Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Ideal gaz va uning parametrlari



Download 78 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi78 Kb.
#19695

Aim.uz

Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Ideal gaz va uning parametrlari.

Reja:


  1. Molekulalarning xarakteristikalari.

  2. Molekulalarning kattaliklari.

  3. Ideal gaz va uning parametrlari.

O’quvchi bilishi kerak:

Molekulalarning xarakteristikalari. Molekulalarning kattaligi. Ideal gaz va uning parametrlari. Molekulalarning o’lchamlari, molekulalarning massasi, modda miqdori, Avogadro qonuni, Ideal gaz, gaz parametrlari, Dalton qonuni, temperatura, temperaturani o’lchash, absolyut nol temperatura.

Mavzuning maqsadi: O’quvchilarga molekulalarning xarakteristikalari.Molekulalarning kattaliklari.

Ideal gaz va uning parametrlari haqida bilimlar berish.

Mavzuning bayoni:

1. Molekulyar fizika – har xil agregat holatdagi moddalarning xususiyatlarini ularning molekulyar tuzilishi asosida tekshiradigan fizikaning bo’limi. Bunda molekulyar o’zaro ta’sir kuchi va molekulalarning issiqlik harakati hisobga olinadi.



Moddalar uzluksiz xaotik (tartibsiz) harakatda bo’lgan atom va molekulalardan tuzilgan degan fikrga asoslangan modda tuzilishning nazariyasiga molekulyar kinetik nazariya deyiladi.

Bu nazariyaning asosiy qonuniyatlari quyidagilar:

1.Barcha moddalar tarkibida eng kichik elementar zarrachalar bo’lgan turli molekula, atom va ionlardan tashkil topgan.

2.Atom, molekula va ionlar doim uzluksiz xaotik harakatda bo’ladi.

3.Hamma zarralar orasida o’zaro tortishish va itarish kuchlari mavjud.

18 asrda M.V.Lomonosov modda tuzilishi Molekulyar – kinetik nazariyasini asoslarini bayon qilib berdi va tajribada tasdiqladi.

Molekulaning o`lchamlari juda kichik bo`lgani uchun ularni oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin emas. Eng katta molekulalar elektron mikroskop yordamida suratga olingan. Eng nozik tajribalarning ko`rsatishicha ikki atomli kislorod molekulasining chiziqli kattaligi atrofida. Umuman molekulalarning chiziqli kattaligi bo`ladi.

Shuni ta’kidlash lozimki molekula o`z navbatida atomlardan tashkil topadi. Atomlar esa yadro va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan iborat bo`ladi.  

2. Molekulaning massasi. Alohida molekulalarning massalari juda kichik bo`lib, maxsus-asbob massa-spektrometrlar yordamida aniqlanadi. Masalan suv molekulasining massasi kg atrofida. Shuning uchun ham fizikada, molekulalar massalarining absolyut qiymatlari bilan emas, balki o`lchamsiz nisbiy kattaligi bilan ish ko`riladi. Chunki bu hisob-kitobni ancha osonlashtiriladi. Xalqaro kelishuvlarga asosan etalon, ya’ni birlik atom massasi mo sifatida uglerod 12S izotopi (atomar) massasining 1/12 qismi qabul qilingan.



Istalgan molekulaning nisbiy massasi Mo ni aniqlash uchun molekula massasining absolyut qiymati mmol ni birlik atom massasi mo ga bo`lish kerak 



Xuddi shuningdek nisbiy atom massasi Ao ni aniqlash uchun esa atom massasining absolyut qiymati mam ni birlik atom massasi mo ga bo`lish kerak.



  Modda miqdori. Moddalar ulkan miqdordagi molekulalardan tashkil topganligini, va o`z navbatida turli moddalar molekulalari massalarining teng emasligi ularni solishtirishda katta qiyinchiliklar tug’diradi. Aynan shu qiyinchilikni engish maqsadida tarkibida bir xil NA ta molekula bo`lgan modda miqdori tushunchasi kiritiladi. Modda miqdori-moddadagi molekulalar sonining 0,012 kg ugleroddagi molekulalar soni NA ga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikdir. Modda miqdori ν harfi bilan belgilanadi. Uning SI dagi birligi [ν]q1 mol. Mol-0,012 kg uglerodda qancha molekulalar bo`lsa, shuncha molekulalari bo`lgan modda miqdoridir.

 Yuqorida aniqlanganidek, istalgan moddaning 1 molida bir xil sondagi molekulalar mavjuddir. Bu songa Avogadro doimiysi deyiladi. Endi Avogadro doimiysi nimaga tengligini aniqlaylik. Buning uchun modda miqdori ta’rifidan foydalanamiz, ya’ni 0,012 kg uglerodda NA ta molekula bor.

NA= kg·mol-1

 

Bu yerda moc uglerod molekulasining massasi. Birlik atom massasining ta’rifiga asosan



moc=12

 ya’ni istalgan moddaning bir molida ta molekula mavjud.

Istalgan moddaning bir molidagi molekulalar soni teng ekanligini ko`rdik.Endi bir mol qancha hajmni egallaydi degan savol tug’iladi. Bu savolga Avogadro qonuni javob beradi: Normal sharoitda bu hajm

 Normal sharoit: bosim normal atmosfera P=1,013105 Pa=760 mm.sim.ust. va harorat T=273,15 k yoki t=0C

Molekulyar massa bir mol moddaning massasi kabi aniqlanib, molekula massasining Avagadro soniga ko`paytmasi kabi aniqlanadi.

M=mmol birligi –


 Istalgan miqdoridagi moddaning massasi m ni topish uchun uning molekulyar massasi M va undagi modda miqdori (mollar soni) n ni ko`paytirish kerak.

Loshmidt soni.





3. Molekulyar fizikada ideallashtirilgan model-ideal gaz tushunchasidan foydalaniladi. Ideal gazda qu`yidagi shartlar bajarariladi:

1)   gaz molekulalarining xususiy hajmi gaz egallab turgan idishning hajmiga nisbatan e’tiborga olmaydigan darajada kichik;

2)   gaz molekulalari orasida o`zaro ta’sir kuchlari mavjud emas;

3)   gaz molekulalarining o`zaro va idish devorlari bilan urilishi absolyut elastik.

Shuni ta’kidlash kerakki, real gazlar ham normal sharoitga yaqin sharoitlarda (kislorod, geliy) va yuqori harorat, past bosimda o`z xossalari bilan ideal gazlarga juda o`xshab ketadi. Bundan tashqari molekulalarning xususiy hajmlari va o`zaro ta’sirini hisobga oluvchi tuzatish kiritish bilan ideal gaz qonunlaridan real gaz qonunlarini hosil qilish mumkin.

 Gaz parametrlari. Gazning holati bir-biriga bog’liq bo`lgan va holat parametrlari deyiladigan qu`yidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi: bular hajm V, bosim P va harorat T.

Betartib harakatda bo`lgan gaz molekulalari idish devorlariga uriladi va juda kichik vaqt davomida devorga ma’lum kuch bilan ta’sir ko`rsatadi. Molekulalarning betartib urilishlari natijasida birlik yuzaga ma’lum bir bosim ko`rsatiladi. Bosimni o`lchaydigan asboblarga manometrlar va barometrlar deyiladi. O`z vazifalariga qarab manometrlar turli-tuman bo`ladi.  

Dalton qonuni. Ideal gaz aralashmasining bosimi aralashmaga kiruvchi gazlar partsial bosimlarining yig’indisiga teng bo`ladi, ya’ni



 bu yerda - partsial bosimlar deyilib, agar har bir gazning o`zi aralashma egallagan hajmni egallaganda idish devorlariga ko`rsatishi mumkin bo`lgan bosim bilan aniqlanadi.

 Jismlarning issiqlik darajasini xarakterlash uchun harorat tushunchasidan foydalaniladi. Agar qizitilgan jism qizitilmagan jismga tegizilsa ular orasida issiqlik almashuvi ro`y beradi. Energiya harorati yuqoriroq jismdan harorati pastroq jismga o`tadi. Bu jarayon jismlarning haroratlari tenglashguncha, ya’ni issiqlik muvozanati vujudga kelguncha davom etadi. Shuning uchun ham haroratga sistemaning issiqlik muvozanatini xarakterlovchi kattalik deyiladi.

Haroratni o`lchash uchun etalon sifatida gaz(vodorod) yoki suyuqliklarning (simob, spirt) issiqlikdan hajmining o`zgarishidan foydalaniladi. Harorat o`lchanadigan asbobga termometr deyiladi. Biz kundalik hayotda termometr bilan yaxshi tanishmiz. Masalan simoblik termometr yordamida - 30dan + 800gacha haroratni o`lchash mumkin. Haroratni o`lchashda aniqlik kiritish maqsadida harorat shkalasi kiritiladi. 

1960 yilda bo`lib o`tgan o`lchovlar va tarozilar bo`yicha XI bosh konferentsiyaning qaroriga muvofiq haroratning ikkita shkalasidan foydalaniladi. Termodinamik harorat shkalasi (T) harorat kelvinlarda (K) va xalqaro amaliy harorat shkalasi (t) harorat selsiy graduslarida (0S) o`lchanadi. Termodinamik harorat va xalqaro amaliy harorat shkalalari quyidagi munosabat yordamida bog’langan. 

T = 273,15 + t

 Termodinamik va xalqaro amaliy harorat shkalalarida haroratning masshtab birliklariga teng, ya’ni termodinamik shkaladagi 1 K haroratlar farqi, xalqaro amaliy shkaladagi 1 haroratlar farqiga mos keladi, birligi1 K birligiga.



Xalqaro amaliy shkalada haroratni aniqlashning tayanch nuqtalari sifatida, normal atmosfera bosimida suvning muzlash va qaynash haroratlari olingan. So`ngra bu oraliq teng yuzga bo`linib harorat shkalasi hosil qilingan. Bunday shkalani birinchi bo`lib shvetsiyalik olim Selsiy (1742 yilda) taklif qilganligi uchun unga selsiy shkalasi ham deyiladi. Haroratning termodinamik shkalasi esa ingliz olimi Kelvin tomonidan taklif qilingan. Bu shkalaning boshlanish nuqtasi sifatida nol gradus Kelvin 0K= -273,150C qabul qilingan. Bu haroratda ideal gazning bosimi nolga teng bo`ladi, ya’ni molekulalari harakatdan to`xtaydi. 00K dan pastgi harorat bo`lishi mumkin emas va shu bilan birga bu haroratga yetishib ham bo`lmaydi. 00K ga abslyut nol harorat deyiladi.
Xulosalar: Molekulyar fizika – har xil agregat holatdagi moddalarning xususiyatlarini ularning molekulyar tuzilishi asosida tekshiradigan fizikaning bo’limi.   Jismlarning issiqlik darajasini xarakterlash uchun harorat tushunchasidan foydalaniladi Harorat o`lchanadigan asbobga termometr deyiladi.

Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qish, ko’rgazmali qurollar tarqatma materiallar (referat, boshqotirma, modellar yasash, plakatlar) tayyorlash:

Mavzuga oid didaktik jihozlar va texnik vositalar: slaydlar, plakatlar, krossvord, aneroid barometr, termostat modeli

O’qitish uslublari:

O’quv mavzusini og’zaki bayon qilish, savol-javob, tadqiqot metodlari



Adabiyotlar:

A.G’.G’aniev, A.K. Avliyoqulov, G.A. Almardonova “Fizika” I –qism 105-107 bet

X.Axmedov, M.Doniyev,Z.Husanov.Fizikadan ma’ruza matni 2004 yil

Sinov savollari:



  1. Molekulyar fizika haqida ma’lumt bering.

  2. Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy qoidalarini ta’riflang.

  3. Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasini yozing.

  4. Bolsman doimiysining fizik ma’nosi?

  5. Energiyaning haroratga bog’liqlik tenglamasini yozing.




Aim.uz


Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish