Mustaqil ish Tayyorlovchi : Jumayev. A



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi5,08 Mb.
#277674
Bog'liq
Qang , Davon, Kushon davlat tizimi (1)



Mustaqil ish

Tayyorlovchi : Jumayev. A

Qabul qiluvchi: Xasanov. M

Fan: O'zbekiston davlatchiligi tarixi

Mavzu : Qang , Davon, Kushon davlat tizimi



Mavzu: Qang , Davon , Kushon davlat tizimi va boshqaruv tartiblar

Reja:


1 Qang, Davon, Kushon davlatlari boshqaruv tartiblari

2 o'zaro aloqalari

3 hududi

Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib

borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang‘ davlati paydo bo‘ldi.

Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko‘chmanchi qabilalar bilan kurashlar

natijasida Qang‘ davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O‘rta

Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini

Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning

boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg‘ona

vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan shimoli-g‘arbda Sarisu

daryosi, g‘arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas

vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olib Qang‘

davlatining asosiy yerlari hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va

Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni va Xorazmni o‘zlariga bo‘ysundiradilar.

Qadimgi manbalarda Qang‘ davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq

ma’lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir

marta Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi

eslatib o‘tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Qang‘ davlati

kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi

qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha

muhim masalalar maslahat bilan hal qilingan.

Qang‘ davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo‘linib ularning har birini

alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy

manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang‘ hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga

tayanib idora etgan. Bu viloyatlarning ko‘pchiligi Qang‘ davlatining kuchaygan

davrlarida, ya’ni, mil.avv. II-I asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang‘arlarga

qarashli beshta: Susye, Fumu, Yuni, Gu, Yuyechyan viloyatlari eslatib o‘tiladi.

Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent, Sug‘diyona va Xorazm hududlarida

joylashgan deb hisoblaydilar.

Manbalarda Qang‘ podsholarining ikkita: yozgi va qishgi qarorgohlari eslatiladi. Ular



yozni O‘trorda (hozirgi Qozog‘istondagi Aris va Turkiston oralig‘ida) qishni esa Qanqa

(Qanxa, hozirgi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) o‘tkazganlar. O‘troq aholidan

tashqari Qang‘ davlatining chegaralarida bir qancha qabilalar mavjud bo‘lib, ular

dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug‘ullanib kelganlar. Ular

bahor va yoz mavsumlarida o‘z chorvalari bilan ko‘chib, yozgi yaylovlarda

yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o‘z an’anaviy qishlov joylariga qaytib

kelganlar. Qang‘lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar bo‘lib, ular issiq kunlarni

yaylov joylarida, yozgi qarorgohlarida o‘tkazganlar.

Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi aholining ma’lum qismi mil.avv. III-milodiy V

asrlarda o‘troq hayot kechirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda,

O‘tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo‘rik xarobalari o‘rnida

qang‘arlarning qo‘rg‘onlari va ko‘xna shaharlari bo‘lgan. Shahar va qishloqlarda

yashovchi o‘troq xalqlar ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga nisbatan yuqori

turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosan dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan

shug‘ullanganlar. Ular arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar

yetishtirganlar. Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko‘p bo‘lgan. Sirdaryoning o‘rta

oqimida yashovchi qang‘arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan

shug‘ullanganlar.

Qoramozor, Qurama va Chotqol tog‘larida temirchilik, misgarlik hunarining rivojlanishi

uchun kerakli ma’danlar bo‘lgan. Bu joylardan juda ko‘plab mis, temir, kumush va

boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo‘shib, mustahkam

qurollar yasashni ham o‘zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab

chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan.

Qang‘ shaharlari qalin va baland devorlar bilan o‘ralgan. Devorlarning tashqarisida

qal’a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng qilib handaq qazilgan. Shaharlar ichida

mustahkam istehkom (ark) va shahristonlarning ham baland mudofaa devorlari, bir

necha darvozalari bo‘lgan. Yirik shaharlardan tashqari, Toshkent vohasida yuzga

yaqin aholi yashaydigan katta va kichik qo‘rg‘onlar ham mavjud bo‘lgan.

Mil. avv. I ming yillikning so‘nggi choragida O‘rta Osiyoning shimoliy va

shimoli-sharqiy hududlarida ham qadimgi (antik) davlatlar rivojlanadi. Xususan, mil.

avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik

keng rivojlangan Dovon (Da-yun, Farg‘ona) davlati haqida ma’lumotlar beradi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma’lum siyosiy uyushmani

tashkil etgan bo‘lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda “van” (podsho)

unvoni bilan ish yuritgani ta’kidlanadi. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy

hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko‘rgan.




Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba’zan ular

hukmdorning taqdirini hal etganlar.

Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen

( davlatning sharqida) haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni

Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (O‘zgand vohasi Qirg‘.)

o‘rnida bo‘lgan deb hisoblaydilar. Farg‘ona vohasi hududlarida ko‘chib yurgan

chorvador va ko‘chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega

bo‘lganlar. Bu qabilalar uchun Farg‘ona madaniy va hunarmandchilik markazi

hisoblangan.

Mil. avv. II asrdan boshlab Qashg‘ardan Dovonga shimoliy yo‘ldan karvon yo‘li

harakati boshlanadi. Bu yo‘ldan ipak va boshqa mahsulotlarning xalqaro tranzit

savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Dovon aholisi ko‘paya boshlaydi va

ko‘plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo bo‘ladi. Savdo yo‘lida Dovon

muhim ahamiyatga ega bo‘la boradi. Tadqiqotchilar fikricha, Yassa va Qoradaryo

vohalarida ko‘pgina qal’alar savdo yo‘lini qo‘riqlash maqsadida barpo etiladi.

Mil. avv. 125-yilda Dovonga kelgan mashhur Xitoy sayohatchisi Chjan Syan

Dovonning qishloq xo‘jaligi haqida ma’lumot berib, shunday yozadi: “O‘troq aholi yer

haydaydi, g‘alla va sholi ekadi, ularda musallas navli uzum, juda ko‘plab yaxshi otlar

bor”. Bu ma’lumot qadimgi Farg‘onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada

rivojlanganligini isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa, o‘zlari uchun notanish bo‘lgan beda

va uzum hayratga solgan. Manbada yana shunday ma’lumot bor:”Xitoy elchisi urug‘

keltirdi, shunda osmon farzandi (Xitoy imperatori) unumdor yerga beda va uzum

ekdi”.

Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg‘ona chorvachiligining o‘ziga xos tomoni



bo‘lgan yilqichilikning yuqori darajada rivojlanganligi haqida ham ma’lumotlar beradi.

Dovon o‘lkasi qadimgi (antik) davrda mashhur zotdor otlari bilan shuhrat qozongan

edi. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, ularni yetishtirish bilan o‘troq aholi

shug‘ullangan. “ Dovonda yaxshi otlar bo‘lib ular Ershi shaharidadir, otlarni

yashiradilar va Xan elchisiga berishga rozi bo‘lmaydilar”. Dovonning mashhur

“samoviy otlari” tasvirlari tushirilgan qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha

saqlanib qolgan.

Xususan, O‘shdan 8 km uzoqlikdagi Ayrimchatovdagi qoya adirlarda 30 ta chiroyli

zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o‘xshash tasvirlar Marhamat yaqinidagi

Aravon qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu tasvirlar Dovon

o‘zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur bo‘lganligini tasdiqlabgina qolmay,



farg‘onaliklarning yuksak tasviriy san’at sohiblari bo‘lganligidan ham dalolat beradi.

Manbalarning guvohlik berishicha, qo‘shni davlatlar, xususan Xitoy imperatorlari

Dovon otlarini nihoyatda qadrlaganlar. Otlar va Dovonning serunum yerlari uchun mil.

avv. II asrning oxirlarida Xitoy va Dovon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar ham bo‘lib

o‘tgan. Bu to‘qnashuvlarda dovonliklar o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq

bo‘lganlar.

Milodning I-II asrlarga kelib qadimgi Farg‘ona aholisining o‘troq dexqonchilik

madaniyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida

Farg‘ona vodiysida bu davrga oid ko‘p sonli aholi manzilgohlari, qal’alar, qo‘rg‘onlar,

ko‘hna shaharlar xarobalari aniqlangan. Aholi manzilgohlarini vodiyning turli

hududlarida keng yoyilishi sug‘orma dehqonchilik va irrigatsiya ishlarining yuqori

darajada rivojlanishi natijasi edi. Davlatning siyosiy va madaniy rivojlanishida

hunarmandchilik markazlari bo‘lgan qadimgi shaharlar ayniqsa katta ahamiyatga ega

bo‘ldi.


Bu davrga oid arxeologik topilmalar dehqonchilikdan ixtisoslashgan

hunarmandchilikning ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Bu jarayon o‘z navbatida

hunarmandchilik va tog‘-kon sanoatining (turli ma’danlar qazib olish) yanada

rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo‘llarning mavjudligi tufayli Farg‘ona

vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda,

atrofdagi tog‘ vodiylarida yashovchi chorvadorlar bilan ham o‘zaro almashinuv

rivojlanadi. Antik davr Farg‘ona yodgorliklarining ayrimlarida Xitoy tangalari (u-shi)

uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hol natural xo‘jalik (mahsulot

ayirboshlash) ustunligidan dalolat beradi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, yuyechjilar mil. avv. 140-130 yillar oralig‘ida

Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko‘p o‘tmay Baqtriyada Katta yuyechji davlati

tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, Katta yuyechji hukmdorlari

ko‘l ostida beshta hokimlik (Xi-xeu) bor bo‘lib, ular Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, Xise

va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko‘pchilik

tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuyechji davrini uchta bosqichga bo‘ladilar.

1. Mil. avv. 139-125-yillar - Katta yuyechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning

asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi.




2. Mil. avv. 25 yilga qadar - Katta yuyechji davlatining shakllanishi va keyingi

rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo‘lib, janubiy

chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. Yuyechjilar bo‘ysundirgan

hududlar Xise, Shaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo‘lib ular xi-xou

(yabg‘u) tomonidan boshqarilgan.

3. Mil.avv. 125-yilgacha Katta yuyechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan

mulklarning mustaqil bo‘lishi. Kushon (Guyshuan) yabg‘usi Kiotszyukyu (Kujula

Kadfiz) qolgan to‘rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi.

Kushon davlatining paydo bo‘lishi haqida ko‘proq Xitoy manbalari va tangashunoslik

ma’lumotlari xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo‘lishi va

rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da,

so‘nggi 20-25 yil ichida bu masalaga juda ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini bergan

tadqiqotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961-yil Londonda o‘tkazilgan xalqaro simpozium,

1968-yil Dushanbeda YUNESKOning konferensiyasi, 1970-yil Qobuldagi xalqaro

anjuman Kushon davlati masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, undan keyin ham bu

masala bo‘yicha ko‘plab xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi.

Mil. avv. I asrning oxiri-mil. I asrning boshlariga kelib guyshuan hokimi Kiotszyukyu

barcha mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi. Natijada bu

davrga kelib Kushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘ra antik davr Xitoydagi Xan davlati,

Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng

qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi

“Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk kushon davriga oid topilma tangalarda aks

ettirilgan “Kushon podshosi Kudzula Kadfiz”ga aynan mos tushadi.

Tangashunoslik ma’lumotlariga ko‘ra, Kadfiz I o‘z podsholik siyosatini davlat yerlarini

kengaytirish bilan boshlaydi. Ba’zi bir guruh tangalar borki, ularning bir tomonida eng

so‘nggi Yunon-Baqtriya podshosi Germey tasviri tushirilib, uning nomi yozilgan,

ikkinchi tomonida esa, Gerakl siymosi va “o‘z ishonchiga qat’iy kushonlar yobg‘usi

Kujula Kadfiz” degan so‘zlar bor. Bunday tangalar zarb etlishini olimlar turlicha talqin

etadilar. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, Kadfiz I dastlab Yunon-Baqtriya podshosi

Germey hokimligini tan oladi va ular birgalikda tanga zarb etadilar. Boshqa guruh

olimlar fikriga ko‘ra, Kadfiz I ning Germey tangalariga o‘z ismini qo‘yib zarb qilishga

sabab, Germey tangalari Baqtriyada keng tarqalgan edi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, keyinroq Kadfiz I o‘z nomini “yobg‘u”dan “shohlar



shohi” faxriy unvonigacha ko‘tarib tangalar zarb etadi. Yana bir guruh O‘rta Osiyodan

(ko‘proq Tojikistondan) topilgan tangalarda “shohlar shohi, buyuk xaloskor” degan

yozuv ko‘proq uchraydi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, bu tangalarni Kadfiz I zarb

etgan.


Kudzula Kadfizdan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Vima Kadfiz (Kadfiz II) taxtga o‘tiradi.

Kadfiz II davlatning iqtisodiy ahvolini mustahkamlash maqsadida pul islohoti o‘tkazib,

oltin tangalar zarb etadi. Shuningdek, Kadfiz II Hindistonning bir qismini Kushon

davlatiga qo‘shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatadi.

Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik

davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi.

Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olinadi. Ayrim

tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan (Surxondaryo), Peshovar

(Afg‘oniston) atroflariga ko‘chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi

Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning janubi, Sharqiy Turkistondan iborat

edi. Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning

shon-shuhrati qo‘shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik

tomonidan tan olindi. Xitoyning g‘arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini

tan olib, unga o‘z garovga qo‘ygan odamlarini yuborar edilar”.

Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, Kushonlar davri (xususan, Kanishka

hukmronligi davrida) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar anchagina rivojlangan davr edi.

Bu davrga kelib O‘rta Osiyoning deyarli barcha hududlarida qishloq xo‘jaligi yaxshi

o‘zlashtirib bo‘lingan edi. Tekisliklarda sug‘orma dehqonchilik bilan birga chorvachilik

ham keng rivojlanadi. Bu davrda shuningdek, Xorazmda, Zarafshonda ko‘plab

sug‘orish inshootlari quriladi. Dehqonchilik qurollarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

Samarqand yaqinidagi Talibarzu yodgorligidan II-III asrlarga oid yer haydaydigan

omochning temir uchi topilgan.

Kushon davriga oid ko‘plab ochilgan ko‘hna shaharlar bu paytda shaharsozlik

madaniyati ayniqsa gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Bu davrga oid dastlabki

ochilgan ko‘hna shaharlardan biri Ayritom ko‘hna shahri bo‘lib, u Amudaryoning o‘ng

qirg‘og‘ida Termizdan 20 km sharqda joylashgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga

qaraganda Ayritom ko‘hna shahri mil.avv. II asrdan mil. III asrga qadar uch tarixiy

bosqichda rivojlanadi. Bular: so‘nggi grek-baqtriya davri, yuyechji-kushon davri va

kushonlar davrlaridir. Ayritomda olib borilgan uzoq yillik (1932 yilda boshlangan)

tadqiqotlar natijasida Budda ibodatxonalari majmualari, qabriston, ko‘plab haykallar

va baqtriya yozuvi topilgan va o‘rganilgan. Ayritomdan himoya devorlar qoldiqlari

aniqlanmagan.




Qang davlati hududi


Davon davlati hududi


Kushon davlati hududi

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish