Нажмите, чтобы узнать подробности



Download 11,13 Kb.
Sana15.07.2021
Hajmi11,13 Kb.
#119558
Bog'liq
mevalar


Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu dars ishlanma "Mevalar" mavzusini o'qitishda foydalanish mumkin.

Просмотр содержимого документа

«Mevalar mavzusida dars ishlanma»

O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

Uchqo’rg’on tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli

39-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining Biologiya fani o’qituvchisi MAMADJANOVA NODIRA ABDULXAYEVNAning

6-sinf uchun tayyorlagan ochiq dars ishlanmasi

Uchqo’rg’on tumani

MAVZU: MEVALAR

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarni gul o’rnida meva hosil bo’lishi, chin va soxta meva, quruq va ho’l meva xillari bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarninggullio’simliklarning organlari haqidagi bilimlari, tabiiy obyektlar bilan ishlash, ularni taqqoslash va darslik bilan ishlash ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.

Darsning jihozi: O’simlik gerbariylari, mevalar jamlanmasi, urug’lar to’plami, mevalar xilma-xilligi jadvali.

Darsning usuli: Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi, “Aqliy hujum” metodi, jadvallar bilan ishlash.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.

Darsning shiori:

“Ilm – xotirani kuchaytiradi,

jaholat – aqlni kichraytiradi.”

Darsning ma’naviyat daqiqasida o’quvchilarga turli fanlardan savollar beriladi va javoblarning bosh harfi asosida “SALOMATLIK” so’zini keltirib chiqaramiz.

Vaqtning o’lchov birligi (xbs)

Yerning havo qobig’i?

Zamburug’ va suvo’tini simbioz yashashidan kelib chiqqan organizm?

Shaxs, joyning nomini bildirib, kim, nima, qayer so’rog’iga javob bo’luvchi mustaqil so’z turkumi?

Fanlar shoxi?

Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi?

Ayyor hayvon?

Kutubxonaning inglizcha nomi?

Rim qayerning poytaxti?

Dunyodagi eng mitti qush?

Sekund


Atmosfera

Lishaynik

Ot

Matematika



Avesto

Tulki


Library

Italiya


Kalibri

O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilar olgan bilimlarini tekshirish uchun sinf o’quvchilarini qatorlar bo’yicha guruhlarga bo’lib olinadi. Guruhlarga ijodiy va mustaqil fikrlashni tarkib toptirish uchun savollar beriladi.

1-guruh: Gulli o’simliklarning urug’idan ko’payishning vegetativ ko’payishga nisbatan qanday afzalliklari bor deb, o’ylaysiz?

2-guruh: Nima sababdan bog’ va ekinlar ekilgan maydonlarga aslariuyalarini qo’yish lozim deb o’ylaysiz?

3-guruh: Nima uchun urug’dan unib chiqqan o’simlik vegetativ yo’l bilan ko’paytirilgan o’simlikka nisbatan tashqi muhitning noqulay sharoitiga chidamli bo’ladi? Javoblaringizni asoslang.

Yangi mavzu bayoni.

O’quvchilarga gerbariylar, mevalar to’plami, mevalar rasmlari asosida yangi mavzuni tushuntiriladi.

Gulli (yopiqurug’li) o’simliklarda urug’lanishdan keyin meva hosil bo’ladi. Meva asosan urug’chi tugunchasidan hosil bo’ladi.Mevalar asosan ikki xil bo’ladi:

Agar u tugunchaning o’zidan hosil bo’lsa chin meva (o’rik, olcha, shaftoli, olxo’ri, gilos) deyiladi.

Agar mevaning shakllanishida tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ham ishtirok etsa ,bunday mevalar soxta meva deyiladi.

Meva, birinchidan, urug’ pishib yetulguncha uni tashqi ta’sirdan himoyalab turadi. Ikkinchidan urug’ning tarqalishiga yordam beradi. Meva asosan uch qismdan:

Ustki qism – po’st,

O’rta qism – meva eti;

Ichki qism – magizdan tashkil topgan.

M evalarning oraliq qismi seret va qalin bo’lsa, bunday mevalar ho’l mevalar deyiladi. Agar oraliq qismi yupqa, etsiz, quruq bo’lsa, bunday mevalar quruq meva deyiladi.Masalan ,no’xat, mosh, loviya, bodom, yong’oq, xandonpista.

Ho’l mevalar orasida rezavor mevalar juda ko’p. Ularga shirinligi bilan ajralib turadigan yuzlab uzum navlari, pomidor, qoraqat, ituzum kabilar kiradi.

Q ovoq, tarvuz, qovun, handalak, tomoshaqovoq va bodringning eti rezavor mevalarnikiga qaraganda qalin va usti qattiq po’st bilan o’ralgan. Shuning uchun ular qovoq mevalarga kiradi. Quruq mevalar chatnaydigan va chatnamaydiganlarga bo’linadi. Chatnamaydiganlarga donlar kiradi. Don mevali o’simliklarga bug’doy, arpa, suli, makkajo’xori kabilar misol bo’ladi.

Chatnaydigan mevalarga qo’zoq, qo’zoqcha, dukkaklar, ko’saklar kiradi.Bularning urug’I pishgach, chokidan ochiladi. Masalan mosh, loviya, turp, rediska, jag-jag va boshqalar. Ko’sak mevalar birnechta mevabargdan tashkil topgan. Urug’ pishgandan keyin chokidan ochiladi.

G’o’za, lola, bangidevona, chuchmoma va boychechakning mevasi ko’sak mevaga kiradi. No’xat, mosh, loviya, burchoq va oqakatsiya dukkak mevali o’simliklardir. Dukkak chetlari bir-biriga qo’shilib ketgan mevabargchalardan iborat. Meva yetilgan vaqtda ikkipallaga ajraladi.Har bir pallaga ichki tomondan urug’lar yopishib turadi.Pallalar orasida to’siq bo’lmaydi.

K aram, qurttana, rediska, turp kabi o’simliklarning mevasi dukkakka o’xshasada, lekin orasida to’sig’i borligi bilan ulardan farq qiladi. Bunday mevalar qo’zoq va qo’zoqcha deyiladi.

Ayrim manzarali daraxtlarning mevasi qanotchali bo’ladi.Shuning uchun ular qanotchali meva deyiladi. Ayniqsa bahorda terakning urug’chi tuplari mevasi pishgan vaqtda undan ajralib chiqqan paxta bilan o’ralgandek tuyuladi va uchib yuradi. Aslida esa bir tutam tuklari yordamida mevasi uchib yuradi. Bunday mevalar uchma meva deyiladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarga topshiriqlar beriladi. Doskadagi oq qog’ozga navbatlashib jadval to’ldirib yozishadi.

1-guruh: Chin va soxta mevali o’simlik nomlarini yozish.

Chin mevali o’simliklar

Soxta mevali o’simliklar

2-guruh: Ho’l mevali o’simliklarni yozish.

Ho’l mevalar

Danakli meva

Rezavor meva

Olma meva

Qovoq meva

3-guruh: Chatnaydigan quruq mevali o’simliklar nomlarini yozish.

Chatnaydigan quruq mevalar

Qo’zoqcha

Qo’zoqmeva

Dukkakmeva

Ko’sakmeva

Darsning yakuni.

O’quvchilar rag’bat ballari yordamida baholanadi. Eng ko’p ball to’plagan o’quvchi darsning g’olibi hisoblanadi. Ballar kundalik daftarlariga ham qo’yiladi. So’ngra uyga vazifa beriladi; Mavzuni o’qib, o’tilganlar yuzasidan tavsiyalar tayyorlab kelish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

I. A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” 2008 yil

I. A. Karimov “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajigi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir”Toshkent “O’zbekiston” 2015 yil.

6-sinf darsligi, O’. Pratov, A. To’xtayev, F. Azimova. Toshkent

“O’zbekiston” nashriyoti. 2013 yil.

Biologiya. M.M. Abdulxayeva, N.S. Yusupova, D.S. Abdulxayeva. Toshkent “Iqtisod Moliya” nashriyoti. 2012-yil.

O’qituvchilarga metodik qo’llanma.

Uy – ro’zg’or ensiklopediyasi.

Ziyonet, ta’lim.uz, uz.edu.uz saytlari.



Получите в подарок сайт учителя

Биология 6 класс.
Download 11,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish