Moliya” fanidan yakuniy nazorat 28-variant



Download 13,86 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi13,86 Kb.
#351204
Bog'liq
Moliya YN MM 56-2 Qobilov M


MOLIYA” FANIDAN YAKUNIY NAZORAT

28-variant


  1. Byudjet jarayoni bosqichlari: byudjet loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, byudjet ijrosini nazorat qilish, byudjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash

  2. Davlat maqsadli jamg‘armalarining ta’rifi. Davlat maqsadli jamg‘armalarining xususiyatlari.

  3. Davlat byudjeti uchun xarakterli bo‘lgan xususiyatlar.


1. Davlat byudjeti tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga davlat byudjeti jarayoni deyiladi.

Davlat byudjeti jarayoni, odatda, davlat byudjeti faoliyatining quyidagi to’rt bosqichini o’z ichiga oladi:

  1. davlat byudjeti loyihasini tuzish;

  2. byudjetni muhokama qilish va tasdiqlash;

  3. byudjetni ijro etish;

  4. davlat byudjetiningijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.

Davlat byudjeti loyihasini tuzish jarayonida quyidagi masalalar yechiladi yoki ularga aniqlik kiritiladi:

 davlat byudjetininghajmi;

 navbatdagi (kelgusi) yil uchun soliq va pul-kredit siyosati;

 davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari va davlat byudjeti defitsitini qoplash usullari;

 daromadlarni davlat byudjeti tizimining bo’g’inlari o’rtasida taqsimlash.

 Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari va kelgusi moliya yili uchun mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlari asosida tuziladi.



Davlat byudjetining loyihasini tuzish bo’yicha ishlar yangi davlat byudjeti yilining boshlanishidan, masalan, GFR da – 6 oy, Yaponiyada – 8 oy, Fransiyada – 14 oy, AQShda – 18 oy, O‘zbekistonda – 7 oy oldin boshlanadi. Uning loyihasini tuzish ijroiyahokimiyat organlari, odatda, Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar, mahal-liy davlat hokimiyati organlari, byudjetlar loyihalarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so’ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taaluqli qismi bo’yicha.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi yil uchun Davlatbyudjetini, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini hamda soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi.

Davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Ular kuchga kirishi uchun mazkur masala bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi.

Byudjetni ijro etish uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagandan va mamlakat Prezidenti imzolagandan so’ng boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyi ijroiya organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari bilan muvofiqlashtirilgan holda davlat byudjeti ijrosi tartibini tashkil qiladi. Davlat byudjeti jarayonining bu bosqichi o’z ichiga davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismining bajari-lishini qamrab oladi.

Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot davlat byudjeti tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo’ladi.

Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot quyidagi hisobot shakllarini o’z ichiga oladi:

 Davlat byudjeti ijrosining balansini;

 Davlat byudjeti daromadlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni;

 Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni;

 davlat byudjeti tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnomani;

 Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari bo’yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to’g’risidagi hisobotni.


2. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgan moliyaviy mablag’lar yig’indisidir. Ular alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo’g’ini hisoblanadi. Bu jamg’armalarni moliyaviy mablag’larining shakllanishi, taq-simlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtiriladi va tartibga solinadi.

Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, muayyan bir aholi qatlami yoki investitsion dastur ehtiyojlarini nazarda tutib, mamlakatda yaratilayotgan milliy daromadni qayta taqsimlash orqali tashkil etiladi. Davlat umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarda shakllanayotgan moliyaviy resurslarning bir qismini byudjetdan tashqari jamg’armalari ixtiyoriga moliyaning taqsimlash funksiyasi orqali jalb qiladi.

Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armasi har qanday maqsadli xususiyatga ega bo’lib, odatda uning nomida qanday maqsad uchun tashkil etilayotganligi aks etadi. Masalan, Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi va h.k.

Moliya tizimining boshqa bo’g’inlari kabi Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini tashkil etishning moddiy manbalari milliy daromad hisoblanadi. Bunday jamg’armalarning aksariyat qismi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi.

Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining klassifikatsiyasi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini o’zlarining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruratiga ko’ra ikkita katta guruhga bo’lish mumkin:

1.Ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi jamg’armalar. Bularning tarkibiga Pensiya jamg’armasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxas-sislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi va boshqalar kiradi;

2.Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg’armalar. Bularning tarkibi Respublika Yo’l jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi tasarrufiga o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi), O‘zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llabquvvatlash jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo’jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg’armasi va boshqalardan iborat.
3. Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga asos bo’ladi.

Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarni asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.

Davlat byudjeti juda keng qamrovli va murakkab tushuncha bo’lib, uni boshqarishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, tegishli kodeks, qonun, farmon, qaror va qonunosti hujjatlari huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ularning ichida eng muhimlaridan biri “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti Kodeksi” hisoblanadi.

Yagonalik (birlik) va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiybyudjetlar ko’pligiga qaramasdan, ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga ketma-ket bo’ysunishiga rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning o’zida davlat byudjeti resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm printsiplariga ham rioya qilinadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o’zlarining davlat byudjeti mablag’lariga ega va o’zlariga tegishli davlat byudjeti huquqlaridan foydalanadilar. Davlat byudjetiga xos ana shu xarakterli belgilar mablag’lar bilan manyovr qilish va davlat byudjeti siyosatini oqilona tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Download 13,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish