Mikrobiologiya
sanoati
Mikrobiologiya sanoati
- sanoat tarmogʻi; ishlab chiqarish jarayonida
turli nooziq-ovqat xom
ashyo turlari (neft va gaz uglevodorodlari, gidrolizatlar, yogʻoch)dan va qand lavlagi,
makkajoʻxori, moyli va yormabop ekinlar va boshqalarning donini sanoatda kayta ishlash
chiqitlaridan qimmatli mahsulotlarni mikrobiologik sintez qilib olishga asoslanadi.
Oqsilvitaminli konsentratlar,
aminokislotalar, vitaminlar, ferment preparatlari, antibiotiklar,
oʻsimliklarni zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishda qoʻllaniladigan bakteriyali va
virusli lre-paratlar, bakteriyali oʻgʻitlar,
shunin-gdek, oʻsimlik xom ashyosini kompleks qayta
ishlash mahsulotlari —
furfurol, ksilit va boshqa ishlab chiqaradi. Mikrobiologiya sanoati
fantexnika taraqqiyoti yutuqlari negizida vujudga kelgan va mikrobiologiya texnikasi, kimyo,
fizika, kimyoviy texnologiya, biotexnologiya va boshqalarning eng yangi yutuqlariga tayanadi.
Mikroorganizmlarga xos boʻlgan moddalarning fermentlar taʼsirida oʻzgarishlarida
yuzaga
keladigan ulkan energiyadan qishloq xoʻjaligi va sanoat uchun zarur mahsulotlarni maqsadga
muvofiq sintez qiladigan mukam mal muhandislikbiologik sistemalar barpo etilgan.
Mikrobiologiya sanoati mahsulotlarining katta qismi biologik jihatdan yuqori sifatli aralash
yem ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yemga qoʻshilgan 1 t yem achitqi tirik vaznda qoʻshimcha
1,5—2 t parranda goʻshti yoki 15—25 ming dona tuxum olishni taʼminlaydi va 3,5—5 t donni
tejash imkoniyatini beradi. Yem achitqilari bilan birga ratsionda yetishmaydigan vitaminlar va
aminokislotalar, yem antibiotiklari, fermentli preparatlar
mollarning ozuqa ratsioniga
qoʻshiladi.
Mikrobli va virusli insektitsidlar odamlar, foydali hayvonlar va hasharotlar uchun xavfsiz
hisoblanadi. Fermentli preparatlar qishloq xoʻjaligi xom ashyolariga ishlov berishda bir qator
texnologik jarayonlarni ancha tezlashtiradi, oziq-ovqat, goʻsht,
sut sanoati, yengil sanoatda
mahsulot chiqishini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Fermentli preparatlar, shuningdek, kimyo
va qora metallurgiya sanoatida, sanoat va kommunal oqova suvlarini tozalash tizimlarida
qoʻllaniladi. Mikrobiologiya sanoati mahsuloti boʻlgan lizin, fermentli
va oqsilli preparatlar non
va non mahsulotlarini, oziq-ovqat kotsentratlarini oqsil bilan boyitish, ularning ozuqalik
qimmatini oshirishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda Mikrobiologiya sanoati mahsulotlari
"Qoʻqon spirt zavodi" aksiyadorlik jamiyati (1989; don (bugʻdoy)dan rektifikatsiya qilingan etil
spirti), "Andijon biokimyo zavodi" aksiyadorlik jamiyati (1953; furfurol, spirt, etil spirti, quruq
xlorella va boshqa mikrobiologiya mahsulotlari); Yangiyoʻl "Biokimyo" aksiyadorlik jamiyati
(1949; etil spirti, oʻsimlik xom ashyosidan texnik spirt, yem-xashak achitqisi,
quruq yem-
xashak qoʻshimchasi), Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi (1946; chigit shulxasi, sholi
qipigʻi, paxta lin-ti va boshqalardan furfurin, etil, texnik spirtlar)da ishlab chiqariladi.
Mikrobiologiya sanoatining ayrim mahsulotlari "Oʻzfarmsanoat" kompaniyasi korxonalarida
tayyorlanadi.
Rixsivoy Yoqubov.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mikrobi
ologiya_sanoati&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar