Meni kechiring Qodiriy bobo… (Hayotiy voqea)



Download 17,17 Kb.
Sana02.07.2021
Hajmi17,17 Kb.
#107165
Bog'liq
Abdulla Qodiriy


Meni kechiring Qodiriy bobo…

(Hayotiy voqea)

O‘zbek milliy romanchiligining asoschisi, o‘zbek adabiyotida ilk realistik hikoya muallifi, to‘ylarning dabdali tarzda o‘tishi keyinchalik yangi oila hayotiga qanchalik salbiy ta’sir qilishini XX asr boshlarida bashorat qilib bergan adib Abdulla Qodiriy sanaladi. Bu insonga qanchalik ko‘p ta’rif va olqishlar aytsak ham, kamlik qiladi. O‘z asarlarida o‘zbek xalqining o‘ziga xos suratini chizib bergan adolatparvar, haqiqatgo‘y ijodkor hisoblanadi. Uning ijodini o‘rganish orqali o‘zligimizni, aslida kim ekanligimiz va kimlarning avlodi ekanligimizni bilib olamiz, tariximizdagi voqealar, hukmdorlar hayoti va oddiy avomning o‘y-kechinmalarini ham anglab yetamiz.

Oliygohda tahsil olib yurgan vaqtlarimda adibning ijodiga unchalik qiziqish bilan qaramas edim. Asarlari bilan avval ham tanishib chiqqan bo‘lsam ham, unchalik mag‘zini chaqa olmaganimdan ijodiga e’tibor bermas edim. Uchinchi kurs vaqtimda asosan xorijiy til-ingliz tilini o‘rganar edim. Jahon adabiyotining yirik vakillari Bernard Shou, Gerbert Uels, Teodor Drayzer, Gi de Mopasan, aka – uka Grimmlar, Heynrix Hayne kabi ijodkorlarning asarlarini o‘qib yurar edim. O‘zbek adabiyotidan ko‘ra jahon adabiyotini ustun qo‘yar edim.

Adabiyot darsimizda oraliq olayotgan edik. O‘qituvchimiz talabalardan og‘zaki savol – javob olar, savollar asosan Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romaniga oid edi. Ensam qotib o‘tirardim, nahotki o‘zbek adabiyotida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan boshqa asar bo‘lmasa? Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi ijodkorlarning ham mashhur asarlari bor-ku,- degan o‘ylar xayolimdan o‘tardi. Shu payt o‘qituvchimizning: “Qani, o‘rtoq Urokov, siz Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi Yusufbek hoji obraziga ta’rif bering-chi” – degan so‘zlaridan o‘zimga keldim. Shunda men ham shoshganimdan: “O‘zbek adabiyotiga unchalik qiziqmayman, jahon adabiyoti namunalariga qiziqaman. “O‘tkan kunlar” romanini o‘qiganimga ancha bo‘lgan”,- degan fikrni aytib yubordim. O‘qituvchimiz mening javobimdan biroz hayron qoldi va jahon adabiyotini ustozingiz F. Boynazarovga javob berasiz. Qanaqa talabasiz shunday asarga qiziqmaydigan. Axir, bu asar nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki o‘zbek tarixining ham eng buyuk asari hisoblanadi-ku,- degan fikrlarini aytdilar. Agar ushbu asarni o‘qimasam, imtihondan o‘tolmasligimni aytib, meni ogohlantirdilar. Hattoki biroz jahl bilan: “Ingliz tilini o‘rgansangiz, ingliz tili fakultetiga o‘tkazib yuboraman”, - degan so‘zlarni ham aytib o‘tdilar.

Shundan so‘ng imtihondan o‘tish uchun aytilgan asarni o‘qishga kirishdim. O‘sha vaqtlarda Abdulla Qodiriy va uning asarlarini shu darajada yoqtirmay qoldimki, xuddi ular mening ashaddiy dushmanlarimdan biriga aylanib qolgandek edi. Topshiriqni bajardim, imtihonlardan ham o‘tib oldim. Ammo o‘z fikrimni o‘zgartirmagan edim. Men uchun jahon adabiyoti o‘zbek adabiyotidan bir bosh ustun edi.

Taqdirning hazilini qarangki, oradan bir yil o‘tib, diplom himoyasi uchun menga aynan Abdulla Qodiriyning asarlari tushibdi… Bu xabarni eshitib rosa jahlim chiqdi, mavzuni o‘zgartirmoqchi bo‘ldim. Fakultet dekani huzuriga, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor huzurlariga ham kirib chiqdim. Ammo natija bo‘lmadi. Noiloj taqdirga tan berib, berilgan mavzu ustida ishlashni boshladim.

Mavzuga ma’lumot to‘plash uchun Abdulla Qodiriyning barcha asarlari bilan tanishib chiqdim. Adib ijodini mukammal o‘rganayotgan talabalardan ham yordam oldim. Lekin adabiyot ustozimiz bo‘lmish Y. Karimovaning oldilariga bormadim. Chunki u kishidan imtihonda aytgan gaplarim uchun juda uyaldim.

Diplom himoya vaqti ham yetib keldi. Himoyaga kirdik. Mendan tashqari yana o‘nta talaba bor edi. Himoyani yaxshi o‘tkazib oldik. Himoya tugaganidan so‘ng, eshikdan chiqib ketayotganimda adabiyot ustozimizning : “Hasanjon, Abdulla Qodiriy asarlarining mag‘zini chaqa oldingizmi yoki avvalgi fikringizda turibsizmi?” – degan gaplaridan juda ham ta’sirlandim.

Haqiqatan ham, diplom ishimga tayyorlanish vaqtimda adibning ijodi meni butunlay o‘z o‘qi atrofida aylantirib olgan edi. Asarlarini o‘qiganim sari haqiqiy o‘zbek farzandi qanday bo‘lishi kerak, ota – ona oldidagi farzandlik burchlari nimalardan iborat, biz qanday yurt avlodlarimiz, ota-bobolarimiz qanday buyuk ishlarni amalga oshirgan, o‘zbekligimizdan nima uchun g‘urur va iftixorga to‘lishimiz lozimligi kabi bir qancha savollarga javob topdim. O‘zim bilmagan holda Abdulla Qodiriy va u kishining asarlariga muhabbat qo‘ya boshladim. O‘qituvchimizga bergan javoblarim uchun juda ham afsuslandim.



U. H. U.
Download 17,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish