʻoyasiga toʻxtalmasdan uning shakily jihatlarini ham qalamga oldik. Misol uchun unda uchrovchi she’rey san’atlar, qofiyasi va radifini oʻrganib chiqib ayrim ruboiylarning vaznini ham adabiyotlardan foydalanib koʻrsatib oʻtdik.
Umumlashtiruvchi fikr sifatida oldimizga qoʻygan maqsadimizga erishdik deb oʻylaymiz. Navoiy she’reyatining ruboiy janri ham xuddi gʻazal singari turfa mavzu va shakllarni, bir birini takrorlamaydigan ohoriy satrlarni oʻz ichiga oladi. I.Haqul, A.Hayitmetov va boshqa adabiyotshunoslar bu falsafiy janrni Navoiy ijodidagi oʻrnini oʻrganib kitoblar, maqolalar, yozganlar. Shunday adabiy manbalardan foydalangan holda biz ham imkon qadar qoʻshimcha yangilklar qilishga urundik.
Umid qilamizki oʻqiguvchida ijobiy taassurot qoldiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
Karimov I.A. “Yuksak maʻnaviyat – yengilmas kuch” . Toshkent:“Maʻnaviyat” 2010-yil
2.“Adabiy turlar va janrlar” 2-jild. Toshkent:“Fan” 1992-yil
3. Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon”.MAT. 20 jildlik. Toshkent : “Fan”, 2001. T . 16
4.A. Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” 1-devon. Toshkent: “Tamaddun”, 2011-yil
5. Davlatov O. “ Alisher Navoiy she’reyatida Qurʻon oyatlari va hadislarning badiiy talqini” dissertatsiya. Samarqand -2017
6. Eshmonov Gʻ. “Ruboyda taxallus qoʻllash anʻansi”,” Oʻzbek ili va adabiyoti” jurnali. 1996-yil, 6-son
7.Haqqulov I. “Oʻzbek adabiyotida ruboiy”.Toshkent:“Fan” , 1981-yil
8.Hayitmetov A. “Navoiy lirikasi” . Toshkent:“Oʻzbekiston”, 2015-yil
9. Hojiahmedov A. She’rey san’atlar va mumtoz qofiya” .Toshkent: “Sharq”, 1998-yil
10. Komilov N. “Tasavvuf”. Toshkent: “Movarounnahr”-“Oʻbekiston”,2009-yil
11. Sirojiddinov Sh., Odilova G. “Navoiy ruboiylari tahlili” , 2013-yil
12. Sirojiddinov Sh. va boshqalar “Navoiyshunoslik”. Toshkent:“Tamaddun”, 2018-yil
13.Tilavov A. “A.Navoiy hikmatlari” (Ushbu maqola xorijda oʻtkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda qilngan maruza matni asosida tayyorlangan) “Ibratli hikoyatlar va hislatli hikmatlar”kitobi. Toshkent : “Sano standart”,2016-yil
14. www. Kh- davron.uz
15. www. Natlib.uz
16 www.ziyo.uz
17. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |