Mening bobom qahramon” Reja: El ardog’idagi otaxon. Mening bobom qahramon



Download 22,87 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi22,87 Kb.
#217105
Bog'liq
Mening bobom qahramon


Mening bobom qahramon”

Reja:

1.El ardog’idagi otaxon.

2.Mening bobom qahramon.

3.Xulosa.

O’zbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi chekka bir qishlog’ida mening qahramon va jonkuyar bobom Ochil Toshev istiqomat qiladilar. Bobom Qarshi tumanidagi “Bog’obod” qishloq fuqarolar yig’iniga qarashli qishloqlar ichidagi yagona Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriysi sifatida el ardog’ida istiqomat qilmoqda. U kishi 1919 yilda Parg’o’za qishlog’ida tavallud topganlar. Mening qahramon bobom bu yil 98 yoshga to’ldilar. Bobomning hozir ham fikrlati o’tkir, suhbatlari esa shirin. 1932- yil 13 yoshdan mehnat faoliyatlarini boshlaganlar. 1939-yil urushga ketib, 1946 yil urushdan qaytganlar. Mening qahramon bobom ikkinchi jahon urushining boshidan oxirigacha qatnashgan. Bobom fashizm tor-mor etilganidan so’ng ham harbiy xizmatni davom ettirib, 1946 yilning oxirida yurtlariga qaytdilar. Bobom o’sha davrni shunday yodga oladilar:

_”Urush…Men u yerda olov purkayotgan to’plarga, osmonu falakdan ajal urug’ini sochayotgan qora “kalxat”larga duch keldim,- deydilar. Turli millat farzandlari bilan yovuzlikni yengishga yonma-yon turdim. Urushda bir necha marta yarador bo’ldim va yana jangga kirdim. Yoshim o’tgan sayin bir narsani angladim, mana shu bolalarim, nevara-chevaralarim, elim, qadr-qimmat, urf-odat, ajdodlar ruhiga hurmat-izzat, yaratish, yashnatish mehnatiga yelkadoshlik ildizlarini saqlab qolish uchun kurashgan ekanman,” deydilar. Bobom urush haqida juda kam gapiradilar. Mening fikrimcha uni eslashni ham xohlamaydilar. Doimo tinchlikning har oniga shukrona qilib yashashni uqtiradilar. Bobomni men o’ylaymanki, elga tanitgan bu mehnatlari, fidoyiliklari hamda odamiyliklari. Bobom qayerda bo’lmasin, elning farovonligini o’ylaganlar. Bobom nafaqadan keyin ham tinib – tinchimadilar. Biz uchun bog’ yaratib, bizga mehnatkash bo’lishni doimo uqtiradilar. Bobom barpo qilgan o’rik bog’lari har yili shunaqangi hosil beradiki, o’zlari ham bundan zavqlanadilar. Har yili 9-may arafasida mehmonlarning kelib ketishidan bilamanki, bobom turli joylarda sidqi dildan elim deb, yurtim deb yonib, yashaganliklariga guvoh bo’laman. Ayniqsa qishlog’imiz o’quvchilarining o’sha kunlarda bobomning holidan xabar olishlari, ko’cha – kuylarni supurib-sidirishlarini aytmasa ham bo’ladi. O’quvchilarning chuvillashib bobomdan allanimalarni so’rashlari, bobomning esa ularning savollariga kulib, erkin javob berishlari men uchun zavqli tuyuladi . O’quvchilar bobomdan xabar olgani kelishganlarida qo’llarida doimo atirgullar bo’ladi, bobom bu gullarni darhol guldonga soldirib qo’yadilar.

Mening bobom haqiqiy qahramon. Bobom bir necha chet tillarini biladilar. Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar. Bobomning ko’kraklarida orden va medallari juda ko’p. Ikkita “Lenin” ordeni, ikkita Mehnat qizil bayroq” ordeni, “Oktabr revolyutsiyasi” ordeni, “1chi va 2 chi darajali ulug’ vatan urushi” ordeni va “Qizil yulduz” ordenlari bilan, O’zbekiston Respublikasining “Jasorat” medallari bilan mukofotlanganlar. Mutaxassisliklari agronom. O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti, Oblast Mehnatkashlari, Rayon Sovetining Deputati. Mutaxassisliklari bo’yicha Respublika hukumatining kam quvvat xo’jaliklar hisobida tashkil etilgan bir nechta sovxoz direktori lavozimida ishlab, bu sovxozning rentabelligini, ya’ni ko’rsatgichini oshirganlar. Hozir ham qishloq ho’jaligidagi ayrim sohalarda o’z maslahatlarini va yordamlarini ayamaydilar. Har yili 9- may arafasida Qashqadaryo televidiniyasidan bobom haqlaridagi ko’rsatuvni ko’rganimda g’ururlanib ketaman va shu insonning chevarasi ekanligimdan faxrlanaman.

Bobom 1946-yildan toki 1976-yilga qadar bir necha rahbarlik lavozimlarida ishlab, 1979-yil 15-iyulgacha ishlab, 60 yoshga yetganlarida va Vatan urushida qatnashganliklari, uch marotaba yarador bo’lganliklari tufayli, salomatliklari yaxshi emasliklari bois mehnat nafaqasiga chiqdilar. Bobomning bosib o’tgan umr yo’llariga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu bir kitob bo’lib ketadi. O’zbeklarda bir an’ana bor ya’ni inson o’zining ota va bobolarini bilishi kerak deyishadi. Men shu narsaga amal qilgan holda bobomdan ota-bobolarini so’rab bilib oldim. Bobomning bobosi: Jo’ra bobo, bobomning otasi Tosh bobo, bobomning o’zlari Ochil bobo, bobomning o’g’li ya’ni mening bobom Rauf bobo, dadam Davron aka va kamina Shohrux.

Xulosa qilib aytishimiz kerakki, mana shunday dorul – omon, tinch- totuv kunlarga yetishishning o’zi bo’lmagandir albatta. Doimo biz yoshlar mustaqillikni qadrlab, vatanimiz ravnaqiga qo’limizdan kelgancha o’z hissamizni qo’shib, keksa nuroniy ota va onaxonlarning duolarini olib, ularning hayot maktablaridan saboq olib kamol topsak, albatta vatanimiz yanada gullab yashnaydi. Keksalarni e’zozlashdek insonparvarlik zamirida ulkan ma’no-mazmun mujassam. Chunki, nuroniylar bor elga qut-baraka yog’iladi, ularning oq fotihalari, duolari bilan yurtda tinchlik va farovonlik hukm suradi. Tinch yurtda inson qadrlanadi va e’zoz topadi.

Qashqadaryo Viloyati Qarshi tumani 28-maktab IV sinf o’quvchisi Raupov Shohrux Davron o’g’li.
Download 22,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish