Miya qismlari, miya po’stlog’i



Download 406,94 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi406,94 Kb.
#836696
Bog'liq
Bosh miya



Bosh miya

Miya qismlari, miya po’stlog’i


Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha. Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo’jizadir. Odamning bosh miyasi uning aql-idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fizi-ologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta’sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha to’qima va organlari ish faoliyatini bir-biriga bog’lab boshqaradi, organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta’minlab, uni muhit sharoitiga moslashtiradi.


Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi. Bosh miya bosh suyagining ichida joylashgan bo’lib, og’irligi katta odamda 1020-1970 g gacha bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bosh miyaning katta-kichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi.
Odamning aqliy faoliyati bosh miya katta yarimsharlarining po’stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga bog’liq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdan tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga bog’liq.
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya katta yarimsharlari. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliyev ko’prigi (miya ko’prigi), o’rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi (64-, 65- rasmlarga qarang).
Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi boiib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko’prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasi o’rtacha 7 g bo’ladi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishining to’xtab qolishiga sabab bo’ladi.
Miya ко ‘prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o’rta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko’prigida uchlik, ko’z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan.
Varoliyev ko’prigining yuqorisida joylashgan bo’lib, unda to’rt tepalik: to’rt tepalikning oldingi 2 tasida po’stloqosti ko’rish markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa po’stloqosti eshitish markazlari joylashgan.
Oraliq miya o’rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo’lib, bosh miya katta yarimsharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko’rish do’mboqlari (talamus), do’mboqosti soha(gipotalamus) kiradi.
Miyacha bosh miya katta yarimsharlari ensa bo’lagining tagida joylashgan, massasi 150 g (65- rasm).
M - miyacha; Mp - bosh miya katta yarimsharining po’stloq qismi; T - talamus; Mк - miya ko’prigi; Um - uzunchoq miya; Om – orqa miya.
Dorboz qizning muvozanati miyacha tomonidan boshqarilishi tasvirlangan. U odam tanasidagi barcha muskullarning harakatlarini tartibli bajarilishi, muvozanatda bo’lishini ta’minlaydi. Agar miyacha shikastlansa yoki kasallansa, tana muskullari bo’shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga o’xshab gandiraklab harakat qiladi.
o’stloq osti nerv markazlari. Bosh miya yarimsharlari oq moddasining orasida, oraliq miyaning ustki qismida kulrang modda to’plami bo’lib, u ikki qismdan iborat: oqimtir yadro va targ’il tana.
Oqimtir yadro tana muskullari tarangligini va harakatini boshqaruvchi nerv markazi hisoblanadi.
U o’zidan pastda joylashgan oraliq va o’rta miya funksiyalarini boshqaradi. Oqimtir yadro zararlansa, tana muskullarining tarangligi ortib, qo’1-oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz muskullarining tarangligi ortib, go’yo yuzga niqob kiygandek bo’ladi, ya’ni odamning har xil emotsional (xafa, xursand) holatlarini aniqlab bo’lmaydi.

Targ’il tana oqimtir yadro ishini boshqaradi. Targ’il tana kasallansa, oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi va tana muskullarining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo’ladi.


Bosh miya katta yarim sharlari. Bosh miya o’ng va chap yarim shardan iborat boiib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Bosh miya yarim sharlari ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po’stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat.
66- rasm. Bosh miyaning tashqi ko’rinishi: 1 — uzunchoq miya; 2 — miyacha; 3 — bosh miya katta yarimsharlarining ko’rinishi.
Bosh miya katta yarimsharlari po’stloq qavatining qalinligi 2,5-3,0 mm bo’ladi. Po’stloq tekis bo’lmasdan pushta va egatlardan iborat (66- rasm). Miya po’stlog’ining bunday tuzilishi unda nihoyatda ko’p miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon beradi. Binobarin, miya po’stlog’ida 14-16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan.
Qizig’i shundaki, miya po’stlog’i pushtalarining soni barcha odamda deyarli bir xil, Jekin ularning tuzilishi bamisoli qo’l kafti chiziqlari singari xilma-xil bo’ladi. Agar miya po’stlog’ining pushta va egatlari yozib tekislansa, uning umumiy sathi 1468 - 1670 sm2 ni tashkil qiladi. Miya katta yarim sharlari peshana, chakka, tepa, ensa qismlarga bo’linadi.
67- rasm. Bosh miya po’stlog’ining mikroskopik tuzilishi: I - eng ustki qavat, nerv hu-jayralarining kalta o’simtalaridan tashkil topgan; II - donador huhayralar; III - piramidasimon hujayralar; IV - yulduzsimon hujayralar; V - piramidasimon yirik hujayralar; VI - duksimon hujayralar.
Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i mikroskopda tekshirilganda, undagi nerv hujayralari olti qavat bo’lib joylashganligi aniqlangan (67- rasm).
Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining turli qismlarida joylashgan nerv hujayralarining po’stloq sathi funksiyasiga ko’ra uchta zonaga bo’linadi: sezish, harakat va assotsiativ zonalar.
Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to’plami odam tanasining barcha sezgi organlarining oliy markazi hisoblanadi. Bu markazlar teri, ko’rish, eshitish, hid va ta’m bilish kabi sezgi organlari retseptorlaridan impuls qabul qiladi.
Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to’plami muskullar, paylar, bo’g’imlar, suyaklarning retseptorlaridan impuls qabul qilib, odam tanasining barcha qismlari harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi.
68- rasm. Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida oliy nerv markazlarining joylashuvi: 1 - hid bilish; 2 - yozuv (o’ng qoi); 3 - siypalash (o’ng qo’l); 4 - eshitish; 5 - gapirish; 6 - hisoblash; 7 - o’qish; 8 - ko’rish; 9 - siypalash (chap qo’l); 10 - ohang, intonatsiya; 11 - mo’ljal olish (o’zi turgan joyni aniqlash); 12 - geometric shakllarni aniqlash markazi.
Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining to’qima va organlari bilan nerv yo’llari orqali bog’lanmagan, ular miya po’stlog’ining turli qismlaridagi nerv hujayralarini (nerv markazlarini) bir-biri bilan bog’laydi. Bu zonalar sezgi va harakatla-nish organlaridan kelgan ta’sirni analiz va sintez qiladi.

Bosh miya katta yarimsharlarining po’stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi hisoblanadi. Odamning fikrlashi, ongi, o’zlashtirishi, eslab qolishi, boshqalar bilan muomala qilishi, madaniyati, bilim olishi, hunar o’rganishi, murakkab harakatlarni bajarishi miya po’stlog’ining faoliyatidir.

Miya po’stlog’ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv markazlari joylashgan. Chunonchi, po’stloqning ensa qismida ko’rish, chakka qismida eshitish, peshana qismining ostki ichkari sohasida hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida harakat, orqa markaziy pushtasida tana terisining sezgi markazlari joylashgan (68- rasmga qarang).







Modellarning bir necha xillari bulib ularga xajmiy modellarni kursatish mumkin.


Xajmiy modellardan yangi mavzuni urganishda, laboratoriya mashgulotlarga paytida foydalnish mumkin.
Xajmiy modellar turli usimlik va xayvonlar gavdasi, gavdaning tashkil jtishi organlarni uzida aks etdiradi. Mazkur mazmundan belgilarni yanada tushunali chikishi uchun xajmiy modellarni birnecha
kismlarga bulinadigan tarzda xam ishlanadi. Masalan: sut emizuvchilar xayvonlarning yuragi modeli urtasidan bulinadigan yurakni koringa va bulmalari kurinadigan kilib tayerlanadi. Odam miyasining xam xar ikki yarim sharlar ajraladigan, miya moddalarga va tuzilmalarini kurish mumkin buladigan kilib tayyorlanadi.
Modelning kundalang kesimida uzunchok, miya voroliyev kuprigi, gipafiz, miyacha, kayata yarim sharlarning pustlok kismi oralik miya kabi tuzilmalar kurinadi. keyingi yillarda 6 sinf botanikasidagi «gul va meva» maveusini urganish uchun nuxot, karam, bugdoy kabi usimliklarning modellarga chikariladi.
Ukuv modellaridan laboratoriya mashgulotlarida foydalaiish yaxshi natijalar beradi.
Kuyida «Bosh miyaning tuzilishi mavzusidagi laboratoriya mashgulotining utkazish xakida fanlar yuritiladi. Ukituvchi bosh miyaning tuzilishi xakidagi ukuv materialini bosma jadval vositasida
tushuntirib bulgan, mavzuning urganish buyicha laboratoriya mashgulotlari tashkil etadi. Bizning uchun xar 4 – 6 ukuvchiga 1 tadan model beriladi. Modelni urganish uchun ular ukuv jadvali,
ukituvchining kiskacha axboroti shuningdek laboratoriya mashgulotining bajarishiga oid tayyorlangan yozma yullanmaga asoslangan xolda ish bajaradilar.
Bosh miyaning tuzilishini urganish buyicha laboratoriya mashgulotlarida ukuvchilar kuyidagi topshiriklarni bajaradilar.
1 ish. Bosh miya modelidan miyaning shakli, rangi, burkaltilinini urgshish uni darslikdagi bosh miya shakliga takkoslab kuring.
2 ish. Bosh miya modelidan miyaning peshona, tena, chakka, ukuv jadvalga kiyoslagan xolda toping. Miyaning bu kismlarda kanday ranglarda ekan.

3 ish. Miyaning markaziy va yonbosh egatlarini aniklash.
4 ish. Bosh miya yarmi shartlaridagi zonalarni modelda joylanishini (ukuv jadvaliga takkoslab) urganishi.
ish. Doftaringizga bosh mnya modelini tuzilishi sxemasini chizib uning nomlarini yozib oling.
Ukuv modellarining yana bir xili applikatsiyalar xisoblanadi.
Applikatsiya – modellari karton kogozlarga chizilgan, yoki shakli yasalgan turli biologik obektlardan iborat kurgazma kurollar bulib bu karton kogozlarning orkaoiga magnit parchasi maxkamlangan buladi. Odatda applikatsiyalar magnit doskalarda namoyish etiladi. Orkasida magnit maxkamlangan karton bulaklaridan narsa va xodisalar doskaga turlicha nisbatlarda, chegaralarda va
munosabatlarda joylashtirilib, ukuvchilarga organizmlarda ruy beruvchi turli nisbatlarda, chegaralarda va munosabatlarda joylanggirilab, ukuvchilarga orga – nizmlarda ruy beruvchi turli kimyoviy bioximik jarayonlar, organizmlarni muxit va bir – birlari, turli turlari orasidan boglanishlarini kursatish imkoniyati yaratiladi. Ayniksa applikatsiya modellaridan xujayraning
tuzilishi, undagi bioximik jarayonlar, faoliyat konunlari, organizmlar va muxit orasidagi boglanishlarga oid mavzularni urganishda muxim axamiyat kasb etadi. Ular ukuvchilarning mavzu buyicha ta'lim olishiga asos buladi. Masalan: Zoologiyadan (8 – sinf) «Tabiiy shamollar» mavzusini urganishda « Tipik biotsenozlar» nomli model – applikatsiyani urni, ruli bekiyosdir. Ushbu
model tarkibiga kirgan tundra, tayga, keng bargli urmonlar chul, saxro, utlok va suv muxitida yashovchi usimlik va, xayvonlarning mazkur ekologik muxitda uzaro alokalarini, boglanishlarini magnit doskada joylangtirib, ular tushuntrish imkoniyati tuguladi. Ayniksa mazkur anplikatsiyalar yordamida ukuvchilarga turli organiemlar orasida ozika zanjirini kursatishni nixoyatda
sodda, lunda tushuntirishga erishiladi. Model applikatsiyalardan ukuvchilar bilimlarini aniklashda xam foydalaniladi.



www.UzReferat.ucoz.net

Download 406,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish