Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy
Zaydon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Arabchadan Shoikrom Shoislomov tarjimasi
JAHON — FARG‘ONA KELINI
221 yil.* Farg‘onaliklar yangi yilni kutishga hozirlik ko‘rmoqda. Hamma uy ko‘tarish,
yasatish, hovli tozalash, supurish-sidirish bilan ovora. Ular o‘z tomlari tepasiga tug‘ osib,
darvozalar ustiga guldastalar tikishmoqda. Bu ishlardan qutulganlar esa o‘zlariga va
bola-chaqalariga
kiyim-kechak, olti kunlik bayramga yetarli qand-qurs, holva, tansiq
yemish xarid etish uchun gala-gala bo‘lib bozorga yo‘l olishardi.
Qaysi
hovliga kirmang, hammasida ayollar o‘choq va tandirlarga o‘t qalab, xonaki taom
va anvoyi shirinliklar tayyorlash taraddudida. Ular yuvinish uchun suv isitishadi. Uy
xodimlari esa xojalarining kichkintoylarini yasantirishadi,
ovqat pishirishga
yordamlashadi, bayramga atab yopiladigan nonlarning xamirini qorishadi.
Yangi yilning bug‘doyi barakali bo‘lsin degan umidda yangi bug‘doy unidan non yopib,
bayram kuni bo‘lishib yeyish taomil bo‘lib qolgan. Bayram kunlari ular yangi aqchalarni
ishlatishar, kumush idishlarda
bir-birlariga yangi don, tuxum va yangi meva tuhfa
etishardi. Bozor rastalari o‘sha kunlarda ertadan-kechgacha ochiq,
erkaklar va yosh-
yalanglar bilan liq to‘la bo‘ladi. Kishilar bozordan xarid qilgan sovg‘a-salomlarini savatga
solgan, tugunchak qilib bog‘lab olgan, yoki ot-eshaklar ustiga yuklagancha yo uylariga —
bola-chaqalari oldiga, yoki ibodatxonalardagi majusiy* boshliqlarga olib borishmoqda.
Hamma oyog‘i olti, qo‘li yetti bo‘lib, shoshgancha borardi.
Agar siz shahar o‘rtasidagi katta qo‘rg‘onga chiqib, undan Farg‘ona atrofiga qarasangiz,
qog‘ozga chizilgan xaritaga yoki rangli suratga o‘xshagan bir manzaraga ko‘zingiz
tushadi. Negaki, qo‘rg‘on atrofidagi
ikki binoni istisno qilganda, qolgan imoratlarning
hammasi kesak devorli, bir-biriga o‘xshash pastqam uylar edi.
O‘sha ikki binoning biri otashxona — majusiylar topinadigan katta bino.
U yerda hali
ham otashparastlik davom etardi.
Savlati zo‘r bu bino shahardagi boshqa binolarga qiyos qilinsa, gullar o‘rtasidagi baland
xurmo daraxtiga o‘xshab ko‘rinardi. Uning tepasidagi shamolda
hilpirab turgan yashil
bayroqlar toza ipakdan bo‘lib, har birining uzunligi o‘n gazcha kelardi.
Ikkinchi bino esa marzubonning* uyi. «Marzubon» degani qadimiy fors tilida «hokim»
degan ma’noni bildiradi. Uy atrofi turli meva daraxtlari ekilgan katta bog‘cha. U yerda,
shahar qo‘rg‘onining orqa tomonida, uzunasiga ketgan daraxtlar,
tokzor va gulzorlar
ko‘zga tashlanadi. Ular ichida zilol ariqlar shildiraydi. Daraxtlarda qushlar sayraydi...