Nabiy sollallohu alayhi va sallamning tavallud topgan sanalarining ayrim tafsilotlari borasida tarixchi va siyratchi olimlar o‘rtasida turlicha fikrlar yuzaga kelgan



Download 18,03 Kb.
Sana09.03.2022
Hajmi18,03 Kb.
#487400
Bog'liq
Nabiy sollallohu alayhi va sallamning tavallud topgan sanalarining ayrim tafsilotlari borasida tarixchi va siyratchi olimlar o


Nabiy sollallohu alayhi va sallamning tavallud topgan sanalarining ayrim tafsilotlari borasida tarixchi va siyratchi olimlar o‘rtasida turlicha fikrlar yuzaga kelgan. Ba’zilar, U zotni o‘ninchi rabiy’ulavvalda tug‘ilganlar desa, boshqalar to‘qqizinchi rabiy’ulavvalda deydi, sakkizda deydiganlar ham bor, ikkinchi Rabiy’ulavvalda tug‘ilganlar degan so‘zlar ham uchraydi. Shuningdek, o‘n yettinchi rabiy’ulavvalda tug‘ilganlar deganlar ham bor. Tug‘ilgan oylari haqida Rabiy’ul avvalda tug‘ilganlar, Ramazon oyida tug‘ilganlar va Safar oyida tug‘ilganlar degan rivoyatlar bor. Lekin, siyrat va tarix olimlarining aksariyati va jumhuri Ul zotni Rabiy’ulavval oyining o‘n ikkinchisida, dushanba kuni tug‘ilganlarini aytadilar. Nabiy alayhissalom tug‘ilgan sanalarining (sana deganda uning lug‘aviy ma’nosi bo‘lmish «yil»ni nazarda tutmayapmiz) tafsiloti borasida bunday ixtilof vujudga kelishi tabiiy hamdir. Chunki, Ul zot sollallohu alayhi va sallam tug‘ilgan vaqtlarida o‘sha paytda yashab turgan odamlar bu inson kelajakda tarix sahifalariga oltin harflar bilan yoziladigan buyuk ishlarni qilishi, balki, o‘z qo‘llari bilan tarix yo‘nalishini o‘zgartirib yuborishini bilmaganlar. Binobarin, u zotning tug‘ilgan kunlari, va u aslida tunmidi, kunduzmidi, qaysi oy edi, oyning aynan qaysi kuni edi, milodiy bo‘yicha aynan qaysi yil edi, 570-yilmidi, 571-yilmidi, degan kuchli e’tibor bilan yozib qo‘ymaganlar. Balki, hamma tug‘ilgan go‘daklar singari oddiy qaraganlar. Ammo, keyinchalik, Nabiy sollallohu alayhi va sallamga nubuvvat toji kiydirilib, oddiy bir insonning qo‘lidan kelishi amri mahol bo‘lgan buyuk ishlarni amalga oshirgach, odamlar U zotning tavallud sanasi borasida o‘z xotiralarida saqlanib qolgan ma’lumotlarni qayta yodga olib, eslarida qolgan va eshitgan narsalari bo‘yicha ma’lumotlar yozganlar. Yuqoridagi ayrim farqlilik shundan kelib chiqqan. Ammo, muarrix va siyar ulamolari ikki narsada ittifoq qilganlar. U ham bo‘lsa, Nabiy alayhissalomning tug‘ilgan yillari hamda tug‘ilgan kunlaridir. Tug‘ilgan yillari deganimizda Abraha al-Ashram al-Habashiy Ka’bai muazzamani vayron qilish uchun bahaybat filni oldiga solib, Makkaga qo‘shin tortib kelgan yil ya’ni fil yili nazarda tutilmoqda. Tug‘ilgan kunlari deganda haftaning dushanba kuni nazarda tutilgan. Ba’zi sahih sanadli hadislarda Nabiy alayhissalomning o‘zlari dushanba kuni tug‘ilganlarini ochiq aytganlar. Jumladan, Abu Qatoda al-Ansoriy raziyallohu anhudan rivoyat qilib keltirilgan hadisda shunday deyiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan dushanba kunining (nafl) ro‘zasi haqida so‘rashdi. Ul zot dedilar: «bu — Men tug‘ilgan kun va(payg‘ambar sifatida) yuborilganim kun yoxud menga (vahiy) tushirilgan kun» (Imom Muslim rivoyati. Hadis tartibi: 1162).
Fil yili esa 571 (yoki 570) milodiy yilga to‘g‘ri keladi. Mana shu ma’lumotlar ya’ni fil yili deb atalgan yilda va haftaning dushanba kunida tug‘ilganliklari ulamolar ittifoq qilgan narsadir. Yil va hafta kunidagi mazkur miqdorga xilof kelgan rivoyatlarning barchasi, aql ham, naql ham qabul qilmaydigan darajada mantiqsiz va sanad jihatidan ham sahih hisoblanmaydigan rivoyatlardir. Ko‘plab musulmon va Yevropa sharqshunoslari olib borgan zamonaviy tadqiqotlari ham fil yili 571 (yoxud 570) yilga to‘g‘ri kelganligini ko‘rsatadi.
Nabiy alayhissalomning tug‘ilgan kunlari ya’ni oyning qaysi kuni ekanligi borasidagi qaysidir ma’noda quvvatli hisoblanuvchi yana bir so‘z bu rabiy’ulavval oyining to‘qqizinchi kuni, dushanba kuni tug‘ilganliklari haqidagi rivoyatdir. Bu esa 571 milodiy yil, aprel oyining yigirmanchisiga to‘g‘ri keladi. Zamondosh siyrat yozuvchilaridan Professor Muhammad Xuzariy (r.h.) va Safiyyu-r-Rahmon Muborakfuriy ushbu fikrga moyil bo‘lganlar. Muhammad Xuzariyning yozishicha, misrlik mashhur falakiyotchi olim Mahmud Posho (vafoti: 1885m) o‘tkazgan tadqiqot Payg‘ambarimizning tavallud kunlari Rabiy’ulavval oyining to‘qqizinchi kuni, dushanba tongida bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu esa 571 milodiy yil, niyson (nayson) ya’ni aprel oyining yigirmanchisiga to‘g‘ri keladi (Qarang: Nurul yaqin: 9 bet).
Ammo, Nabiy alayhissalomning tug‘ilgan kunlari haqidagi turli rivoyatlarning eng rojihi va jumhur ulamolar ilgari suradigan fikr bu Ul zot sollallohu alayhi va sallamning 571 milodiy yilga to‘g‘ri keluvchi fil yili, rabiy’ulavval oyining 12-sida, dushanba kuni tug‘ilganliklaridir. Mana shu masalamizdagi eng kuchli qavl hisoblanadi. Ibn Abu Shaybaning «musannaf»ida Jobir va Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumolardan rivoyat qilingan quyidagi xabar ham shu fikrni tasdiqlaydi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam fil yilida, dushanba kunida, Rabiy’ul avvalning o‘n ikkinchisida tug‘ilganlar, shu kunda payg‘ambar qilib yuborilganlar, shu kunda me’rojga ko‘tarilganlar, shu kunda (madinaga) ko‘chish qilganlar va shu kunda vafot topganlar».
Ba’zi tadqiqotchilar ayrim matematik algoritmlar orqali ushbu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydigan qo‘shimcha ma’lumotlarni keltiradilar. Ularning biri quyidagicha. Nabiy alayhissalom milodiy 571 yilda tug‘ilganlar va bu sanaga Qur’oni karim suralarining tartibida bilvosita va zimniy ishora mavjud. 571 raqami matematikada tub son (prime number) hisoblanadi. Albatta, Qur’oni karimda 571 raqamli sura yo‘q. Lekin, ushbu raqamni o‘zida saqlaydigan raqamga ishora bor. U ham bo‘lsa 105 sonidir. Nima uchun 105? Chunki, 105 soni 571 raqamining tub sonlar ro‘yxatidagi tartib raqamidir. Nabiy alayhissalomning tug‘ilgan yili bo‘lmish fil yilidagi voqealaraga ishora qiluvchi fil surasining Qur’oni karimdagi tartibi ham 105 dir. Nabiy alayhissalomning payg‘ambarlik davrlarini o‘z ichiga oluvchi yana bir son bor, u ham bo‘lsa 23 dir. 23 ham tub son va uning tub sonlar ro‘yxatidagi tartibi 9 dir. Ajablanarlisi shundaki, 105 ga 9 ni qo‘shsa, Qur’on suralarining umumiy soni 114 kelib chiqadi.
Download 18,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish