Fonetika – grekcha phone-tovush, tika-quti-tovushlar qutisi, yoki fonologiya tovush haqidagi bilim demakdir.
Fonetika tilning tovushlar tizimi, ularning tuzilishi, nutq apparati, bo’g’in va uning turlari, so’zda tovushlarning almashinishi, shuningdek, urg’u va uning ishlatilishi va o’zgarishni, shuningdek, urg’u va uning ishlatilish o’rinlarini o’rgatadi.
Qisqa qilib, inson nutqi tovushlarini ilmiy va amaliy jihatdan o’rgatadigan tilshunoslikning bir bo’limiga fonetika deyiladi.
XX asrning 20-30 yillarigacha tilning tovush sistemasi, urg’u, bo’g’in va intonatsion xususiyatlari, asosan, fonetikada o’rganilar edi. Keyinchalik fonetika bilan fonologiya fani farqlana boshlandi. Fonetika, fonologiya bilan tilning material yomoddiy)-ifoda rejasini o’rganish borasida umumiylik tashkil qiladi. Lekin ular tilning fonetik birliklari-tovushlar, urg’u va ohangni qaysi jihatdan o’rganish bilan bir-biridan farq qiladi. Fonetikada tovushlarning bioasosi-akustik-artikulyatsion xususiyatlari, urg’u va ohangning moddiy yofizik) belgilari yomiqdori, kuchi) tovush o’zgarishlari o’rganilsa, fonologiyada tovush, urg’u va ohangning ijtimoiy vazifasi-ma’no farqlash xususiyati o’rganiladi. SHuning uchun fonetik xodisalarning miqdoriy ko’rsatkichlar bilan asbob-uskunalar vositasida o’rganish va ko’rsatish mumkin. Fonologik hodisalar va xususiyatlar esa til sistemasi ichidagi elementlarni o’zaro qiyoslash asosida ochiladi. Bunday qiyoslash fonologik ziddiyat yooppozittsiya) orqali amalga oshadi. Masalan, biz va chiz so’zlaridagi ma’no b va ch fonemalari vositasida faarqlanadi. Har bir fonemaning fonologik sistemada o’z o’rni va vazifasi bor.
N.S.Trubetskoy fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o’rganadi. Siesiy iqtisod fani mahsulotshunoslikka yotavaravedenie) qanday munosabatda bo’lsa, fonologiya ham fonetikaga shunday munosabatda bo’ladi, deb yozgan edi. Bu jihatdan qaraydigan bo’lsak fonetika aniq, fonologiya mavhum tushuncha ekanligi ko’rinadi. Fonetik birliklarga tovush, bo’g’un, urg’u, intonatsiya kiradi. Fonologik birliklarga fonema, sillabema, aktsentema, intonema yoprosodeia) kiradi.
Sillabema grekcha bo’g’unga teng demak. Fonologik birlik sifatida baholonuvchi bo’g’in ayrim tillarda muhim ahamiyatga ega. Masalan: Xitoy tilida «shi» bo’g’in-so’zi, ya’ni sillabemasi ogahngning turlari darajada bo’lishiga ko’ra «she’rlar», «o’n», «tarix», «bozor»kabi tushunchalarni ifodalashi mumkin.
Aktsentema lotincha-urg’u. Bo’g’indagi urg’uning kuchli-kuchsizligiga qarab ma’no ajratish. Masalan: atlasyomato) -atlasyokichik xarita) olmayoot) -olmayofe’l) kabi.
Intonema yoprosodema) lotincha: baland tovush bilan talaffuz etish.Nutqning sintaktik ma’nolarini va hissiy bueqlarni ifodalashi uchun xizmat qiliuvchi ritmik melodie hodisa. Intonema fonostilistikada muhim rol o’ynaydi.
Hullas, fonologiya fonetikadan tovushlarni fizik dalil sifatidagina emas, balki nutqda morfemalar va bo’g’inlarning bo’lagi tarzida ular bajaradigan vazifasini o’rganishi bilan fonetika deb ham yuritiladi.
Tilshunoslik tarixida N.S.Trubetskoy, E.D.Polivanov, V.V.Reshetov, A.Abduazizov, H.Ne’matov kabilar fonologiya fani bo’lsalar, fonetik vositalar va ularning amaliy talqinini SH.SHoabdurahmonov, M.Mirtojiev, A.Mahmudov, S.Otamirzaeva va boshqalar amalga oshirdilar.
Fonetika tabiy fanlardan fizika, fiziologiya bilan yaqin aloqada.Lekin fonetika tor doirada inson tovushini o’rganadi. Fonetikaning bo’g’un, urg’u bilan shug’illanuvchi tarmoqlari badiiy adabiet bilan aloqadordir. SHe’rning vazn va turlari tilning fonetik imkoniyatlari doirasida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |