Mening institutim



Download 15,58 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi15,58 Kb.
#424755
Bog'liq
MENING INSTITUTIM


MENING INSTITUTIM
Boshlang’ich ta’lim fakulteti 402-guruh talabasi
Mamatmurodova E’zozxon
Qishloqdagi odamlar uchun hozir shaharda o’qish ajablanarli hol emas. Ammo bolaligimda har doim shaharda o’qishni orzu qilardim. To’g’ri, bu orzu qisman kimgadir o’xshashga intilish – havas bilan bog’liq. Ulg’aygach bu orzularga yetish oson emas ekanligini bildim, lekin, onam va opalarimning shu institutda o’qigani meni ham shu dargohga xuddi magnitdek tortaverdi. O’sha vaqtlarda o’qishga kirolmay yiqilish eng ayanchli vaziyat edi. Men ham birinchi yili shunday vaziyatga tushdim. Onam meni yana tayyorlanishga yubordi.oilam bag’ridan birinchi marta uzoqqa chiqqanim uchun juda qiynaldim. Ota – onamning menga bildirgan ishonchini oqlash uchunko’proq o’qishga harakat qildim. Imtihon bo’ladigan uchta fandan birdek tayyorlandim. Imtihonlar Olimpiya zaxiralari kollejida o’tkazildi. Buni qarangki, hamma fanni ishlab titul varag’iga belgilayotgan paytimda vaqt tugab qoldi. Uchinchi fan ingliz tilidan atigi 4 ta javobni bo’yadim. Imtihon tushdan keyin bo’lgani uchun vaqt darrov o’tib ketdi. Shunda birinchi marta vaqtni qadriga yetdim. Imtihondan yiqilishdan juda qo’rqib yurdim. Ammo onamni duolari bilan ikkita fan bilan bo’lsa ham natijalardan juda quvondim. Men Jizzax davlat pedagogika institutining boshlang’ich ta’lim fakultetiga to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilindim.
Uydaghilar meni qiyinchilik bilan bo’lsa ham o’qitishga qaror qilishdi. Bankdan ta’lim krediti olib kontraktni to’ladik.
Yozgi ta’til tugab, kuz kelishi bilan dengiz to’lqini qirg’oqqa talpinganidek, talabalar ham institutga talpinardi. Bizga fakultetimizning o’qiyuvchilari guruhlarga bo’lingunimizcha navbatma-navbat ma’ruzalar o’tishdi. Nasrullayev Elmurod domla bir qator kitoblar aytib ko’proq kitob o’qishga qiziqtirdi. Siddiqova Shohida domla institutda bizga o’xshab “yangi” ekan. Ko’proq izlanishga, tanlovlarda ishtirok etishga, ularda g’olib bo’lishga chorladi. Birinchi bosqichda o’qib yurganimizda institut remont qilina boshladi. Institutdagi barcha fakultetlar qaldirg’ochning polaponlaridek alohida joylarga uchirma bo’lishdi. Bir yil mobaynida institutimiz zamonaviy ko’rinishga keldi. 2-bosqichning yarn=mida institutga qaytdik. Oldingi sovuq xonalardagi eski jihozlar zamonaviy jihozlarga almashtirilgan, xonalari issiq holga keltirilgan bunday sharoitni ko’rib insonning “o’qigisi” keladi. Ammo bu quvonchlar uzoqqa cho’zilmadi. 2020-yilning 15 martidan e’lon qilingan KARANTIN sababli o’qish onlayn shaklda davom ettirildi. Institutimizning fidoyi o’qituvchilari bu vaziyatda ham bizga ta’lim va tarbiya berishdan tolmadi.
Institutdagi faoliyatim davomida guruh rahbarimiz Primov Sherzod domladan o’qituvchilik sirlarini o’rgandim. Ustozning: “Institutda o’qish bilan sizlar jamiyatdagi ziyoli qatlamni hosil qilasiz. Mahallada 4 kishi suhbatlashib bahslashib qolsa, bahsning yechimini o’qituvchidan so’raydi. “O’qiganda , bu biladi”, - deya sizni holis hakkamga aylantiradi. Ana shunday vaziyatda o’zni yo’qotmaslik uchun tartibli, intizomli, a’lochi talaba bo’lishingiz lozim”, - deya aytgan gaplari bir umrlik saboq bo’lgan. Guruh sardoriga yordamlashib yurgan vaqtlarimda bitta yig’ilish bayonnomasini yozolmaganimda, to’g’rilab yozgunimcha qaytarib yubordi. O’sha vaqtd: “Bir kuni rahbar bo’lsangiz sizga kerak bo’ladi”,- degandi. Shu tariqa institutda bir umr hujjatlar bilan qanday ishlashni o’rgandim.
Download 15,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish