Musiqa madaniyati darslarida musiqa savodi faoliyati reja: Umumiy ta’lim maktablarida musiqa savodini o’rgatish metodlari



Download 21,23 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi21,23 Kb.
#923244
  1   2
Bog'liq
Musiqa o`q metod


MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA MUSIQA SAVODI FAOLIYATI
REJA:
1. Umumiy ta’lim maktablarida musiqa savodini o’rgatish metodlari
2. Musiqa savodini o’rgatishning boshlang’ich davri
3. Musiqa savodining bosqichlar bo‘yicha o‘rgatilishi.

Musiqa madaniyati darslarining musiqa savodi faoliyatida asosiy maqsad o’quvchilarni nazariy (musiqaning elementar) qoidalarini, ya’ni nota yozuvi bilan bog’liq ifoda vositalarini o’zlashtirib borishlariga asoslanadi. Musiqa savodi faoliyatida amalga oshiriladigan pedagogik faoliyat o’quvchilarning musiqiy tafakkur va musiqiy dunyoqarashi , musiqiy xotira, musiqiy idrokini shakllanishiga xizmat qiladi. Bu faoliyatda o’quvchilar musiqa asarining yaratilish tarixi, musiqaning ifoda vositalari, ritm, metr, o’lchov, registr, lad, temp, nota yo’li, nota cho’zimlari, tovushlar balandligi, sanalishi, ijodkorlari, ijrochilari haqidagi bilimlarni o’zlashtiradi. Darsda belgilangan pedagogik maqsadlar, musiqiy faoliyatlar uzviy yaxlitlikda olib borilganda o’quvchilarda musiqiy va musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni samarali kechadi. Bu o’rinda:


- Musiqiy qobiliyatlarni riojlantirish;
- O’quvchilarning musiqani idrok etish malakalarini o’stirish;
- Qo’shiq kuylash malakalarini (vokal-xor) rivojlantirish;
- Musiqa nazariyasi asoslarini (elementar qoidalarini) o’rganish;
- Musiqiy ritmni xis etish, unga mos xarakatlar bajarish orqali musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish;
- Musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchi shaxsida ijodiy tafakkurni shakllantirish;
- Musiqaning g’oyaviy-badiiy mazmuni vositasida o’quvchilarda musiqiy dunyoqarashni shakllantirish, estetik va ahloqiy tarbiyani amalga oshirishga erishiladi. Natijada o’quvchilarda musiqa asarlari haqida mushoxada yuritishning boshlang’ich asoslari vujudga keladi. O’qituvchi xar bir darsning va darsdagi jarayonlarning o’quvchilar tomonidan ko’tarinki ruhda, qiziqishi va ishtiyoq bilan qabul qilishiga erishishi zarur. Shundagina musiqiy-estetik ta’lim, xususan, uning nazariy asoslarini o`rganish samarali kechadi. Ushbu takidlab o`tilgan shartlarni bajarish musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirish samaradorligini oshiradi va kelajakda yangi usul va uslublar ishlab chiqishga zamin yaratadi. Shu bois musiqa o’qituvchisi musiqa darslarini barcha faoliyatlarida amalga oshiriladigan vazifalarni jiddiy taxlildan o’tkazib, e’tibor qilinadigan jixatlarini aniqlab ish tutishi kerak bo’ladi.
Musiqa savodi musiqa darsining bo’limlaridan biri bo’lib, xor bilan qo’shiq aytishga nisbatan ikkinchi darajali o’rin tutadi. Shunga qaramasdan musiqa savodi
o’quvchi bolalarning musiqa ta’limida katta rol o’ynaydi: musiqa nazariyasi va tarixidan boshlang’ich bilim beradi, ularning saviyasini oshira borishga yordam qiladi. Musiqa savodi musiqaga, uning ifoda vositalariga ongli munosabat tarbiyalaydi, musiqaning mazmunini tushunib olishga yordam beradi, eng muhimi esa notaga qarab kuylash va ashula aytish malakalarini hosil qilish, garmonik eshitish qobiliyatini o’stirishga ta’sir ko’rsatish, xor ovozlarini aniq talaffuz etishga va xor bilan ijro etish sifatini oshirishga qulaylik tug’dirish yo’li bilan sinfda qo’shiqlar o’rgatishni osonlashtiradi. Musiqa darsida musiqa savodiga juda oz vaqt 5-10 minut ajratiladi. Shu sababli har gal qo’shiq o’rganish va musiqa asarlarini tinglash jarayonida qo’llash va eshitish malakalarini hamda musiqa bilimini mustaxkamlab va chuqurlashtirib borishi kerak. Maktabda musiqa savodini o’rganishda qo’yiladigan asosiy metodi talab olingan musiqaviy bilimni bevosita amalda qo’llash hamda savod o’rgatish bilan birgalashib qo’shiq aytishni bir-biriga chambarchas bog’lab olib borishdan iborat. O’quvchilar mustaqil qo’shiq ayta oladigan va notanish kuylarni notaga qarab o’rgana oladigan bo’lgan vaqtlardagina musiqa savodini o’rganishdan ko’zlanadigan maqsadga erishilgan bo’ladi. Musiqa savodini o’rganish bolalarning musiqa tovushlarini eshitish sezgilarining o’sishiga asoslanishi kerak. O’quvchi biror tovushni ovoz bilan esga tushunishdan oldin uning qanday yangrashini aniq- ravshan tasavvur qilishi va eshitib bilishi, ya’ni ko’rayapman-eshitayapman-kuylayapman deb, ko’zga ko’rinadigan narsadan eshitiladigan narsaga qarab borishi lozim.
Ko’pchilik bo’lib qo’shiq aytishda ham musiqa savodini o’rgatish jarayonida ham eshitish qobiliyati, metr-ritm sezgisi taraqqiy etadi. Musiqa madaniyati darslari jarayonida, musiqa savodi mustaqil dars faoliyatlar jarayonida musiqa asariarini badiiy o‘rganish va ijro etish ishlarini savodxonlik asosida bajarish uchun qo‘llaniladi. Musiqa savodi mazmuni o‘quvchilami tobora shakllantiradi va ulami doirasini tobora kengaytirib, chuqurlashtirib boradi. Shunday qilib musiqa savodi darsining ta'limiy vazifasini bajaradi, Musiqa savodi (faoliyatining) asosiy negizi va pedagogik maqsadi, yangi dastur bo‘yicha berilgan chorak mavzulari kuylash va tinglashga doir asariarini savodli tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Ular o‘quvchilarni kundalik hayotidan olinayotgan taassurotlari va musiqiy tajribalari asosida o‘rgatiladi.
Musiqa savodi quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘rgatiladi.
1. Bolalar diqqatini musiqa ifoda vositalari quy, registr, temp, ritm, dinamik belgilar o‘rgatish.
2. Ovoz sozlash va qo‘shiq ijro etish qoidalariga doir bilimlar, chapak va cholg‘u asboblar chalish qoidalariga amal ailishga o‘rgatish.
3. Musiqa ijodkorlari: “kompozitor”, “ijrochi”, “tinglovchi” mavzuning mazmuni va o`rganiladigan asaming muailiflari haqidagi ma`lumotlar, musiqa savodi orqali amaiga oshiriladi.

Download 21,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish