Muallimi soniy



Download 15,45 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi15,45 Kb.
#191721
Bog'liq
New Документ Microsoft Word (5)


Muallimi soniy

Shom shahri madrasalaridan birida arabshunos olimlarning yig‘ini davom etardi. Raislik qiluvchi bir yosh yigitchaga so‘z berdi. U arab tili shevasining tovush xususiyatlari haqida ma’ruza qildi. Ma’ruza jiddiy bahsga sabab bo‘ldi. Oxirida barcha tilshunos olimlar bu yigitchani arab tili donishmandi, deb tan oldilar. Bu – qomusiy bilim sohibi, mashhur faylasuf, shoir, adabiyotshunos va musiqashunos olim Abu Nasr Forobiy edi. “Forobiy yetmish tilni bilardi”, - degan naql o‘shandan qolgan edi.

Muarrixlarning guvohlik berishicha, Forobiy butun umrini ilm o‘rganishga bag‘ishlab, arab mamlakatlaridagi madrasalarda dars berish bilan kamtarona, faqirona hayot kechirgan. Shom shahrida uning mingdan ziyod shogirdlari bo‘lgan.

Abu Nasr Forobiy qomusiy bilim sohibidir. U 130 ta asar yozganligi, ularning o‘n yettitasi turli olimlarning falsafiy asarlariga yozilgan sharh, oltmishtasi alohida kitob, beshtasi bir qancha maqollarni o‘z ichiga olgan majmualar hisoblanadi.

Ilm-fanda dunyoda birinchi muallim qadimgi yunon filosofi Arastu hisoblanadi. Forobiy antik yunon faylasuflaridan Yevklid, Aflotun va Arastu asarlarini tarjima qilib, sharhlab, Sharqda keng tarqalishiga kata hissa qo‘shgani va juda ko‘p falsafiy masalalarni o‘sha olimlar darajasida talqin etgani uchun “muallim soniy” – “ikkinchi muallim” deb nom olgan.

Buyuk bobomiz Forobiyning mehnatkashligi, bilim o‘rganish borasida muntazam izlanish, kamtarligi, oddiy mehnatkashlarga xayrixohligi bizga ibratdir.

So‘nggi ov

Taxminan o‘n yoshda edim. Amakimning miltig‘I bo‘lib, men ba’zan unga qo‘shilishib ovga borar, uning ovine tomosha qilar edim.

To‘qayzor etagida nogahon kul rang bir bo‘ri ko‘rindi. U to‘qayzor ichida yalanglikka chiqib, nari-beriga sudrala boshladi.

O‘sha paytlarda bahor kunlari edi. Bu payt bo‘rining ayni bolalaydigan payti edi. Birdan yeru ko‘kdagi og‘ir sukunatni gumbur etgan o‘q tovushi buzib yubordi.

Miltiq og‘zida yilt etgan chaqmoqni, sekin tarqalayotgan tutunni yaqqol ko‘rdim O‘q bo‘riga qarab otilgan, uning bo‘riga borib tekkani aniq edi. Bo‘ri og‘ir chayqalib, boshini sarak-sarak qildi-da, biz tomonga allaqanday ijirg‘anib ko‘z tikdi. U bizdan bir dam ko‘zlarini uzmadi. Qiziq… uning bu qarashida bo‘riga xos yovuslik, vahshiylikdan nishona ham yo‘q edi.

Bo‘ri nihoyat, to‘qayzor tomonga boshini burdi. Lekin u to‘qayzorga kirib ketolmadi. Bir silkinib, soyadekkina bo‘lib yerga yiqildi. Og‘ir oyoqlarini o‘zi zo‘rg‘a sudragan bo‘riga o‘q uzgan amakimga o‘sha kuni ko‘nglim sovudi. Shu voqeadan keyin, men u bilan ovga chiqmaydigan bo‘lib qoldim…

Abdulg‘ozixon

Abdulg‘ozixon oliy nasab va toju taxt sohibi bo‘lgan. U qariyb 20 yil (1644-1664) Xorazmni idora qildi, lekin tarixda oliy hukmdor sifatida emas, balki yirik olim sifatida qoldi. Ilmning xosiyatidan shunday bo‘ldi u. Darhaqiqat, Abdulg‘ozixon keng va chuqur ma’lumotli kishi edi.

Abdulg‘ozixondan ikki tarixiy asar qoldi. Bittasi “Shajarai tarokima” atalib, turkey qabilalarning, hususan, Turkman xalqining kelib chiqishi haqida qimmatli ma’lumot beradi. Asarda barcha turklarning afsonaviy podshosi Ug‘uzxon va uning avlodi tarixi, shuningdek, Turkman urug‘larining kelib chiqishi qisqa tarzda bayon etilgan

Asar qisqa muqaddima va to‘qqiz bobdan iborat:

1.Odam atodan to turklarning qadimgi xonlaridan Mo‘g‘ulxongacha kechgan hodisalar zikri. 2.Mo‘g‘ulxondan Chingizxongacha bo‘lgan tarix. 3. Chingizxonning tug‘ilganidan to vafotigacha tarixi va hokazo.

Abdulg‘ozixon asarining 7, 8 va 9-chi boblarining bir qismini yozib ulgurgan, xolos.

Asar Abdulg‘ozixondan avval yozilgan bir muncha tarixiy asarlartilga olingan. Bundan tashqari, asarni yozishda muallif o‘zi bilgan va so‘rab surishtirib to‘plagan ma’lumotlaridan ham keng foydalangan.

Yana ota-ona haqida

Endi dunyoga kelgan bolaning naqadar zahmatu mashaqatlar birla, na darajalarda fidokorlik birla o‘sib odam bo‘lgani o‘ylab ko’rilsa , ota-onaning moddiy va ma’naviy qiymatlari hisobga olinsa, ularning hech o’tab tugatish mumkin bo’lmagan haqlari, ularganisbatan hurmatu muhabbat ko’rsatuvining kerakligi aniq bo’ladi.

Vijdonli to’g’ri bolalar har qachon ota-onasini suymoq, ularga har vaqt rioya qilmoq, hech bir vaqt ranjimaslik vazifalarini juda yaxshi biladilar.

Bu muhabbatu hurmatning darajalari hech bir vaqt ota-onalarning hunarlariga yoki tabiatlariga qarab ortiq yoki kam bo’lmaydi. Ota-ona bir past darajali yoki yomon xulqli bo’lsa-dar, komil ixlos birla sevmoq, ulug’lamoq, bo’ysunmoq lozimdir.

Ular naqadar past daradaja bo’lsalar ham, ota-onalardir. Nomusga xilof bo’lmagan, tiriklik uchun foydasi bo’lgan hunaru ishlar hech bir vaqt ayblanadigan ishlardan sanalmas. To’g’risi, yozuvchilik, quruvchilik, askarlik, mol tashuvchilik ham xalq uchun keraklidir. Otangiz mol boquvchi bo’lsa ham, onangiz suv tashuvchi bo’lsa ham va yana har kuni sizni mayda so’zlar bilan hunob qilsa ham, ularga hurmatu rioya birla qo’llarini o’pishga qarzdorsiz. Ular kasalmand-u faqr bo’lsalar, oxirga nafaslariga qadar boqmoq, molu tan birla yordam bermoq burchingizdir. Ota onaning yuziga achchiqlanib qaramoq, ular oldida baland tovush birla so’zlamoq, xudo saqlasin, ulardan kulmoq, mashara qilmoq, ochakishmoq, tarbiyaga xilofdir.

Bog‘lar yarataylik

Bolalik yillarimda hamma narsa yetarli emas, ocharchilik taqchillik edi. Farovon turmush, to‘kin sochinlik yeti uxlab tushimizda ham kirmasdi. Erta bahor … tortib to kechki shaftolini yemagunimizacha bog‘lardan chiqmasdik. Mehribon, kuyin-olma qoqi, yong‘oq jiydalarni qish oylarida tancha atrofida o‘tirib mazza qilib yerdik. Xullas o‘sha yillar bizni mevali daraxtlar, ona yer boqqan edi. O‘sha yillarni eslasam, sahovatli ona zaminimizga yuz karra, ming karra tashakkur aytgim keladi.

Asrimiz oxiriga kelib manzara butunlay o‘zgarib ketdi. Ishlab chiqarish kuchlari ko‘paydi.

Necha yillar davomida barpo bo‘lgan bog‘larimiz kesildi, o‘rniga oshlab chiqarish korxonalari ko‘rildi. Qanchadan-qancha mevali daraxtlar shahar husnini buzadi, uni ifloslantiradi, degan bahona bilan qirqib tashlandi.



Mevali daraxtlarimizning keskin kamayib ketishi bozorlarimizda mevalarning narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Yong‘oq, mayiz, turshak, danak, xandon pista kabi mevalar faqat aziz mehmonlar kelganidagina harid qilinadigan bo‘ldi. Og‘izga solsa erib ketadigan o‘riklarimizning har-xil navlari yo‘qoldi. Vaholanki, o‘rik tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan 18 xil mikroelement bor. Hozirgi kunda shifobaxsh yong‘oq daraxti faqat tog‘li joylarda va ayrim honadonlardagina saqlanib qolgan. Axir yong‘oq tarkibida 45 foizdan 75 foizgacha yog‘ borligi, A, B, C vitaminlari, 25 foiz inson hayoti uchun kerak bo‘lgan moddalar borligi hammaga ma’lum.
Download 15,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish